Научная статья на тему 'RUX METALI, DUNYO BO‘YICHA ISHLAB CHIQARISHDAGI O‘RNI'

RUX METALI, DUNYO BO‘YICHA ISHLAB CHIQARISHDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rux / oksid / Polimetall / sfalerit / pirometallurgiya / gidrometallurgiya / kondensator / sulfat kislota / elektroliz / amfoter / korroziya / kislota / ishqor. / zinc / oxide / polymetallic / sphalerite / pyrometallurgy / hydrometallurgy / condenser / sulfuric acid / electrolysis / amphoteric / corrosion / acid / alkali.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xakimov Kamol Jurayevich, Rajabov Shahboz Xolmamat O‘G‘Li

Ushbu maqolada rux metallining asosiy tavsifi, kelib chiqish tarixi, fizik-kimyoviy xususiyatlari, texnologik hususiyatlari, ajratib olishning asosiy texnologiyalari, dunyodagi o‘rni, ishlab chiqarishni rivojlanish istiqbollari, rux boyitmasining tarkibi, rux boyitmasining tarkibiy miqdori, ajratib olish usullari, ishlab chiqarish texnologiyalari, asosiy boyitish usullari, Pirometallurgik usul, Gidrometallurgik usul, aglomeratsiya jarayoni, ruxga yo‘ldosh elementlarni ajratib olish, qayta ishlash uchun tayyorlash jarayonlarini tashkil etish, rux boyitmasini yuqori haroratda oksidlantirish, Dunyo bo‘yicha rux ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, zaxira ko‘rsatkichlari, qo‘llanilish sohallari, ishlab chiqarishda yetakchi davlatlar, O‘zbekistondagi rux ishlab chiqarish korxonalari haqida umumiy ma’lumot berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METALLIC ZINC, A ROLE IN GLOBAL PRODUCTION

This article provides a basic description of metallic zinc, the history of origin, physico-chemical properties, technological features, basic mining technologies, place in the world, prospects for the development of production, the composition of zinc enrichment, the compositional amount of zinc enrichment. , extraction methods, production technologies, basic enrichment methods, Pyrometallurgical method, Hydrometallurgical method, agglomeration process, separation of zinc-related elements, organization of processing preparation processes, zinc oxidation, enrichment at high temperature, zinc production indicators in the world, reserve indicators, applications, leading countries in production, general information about zinc production enterprises in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «RUX METALI, DUNYO BO‘YICHA ISHLAB CHIQARISHDAGI O‘RNI»

UO'K: 669.01/.09 - 10.5281/zenodo. 10812386

RUX METALI, DUNYO BO'YICHA ISHLAB CHIQARISHDAGI O'RNI

Ш. £

Xakimov Kamol Jurayevich Rajabov ShahbozXolmamat o'g'li

Termiz muhandislik-texnologiya instituti "Neft-gaz va konchilik

,,,,,,,, 1 ermiz muhandislik-texnologiya instituti Neft-gaz va konchilik

ism kafedrasi mudiri, texnikafanlarifalsafa doktori, dotsent, ,

ishi kafedrasi o qituvchisi, assistant, lermiz, Uzbekistan

1 ermiz, O zbekiston

Annotatsiya. Ushbu maqolada rux metallining asosiy tavsifi, kelib chiqish tarixi, fizik-kimyoviy xususiyatlari, texnologik hususiyatlari, ajratib olishning asosiy texnologiyalari, dunyodagi o 'rni, ishlab chiqarishni rivojlanish istiqbollari, rux boyitmasining tarkibi, rux boyitmasining tarkibiy miqdori, ajratib olish usullari, ishlab chiqarish texnologiyalari, asosiy boyitish usullari, Pirometallurgik usul, Gidrometallurgik usul, aglomeratsiya jarayoni, ruxga yo'ldosh elementlarni ajratib olish, qayta ishlash uchun tayyorlash jarayonlarini tashkil etish, rux boyitmasini yuqori haroratda oksidlantirish, Dunyo bo 'yicha rux ishlab chiqarish ko 'rsatkichlari, zaxira ko 'rsatkichlari, qo'llanilish sohallari, ishlab chiqarishda yetakchi davlatlar, O 'zbekistondagi rux ishlab chiqarish korxonalari haqida umumiy ma 'lumot berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Rux, oksid, Polimetall, sfalerit, pirometallurgiya, gidrometallurgiya, kondensator, sulfat kislota, elektroliz, amfoter, korroziya, kislota, ishqor.

МЕТАЛЛИЧЕСКИЙ ЦИНК, РОЛЬ В МИРОВОМ ПРОИЗВОДСТВЕ

Хакимов Камал Джураевич Ражабов Шахбаз Холмамативич

Заведующий кафедрой «Нефть-газ и горное дело», Термезский Преподаватель, ассистент кафедры нефти, газа и горного инженерно-технологический институт, доктор философских дела, Термизский инженерно-технологический институт, наук, доцент, Термез, Узбекистан Термиз, Узбекистан

Аннотация. В данной статье дано основное описание металлического цинка, история происхождения, физико-химические свойства, технологические особенности, основные технологии добычи, место в мире, перспективы развития производства, состав цинкового обогащения, композиционное количество цинкового обогащения. , методы извлечения, технологии производства, основные методы обогащения, Пирометаллургический метод, Гидрометаллургический метод, процесс агломерации, разделение сопутствующих цинку элементов, организация процессов подготовки к переработке, окисление цинка, обогащение при высокой температуре, показатели производства цинка в мире, показатели запасов, области применения, страны-лидеры по производству, общие сведения о предприятиях по производству цинка в Узбекистане.

Kalit so'zlar: Цинк, оксид, Полиметалл, сфалерит, пирометаллургия, гидрометал -

лургия, гидрометаллургия, конденсатор, серная кислота, электролиз, амфотерный, коррозионный, кислотный, щелочной.

METALLIC ZINC, A ROLE IN GLOBAL PRODUCTION

Khakimov Kamol Rajabov Shakhboz

Head of the Department of Oil and Gas and Mining Termez Lecturer of the Department of Oil and Gas and Mining Termez

Institute of Engineering and Technology, Doctor of Technical Institute of Engineering and Technology, Assistant

Sciences, Associate Professor, Termiz, Uzbekistan Termiz, Uzbekistan

Abstract. This article provides a basic description of metallic zinc, the history of origin, physico-chemical properties, technological features, basic mining technologies, place in the world, prospects for the development of production, the composition of zinc enrichment, the compositional amount of zinc enrichment. , extraction methods, production technologies, basic enrichment methods, Pyrometallurgical method, Hydrometallurgical method, agglomeration process, separation of zinc-related elements, organization of processing preparation processes, zinc oxidation, enrichment at high temperature, zinc production indicators in the world, reserve indicators, applications, leading countries in production, general information about zinc production enterprises in Uzbekistan.

Keywords: zinc, oxide, polymetallic, sphalerite, pyrometallurgy, hydrometallurgy, condenser, sulfuric acid, electrolysis, amphoteric, corrosion, acid, alkali.

Kirish. O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish kontseptsiyasida yoritilgan eng muhim muammolardan biri, bu mam-lakatning boy mineral-xomashyo resurs-laridan ratsional va kompleks foydala-nishdir. O'zbekiston metallurgiya sanoati o'z mavqeini yildan-yilga mustahkamlab bormoqda. Negaki, qudratli mineral-xomashyo bazasi va tog'-kon sanoati korxona-larining mavjudligi tufayli mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasida qora va rangli metall ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi o'rinlardan birini egallaydi [1]. Bir qator foydali qazilmalar (metallar) bo'yicha O'zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jixatdan MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o'rinlardan birini egallaydi.

Ma'lumki O'zbekistonda metallurgiya sanoati so'ngi besh yilda ancha rivoj-lantirildi. Ko'p sohalar qatorida metallurgiya

sanoatiga ham alohida e'tibor berilmoqda. Avvallari birlamchi metallurgiyada rudadan bevosita metall ajratib olingan bo'lsa, hozir-ga kelib kompleks qayta ishlash hamda mavjud yarim tayyor mahsulot va chiqin-dilardan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishga urg'u berilmoqda [2].

Adabiy tahlili va metodlar. Tabiatda rux asosan sulfid holatida uchraydi, shunindek ruxning oksidlangan birikmalari ham mavjuddir. Ishlab chiqarishda keng miqdorda kompleks rux - qo'rg'oshin sulfidli polimetallik rudalar qo'llaniladi. Bu rudalarda asosiy metallardan tashqari mis, kadmiy, nodir va kamyob metallar mavjud. Hozirgi paytda qayta ishlaga jalb etiladigan rudalarning tarkibida ruxning miqdori 1,5 %, rux-qo'rg'oshin rudalarda 1,0 - 1,5% Zn va 0,4 -0,5% Pb mavjud. Bu rudalar qayta ishlashdan oldin boyitiladi. Asosiy boyitish usuli - selektiv flotasiyadir. Oldin rudadan

kollektiv rux-qo'rg'oshin boyitmasi olinadi, keyin u alohida rux va qo'rg'oshin boyit-malariga ajratiladi.

Boyitish natijasida ruxni boyitmaga o'tish darajasi 70-85% tashkil qiladi.

1000 oC da muvozanat konstantasi quyidagi ko'rsatgichga teng:

Km=Pzn * PH2S / Ph2=2,1 * 10-4 (2) Keltirilgan ko'rsatgichdan ko'rinib turibdiki, yuqori harorat va bosimda ham

Rux boyitmasini taxminiy tarkibi

1-jadval

T/r Boyitma tarkibidagi metallar nomi Tarkibiy miqdori (%)

1 Zn 40-60

2 Pb 0,2-3,5

3 Cu 0,15 - 2,3

4 Fe 2,5-13

5 S 30-35

6 Cd 0,1-0,5

7 As 0,03-0,3

8 Sb 0,01-0,07

9 In 0,001-0,07

Muhokama. Boyitmaning granulo-metrik tarkibi 30-35% (-75 mkm) dan 7090% (-75mkm) gacha o'zgaradi [3].

Asosiy texnologik hususiyatlari. Rux (Zn) - zangori oq rangli metall, juda mo'rt, 100-150 oC qizdirilganda plastik holatga o'tadi, yengil jo'valanadi va cho'ziladi, zichligi 7,13 g/sm3, erish harorati 419,5 oC. Ochiq havoda tez oksidlanib, yuzasida parda hosil bo'ladi. Suvga bardoshligi yuqori, lekin xlorid, azot va sulfat kislotalarida yengil eriydi [1].

Ajratib olishning asosiy texno-logiyalari. Sulfidli rux xom ashyosini bevosita erkin holatigacha tiklash mumkin. Masalan:

ZnS+H2=Zn+H2S (1)

Ammo, kuchli hisoblanuvchi H2 va SO tiklovchi moddalarni qo'llashning samara-dorligi ancha pastdir, chunki reaksiya uchun

tiklangan mahsulotlarning chiqishi judayam kam ko'rsatgichga ega. Amaliyotda sulfid-larni oldindan oksidlantirish afzalrdir.

Sanoatda ZnS ni ZnO gacha oksid-lanishi pirometallurgik usul bilan amalga oshiriladi. ZnO ni tiklanishi esa pirometallurgik yoki gidrometallurgik usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ohirgi usul bo'yicha ZnO sulfat kislotasida tanlab eri-tiladi va so'ngra eritmadan elektroliz yor-damida erkin metall olinadi.

Ruxni sulfid boyitmasidan ajratib oli-nishi ZnS, ZnO va Zn larning xususi-yatlariga bog'liqdir. Ruxni oksid va sulfidi yuqori haroratda eriydi. Masalan, ZnS atmosfera bosimida 1200 oC dan ziyod haroratda bug'lanadi va 2000 oC gacha erimaydi. ZnO esa 1975 oC da suyuq holatiga o'tadi. Shuning uchun ZnS ni ZnO ga oksidlanishini yuqori haroratlarda katta

www.srt-iournal.uz

tezlik bilan amalga oshiriladi. Rux sulfidini oksidlanishi ekzotermik jarayondir va ung qo'shimcha yoqilg'i sarflanmaydi.[4]

Ruxni oksiddan tiklash uchun ko'p energiya sarflanadi. Shuning uchun pirome-tallurgik tiklanish yuqori harorat va tiklovchi moddaning miqdorligida olib boriladi. Elektrolitik tiklanish ham elektr quvvatini katta hajmda sarflanishi bilan bog'liqdir. Metallik rux oson suyuq holatga o'tadi -erish harorati 419 oC, 907 oC esa bug' holatiga o'tadi, shuning uchun pirome-tallurgik tiklanishda rux bug' ko'rinishida ajralib chiqadi [5].

Pirometallurgik usulda yakunlovchi mahsulot bo'lib g'ovak kuydirma (kuyindi) olinadi. Kuydirish davrida modda oltingu-gurtni yo'qotib, keyin qotishma shaklga o'tadi. Qotishma olish uchun harorat 13001400 oC gacha ko'tarilishi kerak. Buni aglomeratsiya jarayonida amalga oshiriladi. Aglomerat keyinchalik qattiq uglerod yorda-mida tiklanadi.

Gidrometallurgik usul bo'yicha kuy-dirishni 900-1000 oC da kuyindi-kukun olishga qaratiladi. Olingan kukun sulfat kislotasida eritiladi. Eritmadan rux elektroliz bilan erkin holatida ajratib olinadi, sulfat kislotasi esa regeneratsiya bo'lib qaytadan tanlab eritishga yuboriladi.

Rux boyitmasini yuqori haroratda oksidlantirish, hozirgi payitda, asosiy tex-nologik usuldir. Rux sulfidini eritmadagi kislorod bilan ham oksidlantirsa bo'lar ekan: ZnS + O2 (eritmada) + N2S (eritmada) = ZnSO4 + S+ H2O.

Jarayon avtoklavda 100 oC dan ziyod va umumiy bosim 105 Pa dan yuqori sha-roitlarda olib boriladi. Sanoatda bunday texnologiyani qo'llash qiyindir. Texnologik sxemalarni tahlili shuni ko'rsatib turibdiki, jarayon bir necha bosqichdan iboratdir. Amaliyotda esa, sxemalar ancha murak-kabroqdir. Bunga ikkita sabab bor:

1) xom ashyoda mavjud bo'lgan bir qator ruxga yo'ldosh elementlarni ajratib

1-rasm. Rux metallining ko 'rinishi

www.srt-iournal.uz

7I

olish kerakligi;

2) xom ashyoni qayta ishlash uchun tayyorlash jarayonlarini tashkil etish [3].

Xulosa. Xulosa qilib aytganda birinchi bo'lib rux metallini eramizdan avvalgi 1000-yillar oldin Hindiston davlatidan topilgan bo'lib hozirgi kunda uning zahirasi taxminan 210 million/tonnani tashkil qiladi. Hozirgi kunda Dunyo miqyosida taxminan 20% pirometallurgik va 80% rux gidrometal-lurgik usullar bilan olinadi.

Bundan tashqari Dunyo bo'yicha rux ishlab chiqarish 2022-yilda 13.5 mln/t tashkil etdi, 2023 yilda esa 3.8 %ga oshdi va 13.863 mln/tonnani tashkil qildi. Bu bilan ruxga bo'lgan talab yildan-yilga oshayot-ganini ko'rishimiz mimkin.

Respublikamzida yagona rux ishlab chiqarish zavodi bu Olmaliq Kon metallur-

giya kombinatiga qarashli rux ishlab chiqarish korxonasidir. Bu korxona yiliga 80 ming tonnadan 130 ming tonnagacha rux ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan.

Dunyo bo'yicha esa ruxning eng katta konlari Avstraliya, Eron, Boliviya va Qozog'iston hududlarida aniqlangan. Hozirgi kunga kelib Rux ishlab chiqarish bo'yicha Xitoy birinchi o'rinni egallab kel-moqda 2023-yilda qariyib 4 million/tonna. Shunga ko'ra, Xitoy asosiy rux bo'yicha dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi, ishlab chiqarish ko'rsat-kichining taxminan 28.8% qismi Xitoy ulushiga to'g'ri keladi. Undan tashqari, Avstraliya, Peru, Hindiston, AQSH, Meksika, Boliviya, Qozog'iston, Rossiya va Janubiy afrika davlatlari ham bu borada yetakchilardan hisoblanadi [7].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. A.Yusupxodjaev S.Xudoyarov, "Metallurgiyada ishlab chiqarish texnologiyasi" Toshkent "Turon iqbol" 2007.

2. Юсупходжаев А.А., Хожиев Ш.Т., Мирзажонова С.Б. Анализ состояния системы в металлургии. - Т.: LAP LAMBERT Academic Publishing. - 2020. - 189 с.

3. Xoliqulov D.B., Xaydaraliev X.R., Qarshiyev H.K. "Olmaliq kmk" AJ rux ishlab chiqarish zavodi sharoitida rux keklarini gidrometallurgik qayta ishlash imkoniyatlarini tahlil qilish . Journal of Advances in Engineering Technology Vol.2(2) 2020.

4. Abdurahmonov S., Turapova M.S., Abdukarimova N. Rux ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlas tadqiqotining tahlili. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.

5. Toshqodirova Rano Erkinjonovna, Rux ishlab chiqarish texnogen chiqindisi -klinkerni qayta ishlash. nternational Journal of Advanced Technology and Natural Sciences ISSN: 2181-144X.

www.srt-iournal.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.