Научная статья на тему 'RAQAMALI IQTISODIYOTNING ASOSIY RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI'

RAQAMALI IQTISODIYOTNING ASOSIY RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2256
197
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / raqamli boshqaruv / iqtisodiyot / bozor iqtisodiyoti / raqamli texnologiya / raqamlashtirish. / digital economy / digital management / economics / market economy / digital technologies / digitalization.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh. Yo'Ldoshmaxmudov

Raqamli iqtisodiyot, ya’ni raqamli texnologiyalarga asoslangan faoliyatlar bugungi kunda jamiyatdagi barcha sohalarni rivojlantirish imkoniyatini bermoqda. Birgina misol, so‘nggi yillarda innovatsiyaning yangi ko‘rinishlari sanaluvchi – elektron xizmatlar, onlayn savdo, masofaviy ta’lim, boshqacha aytganda, uydan chiqmay turib telefon, kompyuter yoki boshqa informatsion texnologiyalar orqali bajarishimiz mumkin bo‘lgan mazkur amaliyotlar biz uchun oddiy holga aylanib qoldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN DIGITAL ECONOMY DEVELOPMENT DIRECTIONS

The digital economy, that is, activities based on digital technologies, today makes it possible to develop all spheres of society. Just one example, in recent years, new forms of innovation can be counted electronic services, online sales, distance learning, in other words, these practices that we can do from the comfort of our homes, via telephone, computer or other information technologies, have become the norm. . for us.

Текст научной работы на тему «RAQAMALI IQTISODIYOTNING ASOSIY RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

RAQAMALI IQTISODIYOTNING ASOSIY RIVOJLANISH YO'NALISHLARI Shukurullo Yo'ldoshmaxmudov Xurshid o'g'li

Farg'ona Politexnika Instituti Iqtisodiyot yo'nalishi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7445397

Annotatsiya. Raqamli iqtisodiyot, ya 'ni raqamli texnologiyalarga asoslangan faoliyatlar bugungi kunda jamiyatdagi barcha sohalarni rivojlantirish imkoniyatini bermoqda. Birgina misol, so'nggi yillarda innovatsiyaning yangi ko'rinishlari sanaluvchi - elektron xizmatlar, onlayn savdo, masofaviy ta'lim, boshqacha aytganda, uydan chiqmay turib telefon, kompyuter yoki boshqa informatsion texnologiyalar orqali bajarishimiz mumkin bo'lgan mazkur amaliyotlar biz uchun oddiy holga aylanib qoldi

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamli boshqaruv, iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, raqamli texnologiya, raqamlashtirish.

ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Аннотация. Цифровая экономика, то есть деятельность, основанная на цифровых технологиях, сегодня дает возможность развивать все сферы жизни общества. Только один пример, за последние годы можно насчитать новые формы инноваций - электронные услуги, онлайн-продажи, дистанционное обучение, другими словами, эти практики, которыми мы можем заниматься, не выходя из дома, посредством телефона, компьютера или других информационных технологий, стали нормой. для нас.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровое управление, экономика, рыночная экономика, цифровые технологии, цифровизация.

MAIN DIGITAL ECONOMY DEVELOPMENT DIRECTIONS

Abstract. The digital economy, that is, activities based on digital technologies, today makes it possible to develop all spheres of society. Just one example, in recent years, new forms of innovation can be counted - electronic services, online sales, distance learning, in other words, these practices that we can do from the comfort of our homes, via telephone, computer or other information technologies, have become the norm. .for us.

Keywords: digital economy, digital management, economics, market economy, digital technologies, digitalization.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi mamlakat va insoniyat uchun afzal tomonlari talaygina. Misol uchun, axborot-kommunikatsion soxalarini rivojlanishi inson resurslari ichida eng qimmat bo'lgan vaqtimizni anchagina tejashimiz, undan samarali va oqilona foydalanishimizga keng imkon yaratadi. Agar biz biron bir kitobning qog'ozga nashr qilingan nusxasi o'rniga elektron formatini sotib olib bebaho vaqtimizni samarali foydalangan bo'lamiz. Axborotkommunikatsion texnologiyalarini rivojlanishi orqali nafaqat vaqtimiz va hatto mablag'imizni xam tejab qolgan bo'lamiz. Kommunal tolovlarni amalga oshirish uchun navbatlarda soatlab turishimiz yoki banklarga borishimiz talab etilmaydi, istalgan joyda istalgan vaqtda ishonchli tolov qilishimiz mumkin bo'ladi. Imkoniyati cheklangan yoki yosh go'dagi bolgan ayollarimiz uchun ham ushbu jarayon juda foydali bo'ladi. O'z uy yumushlarini bajarish bilan bir qatorda onlayn do'konlardan o'zlari uchun kerakli bo'lgan yoki ro'zg'or maxsulotlarini osonlik bilan xarid qilish imkoniga xam ega bo'ladilar. Bunga qo'shimcha

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ravishda, raqamli texnalogiyani ta'limda ham samarali foydalanish mumkin, o'quvchining o'zlashtirish darajasi, fanlardan olayotgan baholari, o'qituvchi va o'quvchini darslardagi davomati va yutuqlaridan xabardor bolish mumkin bo'ladi.

Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi cheksiz imtiyozlarga ega bo'lsa-da, ob'ektiv jarayon sifatida ko'plab muammolarni keltirib chiqaradi. Raqamli iqtisodiyot deganda, odatda, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, sotish va iste'mol qilish, shuningdek, elektron tijorat, internet va internet iqtisodiyotidan foydalanish bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat tushuniladi. Raqamli iqtisodiyotdagi ba'zi startaplarning ajoyib muvaffaqiyatidan so'ng, dot-com inqirozidan xalos bo'lish (bu biznes modeli to'liq Internet faoliyatiga asoslangan kompaniyalar uchun ishlatiladigan atama) va ayniqsa, Internet gigantlarining kapitallashuvidan keyin, tenglashtirildi (kompaniya foydasi ustav kapitalini oshiradi), keyin iqtisodiyotning an'anaviy tarmoqlaridagi yirik korxonalar kapitallashuvidan oshib ketdi, raqamli iqtisodiyotning ahamiyati o'sishni boshladi.

Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, axborotdan foydalanish va uni qayta ishlash va qo'llashning yanada samarali texnologiyalarini yaratish tranzaksiya xarajatlarini (topilgan ma'lumotl arni qidirish va qayta ishlash bilan bog'liq xarajatlar) sezilarli darajada kamaytiradi va iqtisodiyotning moslashuvchanligi va samaradorligini oshiradi. Biroq, agar bir vaqtning o'zida axborotni qayta ishlashning eski texnologiyalari yo'qolmasa va axborotni himoya qilish, uning ishonchliligini baholash xarajatlarining oshishi hisobiga tranzaksiya xarajatlarining ulushi oshsa, bu sodir bo'lmaydi. Onlayn biznes faolligi vositachilar va agentlarga bo'lgan ehtiyojni keskin kamaytiradi, ba'zan esa yo'q qiladi.

Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda dolzarb mavzulardan biridir.Asosan bu mavzuni O'zbekistonda qanday rivojlantirish bu biz yoshlar qo'lidadir. "Raqamli iqtisodiyot'' atamasi birinchi bo'lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan. "Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va'da xavf- xatar" (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo'tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog'lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko'rsatiladi.

Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo'lmaydi.

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish deyarli barcha iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun juda muhim va barcha mamlakatlar, sohalar va manfaatdor tomonlarni qamrab oladi. Bugungi kunda dunyoda internetga ulanmagan davlatlar bilan raqamlashtirish darajasi ancha yuqori bo'lgan davlatlar o'rtasida katta farq bor. Masalan, kam rivojlangan mamlakatlarda har beshinchi kishi rivojlangan mamlakatlarda internetdan foydalansa, har besh kishidan to'rt nafari internetdan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu raqamli bo'linishning bir misolidir. Raqamli ma'lumotlar va ilg'or texnologiyalar uchun imkoniyatlar kabi boshqa sohalarda bo'shliq ancha katta.

Misol uchun, Afrika va Lotin Amerikasi dunyodagi barcha ijaraga olingan ma'lumotlar markazlarining 5 foizidan kamrog'iga mezbonlik qiladi. Kerakli choralar ko'rilmasa, bu bo'shliq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

daromadlarni taqsimlashda tengsizlikning yanada kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, ushbu evolyutsiya rivojlanayotgan mamlakatlarga qiymat yaratish va imtiyozlar nuqtai nazaridan qanday ta'sir qilishini va mavjud vaziyatni yaxshilash uchun nima qilish kerakligini tushunish muhimdir. Raqamli platformalar global iqtisodiyotda tobora muhim rol o'ynamoqda. 2GI7-yilda bozor kapitallashuvi 100 million dollardan ortiq bo'lgan platforma kompaniyalarining umumiy qiymati taxminiy 7 trillion dollardan oshdi, bu 2GI5- yilga nisbatan 67 foizga ko'pdir. Ba'zi global raqamli platformalar ma'lum segmentlarda juda ku chli bozor pozitsiyalariga ega bo'ldi. Misol uchun, Internet qidiruv tizimining taxminan 90% Google tomonidan ishg'ol qilingan. Facebook global ijtimoiy media bozorining uchdan ikki qismini egallaydi va 9G% dan ortiq mamlakatlarda eng ommabop ijtimoiy media platformasi hisoblanadi.

Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalarni qo'llab- quvvatlagan holda qulay ekotizmni yaratishi lozim. Click, Payme, M-bank, Upay, Oson va boshqa onlayn to'lovlarga imkon beruvchi to'lov tizimlari mavjud bo'lishiga qaramay mobil to'lovlar, internet, kommunal to'lovlar uchun onlayn to'lovlarni amalga oshirish ko'rsatkichi yuqori emas. 2017-yilda 34 foiz hisob egalari raqamli to'lovni amalga oshirgan. Solishtirish uchun bu ko'rsatkich Buyuk Britaniyada 96 foizga teng. Bizda shu sohani rivojlantirib elektron tijoratni,elektron o'tkazmalarni rivojlantirishimiz zarur.Raqamli to'lov O'zbekistonda 34 foizni tashkil etayotgan bo'lsa,biz bu ko'rsatkichni 100 foizga chiqarish zarur.

Avvalo, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va "qora iqtisodiyot"ning asosiy kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma'lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma'lumotni yashirish,yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to'liq axborot bermaslikning iloji yo'q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo'yadi. Ma'lumotlar ko'pligi va tizimliligi yolg'on va qing'ir ishlarga yo'l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada "iflos pullarni" yuvish, mablag'larni o'g'irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yoki yashirib ko'rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag'lar oqimini oshiradi, soliqlar o'z vaqtida va to'g'ri to'lanadi, budjet taqsimoti ochiq bo'ladi, ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan mablag'lar o'g'irlanmaydi, maktablar, kasalxonalar, yo'llarga ajratilgan pullar to'liq yetib boradi va hokazo.

Hamda, davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo'nalishlar ochib beradi. "Raqamli texnologiyalar" tomon burilishga butun jahon internet tarmog'i va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo'ldi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda bu tizimdan foydalanuvchilar oziq-ovqat, turli parfyumeriya va zamonaviy kiyim-kechak mahsulotlariga buyurtma berish uchun Telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. Shuningdek, turli internet do'konlar, elektron to'lov tizimlari ham faol rivojlanib bormoqda. Demak, fuqarolarimiz elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonyaptilar. Faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar katta xarajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirmoqdalar, o'rtacha xarid hajmini oshirishga esa unchalik tayyor emaslar. Endigi masala o'rtacha va yirik iqtisodiy bitimlar va moliyaviy operatsiyalarni raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni rivojlantirishdan iborat.

Xulosa qiladigan bo'lsak raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'li bilan insoniyat yashash tarzini ancha osonlashtirgan bo'lamiz, uning o'sishi albatda xukumat boshqaruviga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi chunki raqamlashtirish bilan ko'plab korrupsiyalarni va

jinoyatlarni oldini olgan bo'lamiz va albatta mamlakat rivoji sezilarli rivojlantiradi.

REFERENCES

1. "Scients and innovation" "Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari" Shukurullo Yo'ldoshmaxmudov

2. "Problems and scientific solutions" 2022 Australia Kayumov Alisher Olimovich

3. "Academic Research in Educational Sciences" Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari amaliy ahamiyati va xorijiy tajriba. Baxrom Xolmurodovich Xaydarov, Sirojiddin Abduvalievich Saitov

4. https://www.researchgate.net/publication/336675826 : The activities of banks in Uzbekistan in the modern digital economy

5. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 Nurbek Ochildiyev

6. Raqamli iqtisodiyot korrupsiyaga baham beradi 22-fevral 2019 Qobil Tursunov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi

7. Downs, T .; Greenstein, S. (2002). "AQShdagi universal kirish va mahalliy Internet bozorlari". Tadqiqot siyosati.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.