Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTGA O‘TISH JARAYONIDA BO‘LAJAK IQTISODCHILARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR'

RAQAMLI IQTISODIYOTGA O‘TISH JARAYONIDA BO‘LAJAK IQTISODCHILARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / jamiyatni raqamlashtirish / raqamli texnologiyalar / aqlli shaxar / aqlli uy / iqtisodiyotda axborot texnologiyalari / taqdimot / reklama

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Rajabov Asliddin Xolmirzayevich

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonida “Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari” fani o‘qituvchilariga, iqtisod yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalariga qo‘yilayotgan talablar, ularni hal qilishga qaratilgan yechimlar masalasi talqin qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTGA O‘TISH JARAYONIDA BO‘LAJAK IQTISODCHILARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

RAQAMLI IQTISODIYOTGA O'TISH JARAYONIDA BO'LAJAK IQTISODCHILARGA QO'YILADIGAN TALABLAR

Rajabov Asliddin Xolmirzayevich

"Informatika" kafedrasi o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti rajabovasliddin254@gmail.comJORCID ID: 0009-0001-0617-4859 https://doi.org/10.5281/zenodo.13364918 Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayonida "Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari" fani o'qituvchilariga, iqtisod yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalariga qo'yilayotgan talablar, ularni hal qilishga qaratilgan yechimlar masalasi talqin qilinadi.

Kalit so'zlar:globallashuv, jamiyatni raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar, aqlli shaxar, aqlli uy, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari, taqdimot, reklama..

1 KIRISH

Jamiyatning barcha sohalarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalarini qo'llash shu soha rivojining asosiy ustuvor yo'nalishi bo'lib qoldi. Jumladan jamiyat qaddini tik tutib turadigan tanasi, asosi xisoblangan iqtisodiyot sohasida axborot texnologiyalarining qo'llanishi soha rivojida asosiy o'ringa chiqdi.

«Raqamlashtirish» so'zi aslida yangi atama bo'lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o'laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo'lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo'llashni ko'zda tutadi.

Raqamlashtirishning ahamiyati va ta'siri qanchalik ortib borayotganligini baholash jarayonida ko'rish mumkinki, bo'lajak iqtisodchi talabalarga qo'yiladigan talablar ham o'zgarib boradi. Sababi raqamlashtirish jarayonini bevosita iqtisodchilar va IT sohasi vakillari amalga oshiradi.

2020-yil mamlakatimizda "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilingandi va bu boradagi ishlar endilikda yangi bosqichga ko'tarilib, prezident farmoni bilan mamlakatning "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi.

Bu strategiya doirasida raqamli ta'limni rivojlantirish bo'yicha berilgan ko'rsatmalardan bilish mumkinki raqamlashtirish jarayoni bevosita ta'lim tizimiga ham kirib kelyapti. 2 ADABIYOTLAR TAXLILI

• 1.01.2021 yilga har bir tuman va shaharda mavjud infratuzilma ob'yektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar va ayollar uchun raqamli texnologiyalar o'quv markazlari ochiladi;

• 2023 yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda o'quvchilarning ijodiy rivojlanishi va kompyuter dasturlash asoslarini o'rganishi uchun mavjud ta'lim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi1

3 NATIJALAR

Raqamliashtirish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan bilim va ko'nikmalarni egallamagan mutaxassis bilan mehnat faoliyatini boshlagan soha jamiyat rivojidan ortda qoladi.

Raqamlashtirish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirmagan mutaxassis jamiyatda o'z o'rnini topib ketishida muammolarga uchraydi.

Mehnat bozori raqobatlariga dosh bera olmaydi. Natijada ishsiz qolish ehtimoli oshadi.

4 MUXOKAMA

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ta'lim jarayonadi raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etishga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullari joriy etish bo'yicha quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

1. Raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali mutaxassis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tashkiletish;

2. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta'lim texnologiyalarining

i

https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda yangi/ra qamli uzbekiston-2030 strategiyasi qabul qilindi

• 1.01.2021 yildan boshlab fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, ma'lumotlar bazasi va «bulutli» platformani boshqarish, axborot xavfsizligini ta'minlash va boshqa talab yuqori bo'lgan yo'nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 50%gacha bo'lgan qismini qoplash tizimi joriy etiladi;

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

www.in-academy.uz

mustaxkam integratratsiyasini ta'minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish;

3. Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta'lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, "Blended learning", "flepped classroom" texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;

Bunda an'anaviy ta'lim va masofaviy ta'lim birlashtiriladi. Talabalarning ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab, ular ta'lim turlaridan foydalanishlari mumkin.

BlendedLearning

combining the best teaching methods

^fc - teachi

mr led

III lea mil

ll

"Flipped classroom" texnologiyasida o'qituvchi barcha ma'lumotlarni platformaga joylashtiradi. Talabalar uyda darslar haqida ma'lumot bilan tayyorlanmoqdalar. Dars davomida ma'ruzalar yo'q, talabalar uyda o'rganadilar va amaliy mashg'ulotlar yordamida amaliy ko'nikmalarini mustahkamlaydilar.

• Ta'lim jarayoniga malakali, o'z ishining haqiqiy ustasi bo'lgan professor o'qituvchilarni jalb qilish. Bunda maxsus pragrammalar bilan ishlaydigan tor doiradagi mutaxasislarni jalb qilish

• Zamonaviy ta'lim metodlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanish. Bunda berilgan mavzudan kelib chiqib har bir mavzuga o'zgacha yondashish va metodlardan foydalanish

• Sohalarda qo'llaniladigan maxsus dasturiy ta'minotni o'zlashtirishga imkoniyat yaratish va amalga oshirish.

^ MICROSOFT EXCEL- Microsoft Office dasturiy ta'minot to'plamining bir qismi bo'lgan universal dastur. Ma'lumotni saqlash, tartibga solish va tahlil qilish qobiliyatiga ega tengsiz elektron jadval dasturi. Moslashuvchan va ishlatish uchun qulay.

TRADITIONAL FLIPPED

Lecture Homework Lecture Classroom

^ 1C: BUXGALTERIYA - bu buxgalteriya hisobini butunlay yangi bosqichga olib chiqqan eng mashhur buxgalteriya dasturi. Unga ulangan xizmatlar buxgalteriya vazifalarini samarali bajaradi. Ushbu dasturning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat: qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, xo'jalik operatsiyalarini ro'yxatdan o'tkazish, foydalanuvchilarni o'z vaqtida qo'llab-quvvatlash.

4. Zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta'lim dasturlarini tashkil etish; Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta'lim dasturlarini tashkil etish: Zoom, Microsoft Teams, freeconference videokonferentsiya dasturlari xizmatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayoni iqtisodiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlaydigan ta'lim muassasalari oldiga quyidagi masalalarni qo'yadi:

• Ta'lim jarayonini to'liq axborot texnologiyalari bilan ta'minlash. Amaliyot va labaratoriya mashg'ulotlari uchun maxsus labaratoriya xonalari, trinajyorlar yaratish.

^ 1C: ЗАРПЛАТА И УПРАВЛЕНИЕ ПЕРСОНАЛОМ- ushbu dastur ish haqini hisoblash va tashkilotning kadrlar siyosatini amalga oshirish bilan bog'liq masalalarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Kadrlar va buxgalteriya bo'limida keng qo'llaniladi.

1С: БУХГАЛТЕР! к!Я 8

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

www.in-academy.uz

1C : nPEAnPMJITME 8

3APTIJ1ATA

M ynPABJIEHME

niPCOHAJIOM M

.-art

^ 1C: DOCUMENT EXCHANGE zamonaviy ECM tizimi (Enterprise Content Management), bu biznes jarayonlari va xodimlarning ish faoliyatini boshqarish uchun to'liq vositalar to'plamidir. Bu tashkilotdagi hujjatlar bilan ishlashni avtomatlashtirishga xizmat qiladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi.

^ SBIS SYSTEM tashkilot va kontragentlar ichidagi elektron hujjat aylanishi, Internet orqali barcha davlat organlariga hisobot berish, korporativ ijtimoiy tarmoq (yangiliklar va munozaralar, repostlar, yoqtirishlar va sharhlar), savdo nuqtalari va boshqalar kabi ko'plab imkoniyatlarni o'z ichiga oladi.

^ GLONASS/GPS bu avtomobil harakatini, haydovchining ishlash va dam olish rejimini, avtomobil tezligini va yoqilg'i sarfini Real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi zamonaviy vositadir. Yoqilg'i-moylash materiallarini boshqaradigan iqtisodchi uchun ideal yechim

^ CLIENT-BANK bu mijoz hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishi, telefon va kompyuter orqali bank bilan ma'lumot va hujjatlarni almashishi mumkin bo'lgan qulay tizim

• Har bir talabaning qabul qilish imkoniyatidan kelib chiqib individual yondashish, topshiriqlar berish

• "Aqlli shahar" texnologiyalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lgan "Aqlli ta'lim" loyihasida qatnashishini ta'minlash. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

> shaxsni intelektual aniqlash tizimi;

> masofaviy ta'lim va elektron o'qitish;

> ta'limninig barcha bosqichlarini qamrab olgan integratsiya tizimlari;

> onlayn va oflayn uslublaridagi integratsiya tizimlari;

> adaptive va mobil o'qitish texnologiyalari.2 5 XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ta'lim jarayonini bevosita iqtisodiyot sohalari bilan bog'lash, iqtisodchi mutaxassislarni ta'lim jarayoniga jalb qilish, sohaga oid qonun xujjatlari va qarorlar bilan tanishtirib borish.

Raqamlashtirish jarayonida bevosita talabalar ishtirokini ta'minlash, jarayonlarga jalb qilish orqali amaliy ko'nikmalarini oshirib borish, raqamlashtirishga va iqtisodiyot sohalarida qo'llaniladigan dasturiy ta'minotni o'zlashtirib olishiga sharoit yaratib berish ta'lim muassasi zimmasiga yuklatiladi.

Bu jarayonlar bevosita "Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari" fanini o'qitadigan pedagog xodimlardan IT va Iqtisodiyot sohalariga oid bo'lgan yangiliklar va ixtirolardan doimiy ravishda xabardor bo'lib turishi talab qilinadi.

Maxsus dasturlardan foydalanish ko'nikmasini mustaqil ish tarzida, to'garaklar jarayonida o'rgatib borish maqsadga muoffiqdir. Sababi, bu dasturlarni o'rgatishga fan dasturida soatlar ajratilmagan.

2 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.01.2019 yildagi 48-son

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

Tashkent«, may jo« www.in~academy.uz

Dasturlarning online variantlaridan foydalanishni o'rganish talabar uchub yana bir qulaylikdir. Jumladan Google drive dasturlaridan shular jumlasidandir.

Google xizmatlaridan foydalanish iqtisod sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxasislar uchun quyidagi qulayliklarni yaratadi:

1. Xodimlar haqidagi ma'lumotlarni tez va oson yig'ish. Sababi google dickda tayyorlangan xujjat ssilkasini olib barcha ijtimoiy tarmoqlar orqali xodimlarga jo'natish imkoniyati mavjud.

2. Google diskda tayyorlangan xujjatga kiritilgan ma'lumotlar avtomatik tarzda saqlanadi. Bu xodimlarga so'ralgan ma'lumotlarni jo'natishda yengillik yaratadi.

Google diskda tayyorlangan xujjatga kiritilgan ma'lumotlar bitta xujjatga tushadi. Kiritilgan ma'lumotlarni jamlash talab etilmaydi.

FOYDALANILGAR ADABIYOTLAR

[1] G'.M.Porsaev Korxona menejmentida axborot texnologiyalari. Uslubiy qo'llanma. Samarqand, 2010.

[2] Информационные ресурсы и технологии в экономике: Учебное пособие / Под ред. Романова А.Н.. -М.: Вузовский учебник, 2018. - - 319 c

[3] https://e- library.namdu.uz/Iqtisodivotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S.pdf

[4] htts://lex.uz/docs/-5030957

[5] https://lex.uz/docs/-5030957#-5031952

[6] file:///C:/Users/User/Downloads/713.pdf

[7] https://arm.sies.uz/wp-content/uploads/2020/11/43-V-Iqtisodda-axborot-texnologivalari.-Oquv-qollanma.-O.T.Keniavev-A.O.Rozivev.-T-2005.pdf

[8] https://uniwork.buxdu.uz/resurs/13278 2 115636E5 C8C04CDFA888D6322BBD2E1F52734951.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.