Научная статья на тему 'РLYONKA OSTIDA BOQILGAN РILLALAR TAHLILI'

РLYONKA OSTIDA BOQILGAN РILLALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
1
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iрak / qurt / boqish / davrida biri havo / harorat / nisbуnamlik.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — O.X.Kulmuminov, K.R.Avazov

Ushbu maqolada iрak qurtini boqish davrida asosiу ta’sir qiluvchi omillaridan biri havo harorati va uning nisbу namligi bo‘lib, bu asosan iрak qurtini rivojlanishi oziqlanishiga katta ta’sir qilishi hamda уangi texnologiуa asosida рlуonka ostida iрak qurtini boqish sifatli рilla уetishtirish, zot va duragaуlarni to‘g‘ri tanlash haqida qisqacha уoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «РLYONKA OSTIDA BOQILGAN РILLALAR TAHLILI»

é

Ws,

PLYONKA OSTIDA BOQILGAN PILLALAR TAHLILI

O.X.Kulmuminov

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi K.R.Avazov

Toshkent to'qimachilik yengil sanoat inistituti professori https://doi.org/10.5281/zenodo.10807142

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th March 2024 Accepted: 11th March 2024 Online: 12th March 2024

Ushbu maqolada ipak qurtini boqish davrida asosiy ta'sir qiluvchi omillaridan biri havo harorati va uning nisby namligi bo'lib, bu asosan ipak qurtini rivojlanishi oziqlanishiga katta ta'sir qilishi hamda yangi texnologiya asosida plyonka ostida ipak qurtini boqish sifatli pilla yetishtirish, zot va duragaylarni to'g'ri tanlash haqida qisqacha yoritilgan.

KEYWORDS

Ipak, qurt, boqish, davrida biri havo, harorat, nisby namlik.

Kirish. Jahonda bugungi kunda 20 dan ortiq davlatlar tirik pilla yetishtirish bilan shug'ullanib, ularning asosiy qismi Xitoy va Hindistonga to'g'ri kelmoqda. Dunyo miqyosida pilla yetishtirish bo'yicha Xitoy, Hindiston, Braziliya, O'zbekiston, Koreya Respublikasi, Tailand va Vetnam davlatlari yetakchi o'rinda turadi. Ipakchilik bilan shug'ullanuvchi davlatlarda takroriy mavsumlarda yetishtirilgan pillalarning xususiyatlari, boqish sharoitlari, sifatli xom ipak ishlab chiqarish uchun ta'sir etuvchi omillarni aniqlash bo'yicha hamda olingan xom ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda yuqori samara beradigan resurstejamkor texnika va texnologiyalarni amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Shu jihatdan xom ipak xususiyatlarini saqlab qolish, xomashyodan unumli foydalanish, yuqori sifatli ipak assortimentlarini kengaytirish uchun yangi pillarni qayta ishlash usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi [1].

Xom ipak bo'yicha, Xitoy va Hindistondan so'ng mos ravishda Respublikamiz yetakchi o'rinlarda turadi[1]. Hozirgi kunda Respublikamizda quruq pilla xom ashyosidan, fan texnika yutuqlaridan to'g'ri va to'la foydalanish hisobiga chuvilayotgan pillalarning har bir kilogrammidan qo'shimcha 0,4-0,45 kilogrammgacha xom ipak olish imkoniyatlari mavjud.

Respublikamiz ipakchilik tarmog'ining samaradorligi yetishtirilayotgan pilla sifatiga bog'liq. Ipak qurti zotini yaxshilash bo'yicha bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. So'ngi yillarda chet ellardan keltirilayotgan urug'laridan ochirilgan qurtlar Respublikamizning ko'pgina viloyatlarida bahorgi va yozgi mavsumlarda boqilmoqda. Keltirilgan ipak qurti duragaylarini boqish tajribasi shuni ko'rsatadiki, hatto oddiy usulda boqilgandan ham bir quti urug'dan o'rtacha 60 kg gacha pilla olish mumkin.

Yetishtirilayotgan pilla qobig'ida texnologik xususiyatlarini pasaytiruvchi nuqsonlari bo'lgan pillalar esa 80 % ni tashkil etadi. Bularning ichida dog'li (68,02%) va atlas (19,46%) pillalar ulushi eng katta. Tashqi dog'li pillalar jami dog'li pillalarning 48,41 foizini tashkil etib asosan, pillalarni dastalardan erta terib olish, tirik pillalarni tashish va saqlashni to'g'ri yo'lga

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

qo'yilmaganligi natijasida hosil bo'ladi. Ichki dog'li pillalar esa qurt va g'umbakning yorilib ketishi natijasida hosil bo'lgan qorason va kar pillalardan tashkil topadi hamda jami dog'li pillalarning 10,89 foizini tashkil etadi. Bunday pillalarning paydo bo'lishiga ipak qurtini boqishda ekologik sharoit va oziqlantirish rejimining buzilishi, ipak qurtini kasallikka chalinishiga sabab bo'ladi.

Ipak qurtini boqishning bir necha xil usullari mavjud bo'lib, bu usullarning barchasida xona harorati ma'lum darajaga ko'tarilib bir xilda ushlab turilishini ta'minlash talab etiladi.

Bunda e'tiborni ipak qurti zotiga, unga yaratilgan sharoitga va uning ozuqasiga qaratiladi. Mutaxassislarining fikricha, hosildorlik va pillaning sifati ozuqaning to'yimliligi va ipak qurtining to'g'ri parvarishlanishiga bog'liq. Ipak qurtiga yaratilgan sharoit maqbul sharoitdan ozgina chetga chiqsa ham ipak qurtining hosildorligi kamayadi, IV-V yoshdagi ipak qurtlarini 29 oC haroratda saqlanishi (maqbul harorat 24-25 oC) olingan pillalarning o'rtacha vaznini 8%, III-yoshning uch kunga cho'zilishi esa 15%, ozuqani me'yoridan 20% kam berilishi pillaning o'rtacha vaznini 12% kamayishiga sabab bo'lishini takidlaganlar. I-II yoshdagi ipak qurtlarining 87% markazlashgan holda, havo harorati 26-28 oC va namligi 80-90 % bo'lgan sharoitda kuniga 2-3 marta oziqlantirilib parvarishlanadi, barglarni yangidek saqlanishini ta'minlaydi. Pilla o'rash davrida havo har rati 22-23 oC namligi 60-75% ni tashkil etilishi soxa olimlari A.O.Baxriddinov, L.Y.Yunusov, N.A.Mamaraziqov va boshqa olimlarning asarida keng yoritilgan [2, 3, 4].

Pilla chuvish korxonalari xom ipak o^nm samaradorligi pillaning sifatiga bog'liq ekanligi ma'lum, demak, unga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganib, sifatli pilla yetishtirish, zot va duragaylarni to'g'ri tanlashni tavsiya etish mumkin.

Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, pillaning sifati va texnologik xususiyatlari ekologik omillar ta'sirida kuchli modifikatsiyalanadi va bu o'z navbatida pilladan xom ipak ishlab chiqarish jarayonlariga va olinadigan xom ipak sifatiga juda katta ta'sir qiladi.

Xozirgi kunda urug'chilik korxonalarida ipak qurtining sanoat bop navlarini yetishtirish va ko'paytirish keng yo'lga qo'yilmo^da. Yangi texnologiya asosida plyonka ostida ipak qurtini parvarishlash joriy qilina boshlandi. Bu usul pillakorlar mexnatini bir muncha yengillashtirish bilan birga ipak qurtini nobud bo'lishini kamaytirish va x,ar-xil kasalliklardan muxofaza qilishni oldini oladi x,amda ozuqa - tut bargi sarfi kamayib, pilla xosildorligi orta boshlaydi [5,6,7].

Ipak qurtini plyonka ostida boqish texnologiyasi afzalliklari keyingi bosqichlar uchun xam yani pillaga dastlabki ishlov berish, pillani saqlash va chuvish xususiyatlariga xam yaxshi ta'sir qilishini tadqiqotlarda ko'rib chiqilgay

Ipak qurtini boqish jarayonida ma'lumki yoshiga qarab boqish joyi ajratiladi. Bu esa ko'plab joylarni ipak qurti boqish uchun ajratishga olib keladi.

Tadqiqotlar natijasida tabiiy va plyonka ostida ipak qurti uchun sarflangan barg miqdori tax,lili bilan 1-jadvalda keltirilgan.

Ipak qurtini boqishda ozuqa sarfi

T/r

Ipak qurti yoshlari

Boqiladigan maydon miqdori

Farqi

é

Ws,

О'lchоv birligi Tаbiiу usuldа Рlуоnkа оstidа

1. 1 - yosh uchun kg 6 2,7 3,3

2. 2 - yosh uchun kg 17 8,55 8,45

3. 3 - yosh uchun kg 57 30,37 26,63

4. 4 - yosh uchun kg 200 183,5 16,5

5. 5 - yosh uchun kg 1000 932,5 67,5

6. kg 1280 1157,62 122,38

Jadvaldan ko'rinib turibdi ki ipak qurtini plyonka ostid a boqish natijasida ozuqa manb

bo'lgan tut bargini tajash imkoni vujudga keladi. 1 quti ipak qurti boqish uchun 122, 38 kg barg te jab olingan [8,9,10].

Ipak qurtini boqish davrida asosiy ta'sir qiluvchi omillaridan biri havo harorati va uning nisby namligi bo'lib, bu asosan ipak qurtini rivojlanishi oziklanishiga katta ta'sir qiladi. Tadqiqot davomida ipak qurtini boqish davri uchun tabiiy usulda optimal xavo xarorati 24-25 oC, nisbiy namligini aniqlash W, 65-70% bo'lsa, plyonka ostida esa optimal havo harorati 25-26 oC, nisbiy namligini aniqlash 75-80 % ko'rsatkichlarda erishiladi[11]. Tadqiqotlar natijasida ipak qurtini boqish jarayonida bir xil ozuqa bilan ta'minlash va ozuqani o'z vaqtida ipak qurti uchun yetkazish o'ta muxim jarayon xisoblanib, pilla va uning sifatiga katta ta'sr qiladi. Pillani og'irligini aniqlashda boqilgan pillalarni taxlil qilinganda natija shuni ko'rsatadiki, plyonka ostida ipak qurtini yetishtirganda pillani og'irligi tabiiy usulda olingan pillaning massasiga ko'ra og'irligi aniqlangan [12].

References:

1. https://inserco.org/en/statistics

2. Yangi zod va duragay tirik pillalardan xom ipak ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish. // F-A_2018-004. Marg'ilon. 2018

3. Baxriddinov А.О., Axmedov U., Fayzullaeva G. Ozuqa maydonining pilla xosildorligiga ta'siri. // J. Zooveterinariya. T.: 2014. №4. B.39

4. MaMapa3HK;oB А.Ю. Влияние xpaнeния вoздyшнo-сyxиx kokohob Ha выxoд шeлкoпpoдyктoв. // Ж.Шелк, -№1.- 1991. - С. 22-24

5. Sulaymonov Sh.A. (2021) Kimyoviy preparatlar yordamida quruq pilla qobig'ini chang va boshqa omillardan saqlash usullari. J. Orienten Renaissance: Innovative, educational, natural and social scines. Volume 1|Issue 4 SJIF 2021: 5.423 1119 p.

6. Тoшбeкoв O., & MycToHoBa З. Олин^н HoTy;HMa мaтoнинг иш;aлaнишгa чидaмлилигини Ba шсв;инни ютиш^ юк^и мocлaшyвчaнлик xoccaлapини aни;лaш. Евpaзийcкий жypнaл aкaдeмичecкиx иccлeдoвaний, 3(12 Part 2), 2023.217-221.

7. Умapoвa.M.Н. (2020) Влиян^ шeлкoвoй нити нa физикo-мexaничecкиe cвoйcтвa xлoпкoшeлкoвыx ткaнeй. Жypнaл. Universum: тexничecкиe нayкa. 6(4) 171-176 с.

é

ш

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

8. Тошбеков О., Рахимкулова С. Дагал жун толалари асосида олинган (автомобил, авиятсия, кемасозлик) саноати учун кулланилган нотукима мато тайёрлаш. Евразийский журнал академических исследований, (2023). 3(12 РаЛ 2), 211-216. извлечено от https: //in-аcаdеmу.uz/indех. рhр/еjаr/аrticlе/viеw/25336

9. Tоshbеkоv, О., Urаzоv, M., Еrmаtоv, S., & Khаmrаеvа, M. (2023). Еfficiеnt аnd еcоnоmicаl еnеrgу usе tеchnоlоgу in Ше рrоcеssing оf dоmеstic тагее wооl fibеr. In E3S Web of Conferences (Уо1. 461, р. 01068).

10. Urоzоv M.K., Tоshbеkоv О.А., Кulmuminоv О.Х., & Bоltауеvа I.B. Tеchnоlоgiеs оf Drilling Fluids оf Vаriоus Dеgrееs оf Minеrаlizаtiоn, Trеаtеd with Cаrbохуmеthуlаtеd Cеllulоsе ЕШе^. International Journal on Orange Technologies, (2021). 3(11), 82-84.

11. Sh.А.Sulауmоnоv, А.А.Sоtvоldiуеv, А.А.Аbdurахmоnоv Tаdbirkоrlik уо'li bitan tаbiiу iраk хоm аshуоsini уеtishtirish hоlаtlаri vа istiqbоllаri. Оriеntаl Rеnаissаncе: Innоvаtivе, еducаtiоnаl, nаturаl аnd sоciаl sciеncеs. VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 Sciеntific Jоurnаl Imраct Fаctоr SJIF 2021: 5.423

12. Чориева М. ., Нигматова Ф. ., Мансурова М., Султанова, Ф. Разработка рационального пакета материалов спецодежды для работников нефтедобычи Modern Innovations, Systems and Technologies, 2(2), 2022. 0310-0317.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.