Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNALOGIYALAR OBYEKTLARINING ENERGIYA TA’MINOTINI MODELLASHTIRISH'

RAQAMLI TEXNALOGIYALAR OBYEKTLARINING ENERGIYA TA’MINOTINI MODELLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
В данной статье представлена информация о цифровых технологиях / цифровом моделировании / видах моделирования / роли моделирования на государственных предприятиях / цифровых моделях шахт и их преимуществах / теории энергетики / моделировании теории энергетики / а также роли государственной политики в развитии моделирования.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maftuna Tuychiyeva Shuhratovna

Mazkur maqolada ,raqamli texnalogiyakar,raqamli modellashtirish, modellashtirish turlari, modellashtirishning davlat korxonalaridagi o’rni raqamli modellashtirilgan konlar va ularning afzalliklari,energiya ta’limoti,energiya ta’limotini modellashtirish, modellashtirishni rivojlantirishda davlat siyostaining o’rni haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNALOGIYALAR OBYEKTLARINING ENERGIYA TA’MINOTINI MODELLASHTIRISH»

RAQAMLI TEXNALOGIYALAR OBYEKTLARINING ENERGIYA TA'MINOTINI

MODELLASHTIRISH Maftuna Tuychiyeva Shuhratovna

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU universiteti Telekomunikatsiya texnalogiyalari fakulteti talabasi, @maftuna200412gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10723744

Annotatsiya. Mazkur maqolada ,raqamli texnalogiyakar,raqamli modellashtirish, modellashtirish turlari, modellashtirishning davlat korxonalaridagi o'rni raqamli modellashtirilgan konlar va ularning afzalliklari,energiya ta'limoti,energiya ta'limotini modellashtirish, modellashtirishni rivojlantirishda davlat siyostaining o'rni haqida ma'lumot berilgan.

Аннотация. В данной статье представлена информация о цифровых технологиях, цифровом моделировании, видах моделирования, роли моделирования на государственных предприятиях, цифровых моделях шахт и их преимуществах, теории энергетики, моделировании теории энергетики, а также роли государственной политики в развитии моделирования.

Abstract. This article provides information about digital technologies, digital modeling, types of modeling, the role of modeling in state enterprises, digitally modeled mines and their advantages, energy theory, modeling of energy theory, the role of state policy in the development of modeling.

KIRISH

Raqamli texnologiyalar - virtual haqiqat (Virtual haqiqat, VR). Insonning virtual haqiqatda bo'lishiga imkon beruvchi texnik qurilmalarning paydo bo'lishi ushbu texnologiyani ko'ngilochar sohada talabga aylantirdi. Raqamli texnalogiyalarni o'zlashtirish insonniyat tarihidagi boshqa innavatsion ishlanmalarni joriy qilishdan tezroqdir; Bor-yo'g'i yigirma yil uchun ichida raqamli texnalogiyalar rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining qariyb 50 foizini qamrab olishga va ularning yordami bilan jamiyatlarni o'zlashtirishga muvaffaq bo'ladi.Aloqa va moliyaviy, tijorat va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yahshilaydigan texnalogiyalardan foydalanish aholi o'rtasidagi tengsizlikning sezilarli darajada qisqarishiga olib kelishi mumkin.Masaalan,sog'liqni saqlash sohasida sun'iy intelektga asaslangan ilg'or texnalogiyalar inson hayotini saqlab qolish kasallilarga tashhis qo'yish va umr ko'rish davomiyligini oshirishga xizmat qilmoqda.Ta'lim sohasida virtual o'quv muhiti va masofaviy ta'limni ta'minlash dasturlarida ishtirok eta olmagan talabalarga imkon berdi.Bundan tashqari,blokcheynga asoslangan tizimlardan foydalanishdavlat xizmatlarini yanada qulayroq qiladi,ularni taqdim etuvchi institutlar mas'uliyatini oshiradi va su'iy intelektdan foydalanish natijasida jarayonlar kamroq bryukroratik holga keladi.Katta ma'lumotlar,shuningdek,yanada moslashuvchan va aniq siyosat strategiyalari hamda dasturlarni ishlab chiqshga hissa qo'shish mumkin.Algoritmlardan foydalanish insoniy vatizimli noto'g'riliklarni ko'paytirishi va hattoki ular dastlab turli xil haqiqatlarni aks ettirmaydigan ma'lumotlarni o'z ichiga olgan holdalardakuchaytirishi mumkin

Ob'ekt deganda har xil xossa va xususiyatlarga ega bo'lgan tabiat elementi tushuniladi. Suv yoki gaz oqayotgan truba, paxta terish mashinasining shpendeli, elektr toki o'tkazuvchisi, qurilishda ishlatiladigan temir-beton plitalar ob'ektga misol bo'la oladi. Ob'ektni o'rganish o'ta murakkab jarayon bo'lib, u bir necha xil usullar yordamida amalga oshiriladi.

Modelning monandligini o'matish bosqichi uni ishlab chiqish bosqichlari ketma-ketligining yakuniysidir. Modellar materiallashgan va abstrakt modellarga bo'linadi. Materiallashgan modellar ob'ektning asosiy geometrik, fizik va shu kabi xususiyatlarini ifodalaydi. Materiallashgan modellarga ob'ektlarning kichiklashgan holatlari masalan, kanal yoki stanokning maketi kiradi. Abstrakt modellar esa inson fikrining mahsuli bo'lib, unga qarashlar, tushunchalar, gipotezalar kiradi. Modellar modellashtirish usuli bo'yicha so'zlashuv - ifodali model (SIM) va matematik model (MM) ga bo'linadi.

Matematik model orqali obyektning xossalarini o'rganish matematik modellash deb tushuniladi. Jarayon o'tishi optimal sharoitlarini aniqlash, matematik model asosida uni boshqarish va obyektga natijalarini olib o'tish uning maqsadidir. Matematik model tushunchasi matematik modellash usulining asosiy tushunchasidir. Matematik model deb matematik belgilash yordamida ifodalanuvchi, qandaydir hodisa yoki tashqi dunyo jarayonini taxminiy tavsifiga aytiladi. Matematik yondashuv, matematik modellar turli xil energiya siyosatlari haqida tushuncha beradigan kompyuterga asoslangan operatsiyalarga ruxsat berish uchun energiya tizimining rasmiy tasvirini berish uchun ishlatiladi. Energiyani modellashtirishda keng qo'llaniladigan usullarga quyidagilar kiradi: Matematik dasturlash chiziqli dasturlash (LP), chiziqli bo'lmagan dasturlash (NLP) va aralash butun sonli dasturlashni (MIP) o'z ichiga oladi. Matematik dasturlashning maqsadi cheklovlar to'plamiga bog'liq bo'lgan funksiyani optimallashtirish (maksimallashtirish yoki minimallashtirish) dir (Sinha 2006). Bu cheklovlar odatda resurslar mavjudligi yoki boshqa texnik, iqtisodiy yoki hatto imitatsion chegaralar bo'yicha cheklovlar bo'ladi.

Matematik modelni qurilishida real hodisa soddalashtiriladi, sxemalashtiriladi va olingan sxema hodisalar murakkabligiga bog'- liq holda u yoki boshqa matematik apparat yordamida tavsiflanadi. Tadqiqotning muvaffaqiyatliligi va olingan natijalaming ahamiyatliligi modelda o'rganilayotgan jarayonning xarakterli xislatlarini hisobga to'g'ri olishga bog'liq. Matematik modellash o'ziga uchta o'zaro bog'langan bosqichlami qamrab oladi:

1) o'rganilayotgan obyektni matematik tavsifini tuzish;

2) matematik tavsifi tenglamalar tizimini yechish usulini tanlash va modellashtiruvchi dastur shaklida uni joriy qilish;

3) modelning obyektga monandligi (adekvatligi)ni aniqlash.

Matematik tavsifni tuzish bosqichida obyektda asosiy hodisa va elementlari avval ajratib olinadi va keyin ular orsidagi aloqalar aniqlanadi. Har bir ajratib olingan element va hodisa uchun uning funksiyalanishini aks ettiradigan tenglama (yoki tenglamalar tizimi) yoziladi. Bundan tashqari, matematik tavsifiga turli ajratib olingan hodisalar orasiga aloqa tenglamalari kiritiladi.

Energiyani tejash va undan oqilona foydalanish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.Prezidentimiz Sh.Miromonovich Mirziyoyev ham bu borada turli chora tadbirlar ko'rmoqdalar.Energiya ta'limoti,raqamli texnalogiyalarni rivojlantirish Davlat siyosati darajasiga ko'tarilmoqda.Prezidentimizning "Energiya tejovchi texnalogiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi farmoni ijro doirasida O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasining raqamli onlayn platformasi ishga tushirildi.

"O'zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev neft va gaz sohasining milliy raqamli ma'lumotlar bazasini yaratish, uglevodorod konlari hamda yangi maydonlarni raqamli modellashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Jahondagi ilg'or kompaniyalarning eng so'nggi dasturiy ta'minotlari, serverlar va kompyuter texnologiyalari xarid qilinib, soha mutaxassislari

mahalliy va xorijiy kompaniyalarda qayta tayyorlanishi natijasida hozirda O'zbekistonda yagona bo'lgan milliy ma'lumotlar bazasi hamda konlarni raqamli modellashtirish markazi tashkil etildi. Markazda milliy ma'lumotlar bazasini mukammallashtirish, modellashtirish jarayonlarini takomillashtirish va ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish orqali barcha jarayonlarni uzviy bog 'lash bo'yicha amaliy yordam beradi. Elektr energiya sohasida raqamli texnalagiyalarning o'rni beqiyosdir. Elektr ta'minotini tejash va elektr energiyasidan samarali foydalanish maqsadida raqamli texnalagiyalar yordamida loyihalar amalga oshirilyapti. Eng zamonaviy turlaridan biri bu raqamli konlardir.

Bugungi kunda O'zbekistonda 280 dan ziyod konlar mavjud, ularning 123 tasi raqamli modelda ishlab chiqilgan naft va gaz konlaridir.Konlar bo'yicha barcha ma'lumotlar yagona bazada raqamlashtirilgan 3D modelda saqlanadi. Raqamli konlarda geologik risklarni 40-45 % dan 5-10 % gacha kamaytirish, sesmik ma'lumotlarni o'rganish orqali 3500 metrdan ham neft va gaz zahiralarini aniqlash, qolaversa qariyb 65 mln dollarlik iqtisodiy samaraga erishish mumkin. Konlardagi tarmoqlarni raqamlashtirish natijasida bugungi kunda 123 ta konlarda ish unumdorligini oshirish,mavjud zahiralarni aniqlash, ularni monitoring qilishda o'z samarasini ko'rsatdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.