Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA VAZIFASI'

RAQAMLI IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA VAZIFASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2375
321
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ROBOTOTEXNIKA / MANIPULYATOR / TEXNOLOGIYA / BYUDJET / EKSPERT / KORRUPSIYA / KOMPYUTER / FUNKSIYA / DIDАKTIK / SLAYD / DIAGRAMMA

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mallaboyev N.M., Madraximova M.B., Muqimjonov N.H.

Ushbu maqolada axbоrоt texnоlоgiyаlаri vа kоmmunikаtsiyаlаrini rivоjlаntirish vаzirligi оldidа о‘tа muhim vа dоlzаrb vаzifаlаr qо‘yilgаn. Rаqаmli iqtisоdiyоt, birinchi nаvbаtdа, kоrrupsiyаdаn hоli hududdа ishlаsh imkоniyаtini yаrаtаdi, chunki rаqаmlаr hаmmа nаrsаni muhrlаydi, xоtirаdа sаqlаydi. Kerаk pаytdа mа’lumоtlаrni tez tаqdim etish to’g’risida batafsil yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE AND FUNCTIONS OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN THE DIGITAL ECONOMY

This article outlines the most important and urgent tasks facing the Ministry of Information Technologies and Communications. The digital economy, first of all, creates the opportunity to work in a region free from corruption, because the numbers seal everything up, keep it in memory. detailed information

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA VAZIFASI»

UDK 004

Mallaboyev N.M. katta o'qituvchi Madraximova M.B.

o'qituvchi Muqimjonov N.H.

talaba

Namangan muhandislik-qurilish instituti 0'zbekiston Respublikasi, Namangan shaxri

RAQAMLI IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O'RNI VA VAZIFASI

Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldida o'ta muhim va dolzarb vazifalar qo'yilgan. Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan holi hududda ishlash imkoniyatini yaratadi, chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma'lumotlarni tez taqdim etish to'g'risida batafsilyoritilgan.

Kalit so'zlar: robototexnika, manipulyator, texnologiya, byudjet, ekspert, korrupsiya, kompyuter, funksiya, marketing, didaktik, slayd, diagramma.

Mallaboev N.M. senior lecturer Madrakhimova M.B.

teacher Mukimzhanov N.Kh.

student

Namangan Civil Engineering Institute Republic of Uzbekistan, city of Namangan

ROLE AND FUNCTIONS OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN THE DIGITAL ECONOMY

Annotation: This article outlines the most important and urgent tasks facing the Ministry of Information Technologies and Communications. The digital economy, first of all, creates the opportunity to work in a region free from corruption, because the numbers seal everything up, keep it in memory. detailed information

Key words: robotics, manipulator, technology, budget, expert, corruption, computer, function, marketing, didactics, slide, diagram.

Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o'rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o'tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, joriy yilning Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilingani bejiz emas. Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldida o'ta muhim va dolzarb vazifalar qo'yilgan. Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U "hufiyona iqtisodiyot"ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma'lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma'lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to'liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi, Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo'naltirilgan qonuniy mablag'lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o'z vaqtida to'g'ri hisoblanishi va to'lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan mablag'lar, maktablar, shifoxonalar, yo'llarga ajratilgan pullar to'liq o'z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni taraqqiyotga eltadigan eng qisqa yo'l, deya atash g'oyat oqilona va odilona ta'rif bo'ladi. Robototexnika sohasi. Ma'lumki, "robot" so'zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan bolib, "qul" degan manoni bildiradi. Birinchi bor bu sozni oltmish yil oldin taniqli Chex fantast yozuvchisi Karl Chepek ishlatgan. Ammo "mexanik odamlar" undan oldinroq ham malum edi. Orta asrlarda inson iste'dodlariga ega bo'lgan musiqachi qo'g'irchoq yoki rassom-qo'g'irchoqlar paydo bo'lganligi malum. Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni ogir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo boldi. Ular garchi odam qiyofasida bolmasa-da, koplab funksiyalarni bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto Ozbekiston - Koreya qoshma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo llanilmoqda. Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, polat quyish sexlarida, kimyoviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shugullanadigan texnikaning maxsus shahobchasi-robototexnika paydo boldi. Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar-ota sezgir va kuchli mexanik qoldir. Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, yani kompyuter robotning "miyasi"dir, ular telekameralar orqali "ko'rib", mikrofonlar yordamida "eshitadilar", yani axborot qabul qiladilar. Maxsus vositalar "sezgi" organi vazifasini o'taydi.

Marketing sohasi. Marketing inglizcha "market" (bozor) sozidan olingan bo'lib, bozor, savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi. Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama organish va

ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga tasir ko'rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo' lgan talablarini shakllantirishdan iborat. Boshqa viloyat (tuman, shahar) dagi bozor narxlarini o'rganish. Marketing sohasini kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin, ayniqsa, qimatli qogoz bozorini. Talim-tarbiya sohasi. Talim sohasida asosiy vositalardan biri bu didaktik taminotlardir. Didaktik taminotga oquv materialining o zgargan shakllari-slayd, diagramma, jadval, test, virtual laboratoriya va boshqalar kiradi. Bunday taminotlarni yaratishda kompyuterdan foydalanishning imkoniyati keng va kelgusida bu taminotni o zgartirib, takomillashtirib borish ham mumkin. Bundan tashqari masofadan talim olish, mustaqil organish kabi imkoniyatlarni ham yaratib beradi. Ishlab chiqarish sohasi. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qollanilib kelmoqda. Kompyuterlar kopgina texnologik jarayonlarni boshqarishi, ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bolib chiqquniga qadar bolgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirishi, mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli ozgartirishlar yasab, qog'ozga chop etishi va boshqa amallarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob qilishda ham kompyuter eng yaxshi yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo natiladi. Tibbiyot sohasi. Kompyuterlarning shifoxonalarda paydo bo lishi ko p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan ozgartirib yuboradi. Siz togridan-togri shifokor huzuriga yo'l olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qoyilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo lsangiz, siz haqingizdagi ma lumot ham boladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bo lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu yerning ozida shifokor kompyuterga kiritib qo'yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha malumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz boyicha tez va aniq tashxis kompyuter tomonidan qoyiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun royxat ham chop etib beriladi. Dorilar royxatini olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bolgan qaysi dorixonalardan topish mumkinligini ham bilib olish mumkin. Kompyuter medisinada boshqa ishlarga ham qodir. Masalan, tomograf - yani siljib harakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi haqida to liq ma lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jinslar (masalan, buyrakdagi tosh) haqida malumot berishi mumkin va ularning harakatli ko rinishini saqlash, tomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko rsatish qulayliklari ham bor. Kompozitor musiqa yaratishda kompyuterdan unumli foydalanishi mumkin.

Buning uchun kichik real yoki elektro organ yordamida kompyuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda korib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yerning ozida, shu onda eshitib korishi ham mumkin. Kompyuterlar rassomlarga ham ko'p yoqib qolgan. Kompyuter grafikasi boyicha birinchi korgazma 1956 -yili otkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kino va televideniyani ham kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, hatto qitalarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferensiyalar otkazish ananaga aylanib qolmoqda. Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarining maqsadi - iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari tushunchalarining mohiyatini tushuntirish hamda talabalarda iqtisodiyotning turli sohalarida iqtisodiy jarayonlarga zamonaviy axborot komplekslarini, kommunikatsiya vositalarini tatbiq etish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.S.S.G'ulomov, A.T.Shermuxamedov, B.A.Begalov. «Iqtisodiy informatika» T. «O'zbekiston», 1999 y, 9-87, 139-207, 267-309,betlar. 2.O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limning me'yoriy hujjatlari.T:2002.138 b.

3.A.Ortiqov, A.Mamatqulov «IBM PC kompyuterlaridan foydalanish». T. 1992 y. 40-bet

4.M.M. Aripov, J.O'. Muhammadiyev. Informatika, information texnologiyalar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.