Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / raqamli texnologiyalar / raqamli transformatsiya / elektron savdo / internet / innovatsiya / kompetensiya. / Digital economy / digital technologies / digital transformation / e-commerce / internet / innovation / competence.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Saidaxmedova S.D.

Ushbu maqola raqamli iqtisodiyotning muhim bo’g’ini bo’lgan raqamli transformatsiyalashuv muammolariga bag’ishlangan. Unda raqamli transformatsiya jarayonining xorijiy tajribalari, uning iqtisodiyotda tutgan o’rni, afzallik va kamchiliklari hamda yechimlari haqida fikr mulohazalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIGITAL TRANSFORMATION PROCESSES: PROBLEMS AND SOLUTIONS

This article is devoted to the problems of digital transformation, which is an important part of the digital economy. Contains opinions on foreign experience in the process of digital transformation, its role in the economy, advantages and disadvantages, as well as solutions.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR»

Saidaxmedova S.D.

Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti, p.f.n.

JizPI

RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Annotatsiya. Ushbu maqola raqamli iqtisodiyotning muhim bo'g'ini bo'lgan raqamli transformatsiyalashuv muammolariga bag'ishlangan. Unda raqamli transformatsiya jarayonining xorijiy tajribalari, uning iqtisodiyotda tutgan o 'rni, afzallik va kamchiliklari hamda yechimlari haqida fikr mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so'zlar. Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, raqamli transformatsiya, elektron savdo, internet, innovatsiya, kompetensiya.

Saidakhmedova S.D., Ph.D. associate professor Department of Economics and Management

JizPI

DIGITAL TRANSFORMATION PROCESSES: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

Abstract. This article is devoted to the problems of digital transformation, which is an important part of the digital economy. Contains opinions on foreign experience in the process of digital transformation, its role in the economy, advantages and disadvantages, as well as solutions.

Key words. Digital economy, digital technologies, digital transformation, e-commerce, internet, innovation, competence.

Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlaming iqtisodiy ustunligini belgilaydigan asosiy mezon sifatida davlatda raqamli iqtisodiyotning joriy etilganlik holati qaralmoqda. Jumladan, 2022 yilda O'zbekistonning YaIMida raqamli iqtisodiyotning ulushi 2,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich Germaniya, Buyuk Britaniya va AQShda 65%ni tashkil etib, kuchli uchtalikka kirishga muvaffaq bo'ldilar. Keyingi o'rinlarda Xitoy - 42%, Norvegiya - 34,4% natijalar bilan yetakchilikni davom ettirmoqda8.

Iqtisodiy lug'atimizda "raqamli iqtisodiyot" atamasi bilan bir qatorda "raqamli transformatsiya" atamasi ham qo'llanilmoqda. Raqamli transformatsiya keng ma'noda raqamli texnologiyalardan foydalanishish asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning sifat jihatidan yangi darajasiga o'tish jarayoni sifatida

8 https://russian.news.cn/20220730/765í7ab280fc4í7f9056b8597e66b0df/c.html

talqin etiladi. Raqamli transformatsiya ob'yektlari sifatida raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida yaratilgan mahsulotlar, raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq jarayonlar, faoliyati raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan odamlar va tizimlar alohida o'rin egallaydi.

Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarining raqamli

transformatsiyalashuvida har bir tarmoqning o'ziga xos xususiyatlari ko'zga tashlanadi. Jumladan, xizmat ko'rsatish sohasida raqamli transformatsiya jarayoni ishlab chiqarish sohasiga qaraganda osonroq amalga oshiriladi, chunki xizmat ko'rsatish sohasida doimiy xarajatlar kamroq, tranzaksiya xarajatlari esa yuqori bo'ladi.

Rivojlangan mamlakatlarda esa, raqamlashtirish va o'sish ko'rsatkichlari hamma tarmoqda deyarli bir xil muvozanatda ortib boradi. Boisi, bu mamlakatlarda tarmoqlarning ko'pchiligi raqamli texnologiyalardan foydalanadi, ularning aloqa tarmoqlariga ulanish foizlari va aqlli texnologiyalardan foydalanish ko'rsatkichi borgan sari ortib bormoqda.

2.0 raqamli transformatsiya bosqichlari. 1-rasm ■ US "China "Globe 41.4%

36.1%

37.1%

36.7% 37.6% 35.6%

12.2%

8.9% 6.2%

5.

'.0% i ■ I

O

Sporadic pilot

Initiate digitalization

14.9%

5.1%

4.1%3.9%

Local expansion

Expand _dKjrtakzation_

0

Operations management innovation

Replicate Manage digitalization in Achieve digitalization digitalization an integrated manner at scale

Source: IDC, 2021

Hozirgi vaqtda xorijiy mamlakatlarda korxonalarning raqamli transformatsiyaning 1.0 modelidan 2.0 modeliga o'tishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bulutli hisoblash, katta ma'lumotlar, mobillik va ijtimoiy tarmoq texnologiyalari kabilarni o'z ichiga olgan 1.0 raqamli transformatsiya davri, endilikda, sun'iy intellekt, IoT (Internet of things) va blokcheyn kabi yangi texnologiyalar davri bo'lgan 2.0 raqamli transformatsiyaga o'tib bormoqda.

1-rasmdan ko'rinib turibdiki, 2.0 raqamli transformatsiya uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, u 5 bosqichdan iborat: • sinov bosqichi;

• mahalliy kengayish bosqichi;

• ommalashtirish bosqichi;

• operatsiyalarni boshqarish bosqici;

• optimallashtirish va innovatsiya bosqichi.

Raqamli transformatsiyani boshlagan dunyodagi barcha korxonalarning 70 foizdan ortig'i hozirda "mahalliy kengayish" va "ommalashtirish" bosqichida, faqat 3,9 foiz korxonalargina "optimallashtirish va innovatsiya" bosqichiga yetdi. Tajribalar ko'rsatishicha, yirik korxonalarni to'liq raqamlashtirishga erishish uchun kamida 10 yil kerak bo'lar ekan.

Shuni ta'kidlash joizki, raqamli transfotmatsiyalashuv afzallik tomonlariga ega bo'lishi bilan birga, kamchilik jihatlari ham mavjud (2 -rasm).

2-rasm. Raqamli transformatsiyaning ijobiy tomonlari va tahdidlari

Ijobiy tomonlar Xatarlar

Raqamli texnologiyalar, sunoiy intellekt, sanoat buyumlari interneti, katta ma'lumotlarni tahlil qilish, uchuvchisiz havo, suvva yer transport. Qarzga olingan import texnologiyalariga bog'liqlik, o'z vakolatlarining pasayishi, apparat va dasturiy taominotda yashirin "xatcho'plar" ga ega bo'lish imkoniyati.

Yangi savdo bozorlari, biznes modellari, innovatsion ishlab chiqarishlar, ommaviy axborot xizmatlari va xizmatlari Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari tomonidan innovatsion bozorlarni erta egallash imkoniyati

Mehnat unumdorligining o'sishi, ishlab chiqarish samaradorligi, avtomatlashtirish, robotlashtirish Ish joylarini qisqartirish, ayrim mutaxassisliklarni yo'q qilish, ishsizlik, ijtimoiy keskinlik

Xizmatlar samaradorligini va standartlashtirishni oshirish, vositachilarni yo'q qilish, transport, tibbiyot, taolim va xizmat ko'rsatish sohasini yo'q qilish Huquqiy noaniqlik, firibgarlikning kuchayishi, axloqiy muammolar, ijtimoiy tabaqalanish

Katta ma'lumotlarni tahlil qilish, raqamli identifikatsiya, xizmatni sozlash Maxfiylikning yo'qolishi, intruziv reklama, korxonalarning maxfiy ma'lumotlari va fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlarining tarqalishi

Investitsiyalar, startaplar, raqamli pullar, faoliyatning yangi sohalari, yangi texnologik tartib Tashqi iqtisodiy boshqaruv, raqamli globalizm, raqamli mustamlaka

Man6a: Kodirov, S. (2020). Some issues of digitalization in the industrial sector of the economy. ISJ Theoretical & Applied Science, 12(92), 377-384.

Korxonalarni raqamli transformatsiyalashdan asosiy maqsad, uning raqobatbardoshligini oshirish va ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni ta'minlashdan iborat. Raqamli transformatsiya korxonaning deyarli barcha jihatlariga ta'sir ko'rsatadigan murakkab tizim hisoblanadi. Bu o'z navbatida, rahbarlarning raqamli texnologiyalar bo'yicha kompetensiyaga ega bo'lishlarini talab etadi.

Raqamli transformatsiyani amalga oshirishda rahbarlar uchun zarur bo'lgan kompetensiyalar:

• Informatsion kompetensiya. Bunda rahbar nafaqat o'z sohasi, balki boshqa sohalar bo'yicha ham butun dunyoda ishlab chiqilayotgan va joriy etilayotgan tendensiyalar, yangi vositalar, texnologiyalar haqida tushunchaga ega bo'lishi hamda boshqaruv faoliyatida ulardan samarali foydalana olishi kerak.

• Raqamli kompetensiya. Har bir rahbar bulutli texnologiyalar, katta ma'lumotlar, internet, raqamli platformalar, ekotizimlar kabi tushunchalarga ega bo'lish bilan birga ularning imkoniyatlari va cheklovlarini o'z biznesi xususiyatlariga qarab loyihalashtira olishi, qo'llay olishi kerak.

• Boshqaruv kompentensiyasi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va jamoani boshqarish asoslarini tushunish, korxona faoliyatiga sezilarli o'zgarishlar kiritishda o'z harakatlari oqibatlariga ishonchi komil bo'lishi kerak.

• Iqtisodiy kompetensiya. Raqamli transformatsiya orqali korxonani qanday qilib samarali va raqobatbardosh qilish, biznesni yangi raqamli muhitda samarali ishlashi va ortib borayotgan global raqobatda mijozlar va hamkorlarga nimani taklif qilishi mumkinligini tushunishi kerak.

• Innovatsion kompetensiya. Biznesni qo'llab-quvvatlash va uni rivojlantirishda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan transformatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha ko'nikma va tajribaga ega bo'lish zarur.

• Strategik kompetensiya. Korxonaning raqamli transformatsiyasining asosi bo'lgan yangi raqamli vositalarni joriy etish mavjud biznes -jarayonlarni (ichki va tashqi) qayta ko'rib chiqishni talab qiladi va yuqori ehtimollik bilan tashkilotning tuzilishi va shtatlarini o'zgarishiga olib keladi. Bunda rahbarning strategik fikrlashi muhim o'rin tutadi.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, korxona menejmenti tizimida ishbilarmon doira vakillarini raqamli sharoitlarga moslashtirishda innovatsion yechimlar, ko'plab ilmiy va va uslubiy yondashuvlar ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

Shunday ekan, korxonalarda raqamli transformatsiyani amalga oshirish uchun quyidagilar taklif etiladi:

1. Mehnat jarayonida zarur kompetentsiyaga ega bo'lgan yuqori malakali rahbar va ishchilardan iborat jamoaga ega bo'lish;

2. Mavjud sharoit va vaqtni inobatga olgan holda innovatsion mehnat vositalari va ob'yektlari bilan eng samarali uyg'unlashishga imkon beruvchi usullar, uslublar va chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;

3. Ishlab chiqarishni raqamli transformatsiya qilish sur'atlarini oshirish zaruratidan kelib chiqqan holda, manfaatdor tashkilot va korxonalar, oliy ta'lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari bilan faol hamkorlikni yo'lga qo'yish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Saidaxmedova D.S. O'zbekistonda raqamli tadbirkorlikni rivojlantirsh istiqbollari. Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 03 Issue: 03 | Mar - 2023

2. Saidbaxromovna, Saidaxmedova Dilafruz, and Xoshimova Muhabbat. "RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 124-128.

3. Dilafruz, S., & Shaxnoza, G. O. (2023). O 'ZBEKISTONDA RAQAMLI TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRSH-DOLZARB MUAMMO SIFATIDA. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 153-157.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.