Научная статья на тему 'QUYOSH/SHAMOL ENERGIYA TA’MONTI MANBALARINING MONITORING PARAMETRLARI AXBOROT TIZIMI ALGORITMI'

QUYOSH/SHAMOL ENERGIYA TA’MONTI MANBALARINING MONITORING PARAMETRLARI AXBOROT TIZIMI ALGORITMI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shamol/Quyosh / muqobil energiya manbalari / malumotlar bazasi / tarmoq / elektr ta’minoti. qayta tiklanuvchan energiya manbalari.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Eshmuradov Dilshod Elmuradovich, Saidova Gulchexra Alisherovna, Abdugʻafforova Nargiza Olim Qizi

Muqobil energiya manbalari, energiya saqlash vositalari (akkumlyator batareyalar), dizel generator va markazlashtirilgan energiya tarmoqlarini yagona tizimga birlashtirsh va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, saqlash va iste’mol rejimlarini muvofiqlashtirish uchun elektr parametrlari qiymatlarini monitoring qilish talab etiladi. Buning uchun istemolchilarning taqsimlash shinalariga kerakli datchiklar o‘rnatiladi va ulardagi signallar boshqaruv qurilmasiga uzatiladi boshqaruv qurilmasi signallarni malumotlar bazasida yig‘ib boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUYOSH/SHAMOL ENERGIYA TA’MONTI MANBALARINING MONITORING PARAMETRLARI AXBOROT TIZIMI ALGORITMI»

QUYOSH/SHAMOL ENERGIYA TA'MONTI MANBALARINING MONITORING PARAMETRLARI AXBOROT TIZIMI ALGORITMI 1Eshmuradov Dilshod Elmuradovich, 2Saidova Gulchexra Alisherovna, 3Abdug'afforova

Nargiza Olim qizi

1 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti, 2Toshkent axborot texnologiyalari universiteti assistenti, 3Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10723528

Annotatsiya. Muqobil energiya manbalari, energiya saqlash vositalari (akkumlyator batareyalar), dizel generator va markazlashtirilgan energiya tarmoqlarini yagona tizimga birlashtirsh va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, saqlash va iste 'mol rejimlarini muvofiqlashtirish uchun elektr parametrlari qiymatlarini monitoring qilish talab etiladi. Buning uchun istemolchilarning taqsimlash shinalariga kerakli datchiklar o'rnatiladi va ulardagi signallar boshqaruv qurilmasiga uzatiladi boshqaruv qurilmasi signallarni malumotlar bazasida yig'ib boradi.

Kalit so'zlari: Shamol/Quyosh, muqobil energiya manbalari, malumotlar bazasi, tarmoq, elektr ta'minoti. qayta tiklanuvchan energiya manbalari.

Аннотация. Альтернативные источники энергии, накопители энергии (аккумуляторные батареи), дизель-генераторы и централизованные энергетические сети должны быть интегрированы в единую систему и согласовывать режимы производства, передачи, хранения и потребления электрической энергии. Для этого на распределительных шинах потребителей устанавливаются необходимые датчики, а сигналы от них передаются на устройство управления, которое собирает сигналы в базу данных.

Ключевые слова: Ветер/Солнце, альтернативные источники энергии, база данных, сеть, электроснабжение. возобновляемые источники энергии.

Abstract. Alternative energy sources, energy storage devices (batteries), dieselgenerators and centralized energy networks must be integrated into a single system and coordinate the modes of production, transmission, storage and consumption of electrical energy. To do this, the necessary sensors are installed on the consumer distribution buses, and the signals from them are transmitted to a control device, which collects the signals into a database.

Keywords: Wind/Sun, alternative energy sources, database, grid, power supply. renewables.

Bugungi kunga kelib maishiy texnika buyumlarining sonini o'sishi muhim bo'lgan muommolardan biri energiyaga bo'lgan talabni ortishiga olib keldi. Energiya talabi albatta Energiya ta'minoti manbalari orqali yetkazib beriladi. Energiya ta'minoti uchun Gidroelektrostansiya (GES), Shamol elektrostansiya (SHES), Quyosh panellari (PV solar), akumlator batareya (AB), atom elektrostansiyasi (AES), Issiqlik elektrstansiya (IES) va boshqa energiya ishlab chiqarish manbalari yordamida elektr ishlab chiqarish jarayoni bir-qancha muommolar paydo bo'ladi.

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish tarixdan to xozirgi davrgacha turli ko'rinishda bo'lgan va qayta tiklanadigon energiya har qanday joyda mo'l-ko'l, bepul, ifloslantirmaydigan xususiyatlarga ega. Shu bilan birga ushbu energiya manbalari ob-havo sharoitlariga asoslangan va meros qilib olingan intervalgacha paydo bo'ladigon tabiatga ega, bu esa uzluksiz elektr ta'minotiga to'sqinlik qiladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini birlashtirish bu

kamchiliklarni bartaraf etishning mumkin bo'lgan yechimlari ishonchli quvvatni ta'minlaydi, balki kerakli saqlash hajmini pasayishiga olib keladi.

Dasturiy ta'minot to'plami elektr tarmoqlari uchun asosiy dispetcherlik vazifalarini bajarish va tarqatish tarmog'ida dispetcherlik vazifalarini bajarish uchun mo'ljallangan. Tizim ikkala kuchlanish darajasi uchun quyidagi asosiy vazifalarni o'z ichiga:

1. Tarmoq ma'lumotlarini boshqarish (qo'llab-quvvatlash, tarmoq orqali hisoblash ma'lumotlarini MBda saqlash);

2. Tarmoq hisob-kitoblari (oqim taqsimoti, kuchlanish, quvvatni yo'qotish, kuchlanish pasayishi, qisqa tutashuv toklari, o'rni ishlashini tekshirish, himoya);

3. Tarmoq diagrammalarini geografik xaritada taqdim etish;

4. Tarmoqni rejalashtirish va modellashtirish (hisoblash va yuklanish prognozi, tarmoq rejimini modellashtirish);

5. Ma'lumotlar bazasi ma'lumotlari va hisobotlariga so'rovlar (ma'lumotlar bazasidan foydalanish uchun MS SQL);

6. Monitoring va tarqatish tarmog'ini real vaqtda boshqarish.

7. Kommutatsiya uskunalarini boshqarish;

8. Elektr rejimini boshqarish;

9. Elektr ta'minoti ishonchliligini baholash;

10. Favqulodda tarmoqlarni boshqarish:

11. Signal;

12. Zararni lokalizatsiya qilish;

13. Zarar etkazadigan zonani izolyatsiya qilish;

14. Hisobot berish;

15. Modellashtirish;

16. Yuklamalarni bashorat qilish;

17. Optimallashtirish.

Shamol/Quyosh energiya ta'minotida foydalanilgan quvvat balansi tenglamasi quyidagicha belgilanadi.

Pmet (t) + Pqet (t) + PSHAS (t) + PDG (t) + PAB (t) = Py (t) (1.1)

bu yerda Pmet(0 - markazlashtirilgan energiya tizimi ishlab chiqaradigan joriy quvvat qiymati; PQET(t) - quyosh energiyasi manbalari asosidagi energiya tizimlari ishlab chiqaradigan joriy quvvat qiymati; Pshet(t) - shamol energiyasi manbalari asosidagi energiya tizimlari ishlab chiqaradigan joriy quvvat qiymati; PDG(t) - dizel generatorlar asosidagi energiya tizimlari ishlab chiqaradigan joriy quvvat qiymati; PabO) - elektr energiyasi to'plagichlari zaryadining (razryadining) joriy quvvat qiymati; Py(t) - yuklamaning joriy quvvat qiymati. (t) - yuklamaning joriy quvvat qiymati.

Gibrid energiya ta'minoti manbalari har bir elementining joriy quvvat qiymati asosiy elektr parametrlar orqali aniqlanadi:

Pk (t) = uk (t)■ ik (t) (1.2)

bu yerda uk(t) - taqsimlash qurilmasi shinasidagi oniy kuchlanish; uk(t) - yuklama tokining oniy qiymati.

U holda energiya ta'minoti quvvat balansi tenglamasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

(Ä -YU (Ä MET , /A QET , (Ä -SHET , (Ä -DG \ (A •AB

uk(t)h = uk (tyiM + uk(t)iQ + uk(t) is + uk (tyiD ± uk(t) iA (1.3)

Manbalarning quwati va uyning yuklama parametrlarini tekshirish.

Pb-Pqtem-Pet-Pyu Pznz-Pqtem-Pet

K=1

Pec-Pet-(Pqtem+Pret)

*-

Pec-Pet-Pqtem

1.1-rasm. Shamol/Qusyosh energiya ta'minoti manbalarini yuklama tokining moslashuvchan boshqaruv algoritmining blok-sxemasi

Yuqoridagi ifoda orqali gibrid energiya ta'minoti manbalari shinalaridagi datchik yordamida tokni va energiya ta'minoti quvvati sarfini nazorat qilish hamda boshqarish mumkin. Boshqarish masalasi mikroprotsessorli boshqaruv texnologiyalar (MKBB Arduino) asosida amalga oshiriladi .

Shamol/Qusyosh energiya ta'minoti manbalarini iste'molchi yuklama tokiga bog'liq ravishda adaptiv boshqarish sxemasi 1.1 - rasmda keltirilgan.

Agar Rqtem>Ryu bo'lsa moslashuvchan boshqaruv tizimiga markazlashtirilgan energiya tizimiga ulanish zaruratining yo'qligi haqida signal beriladi (K=1).

Agar Rqtem<Ryu bo'lsa, elektr energiyasi to'plagichlaridagi quvvatlar qiymatlari va iste'molchilar yuklamalaridagi yetishmaydigan quvvat qiymatini taqqoslash o'tkaziladi.

Rmet>Ryu-Rqtem bo'lganda yuklamadagi yetishmaydigan quvvat elektr energiyasi to'plagichlari generatsiyalashi mumkin bo'lgan hajm bilan kompensatsiyalanadi.

Rmet<Ryu-Rqtem bo'lganda adaptiv boshqarish qayta tiklanuvchan energiya manbalari va elektr energiyasi to'plagichlaridagi umumiy quvvatning yetishmasligi tufayli markazlashtirilgan energiya tizimining (K=1) ulanishi zarurati haqida signal beradi. Agar energiya tizimi uzilgan bo'lsa, u holda qayta ulagich o'z holatini ulanishga o'zgartiradi. Agar energiya tizimi uzilgan bo'lsa, u holda joriy holatni tekshirish bo'lib o'tadi va qayta ulagich o'z holatini o'zgartirmaydi.

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va elektr energiyasi to'plagichlari qo'llanadigan Smard Grid tizimining integratsiyalanishi "elektr energiyasi iste'molini moslashuvchan boshqarishni" (EEIMB) amalga oshirishga imkon beradi, u energiya iste'molini rejalashtirish, elektr qurilmalarni ta'mirlashni rejalashtirish va o'tkazish, elektr energiyasi yo'qotishlarini boshqarish, energiya tejamkorligini o'z ichiga oladi.

Shamol/Qusyosh elektrotexnik komplekslarini loyihalashtirishda QTEMning qo'llanishi bo'yicha ishlab chiqilgan prinsiplar, yondashishlar, ilmiy-texnik yechimlardan, shuningdek elektr energiyasi oqimlarini taqsimlash algoritmidan foydalanish telekommuniksiya tizimlarni samarali, sifatli va uzluksiz elektr ta'minoti bilan ta'minlashga imkon beradi.

Shamol/Qusyosh energiya ta'minoti manbalarini moslashuvchan boshqaruv elementlari, qurilmalarining tavsiflari, parametrlari va sxemalarini modellashtirildi va tadqiq qilindi. Smart uylarning gibrid energiya ta'minoti manbalarini moslashuvchan boshqaruv elementlari, qurilmalarining tavsiflari va sxemalarini tadqiq qilish uslubi manbalar, elektr uzatish liniyalari va yuklamalarning turli parametrlarida moslashuvchan boshqaruv xatoliklari va buzilishlari manbalarini tadqiq qilishga imkon beradi.

REFERENCES

1. Xoshimov F.A., Taslimov A. D. Energiya tejamkorlik asosiari /F.A. Xoshimov. A.D. Taslimov. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi.-T.: «Voris nashriyot».-192 b.

2. T.SH. Majidov. Noana'naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari. Toshkent-2014: «Voris nashriyot» 168 b.

3. T.Sh.Gayibov, H.F.Shamsutdinov, B.M.Pulatov. Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash. -T.: «Fan va texnologiya», 2015, 216 bet.

4. Sompol Kohsri and Boonyang Plangklang Energy Management and Control System for Smart Renewable Energy Remote Power Generation // Energy Procedia 9 ( 2011 ) 198 - 206

5. Thilo Bocklisch. Hybrid energy storage systems for renewable energy applications. 9th International Renewable Energy Storage Conference, IRES 2015.

6. Min Li, Wenbin Gu, Wei Chen, Yeshen He, Yannian Wu, Yiying Zhang, Smart Home : Architecture, Technologies and Systems // 8th International Congress of Information and Communication Technology (ICICT-2018)

7. Сапаев М. Мoделирoвание телекoммуникациoных сетей на ocHoBe технoлoгии нечетаюй лoгики / Volume 6 of the Philippine Journal of Engineering Sciences /Philippine. Novemmer.2023 .8 -12 p.

8. Elmuradovich E. D. et al. ENERGIYA TIZIMLARIDA INTELLEKTUAL O 'LCHASH VOSITALARINI QO 'LLASH MASALALARI //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. -№. Special Issue 8. - С. 430-434.

9. Алгоритм управления электроснабжением устройств и обьектов телекоммуникации на основе технологии "Умная энергетика" "Мухдммад ал-Хоразмий авлодлари" №3 илмий журнали. И.Х. Сиддиков, М.А. Анарбаев, Г.А. Саидова.

10. Energy menegment and organization of the management system at the enterprise. International Scientific Journal "Engineering Mathematics". Volume 4, Issue 2, 2022. ISSN:1687 - 6156. - P. 39-43 http://iejemta.com\ G.A. Saidova.

11. Qayta tiklanadigan elektr ta'minot manbalarining parametrlari Axborot oqimi monitoring texnik ta'minoti tahlili. Материалы международной научно-технической конференции "эффективная энергетика будущего: проблемы и решения". Часть 1. Фергана-2023. -b. 237-244 O.Ismoilov, G.A. Saidova.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.