Научная статья на тему 'RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLAR UCHUN DETALLARGA ISHLOV BERISH DASTURINI ISHLAB CHIQISH'

RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLAR UCHUN DETALLARGA ISHLOV BERISH DASTURINI ISHLAB CHIQISH Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
7570
687
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
RDB / dastur / dasturlash / G-kod / loyihalash / texnologiya / CAD / CAM / CAE. / CNC / Software / programming / G-code / design / technology / CAD / CAM / CAE.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Alisher Mahmudovich Mamadjonov, Xojiakbar Shermahammad O‘g‘li Ruzaliyev

Ushbu maqolada Mashinasozlik sanoatida va ishlab chiqarish korxonalarida qo’llanilib kelinayotgan raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda detallarga ishlov berish dasturini tuzish usullari haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WRITING CONTROL PROGRAMS FOR COMPUTER NUMERAL CONTROL MACHINES

This article discusses methods for creating a program for processing parts on computer numeral control machines used in mechanical engineering and manufacturing enterprises.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLAR UCHUN DETALLARGA ISHLOV BERISH DASTURINI ISHLAB CHIQISH»

RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLAR UCHUN DETALLARGA ISHLOV BERISH DASTURINI ISHLAB CHIQISH

Alisher Mahmudovich Mamadjonov Xojiakbar Shermahammad o'g'li

Ruzaliyev

Toshkent davlat texnika universiteti Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Mashinasozlik sanoatida va ishlab chiqarish korxonalarida qo'llanilib kelinayotgan raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda detallarga ishlov berish dasturini tuzish usullari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: RDB, dastur, dasturlash, G-kod, loyihalash, texnologiya, CAD, CAM, CAE.

WRITING CONTROL PROGRAMS FOR COMPUTER NUMERAL CONTROL

MACHINES

Alisher Mahmudovich Mamadjonov Khojiakbar Shermahammad ugli

Ruzaliev

Tashkent State Technical University Fergana Polytechnic Institute

ABSTRACT

This article discusses methods for creating a program for processing parts on computer numeral control machines used in mechanical engineering and manufacturing enterprises.

Keywords: CNC, Software, programming, G-code, design, technology, CAD, CAM, CAE.

KIRISH

Bugungi kunda barcha sohalar rivojlanish bosqichining eng yuqori cho'qqisiga chiqmoqda. Shuningdek Mashnasozlik sohasida ham raqamli tizimga o'tilmoqda. Ishlab chiqarishda oldingi oddiy dastgohlar o'rniga hozirda raqamli dastur bilan boshqariladigan (RDB) dastgohlar qo'llanilmoqda. Ishlab chiqarish jarayoni avtomatik liniyalarda amalga oshirilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

RDB dastgohlari 3 ta blokdan iborat tizim sifatida tasavvur qilinishi mumkin: boshqaruv dasturi (uni o'qish uchun moslama); RDB qurilmalari va mashinaning o'zi.

RDB dastgohlarida detallarga ishlov berish ishlov berish dasturini tuzish orqali amalga oshiriladi. RDB dastgohlari uchun dasturiy ishlov berishning uchta usuli mavjud:

• Qo'lda dasturlash;

• RDB dastgohining boshqaruv panelida dasturlash;

• CAD / CAM tizimi bilan dasturlash.

1. Qo'lda dasturlash.

Qo'lda dasturlash bu buyruqlar bilimiga asoslangan maxsus dasturiy ta'minotdan foydalanmasdan dasturchi tomonidan boshqaruv dasturini yaratishdir. Demak, ushbu dasturlash usuli eng ko'p vaqt talab qilishi aniq, u oddiy detallarga ishlov berish boshqaruv dasturini tuzish uchun ishlatiladi [1-5]. Qo'lda dasturlash quyidagi bosqichlardan iborat:

> texnologik axborot tayyorlash;

> hisoblash va tahlil qilish;

> kodlash;

> dasturni yozib olish;

> sozlash va ishlab chiqarishga tayyorlash.

MUHOKAMA

Eng ko'p vaqt talab qiladigan bosqich bu dasturni tuzish va amalga oshirish bosqichidir, bu dasturlash vaqtining 30% ni tashkil qiladi [6-10]. Birinchi bosqich (texnologik ma'lumotlarni tayyorlash) har qanday dasturlash usuli bilan ajralmas hisoblanadi. Boshqarish dasturini texnologik tayyorlash bosqichida operatsion texnologiyani ishlab chiqish, asbob tanlash, ishchi yurish va texnologik o'tishlar ketma-ketligini tanlash, kesish maromlarini tanlash va boshqalar amalga oshiriladi.

Hisoblash va analitik bosqich kesuvchi asboblar trayektoriya nuqtalarining koordinatalarini aniqlashdan iborat, masalan, kesishish nuqtalari, to'g'ri chiziqlarning yoy bilan urinishi va boshqalar. Texnologik nuqtalar kesuvchi asboblarni almashtirish, hamda ishlov berish rejimlarini o'zgartirish uchun zarur (surish miqdori, shpindelning aylanish chastotasi va h.k.)

Q

2-rasm. RDB dastgohida detalga ishlov berish uchun tuzilgan dastur Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 12

I

NATIJA

RDBda ishlov berish odatda ISO 7 bit tili yoki G va M kod tili deb nomlanadigan tilda dasturlashtiriladi. G va M kod tili Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) va elektron sanoat assotsiatsiyasi (ESA) qoidalariga asoslanadi [11-15]. Afzallilari:

• Dasturni ishlab chiqishda deyarli cheksiz imkoniyat.

• Har qanday jarayon parametrlarini o'zgartirish imkonini beradi (masalan, kesish tezligi, kesish chuqurligi, surish miqdori va h.k.).

• Ko'p CAM tizimlariga qaraganda RDB dasturlarini samaraliroq chiqaradi. Kamchiliklari:

• G-kod dastrulash tilini bilish talab qiladi.

• Qo'lda hisob-kitoblar va tekshirishlarga ko'p vaqt sarflanadi

• Ko'p sonli hisob-kitoblar dasturchi xatosi ehtimolini oshiradi

• RDB dasturchisining to'liq ishtirokini talab qiladigan qiyin jarayon

• Ushbu darajadagi dasturlarni amalga oshirishga dasturlovchi ishchilar yetishmasligi

2. RDB boshqaruv panelida dasturlash.

Ushbu usul klaviatura va displey yordamida to'g'ridan-to'g'ri RDB dastgohi boshqaruv panelida dasturlarni yaratish va kiritishdan iborat. Bunda boshqaruv panelida detalga ishlov berish uchun kerakli parametrlar kiritiladi [16-21]. Masalan, Dastgoh shpindelining aylanish chastotasi, surish miqdori, detalnig joylashuvi, Kesuvchi asbobning koordinataari va h.k.

3-rasm. RDB parmalsh dastgohi va uning boshqaruv paneli yordamida detalga

ishlov berish dasturini tuzish.

Afzalliklari

• O'rganish oson va ishlatish uchun oddiy.

• Dastur yozish uchun G-kod talab qilmaydi.

• O'rnatish va dasturlash vaqtlari qisqartirildi

• Kamroq dasturiy xatolar.

• CAM tizimiga qaraganda ancha tejamkor

Kamchiliklari

• Koordinatalar geometriyasi cheklangan.

• Murakkab va shakldor detallar uchun dastur tuzish qiyin.

• Kesuvchi asboblar magazinini qo'llab-quvvatlamaydi.

• CAM tizimining moslashuvchanligini taklif qilmaydi.

3. CAD / CAM tizimi bilan dasturlash.

Bugungi kunda bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun sanoat korxonasi ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish, tannarxini pasaytirish va sifatini yaxshilash ustida ishlashga majbur [22]. Kompyuter va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ushbu muammolarni hal qilishning eng samarali vositasi bo'lgan CAD / CAM / CAE tizimlarining paydo bo'lishiga olib keldi.

4-rasm. Siemens NX dasturining CAM tizimi yordamida detalga ishlov berish

dasturini tuzish.

CAD tizimlari (computer-aideddesign) - loyihalashda muhandis ishini avtomatlashtiradigan va kompyuter yordamida mahsulot dizayni va texnik hujjatlari muammolarini hal qilishga imkon beruvchi dasturiy ta'minot tushuniladi.

CAM tizimlari (computer-aidedmanufacturing) - RDB mashinalarida ishlov berish uchun kesuvchi asboblar yo'llarini hisoblashni avtomatlashtiradi va kompyuter yordamida boshqaruv dasturlarini taqdim etadi.

CAE-tizimlar (computer-aidedengineering) - (muhandislik hisob-kitoblarini kompyuter tomonidan qo'llab-quvvatlash) turli xil muhandislik muammolarini hal qilish uchun mo'ljallangan, masalan, kuchga hisoblash, issiqlik jarayonlarini tahlil qilish, gidravlik tizimlar va mexanizmlarni hisoblash [23-30].

XULOSA

Umuman olganda, CAD/CAM tizimida boshqaruv dasturini yozish jarayoni 3 ta asosiy bosqich shaklida ifodalanishi mumkin:

Birinchi bosqich - bu detalning va zagatovkaning 3D modelini yaratish Bu jarayon konstruktor-dasturchi tomonidan CAD tizimida amalga oshiriladi;

Ikkinchi bosqich - bu texnolog-dasturchi tomonidan CAM tizimida ishlov berish traektoriyasini yaratish;

Uchinchi bosqich - Boshqaruv dasturini yataratish va tekshirish. Afzalliklari

• Dasturchidan matematik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab qilmaydi.

• Umumiy ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun dasturlash jarayonini avtomatlashtiradi.

• Murakkab va shakldor yuzali detallarga ishlov berish dasturini tuzish oson.

• Virtual simulyatsiya dasturiy xatolar tufayli mashina ishdan chiqishini kamaytiradi.

Kamchiliklari

• Dasturlarni samarali boshqarish hali ham qo'lda dasturlash bo'yicha asosiy bilimlarni talab qiladi.

• Kompyuter va CAD/CAM tizimini qo'llovchi dasturiy ta'minotini (Simens NX, Catia, Kompas 3D kabi) talab qiladi.

• Dasturchi-konstruktor-texnologdan yuqoridagi dasturiy taminotlar bilan ishlash ko'nikmasini talab qiladi.

REFERENCES

[1] М.С. Аносов, Г.Н. Каневский, Р.Ш. Мансуров, С.Б. Сорокин. Основы разработки управляющих программ для станков с чпу в системе SIEMENS NX. Нижний Новгород 2019.

[2] Тешабоев, Анвар Эргашевич, et al. "МАШИНАСОЗЛИКДА ЮЗА ТОЗАЛИГИНИ НАЗОРАТИНИ АВТОМАТЛАШ." Scientific progress 1.5 (2021).

[3] Файзимтов, Шухрат Нуманович, and Мухаммадазим Акбаралиевич Рустамов. "ПРИМЕНЕНИЕ ПРОГРЕССИВНЫХ МЕТОДОВ ДЛЯ ОРИЕНТАЦИИ И УСТАНОВКИ ЗАКЛЕПОК В ОТВЕРСТИЕ С ГОРИЗОНТАЛЬНОЙ ОСЬЮ." НАУЧНЫЙ ПОИСК В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ. 2017.

[4] Файзиматов, Ш. Н., and М. А. Рустамов. "АЭРОДИНАМИЧЕСКИЙ ЭФФЕКТ ДЛЯ АВТОМАТИЗАЦИИ ПРОЦЕССА ПЕРЕКАЧКИ ХИМИЧЕСКИХ АГРЕССИВНЫХ РЕАГЕНТОВ." Современные исследования 6 (2018): 112-115.

[5] Рубидинов, Шохрух Гайратжон Угли. "БИКРЛИГИ ПАСТ ВАЛЛАРГА СОВУ^ ИШЛОВ БЕРИШ УСУЛИ." Scientific progress 1.6 (2021): 413-417.

[6] Todjiboyev, R. K., A. A. Ulmasov, and Muxtorov Sh. "3M structural bonding tape 9270." Science and Education 2.4 (2021): 146-149.

[7] Отакулов, Ойбек Хамдамович, and Расул Каримович Таджибоев. "КОМПРЕССОР ВАЛЛАРИДАГИ САЛБИЙ ТИТРАШЛАРНИ БАРТАРАФ ЭТИШДА КИМЁВИЙ ТЕРМИК ИШЛОВ БЕРИБ ЦЕМЕНТИТЛАШ

ЖАРАЁНИНИНГ МЕТОДОЛОГИЯСИ ВА АФЗАЛЛИКЛАРИ." МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ. 2020.

[8] Файзиматов Ш. Н. и др. КИЧИК ДИАМЕТРГА ЭГА БУЛГАН ЧУКУР ТЕШИКЛАРНИ ДОРНАЛАР ЁРДАМИДА ИШЛОВ БЕРИШДА ЮЗА АНЩЛИГИНИ ОШИРИШ //Science and Education. - 2021. - Т.

[9] Файзиматов, Шухрат Нуманович, and Шухрат Махмутжонович Абдуллаев. "ДОРНАЛАР ЁРДАМИДА КИЧИК УЛЧАМЛИ ЧУКУР ТЕШИКЛАРГА ИШЛОВ БЕРИШ АНЩЛИГИ ВА САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ." Scientific progress 1.6 (2021): 851-856.

[10] Omonov, Abduqahhor, and Baxodir Tilobov. "THE IMPORTANCE OF GLASSING THE INTERIOR WALLS OF PIPES." ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ. 2020.

[11] Mamirov, Abdurashid, and Abduqahhor Omonov. "APPLICATION OF VACUUM CAPTURING DEVICES IN MECHANICAL ENGINEERING." Интернаука 42-2 (2020): 73-75.

[12] Nomanjonov, S., et al. "STAMP DESIGN." Экономика и социум 12 (2019): 101104.

[13] Nomanjonov, S. N. "Increase The Wear Resistance And Service Life Of Dyes Based On Modern Technologies." The American Journal of Engineering and Technology 2.12 (2020): 67-70.

[14] Юсупов, Сардорбек Маъруфович, et al. "КОМПАЗИЦИОН МАТЕРИАЛЛАРНИ БОРЛАШ." Scientific progress 1.4 (2021).

[15] Султонов, Н. Н. "РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПЛАСТОВОЙ ЭНЕРГИИ ПРИ ДОБЫЧЕ УГЛЕВОДОРОДОВ НА НЕФТЕГАЗОКОНДЕНСАТНОМ МЕСТОРОЖДЕНИИ ЮЖНЫЙ КЕМАЧИ." Фундаментальные и прикладные исследования: от теории к практике. 2018.

[16] Teshabaev, Anvar, and Rakhimov Sharifjon. "The innovation activity on large uzbek companyas a key factor of personnel development." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10.5 (2020): 416-423.

[17] Turakhodjaev, Nodir, et al. "EFFECT OF METAL CRYSTALLATION PERIOD ON PRODUCT QUALITY." Theoretical & Applied Science 11 (2020): 23-31.

[18] Nodir, Turakhodjaev, et al. "Development Of Technology To Increase Resistance Of High Chromium Cast Iron." The American Journal of Engineering and Technology 3.03 (2021): 85-92.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[19] Turaevich, Turaev Tirkash, and Madaminov Bakhrom Mirodilovich. "Physical Foundations Structural-Formation, Surface Layer Of Parts." The American Journal of Engineering and Technology 2.09 (2020): 71-76.

[20] Тураев, Тиркаш Тураевич, Якуб Анвархаджаевич Батиров, and Бобурбек Абдулхдким Угли Тожиев. "Модернизация процесса волочения проволочного изделия." Universum: технические науки 3 (60) (2019).

[21] Fayzimatov, B. N., and Yu Yu Xusanov. "PROBLEMS OF GLASS SURFACE QUALITY FORMATION FOR MECHANICAL PROCESSING." Scientific-technical journal 22.2 (2018): 35-39.

[22] Fayzimatov, Sh N., Y. Y. Xusanov, and D. A. Valixonov. "Optimization Conditions Of Drilling Polymeric Composite Materials." The American Journal of Engineering and Technology 3.02 (2021): 22-30.

[23] O'Lmasov Ahadjon Akramjon, O'G. "NEW APPROACHES IN THE DIAGNOSIS AND MONITORING OF ROTOR OSCILLATIONS USING SHAFT SENSORS." Science and Education 1.1 (2020).

[24] Файзиматов, Шухрат Нуманович, Сардорбек Маъруфович Юсупов, and Абдужалол Дусмухаммад Угли Бектемиров. "ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ПРОГРАММНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ПРОЕКТИРОВАНИИ ШТАМПОВ." Universum: технические науки 3-1 (84) (2021): 11-13.

[25] Файзиматов, Шухрат Нуманович, Сардорбек Маъруфович Юсупов, and Темурбек Исожон Угли Низомов. "ИХЧАМ (КОМПАКТ) МАТЕРИАЛЛАРДАН БОРЛАШ." Academic research in educational sciences 4 (2020).

[26] Юсупов, Сардорбек Маъруфович. "ДИФФУЗИЯЛИ БОРЛАШ УСУЛИ БИЛАН АБРАЗИВ ЕЙИЛИШ ШАРОИТИДА ИШЛОВЧИ ШТАМП ПЛАСТИНАЛАРИНИНГ МУСТАДКАМЛИГИНИ ОШИРИШ." Science and Education 1.1 (2020): 138-144.

[27] Мажидов, К. Х., Рахимов, Р. Б., Исабаев, И. Б., Абдуллаев, Н. Щ., Саттаров, К. К., & Салаев, С. С. (1991). Использование электромагнитной техники в совершенствовании технологии пищевых производств. In М.: АгроНИИТЭИПП (p. 32).

[28] Мажидов, К. Х., Меламуд, Н. Л., & Саттаров, К. К. (1990). Гидрогенизация на стационарных катализаторах с предварительной форконтактной очисткой гидруемого сырья. Тезисы докл. Республиканского семинара совещания. Т (p. 3). Тез. докл. Республиканского семинара-совещания,-Ташкент.

[29] Саттаров, К. К. (1993). Исследование и разработка технологии непрерывного гидрирования жиров с использованием стационарного катализатора в качестве форконтакта.

[30] Sattàrov, K. K., Kh, M. K., & GK, T. (2020). ISOMERIZATION OF TRIGLYCERIDES DURING HYDROGENIZATION OF VEGETABLE OILS. Биология ва экология электрон журнали, 2(2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.