Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING AXBOROT DIDAKTIK TA’MINOTI'

RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING AXBOROT DIDAKTIK TA’MINOTI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / texnika / innovatsiya / iqtisodiy markaz / menejment / intellekt / transfer / startap / biznes / oliy ta’lim / tadbirkorlik / kichik biznes / rivojlantirish / investitsiya / raqobat.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Zuparov Bobur

Ushbu maqola OTMning bakalavr ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish iqtisodiy ta’lim uchun axborot didaktik ta’minotida ta’lim oluvchilarning iqtisodiy kreativ kompetensiyalarini innovatsion iqtisodiy texnologiyalari asosida metodik takomillashtirishda iqtisodiy taʼlimning innovatsion tashkiliy-didaktik shakllarini qoʻllashning shart-sharoitlari va sifat koʻrsatgichlari, axborot-didaktik taʼminoti tavsiflangan. Ta’lim oluvchilarning kreativ kompetensiyalarini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish metodikasi, innovatsion yondashuv asosida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по прочим социальным наукам , автор научной работы — Zuparov Bobur

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING AXBOROT DIDAKTIK TA’MINOTI»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING AXBOROT

DIDAKTIK TA'MINOTI

Zuparov Bobur

O'zbekiston Oriental universiteti 1-kurs magistranti Toshkent amaliy fanlar universiteti,Gavhar ko'chasi 1-uy, Toshkent 100149, O'zbekiston

boburzuparov4@xmail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.13347519 Annotatsiya: Ushbu maqola OTMning bakalavr ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish iqtisodiy ta'lim uchun axborot didaktik ta'minotida ta'lim oluvchilarning iqtisodiy kreativ kompetensiyalarini innovatsion iqtisodiy texnologiyalari asosida metodik takomillashtirishda iqtisodiy ta'limning innovatsion tashkiliy-didaktik shakllarini qo'llashning shart-sharoitlari va sifat ko'rsatgichlari, axborot-didaktik ta'minoti tavsiflangan. Ta'lim oluvchilarning kreativ kompetensiyalarini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish metodikasi, innovatsion yondashuv asosida yoritilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, texnika, innovatsiya, iqtisodiy markaz, menejment, intellekt, transfer, startap, biznes, oliy ta'lim, tadbirkorlik, kichik biznes, rivojlantirish, investitsiya, raqobat.

KIRISH

Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy ta'lim sohasiga zamonaviy iqtisodiy ta'lim shakli sifatida kirip keldi. Bunda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy qoidasi sifatida raqamli ko'rinishdagi katta ma'lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Raqamli iqtisodiyotga o'tish deganda axborot texnologiyalari bilimlariga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiy taraqqiyotning yangi turini barpo etish tushuniladi. Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma'lumotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun'iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko'rsatish mumkin. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan texnologiyalar birgalikda "aqlli" ob'ekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy, aqlli shahar, sog'liqni saqlash, transport ba tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish shiddat bilan kirib kelgan axborot muhitida, davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada rivojlantirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo'yicha quyidagilarni aytib o'tdi: "Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotini shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish maqsadida men yurtimizda 2020 yilga "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili", deb nom berishni taklif etaman".

Undan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonini ijro etish borasida, shuningdek,

Respublikada raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo'yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot xavfsizligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Qaror qabul qilindi, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi "O'zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin.

Ushbu qaror bo'yicha quyidagilar O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo'yicha eng muhim vazifalar deb ko'rsatilgan Raqamli iqtisodiyot yangi mutaxassis va yangi ish joylari hosil bo'lishida, yangi korporativ madaniyat barpo bo'lishida, yangi boshqaruv va nazorat usullarining yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Raqamli texnologiyalarning hayotga kirib kelishi va tizimli davom etishi kelajakga xos bo'lgan iqtisodiy xususiyatlardan biridir. Bu mikroelektronika, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohalaridagi iqtisodiy taraqqiyot bilan izohlanadi. Raqamli inqilob qaysidir tarmoqlar va mamlakatlarga ilgariroq va kuchliroq, boshqalarga esa kechroq va kamroq kirib keladi. Servis xizmatlari, media va ko'nilocharliklar birinchi bo'lib, ulardan keyin esa telekommunikatsiya kompaniyalari va banklar raqamlashtirishga mubtalo bo'ladi.

Lekin tahlilchilarning umumiy fikrlari va kompaniyalar menejerlari orasida o'tkazilgan so'rov natijalariga asosan, raqamlashtirish u yoki bu darajada hammaga birdek daxl qiladi. "Raqamli" (elektron) iqtisodiyot bu- gibrid ta'lim sharoitida real iqtisodiy ta'limdan virtual iqtisodiy ta'lim orqali barcha "hayotiy ahamiyatga ega" harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigan real va virtual ta'lim birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning yuqori

. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™ ^^ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

samaradorligi va raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisoblanadi. Raqamli biznes bu jismoniy va raqamli ta'limni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bg'lishidir.

Schoolof Managementesa raqamli o'zgarishni "korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish" sifatida ta'riflaydi. Ijtimoiy tarmoqlar, smartfonlar bozori, internetga keng ulanish, mashinali o'qitish texnologiyalari va sun'iy intellektning shiddat bilan o'sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan iqtisodiy ta'limni o'zgartirib yubordi. Iqtisodiy ta'lim bozoridagi bo'sh joylarni egallashlari yoki mavjud bo'sh o'rinlarni o'zgartirgan holda o'zlarini o'zgarishlarga moslab olishi lozim bo'ladi.

Tashkilotlarni raqamli o'zgartirish jarayoni - yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va iqtisodiy ta'limni tarqalishiga javob hisoblanadi. Raqamli o'zgartirish turli darajalarga erishib, ular o'rtasidagi farq ikkita atama - "raqamli ko'rinishga keltirish" va "raqamlashtirish" o'rtasidagi farq bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Raqamli ko'rinishga keltirish axborotni jismoniy vositalardan raqamli vositalarga o'tkazishdir.

Raqamli ko'rinishga keltirishga - elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Axborot o'zgarishi ro'y bermaydi: u faqat elektron shaklga ega bo'ladi. Raqamli ko'rinishga keltirish ko'pincha mavjud biznesmodelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni

optimallashtirish uchun foydalaniladi. Raqamlashtirish esa raqamli shaklda bo'lgan butunlay yangi maxsulotlar yaratishdir. Masalan, multiplikatsiyali dinamik o'quv kursi yoki hujjatni sharxlashning interaktiv tizimi bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratilgan maxsulotni uning sifatini jiddiy yg'qotmasdan turib, texnik vositalarga g'tkazishning imkoni yo'q, shu sababli raqamlashtirish, raqamli ko'rinishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezirarli darajada keskin rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo'lga kiritishga imkon beradi.

Real iqtisodiy ta'limni raqamli 3D-modellarini tuzishga misollar servis sohasi korxonalari, qurilish kompaniyalari, murakkab texnologik maxsulotlar ishlab chiqaruvchilar, neft qazib chiqarish va boshqa tarmoqlar hisoblanadi. 3D modellashtirish doirasidanafaqat ob'ektlar modellarini tuzish haqida, balki ularni ma'lumotlar bilan to'ldirish haqida ham fikrlash mumkin bo'lib, bu o'z navbatida, boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini optimallashtirishga va oqibatda mahsulotlarni loyihalashtirish vositalarini ularni ishlab chiqarish vositalari bilan bog'lashga imkon beradi.

Shu bilan bir paytda, virtual reallik texnologiyalarini ommaviy joriy qilish yo'lida insonning virtual reallikdagi raqamli iqtisodiyot robototexnika bilan ham chambarchas bog'liq. Robotlarning insonlar hayotidagi ishtiroki fantastlar tomonidan ko'p marta muhokama qilingan, lekin hozirda robotlar bizning real hayotimizga ham tezkorlik bilan va bevosita kirib kelmoqda. Odamlar ishlab chiqarishda bajaradigan oddiy funksiyalarni robotlar bajarishi xatolar sonini ancha

kamaytirish hamda ishlarning bajarish tezligini oshirishga imkon beradi. Sir emaski, ko'plab sanoat kompaniyalari yig'uv liniyalari va logistikada robototexnikani faol qg'llaydi, bu inson omilining ahamiyatini pasaytirish va ishga minimal sondagi odamlarni jalb qilishga imkon beradi. Sanoat robotlari qiymatini (bahosini) pasaytirish ularni qg'llashdan iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratadi va odamlarga amalda qanday qilib mexanizmlar avtomatik rejimda inson ishtirokisiz maxsulot ishlab chiqarishini kuzatib turishiga to'g'ri keladi.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish investitsiya va tadbirkorlikni sohasidagi faoliyatni, jumladan, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish. Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko'nikmalariga ega bo'lgan malakali kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub'ektlarining yaqin hamkorligini ta'minlash lozim. Kriptoaktivlar bo'yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko'rsatadigan yuqori malakali xorijlik mutahassislarni jalb qilish lozim. Raqamli iqtisodiyot bu jamiyat ne'matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko'zda tutadigan insonning xo'jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir.

Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni anglatadi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3832 03.07.2018dagi "O'zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori muhim ahamiyatga ega. Raqamli iqtisodiyot - bu o'ziga hos nazariya bo'lib, uning o'rganish ob'ekti, axborotlashgan jamiyatjarayonlari hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o'z rivojlanishining boshlang'ich davridadir, chunki sivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o'tishi bir necha o'n yillargina boshlangan."Raqamli iqtisodiyot" atamasi ilmiy amaliyotga Ispaniyalik va Amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o'zining "Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat" nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to'laligicha hali shakllanmagan va ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o'rganilmoqda.

Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon "Yangi raqamli iqtisodiyoti" turli xislatlar bilan nomlanadi. Masalan, "postindustrial iqtisodiyot" (D.Bell), "axborotlashgan iqtisodiyot" (O.Toffler), "megaiqtisodiyot" (V.Kuvaldin), "axborot va aloqaga asoslangan

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

iqtisodiyot" (I.Niniluto), "texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot" (B.Geyts), "bilimlarga asoslangan iqtisodiyot" (D.Tapskott).

NATIJALAR

Ushbu tushunchalarni bog'lab turadigan omil - bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida raqamli axborot texnologiyalarining birlamchi o'rinni egallashi bo'lib hisoblanadi.Raqamli iqtisodiyot haqida so'z borar ekan, axborotlashgan jamiyatga ta'rif berib o'tish o'rinlidir. Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko'p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo'lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo'lgan jamiyatga aytiladi.

Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat hayotida axborot, bilim va axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada oshishi xosdir. Raqamli iqtisodiyot ustivor bo'lgan axborotlashgan jamiyatgata'rif berishdaiqtisodchilar turli texnologik, iqtisodiy, mehnat, fazoviy, iste'mol va kreativ mezonlardan foydalanadilar. Yuqoridagi axborotlashgan jamiyat bilan bog'liq bo'lgan masalalarni oydinlashtirgandan so'ng, elektron tijotat va elektron biznes olamiga sayohatimizni boshlaymiz. Hozirgi davrda barcha rivojlangan mamlakatlarda tezkor sur'atlar bilan rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotning asosiy qo'llanilish sohalaridan biri elektron tijorat bilan shug'ullanish hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, elektron tijorat tizimlari, blokcheyn va kriptovalyutalar bilan ishlashning boshqalaridan asosiy farqi ularning tuzilmasi tarqoq (markazlashmagan) xoldaligidir.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish tizimlarda biror bir yagona markaz yoki bank mavjud emas va barcha ishtirokchilar tarmoq P2P (peer-to-peer) ko'rinishidigagi pirring arxitekturasi asosida ishlaydi. Yani, bunday tarmoq bir huquqqa ega bo'lgan mijoz dasturlaridan iboratdir. Blokcheyn va kriptovalyutaning har bir mijoz dasturi, o'z navbatida, o'z-o'zini taminlovchi tuzilmadan iborat bo'lib, ular global kriptovalyuta tarmog'iga ulanadilar va sutkasiga 24 soat mobaynida batamom avtomatik ravishda ishlaydilar. Kriptovalyutalarning emissiyasi esa mayning (ma'dan qidirib topish) tamoili asosida amalga oshiriladi. "Mayning" bu kompyuter tizimlarining hisoblash quvvatlarini kriptovalyutaning tranzaktsiyalari zanjirini xosil qilish uchun ishlatilish jarayonidir. Bunda har bir blok qandaydir to'g'rilik kriteriyalariga hamda murakkablik darajasiga ega bo'lishi lozim.

Umumjahon tendensiyalari va tashqi siyosatda ro'y berayotgan hodisalardan kelib chiqib, O'zbekiston oldida global raqobatbardoshlik va milliy havfsizlik masalasi turibdi va ushbu masalani hal qilishda mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish muhim va hal qiluvchi rol o'ynaydi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan ishlamoqda.

Hozirgi kunda, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o'tkazilishini

hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o'tkazilmoqda. Raqamlashtirish sabablarini tahlil qiladigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyot hamda elektron tijorat paydo bo'lishining sabablari va maqsadlarini R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva tadqiqotlarida raqamli iqtisodiyot faoliyatini qo'llab-quvvatlashga hizmat qiladigan usullar va texnologiyalarni tahlil qiladilar. Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot-kommunikatsiya tarmog'ini, balki mamlakat xo'jalik faoliyatining barcha sohalarini ham qamrab oladigan keng qamrovli tendensiyaga aylanib bormoqda. Internet-savdo, raqamli qishloq xo'jaligi, "aqlli" elektr-tarmoq tizimlari, haydovchisiz transport, shaxsiylashtirilgan sog'liqni saqlash tizimigaham raqamli iqtisodiyot inqilobi kuchli ta'sir qilmoqda. Raqamli iqtisodiyot - bu innovatsion g'oya va bu fikr Jahon banki tomonidan 2016 yil "Jahon taraqqiyoti haqida ma'ruza - 2016: raqamli dividendlar" ma'ruzasida ma'lum qilingan.

Bunday sharoitlarda alohida kompaniyalar, mintaqalar, mamlakatlar va ularning birlashmalari texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning yangi turlari bozorlarida yangi rivojlanadigan uzoq muddatli raqobatli ustunliklarni ta'minlashga intilib, raqamli iqtisodiyot sohasida strategik qarorlarni shakllantirish va amalga oshirish jarayoniga faol kirisha boshlaydilar. Raqamli iqtisodiyot hamda elektron tijorat - real voqe'llikni to'ldirib turadigan o'ziga xos virtual muhitdir.

G'arb mamlakatlari ekpertlari raqamli texnologiyalar iqtisodiyot sub'ektlari va boshqaruv o'rtasidagi munosabatlar, faol axborotlashtirish jarayoni iste'molchilarning xulq-atvorini o'zgartirib yuboradi. Elektron marketing ham asta-sekinlik bilan to'xtovsiz ravishda iqtisodiy o'zaro aloqalarning mohiyatiga, har bir kishining iqtisodiy o'zaro aloqalarga kirishishga majbur qiladigan asosiy harakatlantiruvchi kuch -ehtiyojlarga yaqinlashmoqda. Raqamli iqtisodiyotdagi elektron tijoratning boshqaruv jarayoni (professional kadrlar orqali) - o'zaro aloqalarni boshqarishning komp'yuterlashtirilgan tizimi bo'lib, insoniyatning o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish borasida elektron ma'lumotlardan faol foydalanish bo'yicha keng ko'lamli ishlarni olib boradi.

MUHOKAMA

Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, unda tizim faoliyatini bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil qilish, ijro etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish ko 'zda tutilgan.

Ya'ni, mamlakatni raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish rivojlantirish yo'llarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish uchun ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish asosida xalq xo'jaligi majmuini boshqarishning umumiy tizimi bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda raqamli olam va jismoniy (yoki moddiy) olamlar kundan-kunga bir-biriga tezkorlik bilan yaqinlashib kelmoqda. Bu ikki olamning jipslashuvi, oxir-oqibat, o'zaro bog'liqlik tushunchasi

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

katta ahamiyat kasb etuvchi idrokli olamga olib keladi. Global raqamlashtirish jarayoni esa jismoniy shaxslar, korxonalar va hukumatlarning barqaror o'sishi va ularga qulaylik yaratishni ta'minlagan holda tezligini oshirishda davom etmoqda.

Bunday global raqamlashtirish sharoitida rivojlanishning sust bo'lishi mamlakatda faqatgina yetakchi tajribalar yaratishda yangi raqobatbardosh ustunliklarni, yangicha g'oyalarga asoslangan qarorlarni qidirib topishni ta'minlovchi o'sish jarayoni yordam beradi, xolos, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish investitsiya va tadbirkorlikni elektron tijorat sohasidagi information tizimlarga kiritilgan investitsiyalardan tushadigan asosiy foyda iqtisodiyot rivojlanishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasining aksariyat qismi raqamli iqtisodiyot talablari darajasidagi ehtiyojlarni to'liq qondira olmasligiga olib keladi. Hozirgi davrda Markaziy Osiyo davlatlari ko'pincha investitsiyalarni to'liq qoplay olmaslikka hamda raqamli infratuzulmada kelib chiqishi mumkin bo'lgan investitsion muammolarga duch keladilar. Bu kabi muammolarni yechishda barcha ishtirokchilarning sa'yi-harakatlari birdek talab qilinadi.

Raqamli AKT infratuzilmasini rivojlantirishga qo'shimcha ravishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari jismoniy va biznes shaxslar orasida raqamli xabardorlik darajasini oshirishlari lozim. Hukumatlar yanada ko'proq sohaviy tuzulmalarni tashkil etib, raqamli texnologiyalar yordamida tijoriy va biznes g'oyalarning yangi yechimlarni izlashda an'anaviy sanoat salohiyatini kuchaytirishlari lozim.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot sohasidagi fundamental tadqiqotlarga va sifatli ta'lim olishga asosiy e'tiborini qaratilmas ekan, boshqa sohalarning jadal rivojiga va amaliy hayotdagi yangicha g'oyalarga erisha olmaydi. Masalan, mamlakatimizdagi ko'pchilik olim va soha mutaxassislarning fikricha, raqamlashtirish jarayoni mamlakat iqtisodiyotida borgan sari kuchayib boradi va transmilliy korporatsiyalarning mamlakat mintaqaviy va milliy iqtisodiyotlaridagi roli ortib bormoqda, iqtisodiyotning raqamli segmenti mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatda ro'y bergan sifat o'zgarishlari tufayli muhim ahamiyatga ega bo'ladi, da shuni

aytish lozimki Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishda, yangi raqamli texnologiyalar va platformalar jismoniy shaxslar va korxonalar menejmentiga tobora katta ko'lamda o'zaro aloqalarda transaksiya xarajatlarini qisqartirish hamda davlat tuzilmalari va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar bilan yaqin aloqalarni amalga oshirishga imkon beradi.

Bularning natijasida tarmoq servislariga asoslangan raqamli yoki elektron iqtisodiyot tizimi rivojlanadi. Raqamlashtirish tushunchasining o'zi buyumlar internetidan tortib, elektron hukumat texnologiyalarigacha bo'lgan zamonaviy axborot texnologiyalarini "yoppasiga" qo'llash asosida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni boshqarish va ishlab chiqarishning o'zini takomillashtirishning yangi

metodikasini amaliyotga tatbiq etish mukin. Iqtisodiyotning raqamli segmentini kengaytirishning asosiy sababi, transaksiya sektorining o'sishi hisoblanadi, va u rivojlangan mamlakatlarda milliy YIMning 75-80 foiz %dan ortig'ini tashkil etadi. Bu sektor tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat boshqaruvi, moliya, ulgurji va chakana savdo, konsalting va axborot hizmatlari ko'rsatish shuningdek, turli kommunal, personal va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. XULOSA

Iqtisodiyotda dinamika va diversifikatsiya darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, mamlakat ichkarisida va tashqarisida shunchalik katta hajmdagi ma'lumotlar aylanadi, mos ravishda, milliy iqtisodiyot doirasida ham kattaroq axborot trafigi vujudga keladi, raqamli iqtisodiyot hamda elektron tijorat information texnlologiya xizmatlarining kirib borish darajasi yuqori va qatnashchilar soni ko'p bo'lgan bozorlarda eng samarali faoliyat ko'rsatadi. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratga ichki va tashqi investitsiyalarni samarali jalb etish va undan dividendlar olish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, salmoqli inson kapitalini tayyorlash, boshqaruv jarayonini ham rivojlantirish zarurdir.

ADABIYOTLAR:

[1] Ayupov R.X., Baltabaeva G.R. Rakamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va rivojlanish istikbollari. -T: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2018, 172 bet.

[2] Baltabaeva G.R.va boshqalar. Kichik biznes va tadbirkorlikda innovatsion rivojlanish yo'nalishlari. -T: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2018, 232 bet.

[3] Ayupov R.X., Baltabaeva G.R. O'zbekistonda innovatsion iktisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari. - T:"Iqtisod-moliya" nashriyoti, 2015, 144 bet.

[4] Baltabaeva G.R. va boshkalar. O'zbekistonda elektron biznesning rivojlanish istikbollari. -T: "Format poligraf" nashriyoti, 2016, 205 bet.

[5] T.Z. Teshabaev, Z.M. Otaquzieva. Axborotlashgan iktisodiyot. T.: "Aloqachi" nashriyoti, 2017. 432 bet.

[6] Ayupov R.X., Urunov R.S. O'zbekistonda raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning rivojlanish tendentsiyalari. Iqtisodioytning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida AKT ning axamiyati, Respublika ilmiy-texnik anjumanining ma'ruzalar to'plami, 3-qism, T.: 2019 yil. 14-15 mart, 399-401 betlar.

[7] Ayupov R.X., Qurbonov Z.M. Raqamli iqtisodiyotning davlat boshqaruvida yuzaga keladigan ijobiy va salbiy tomonlari. "Davlat boshqaruvida raqamlasjtirish: muammo va yechimlar" mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari to'plami. T.: 2019 yil 12 aprel. 43-44 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.