Научная статья на тему 'RAQAMLI AKTIVLARNING MILLIY QONUNCHILIGIMIZDA TARTIBGA SOLINISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ AYRIM KAMCHILIKLAR'

RAQAMLI AKTIVLARNING MILLIY QONUNCHILIGIMIZDA TARTIBGA SOLINISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ AYRIM KAMCHILIKLAR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
29
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli aktiv / kriptovalyuta / raqamli pul / token. / digital asset / cryptocurrency / digital money / token.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Abdusatarov, Jaloliddin Sharafutdin O‘g‘li

Maqolada raqamli aktivlarning huquqiy jihatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida ular bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim kamchiliklar haqida so‘z yuritiladi. Yakunda, O‘zbekiston Respublikasida “Raqamli aktivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini qabul qilish taklif etiladi hamda tegishli taklif ilmiy-nazariy asoslantiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REGULATION OF DIGITAL ASSETS IN OUR NATIONAL LEGISLATION AND SOME SHORTCOMINGS RELATED TO THEM

The article discusses the legal aspects of digital assets and some of the shortcomings associated with them in the legislation of the Republic of Uzbekistan. Finally, it is proposed to adopt the Law of the Republic of Uzbekistan “On digital assets” in the Republic of Uzbekistan, and the relevant proposal is scientifically and theoretically substantiated.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI AKTIVLARNING MILLIY QONUNCHILIGIMIZDA TARTIBGA SOLINISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ AYRIM KAMCHILIKLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

RAQAMLI AKTIVLARNING MILLIY QONUNCHILIGIMIZDA TARTIBGA

SOLINISHI VA ULAR BILAN BOG'LIQ AYRIM KAMCHILIKLAR

Abdusatarov Jaloliddin Sharafutdin o'g'li,

Toshkent davlat yuridik universiteti magistri Elektron pochta: jaloliddinabdusatarov@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada raqamli aktivlarning huquqiy jihatlari hamda O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida ular bilan bog'liq bo'lgan ayrim kamchiliklar haqida so'z yuritiladi. Yakunda, O'zbekiston Respublikasida "Raqamli aktivlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonunini qabul qilish taklif etiladi hamda tegishli taklif ilmiy-nazariy asoslantiriladi.

Kalit so'zlar: raqamli aktiv, kriptovalyuta, raqamli pul, token.

REGULATION OF DIGITAL ASSETS IN OUR NATIONAL LEGISLATION AND SOME SHORTCOMINGS RELATED TO THEM

Abdusatarov Jaloliddin Sharafutdin ugli,

Master's degree student of Tashkent State Law University

E-mail: jaloliddinabdusatarov@gmail .com

ABSTRACT

The article discusses the legal aspects of digital assets and some of the shortcomings associated with them in the legislation of the Republic of Uzbekistan. Finally, it is proposed to adopt the Law of the Republic of Uzbekistan "On digital assets " in the Republic of Uzbekistan, and the relevant proposal is scientifically and theoretically substantiated.

Keywords: digital asset, cryptocurrency, digital money, token.

РЕГУЛИРОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ АКТИВОВ В НАШЕМ Н4ЦИОНАЛЬНОМ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВЕ И НЕКОТОРЫЕ

НЕДОСТАТКИ СВЯЗАННЫЕ С НИМИ

Абдусатаров Джалолиддин Шарафутдин угли,

магистр Ташкентского государственного юридического университета Электронная почта: jaloliddinabdusatarov@gmail.com

АННОТAЦИЯ

В статье рассматриваются правовые аспекты цифровых активов и некоторые недостатки связанные с ними в законодательстве Республики Узбекистан. В заключении, в Республике Узбекистан предлагается принять

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Закон Республики Узбекистан " О цифровых активах", соответствующее предложение научно и теоретически обосновано.

Ключевые слова: цифровой актив, криптовалюта, цифровые деньги, токен.

KIRISH

Raqamli aktivlar mulkning o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lib hisoblanadi, chunki u o'z egalariga virtual egalik qilishi, ulardan foydalanishi va keyin ularni moddiy manfaat uchun tasarruf etish imkonini beradi. Raqamli aktivlarni huquqiy tartibga solishda eng avvalo, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish lozim. Bu jihatdan qonunchiligimizda bir necha bo'shliqlar mavjud. Xususan, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga "raqamli aktivlar" atamasini aniqlashtirish va kengaytirish, ularning virtual mulk (mulkiy huquqlar) va mulkiy huquqlarga bog'liq virtual shaxsiy nomulkiy ne'matlar va huquqlarga ajratadigan yangi tasnifini joriy etish va ularni huquqiy tartibga solishga doir tegishli o'zgartirishlar kiritish zarur. Bundan tashqari, ular bilan bog'liq nizolarni hal qilsihda yurisdiksiyaviy masalalar hamda qonunchilikni qo'llash bilan bog'liq ayrim savollar amaliyotda yuzaga kelishi tabiiy. Ushbu maqolada muallif tomonidan O'zbekiston qonunchiligida raqamli aktivning huquqiy maqomini aniqlashga qaratilgan tahlillar o'tkazilib, milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.

METODOLOGIYA

Maqolani tayyorlashda tarixiylik, kuzatish, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, qiyosiy-huquqiy, statistik hamda ilmiy izlanishning boshqa usullaridan foydalanildi.

NATIJA

Raqamli aktivlarni tartibga solish bo'yicha amaldagi milliy qonunchilikni tahlil orqali bir necha muhim xulosaga kelindi. Birinchidan, mamlakatimizda raqamli aktivlarni tartibga solish uchun keng qamrovli va yaxlit asoslar mavjud emasligi aniqlandi. Bu narsa amaliyotdagi nomuvofiqliklar va bo'shliqlarga olib keladi, bu sohada ishlaydigan korxonalar va iste'molchilar uchun noaniqlik tug'diradi. Bundan tashqari, mavjud me'yoriy-huquqiy baza raqamli aktivlar sohasida texnologiyani "quvib kelayotgani" kuzatildi. Bu raqamli aktivlar bilan bog'liq yuzaga keladigan xavf va muammolarni hal qilish uchun qoidalarni yangilashda kechikishga olib keladi. Qolaversa, ijro mexanizmlari va qonun hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish borasida ham kamchiliklar aniqlandi. Umuman olganda, ushbu xulosalar raqamli aktivlarni samarali tartibga solish uchun milliy qonunchiligimizni yangilash va kuchaytirish zarurligini ta'kidlaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"raqamli aktivlar" atamasini aniqlashtirish va kengaytirish, ularning virtual mulk (mulkiy huquqlar) va mulkiy huquqlarga bog'liq virtual shaxsiy nomulkiy ne'matlar va huquqlarga ajratadigan yangi tasnifini joriy etish va ularni huquqiy tartibga solishga doir tegishli o'zgartirishlar kiritish zarurligi ta'kidlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etmaslik moliyaviy tizim uchun ham, iste'molchilar uchun ham zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yakunda, O'zbekiston Respublikasida "Raqamli aktivlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonunini qabul qilish taklif etiladi hamda tegishli taklif ilmiy-nazariy asoslantirildi.

MUHOKAMA

Raqamli aktivlar tushunchasi, ularning turlari, ularning fuqaroviy-huquqiy munosabatlarning obyeti sifatidagi o'rni yangi soha bo'lib, ularning tartibga solinishi hali to'liq darajada nazariy asoslantirilmagan. Bundan tashqari, ularning oldit-sotdisi, meros masalalarida obyekt bo'la olishi, uning tartibi, shuningdek, ular bilan bog'liq nizolarning o'ziga xos jihatlarining tahlil adabiyotlarimizda juda kam.

Internet shunday makonga aylanib bormoqdaki, uning doirasida ko'plab huquq subyektlari o'z huquqlarini amalga oshirmoqda va o'z majburiyatlarini bajarmoqda. Bu sharoitlarda virtual mulk - raqamli aktivlar miqdorini oshishi Internet olami uchun umumiy tendensiyaga aylanmoqda. Biroq, hozirgi vaqtda fuqarolik huquqi doktrinasida "raqamli aktiv (kriptoaktiv)", "raqamli moliyaviy aktiv" kabi yangi raqamli mulk shaklining toifasi aniq belgilanmagan. Shu munosabat bilan, "raqamli aktiv"lar" kabi hodisaning huquqiy tabiatini o'rganish dolzarb ko'rinadi.

"Raqamli aktiv" atamasi ilmiy ishlarda deyarli kuzatilmagan. Fuqarolik huquqi fanida raqamli huquqlar va raqamli valyuta tabiatining o'zi olimlarda qiziqish uyg'otgan. Shu bois, raqamli huquqni raqamli texnologiyalardan foydalanish va (yoki) raqamli ma'lumotlardan foydalanish holatlarida shakllanadigan munosabatlarni tartibga soluvchi alohida huquq sohasiga ajratish mumkinligi to'g'risida fikrlar bildirilgan.1 Keyinchalik ma'lum bo'ldiki, "raqamli huquq" tushunchasi faqat raqamli valyutalar va moliyaviy aktivlarga nisbatan qo'llanilishiga nisbatan kengroq tushuncha va uning tarkibiy qismlari hamda mazmuni ko'p qirralidir.2 M. A. Rojkovaning fikricha, raqamli huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlarning xilma-xilligi tartibga solish metodini aniqlash muammosini taqozo etadi, bu esa raqamli huquqni huquqning kichik tarmog'iga ajratish imkoniyati yo'qligini keltirib chiqaradi.3

1 Цифровое право : учебник / [Егорова М. А., Блажеев В. В.]; Под общ. ред. В. В. Блажеева, М. А. Егоровой. Москва: Проспект, 2020. 640 с

2 Александрова Н. С. Соотношение понятий «цифровые права», «цифровая валюта» и «цифровой финансовый актив» //Вестник Московского университета МВД России. - 2021. - N0. 6. - С. 28-31

3 Рожкова, М. А. Является ли цифровое право отраслью права и нужно ли ожидать появления Цифрового кодекса? // Хозяйство и право. 2020. N0 4. С. 3-13.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Hozirda jahon amaliyotida "raqamli aktivlar" kategoriyasining yagona ta'rifi ishlab chiqilmagan. Doktrinada "raqamli aktivlar" hodisasini belgilashga urinishlar kam kuzatiladi. Xususan, raqamli aktivlarning huquqiy maqomi va ularni tartibga solish muammolari M. Perrone4, J. Beier5, A. Waller6, K. Sherry7, J. Chambers8, G. Ferrera9, S. Tracy10, D. Kirk11, J. Farwell12 tadqiqotlarida o'rganib chiqilgan.

Yuqoridagilarda ko'rinib turibdiki, raqamli aktivlar tushunchasi juda keng bo'lib hisoblanadi. Jahon amaliyotida ham raqamli aktivlarning yakdil varianti, uning aniq bir ta'rifi mavjud emas. Ayrim olimlar unga faqatgina kriptovalyuta, tokenlar kiradi deb hisoblashsa, ayrimlar esa buni kengroq tushuncha ekanligini va u o'zida raqamli pul, kriptovalyutani ham qamrab olishini ta'kidlashadi. Nazarimizda, ikkinchi yondashuv "raqamli aktiv" tushunchasini ko'proq o'zida ifodalaydi. O'zi umuman, fikrimizcha, raqamli aktivlarni yagona tizimga aniq tizimlashtirish imkonsiz masaladir. Raqamli obyektlar tasniflash uchun asos bo'ladigan belgilarga qarab, turli asoslar bo'yicha tasniflanishi mumkin. "Raqamli valyuta" ta'rifining o'zi, aniqrog'i, unda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 95-moddasida "Valyuta qimmatliklari deb hisoblanadigan mol-mulk turlari va ular xususida bitimlar tuzish tartibi qonun bilan belgilab qo'yiladi. Valyuta qimmatliklariga mulk huquqi umumiy asoslarda himoya qilinadi", deb belgilangan "raqamli valyuta"ni valyuta qimmatliklari sifatida baholashga fundamental asos sanaladi. Qimmatli qog'ozlar bozor asosida xo'jalik yuritishning zarur atributidir. Ularni fuqarolik huquqlari ning ob'ektlari sifatida ashyolar qatoriga kiritiladi, zero ular ashyolarning alohida turidir (FK, 81-m.). Ilgari, davlat iqtisodiyotida zarurat yuzasidan qimmatli qog'ozlar muomalasi nihoyatda qashshoq bo'lib, asosan bitta turdagi qimmatli qog'ozlar -obligatsiyalardan, taqdim etiluvchi omonat daftarchalaridan va davlat mehnat

4 Perrone, M. What happens when we die: estate planning of digital assets / M. Perrone // CommLaw Conspectus [Electronic resource]. - 2012. - T. 21. - Mode of access: Http://commlaw.cua.edu/res/docs/21-1/Perrone.pdf.

5 Beier, J.C. The Digital Asset Dilemma / J.C. Beier, S. Porter // NYSBA Trusts and Estates Law Section Newsletter [Electronicresource]. - 2013. - Vol. 46, - No 2. - Mode of access: http://www.mcglawyer.com/pdf_files/ TrustsandEstatesSummer2013 .pdf.

6 Moncur, W. Digital Inheritance / W. Moncur, A. Waller // RCUK Digital Futures [Electronic resource]. - 2010. -Mode of access: http://www.computing.dundee.ac.uk/staff/wmoncur/publications/2010-rcuk digital Futures.pdf.

7 Sherry, K. What Happens to Our Facebook Accounts When We Die?: Probate Versus Policy and the Fate of Social-Media Assets Postmortem / K. Sherry // Pepp. L. Rev [Electronicresource]. - 2012. - T. 40. - Mode of access: http://digitalcommons.pepperdine. edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1726&context=plr.

8 Chambers, J. Family Gets Gl's E-Mail / J. Chambers // Detroit News, Apr. 21, 2005, at 1 [Electronic re source]. -2005. - Mode of access: www.justinellsworth.net/email/detnewsapr.htm.

9 Darrow, J.J. Email Is Forever... Or Is It? / J.J. Darrow, G.R. Ferrera // J. Internet L. No. - 2008. - T. 11. - C. 10, 1, 18 [Electronic resource]. - 2008. - Mode of access:http:// www.digitalestateplanning.com/

10 Tracy, S. Family, lawmakers push for Facebook changes following son's suicide / S. Tracy // [Electronic resource]. -2013. - Mode of access: http://wtvr.com.

11 Kirk, D.S. On human remains: Values and practice in the home archiving of cherished objects / D.S. Kirk, A. Sellen // ACM Trans. Comput. - Hum. Interact. - No 17(3). - 2010 [Electronic resource]. - 2013. - Mode of access: http://doi.acm.org/10.1145/1806923.1806924.

12 Farwell, J. Death & digital data: What happens to what you leave behind? / J. F arwell // Computers & Electronics. -2007. - No 18(9). - P. 33-35.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

omonat kassalarining akkreditivlaridan, yutuqli lotereya biletlaridan tashkil topgan, yuridik shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblarda esa hisob-kitob chekidan foydalanish mumkin bo'lgan. Bozor iqtisodiyotiga o'tilishi bilan qimmatli qog'ozlar muomalasi kengaydi, uning bozori shakllana boshladi. Biroq bunda asosiy e'tibor "investitsion" deb nomlanuvchi qimmatli qog'ozlar - xususiy tijorat tuzilmalarining aksiyalari va obligatsiyalariga qaratildi. Taraqqiy topgan muomalada qimmatli qog'ozlarning o'nlab turlari mavjud bo'ladi. Bularning hammasi qimmatli qog'ozlarning turkumini aniq belgilash va ularni huquqiy tartibga solish naqadar muhimligini ko'rsatadi. Fuqarolik kodeksi 96-moddaning 3-qismida qimmatli qog'ozlarning turlarini sanab o'tilar ekan, ularning ro'yxati tugallanmagan, yopilmagan. Shu bilan birga unda hujjatlarni qimmatli qog'ozlar jumlasiga kiritish qonun hujjatlarining imtiyozli huquqi ekanligi ko'rsatilgan. Shu sababli qimmatli qog'ozlarning yangi shakllari tijorat banklarining yoki xususiy shaxslarning tashabbusi bilan emas, faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga kelishi mumkin. Ko'rib turganimizdek, raqamli aktiv tushunchasi pullik talablar va emissiya qog'ozlari bilan bog'liq bo'lib, raqamli aktivning o'zi ham axborot tizimi ishtirokchilari o'rtasida ayirboshlash jarayoni bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ishtirokchilar to'g'risidagi ma'lumotlar axborot tizimi reestrida mavjud bo'lib, bu majburiyatga ega shaxsni aniqlash imkonini beradi. Raqamli valyuta esa mulkiy kategoriya bo'lib, bunda majburiyatga ega shaxs mavjud bo'lmaydi.

O'zbekistonda hozirgi kunga kelib mavjud qonunchilikda raqamli aktivlar bilan bog'liq nizolarda qaysi qonunchilikni qo'llash masalasi hali hamon ochiq turibdi. Bu o'rinda yangi Fuqarolik Kodeksi loyihasini eslatib o'tish joiz. Yangi Kodeks loyihasining 446-moddasida Kodeksning Oldi sotdi qoidalari paragrafida nazarda tutilgan qoidalar mulkiy huquqlarni, shu jumladan raqamli huquqlarni sotishga nisbatan qo'llanilishi belgilangan. Bundan tashqari, shuni ta'kidlab o'tish kerakki, agar ushbu huquqlar mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasagina oldi-sotdi qoidalalar raqamli huquqlarga nisbatan tadbiq etiladi.

Raqamli aktivlarni tranzaksiyasi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning yana bir muhim jihati hisoblanadi. Jismoniy aktivlarda bo'lgani kabi, raqamli aktivlarni ham tomonlar o'rtasida sotib olish va sotish mumkin. Yangi Fuqarol ik Kodeksi loyihasida ham oldi-sotdi qoidalari raqamli aktivlarga nisbatan ham qo'llanilishi haqidagi gap bekorga qabul qilinmagan. Raqamli aktivlar bilan bog'liq operatsiyalar rozilik, ko'rib chiqish va shartnoma majburiyatlari kabi qonuniy talablarga mos kelishi kerak. To'g'ridan-to'g'ri kodga yozilgan shartlar bilan o'z-o'zini bajaruvchi shartnomalar bo'lgan aqlli kontraktlar raqamli aktivlarni xavfsiz va shaffof tarzda uzatishni avtomatlashtirish va amalga oshirish uchun qulay vositaga hisoblanadi. Raqamli

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

aktivlarni tartibga soluvchi huquqiy asoslar va qoidalar raqamli iqtisodiyotning jadal tabiatiga moslashish uchun doimiy ravishda rivojlanmoqda. Dunyo mamlakatlari iste'molchilarni himoya qilish, moliyaviy jinoyatlarning oldini olish va bozor barqarorligini ta'minlash uchun raqamli aktivlardan, xususan kriptovalyutalardan foydalanishni tartibga solish bo'yicha qonunlar va ko'rsatmalarni amalga oshirdi. Ushbu qoidalarga rioya qilish raqamli aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar va korxonalar uchun yuridik xavf va majburiyatlardan qochish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, loyihaning 166-moddasida raqamli aktivlarning asosiy turlaridan biri bo'lgan kriptovalyutani tartibga soluvchi muhim qoidalar belgilangan. Unga ko'ra, "Raqamli pul (kriptovalyuta) bu qiymati va egasi bo'lgan, mazmuni va shartlari qonunda belgilangan tartibda aniqlanadigan majburiyat va boshqa huquqlar yig'indisi hisoblanadi. Raqamli pul (kriptovalyuta) fuqarolik huquqlari obyekti hisoblanadi va qonunda boshqa tartib o'rnatilmasa, erkin muomalada bo'ladi. Qonunda boshqacha hol o'rnatilmasa, raqamli pul (kriptovalyuta)ning erkin muomalasi, begonalashtirilishi yoki boshqa tasarruf etilishi faqat axborot tizimida amalga oshiriladi". AQShning Vayoming shtatining 2019 yil 1 iyuldagi SF0125 qonunida raqamli aktivga quyidagicha ta'rif berilgan: "Raqamli aktiv - bu mashinada o'qiladigan formatda saqlanadigan iqtisodiy va mulkiy huquqlarning aks etishi bo'lib, o'z ichiga iste'mol aktivlarini, raqamli qimmatli qog'ozlarni va virtual valyutalarni oladi".13

"O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (03.07.2018 yildagi PQ-3832-son)da kripto-aktivlar mulkiy huquq hisoblanishi hamda ma'lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig'indisi bo'lgan qiymati va egasiga ega bo'lishi keltirilgan. Demak, shu narsani xulosa qilishimiz mumkin, raqamli aktivlarga bo'lgan huquq bugungi kunda qonunchiligimizda mulk huquqi sifatida emas, balki mulkiy huquq sifatida ko'riladi. "O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro'yxatdan o'tkazish va muomalaga kiritish tartibi to'g'risida"gi Nizomda ham kripto-aktiv ma'lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig'indisi bo'lgan, qiymati va egasiga ega mulkiy huquq sifatida ta'riflanadi.

O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida "kripto-aktiv" so'ziga ham tushuncha berilib, unda kripto-aktiv bu "ma'lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig'indisini ifodalaydigan, qiymati va egasiga ega bo'lgan mulkiy huquq" hisoblanishi aytib o'tilgan.

13 SF0125-Digital assets-existing law. URL: https://www.wyoleg.gov/Legislation/2019/SF0125

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 14-iyuldagi 32-son buyrug'iga 1-ilovasida ham kripto-aktivlarning ma'lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig'indisi bo'lganligi, qiymati bo'lishi va egasiga ega mulkiy huquqlar bo'la olishi xususiyatlari keltirib o'tilgan. Bundan tashqari, "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (03.07.2018 yildagi PQ-3832-son)da ham kripto-aktiv mulkiy huquq hisoblanishi, ma'lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig'indisi bo'lgan qiymati va egasiga egalgi qayd etilgan. Shuningdek, qarorda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat turlari mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlar faoliyati ekanligi qayd etilgan.

Yuqoridagi ta'kidlab o'tilganidek, mamlaktimizda raqamli aktivlar bilan bog'liq tegishli normalar konkret belgilanmagan. Bir tarafdan, raqamli aktivlar umumiy tushuncha bo'lganligi bois ushbu munosabatlarni tizimlashtiirsh juda qiyin va chalkashliklarga olib kelishi mumkin ekanligini anglagan holda bu narsani to'g'ri tushunishimiz mumkin. Ammo, ba'zi davlatlarda, xususan Rossiya va Qozog'iston davlatlarida raqamli aktivlardan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilingan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasining 2020-yil 31-iyuldagi 259-FQ-sonli "Raqamli moliyaviy aktivlar va raqamli valyuta to'g'risida"gi qonuni Rossiyada raqamli moliyaviy aktivlar va raqamli valyutani tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilaydi, raqamli moliyaviy aktivlarni chiqarish, hisobga olish va muomalaga chiqarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni, raqamli moliyaviy aktivlar chiqarilgan axborot tizimi operatori hamda raqamli moliyaviy aktivlarni ayirboshlash operatori faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini tartibga soladi. Unga ko'ra, "raqamli huquqlar, shu jumladan pul bilan bog'liq da'volar, qimmatli qog'ozlar bo'yicha huquqlarni amalga oshirish qobiliyati, nodavlat aktsiyadorlik jamiyatining kapitalida ishtirok etish huquqi, o'tkazishni talab qilish huquqi" deb hisoblanadi. Ushbu qonunga muvofiq, emissiyaviy qimmatli qog'ozlar, ularni chiqarish, hisobga olish va muomalaga chiqarish faqat tarqatilgan reestrga asoslangan axborot tizimida shuningdek, boshqa axborot tizimlarida yozuvlar kiritish (o'zgartirish) orqali mumkin bo'ladi" Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Rossiyada raqamli aktivlar deganda asosan raqamli moliyaviy aktivlar, shu jumladan, kriptovalyuta, raqamli pul, raqamli valyuta tushuniladi. Qonunda bu bilan bog'liq munosabatlar sud orqali, shuningdek, ADR orqali hal qilinishi keltirib o'tilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (5), May, 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

Qozog'iston Respublikasining 2023-yil 6-fevraldagi 193-VII-sonli "Qozog'iston Respublikasida raqamli aktivlar to'g'risida"gi qonuni raqamli aktivlar sohasidagi jamoatchilik munosabatlarini tartibga solish qoidalari va tamoyillarini belgilaydi. Qonun raqamli aktivlar sohasidagi jamoatchilik munosabatlarini tartibga solish qoidalari va tamoyillarini belgilaydi. Qonunga ko'ra, elektron raqamli shaklda yaratilgan, shu jumladan kriptografiya va kompyuter hisoblash vositalaridan foydalangan holda ro'yxatga olingan va taqsimlangan ma'lumotlar platformasi texnologiyasi asosida yaratilgan mulkdir. Qonun raqamli mayning faoliyatini, raqamli mayning faoliyatini litsenziyalashni va raqamli aktivlar birjalari faoliyatini tartibga soladi. Qonun raqamli aktivlarni ikkiga ajratadi: kafolatlangan raqamli aktiv va kafolatlanmagan raqamli aktiv. Kafolatlangan raqamli aktiv - bu qo'yilgan raqamli aktivlarni saqlash va almashish uchun raqamli platformada ro'yxatdan o'tgan raqamli aktivdir. U moddiy vositalar, intellektual mulk va boshqa aktivlarga bo'lgan huquqlar (mulkiy huquqlar)ni tasdiqlaydi, pul va qimmatli qog'ozlar bundan mustasno. Bunga ko'chmas mulk, intellektual mulk yoki boshqa real aktivlarga egalik huquqini ifodalovchi raqamli tokenni kirg'azishimiz mumkin. 14 Ta'minlanmagan raqamli aktiv - bu blokcheyndagi konsensusni saqlashda ishtirok etganlik uchun mukofot sifatida axborot tizimida olinadigan raqamli aktiv. Bu hech kimning pul majburiyatlarini ifodalamaydi va raqamli aktivlar birjasida raqamli ravishda sotilishi mumkin. Masalan, bular Bitcoin yoki Ethereum kabi kripto valyutasi bo'lishi mumkin va ular raqamli tranzaksiyalar uchun ishlatiladi.15

Agar Rossiyada raqamli aktivlarning konkret turi sifatida raqamli moliyaviy aktivlar to'g'risida qonun qabul qilingan bo'lsa, Qozog'istonda bevosita raqamli aktvlarning o'zi bo'yicha qonun qabul qilinganligini, qonunning o'zida raqamli aktivlarni ikkiga bo'lgan holda ajratib o'tishini ko'rishimiz mumkin.

XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilishimiz mumkinki, o'rganilayotgan qonunlar va qonun loyihalaridagi raqamli aktivlarning aksariyati dispozitiv xususiyatga ega bo'lib, bu raqamli aktivlar doimiy ravishda o'zgarib turishi va modernizatsiya qilinishini hisobga olgan holda huquqiy tartibga solish ko'lamini kengaytirish imkonini beradi. Raqamli aktivlarni yagona tizimga aniq tizimlashtirish imkonsiz masala ekanligi hamda raqamli obyektlar tasniflash uchun asos bo'ladigan belgilarga qarab, turli asoslar bo'yicha tasniflanishi mumkinligini hisobga olgan holda, O'zbekiston Respublikasida "Raqamli aktivlar to'g'risida"gi

14 О цифровых активах в Республике Казахстан, https://adilet.zan.kz/rus/docs/Z2300000193.

15 Цифровые финансовые активы - что это такое и как они работают https://gazprombank.investments/blog/market/cifrovYe-finansovYe-aktivY/.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasining qonunini qabul qilish, ularni turlarini konkret ajratish, shu jumladan, raqamli moliyaviy aktivlar hamda raqamli moliyaviy bo'lmagan aktivlar tushunchalari konkret belgilanib, ularning huquqiy statusi qonun orqali belgilashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Цифровое право : учебник / [Егорова М. А., Блажеев В. В.]; Под общ. ред. В. В. Блажеева, М. А. Егоровой. Москва: Проспект, 2020. 640 с

2. Александрова Н. С. Соотношение понятий «цифровые права», «цифровая валюта» и «цифровой финансовый актив» //Вестник Московского университета МВД России. - 2021. - No. 6. - С. 28-31

3. Рожкова, М. А. Является ли цифровое право отраслью права и нужно ли ожидать появления Цифрового кодекса? // Хозяйство и право. 2020. No 4. С. 313.

4. Perrone, M. What happens when we die: estate planning of digital assets / M. Perrone // CommLaw Conspectus [Electronic resource]. - 2012. - Т. 21. - Mode of access: Http://commlaw.cua.edu/res/docs/21-1/Perrone.pdf.

5. Beier, J.C. The Digital Asset Dilemma / J.C. Beier, S. Porter // NYSBA Trusts and Estates Law Section Newsletter [Electronicresource]. - 2013. - Vol. 46, - No 2. -Mode of access: http://www.mcglawyer.com/pdf_files/ TrustsandEstatesSummer2013.pdf.

6. Moncur, W. Digital Inheritance / W. Moncur, A. Waller // RCUK Digital Futures [Electronic resource]. - 2010. - Mode of access: http: //www.computing.dundee.ac.uk/staff/wmoncur/publications/2010-rcuk digital Futures.pdf.

7. Sherry, K. What Happens to Our Facebook Accounts When We Die?: Probate Versus Policy and the Fate of Social-Media Assets Postmortem / K. Sherry // Pepp. L. Rev [Electronicresource]. - 2012. - Т. 40. - Mode of access: http: //digitalcommons .pepperdine. edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1726&context=plr.

8. Chambers, J. Family Gets GI's E-Mail / J. Chambers // Detroit News, Apr. 21, 2005, at 1 [Electronic re source]. - 2005. - Mode of access: www.j ustinellsworth. net/email/detnewsapr.htm.

9. Darrow, J.J. Email Is Forever... Or Is It? / J.J. Darrow, G.R. Ferrera // J. Internet L. No. - 2008. - Т. 11. - С. 10, 1, 18 [Electronic resource]. - 2008. - Mode of access: http:// www.digitalestateplanning.com/

10. Tracy, S. Family, lawmakers push for Facebook changes following son's suicide / S. Tracy // [Electronic resource]. - 2013. - Mode of access: http://wtvr.com.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

11. Kirk, D.S. On human remains: Values and practice in the home archiving of cherished objects / D.S. Kirk, A. Sellen // ACM Trans. Comput. - Hum. Interact. - No 17(3). - 2010 [Electronic resource]. - 2013. - Mode of access: http://doi.acm.org/10.1145/1806923.1806924.

12. Farwell, J. Death & digital data: What happens to what you leave behind? / J. F arwell // Computers & Electronics. - 2007. - No 18(9). - Р. 33-35.

13. SF0125-Digital assets-existing law. URL: https://www.wyoleg.gov/Legislation/2019/SF0125

14. О цифровых активах в Республике Казахстан, https://adilet.zan.kz/rus/docs/Z2300000193.

15. Цифровые финансовые активы - что это такое и как они работают https://gazprombank.investments/blog/market/cifrovye-finansovye-aktivy/.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.