Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR OB’EKTLARINING ENERGIYA TA’MINOTINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATINI ROLI'

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR OB’EKTLARINING ENERGIYA TA’MINOTINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATINI ROLI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli texnologiyalar / rivojlantirish / energiya / avtomatlashtirish / integratsiya / manitoring / smart grid / tizim / innovatsiya / davlat / optimallashtirish / iste’mol / invistitsiya.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Xusenov Shoxrux Sherali O‘G‘Li, Qurbonov Behruz Amrulloyevich

Ushbu maqola raqamli texnologiyalarning energiya ta’minotini rivojlantirishda davlat siyosatini roli haqida tushuntirib berilgan bo‘lib, bunda bir necha davlatlar raqamli texnologiyalarni energiya iste’moli va taqsimoti sohasida to‘liq integratsiya qilgan holatda energiya tizimini boshqarishda o‘rnatilgan smart grid deb ataladigan tizimlarni ishlab chiqarishganligi to‘g‘risida, energiya manbalarini manitoring qilish, energiya ta’minoti va iste’moli, energiya bozorlari va tariflarini boshqarish, energiya istofini kamaytirish, innovatsiyalar va invistitsiyalar to‘g‘risida aytib o‘tilgan. O‘ylaymizki siz ushbu maqoladan o‘zingizga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR OB’EKTLARINING ENERGIYA TA’MINOTINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATINI ROLI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR OB'EKTLARINING ENERGIYA TA'MINOTINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATINI ROLI 1Xusenov Shoxrux Sherali o'g'li, 2Qurbonov Behruz Amrulloyevich

1,2Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy

injinering fakulteti 2-bosqich talabalari 1shohruhxusenov5@gmaiLcom, 2behruzkurbonov245@gmail.com 1+99897.548 12 05, 2+99888.486 99 44 https://doi.org/10.5281/zenodo.10720909

Annotatsiya. Ushbu maqola raqamli texnologiyalarning energiya ta'minotini rivojlantirishda davlat siyosatini roli haqida tushuntirib berilgan bo'lib, bunda bir necha davlatlar raqamli texnologiyalarni energiya iste 'moli va taqsimoti sohasida to'liq integratsiya qilgan holatda energiya tizimini boshqarishda o'rnatilgan smart grid deb ataladigan tizimlarni ishlab chiqarishganligi to'g'risida, energiya manbalarini manitoring qilish, energiya ta'minoti va iste 'moli, energiya bozorlari va tariflarini boshqarish, energiya istofini kamaytirish, innovatsiyalar va invistitsiyalar to'g'risida aytib o'tilgan. O'ylaymizki siz ushbu maqoladan o'zingizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Kalit so'zlar: Raqamli texnologiyalar, rivojlantirish, energiya, avtomatlashtirish, integratsiya, manitoring, smart grid, tizim, innovatsiya, davlat, optimallashtirish, iste 'mol, invistitsiya.

Аннотация. В этой статье объясняется роль цифровых технологий в развитии энергоснабжения и государственной политики, в которой несколько стран полностью интегрировали цифровые технологии в области потребления и распределения энергии, так называемые интеллектуальные сети, установленные в управлении энергетикой о производстве систем, мониторинге источников энергии, энергоснабжении и потреблении, управлении энергетическими рынками и тарифами, снижении энергопотребления, инновациях и инвестициях. Мы надеемся, что вы получите необходимую информацию из этой статьи.

Ключевые слова: Цифровые технологии, развитие, энергетика, автоматизация, интеграция, мониторинг, интеллектуальная сеть, система, инновации, состояние, оптимизация, потребление, инвестиции.

Abstract. This article explains the role of digital technologies in the development of energy supply and public policy, in which several countries have fully integrated digital technologies in the field of energy consumption and distribution, so-called smart grids installed in the management of the energy system, about the production of systems, monitoring of energy sources, energy supply and consumption, management of energy markets and tariffs, reduction of energy consumption, innovations and investments were mentioned. We hope you will get the information you need from this article.

Keywords: Digital technologies, development, energy, automation, integration, monitoring, smart grid, system, innovation, state, optimization, consumption, investment.

Raqamli texnologiyalar ob'ektlarining energiya ta'minotini rivojlantirishda davlat siyosatining katta ahamiyati bor. Raqamli texnologiyalar, energiya sohasida bir nechta muammolarni bartaraf etishda energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini boshqarishda va energiya yo'lovchilari bilan aloqada ma'lumotlarni to'plashda yordam beradi.

Davlatlar energiya sohasida siyosatni shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ko'plab aspektlariga e'tibor berishadi. Bu siyosatning birinchi ahamiyati hisoblanadi, ya'ni energiya ta'minoti tizimini takomillashtirish va optimallashtirishdir. Raqamli texnologiyalar energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini monitoring qilish, ma'lumotlarni analiz qilish va avtomatlashtirish yordamida energiya sarfiyotini kamaytirishga imkon beradi. Bu esa energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlaydi va energiya bo'shlig'ini kamaytiradi.

Bir necha davlatlar raqamli texnologiyalarni energiya iste'moli va taqsimoti sohasida to'liq integratsiya qilgan holatda energiya tizimini boshqarishda o'rnatilgan smart grid deb ataladigan tizimlarni ishlab chiqarishgan. Smart grid energetik tarmoqni elektronik tarzda boshqarish, energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini yo'qotishsiz monitoring qilish, ma'lumotlarni analiz qilish va avtomatlashtirish imkonini beradi. Bunda davlatlar energiya taqsimoti va ko'chirishni samarali boshqarish, energiya sarfiyotini kamaytirish, energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini qattiq nazarda tutish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bizda yana, mikro-gridlar tushunchasi ham mavjud bo'lib, bunda mikro-gridlar mahalliy energiya manbalaridan, masalan, quyosh energiyasi va shamollantirish energiyasidan foydalanishni osonlashtiradi. Raqamli texnologiyalar mikro-gridlarni boshqarish, energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini monitoring qilish, energiya saqlashni tahlil qilish va mikro-gridlar orqali energiya tizimlarini o'zlashtirish imkonini beradi.

Boshqa bir tashabbus, davlatlar raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini tarqatish va alternativ energiya manbalariga o'tishni rag'batlantirishdir. Raqamli texnologiyalar, energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini yaxshilash, energiya savdosi va to'lov jarayonlarini osonlashtirish va energiya tizimlarini alternativ manbalarga bog'lashda yordam beradi. Bu esa energiya ta'minotini qo'llab-quvvatlash, energiya isrofini kamaytirish va ijtimoiy va ekologik samarali ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Shuningdek, davlatlar raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali energiya sohasida innovatsiyalarni rag'batlantirish va rivojlantirish uchun siyosatni amalga oshirishadi. Raqamli texnologiyalar, energiya sohasidagi yangiliklarni kuzatish, yangi energiya manbalarini va energiya saqlash texnologiyalarini rivojlantirish, energiya iste'moli va taqsimoti sohasidagi muammolarga yechim topish va energiya sohasidagi yangi istiqbollarga moslashish imkonini beradi. Bu esa davlatlar uchun innovatsiyalarni rivojlantirish, yangi bozorlarni ochish va ekonomik o'sishga imkon yaratib beradi. Bundan tashqari, davlatlar raqamli texnologiyalardan foydalanishning energiya sohasidagi o'zgarishlarga ta'sirini o'tkazib beradigan yo'nalishlardan biri ham bo'lib, energiya sohasida shaffof va to'g'ridan-to'g'ri kommunikatsiyani ta'minlashdir. Raqamli texnologiyalar, energiya sohasidagi ma'lumotlarni o'zaro almashish, tahlil qilish va boshqarishni osonlashtiradi. Bu esa davlatlarga energiya sohasidagi muammolarga tez va samarali javob berish imkonini beradi. Masalan, energiya tarmoqlaridagi muhim axborotlar o'z vaqti bilan taqdim etilishi, energiya tizimlaridagi nosozliklar tez aniqlanishi va bartaraf etilishi mumkin bo'ladi. Bu esa energiya ta'minotining xavfsizligini oshiradi va qo'lda turli xil muammolar paydo bo'lishining oldini oladi.

Jamiyatda energiya sohasidagi rivojlanish va innovatsiyalar ham davlat siyosati bilan bog'liqdir. Raqamli texnologiyalar energiya sohasidagi yangiliklarni yuqori sifatli energiya ta'minotini ta'minlash, energiya sarfiyotini kamaytirish, energiya tizimlarini boshqarish va o'zaro aloqalarini kuchaytirish uchun muhim vositalar sifatida xizmat qiladi. Bu esa davlatlarga energiya sohasidagi innovatsiyalar va rivojlanishni rag'batlantirish, ekologik va ijtimoiy talablar bilan moslashish imkonini beradi. Davlatlar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning energiya

ta'minoti sohasidagi rivojlanish va samarali ishlab chiqarish uchun katta ahamiyati bor. Bu texnologiyalar energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini takomillashtirish, alternativ energiya manbalariga o'tishni rag'batlantirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va energiya sohasidagi o'zgarishlarga ta'sir ko'rsatish imkonini beradi. Davlatlar bu imkoniyatlardan foydalanib, energiya ta'minotini yaxshilash va energiya sohasidagi muammolarga yechim topish uchun qat'iy siyosat va investitsiyalar bilan raqamli texnologiyalarni qo'llab-quvvatlashlari kerak bo'ladi.

Raqamli texnologiyalar energiya sohasidagi bir nechta muammolarni hal qilish va energiya isroflarini kamaytirishga yordam berishda katta rolni o'ynaydi. Uzun o'rtacha muddatda, bu texnologiyalar energiya ta'minoti, isroflar va tizimlarini samarali boshqarishga yordam berishi kutilmoqda.

Energiya manbalarini monitoring qilish: Raqamli texnologiyalar, energiya manbalarini monitoring qilish va ulardan foydalanishni osonlashtiradi. Bu, quyosh energiyasi, shamollantirish energiyasi, suv manbalarini monitoring qilish, ulardan foydalanish potentsialini aniqlash va energiya iste'moli samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Energiya ta'minoti va iste'moli: Raqamli texnologiyalar, energiya ta'minoti va iste'moli sohasida katta o'zgarishlarni olib kelmoqda. Bu texnologiyalar, energiya iste'moli va talablarni boshqarish, energiya tizimlarini optimallashtirish, energiya manbalarini ko'rsatish va alternativ energetika manbalarini qo'llash imkonini beradi.

Energiya iste'moli va taqsimotini optimallashtirish: Raqamli texnologiyalar, energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini optimallashtirish uchun ham qo'llaniladi. Bu energetik tarmoq, isitish, sovuq va valyuta taqsimoti, energiya sohasidagi ma'lumotlar analitikasi, sensorlar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari orqali amaliyotni optimallashtirish imkonini beradi. Bunday optimallashtirish, energiya sarfiyotini kamaytirish, isitish va sovuqlikni samarali ishlatish, taqsimot jarayonlarini tahlil qilish va nosozliklarni aniqlashga yordam beradi.

Energiya bozorlari va tariflarni boshqarish: Raqamli texnologiyalar, energiya bozorlarini va tariflarni boshqarishda ham qo'llaniladi. Bu energiya taqsimoti va iste'moli sohasidagi buyumlar va talablar asosida tariflarni optimallashtirish, foydalanuvchilarga energiya xarajatlari to'g'risida ma'lumot berish, energiya narxlari va taqsimotini monitoring qilish va bozorlardagi muammolarni tahlil qilish imkonini beradi.

Innovatsiyalar va investitsiyalar: Davlatlar raqamli texnologiyalardan foydalanib energiya sohasidagi innovatsion g'oylarni amalga oshirib kelmoqda. Lekin umuman olganda, raqamli texnologiyalar energiya sohasida isrofni kamaytirish, energiya tizimlarini optimallashtirish, alternativ energiya manbalaridan foydalanish, energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini monitoring qilish, energiya tarmog'i xavfsizligini oshirish va innovatsiyalarni rag'batlantirish uchun qo'llaniladi. Ushbu texnologiyalar energiya sohasidagi muammolarni identifikatsiya qilish taqsimoti va iste'molini boshqarishni osonlashtirish va energiya isroflarini kamaytirishga yordam berish imkonini beradi.

Energiya isrofini kamaytirish: Raqamli texnologiyalar energiya sohasidagi muammolarni identifikatsiya qilish, energiya sarfiyotini monitoring qilish va avtomatik boshqarish yordamida energiya isrofini kamaytirishga imkon beradi. Smart metering tizimlari, energiya iste'moli va taqsimoti jarayonlarini batafsil monitoring qilish va foydalanuvchilarga o'zlarining energiya isroflari haqida ma'lumot berish imkonini beradi. Bu esa foydalanuvchilarni energiya sarfiyotini oshirishdan qattiqroq himoya qilishga olib keladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar energiya sohasidagi innovatsion g'oyalarni takomillashtirish, mavjud muammolarni hal etish choralarini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, yuqori sifatli energiya ta'minotini ta'minlash, energiya sarfiyotini kamaytirish, energiya tizimlarini boshqarish va o'zaro aloqalarini kuchaytirish uchun muhim vositalar sifatida qo'llaniladigan raqamli texnologiyalarning o'rni beqiyosdir. Bunday jarayonlar esa har jihatdan rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olayotgan mustaqil O'zbekiston uchun energiya sohasidagi innovatsiyalar va rivojlanishni rag'batlantirish, ekologik va ijtimoiy talablar bilan moslashish imkonini beradi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, raqamli texnologiyalar aynan energiya sohasidagi ma'lumotlarni o'zaro almashish, tahlil qilish va boshqarishni osonlashtiradi. Bu esa davlatlarga energiya sohasidagi muammolarga qulay, tez va samarali yechim topish imkonini beradi.

REFERENCES

1. Икромов, Х. Х. (2021). СОЗДАНИЕ ИНФОРМАЦИОННОЙ СИСТЕМЫ. Universum: технические науки, (2-1), 21-22.

2. Khomitjonovich, B. E. (2022). DEVELOPING ALGORITHM FOR CONVERTING INTEGER TYPE VARIABLES INTO STRING VIEW. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(04), 105-108.

3. Xoldarboyev, R. A., & Abduvaxobova, R. A. Q. (2022). Kiberxavfsizlik. Science and Education, 3(7), 29-34.

4. Guliamova M.K., & Aliev R.M. (2021). Database Concept, Relevance and Expert Systems. Scientific and Educational Areas Under Modern Challenges, 2021. - PP. 125-127. Чебоксары: SCC "Interaktiv plus".

5. Nechaev A S, Antipina O V, Rasputina A V, Tyapkina M F and Ilyina E A 2021 Methods of lease payments calculating in terms of innovations financing. Montenegrin Journal of Economics 17(1) 133-149

6. cyberleninka.ru, lex.uz, digital.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.