Научная статья на тему 'QUYOSH GELIOQURILMALARNING GEOMETRIK O‘LCHAMLARIGA BO‘LGAN TALABLAR'

QUYOSH GELIOQURILMALARNING GEOMETRIK O‘LCHAMLARIGA BO‘LGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
31
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gelioqurilmalarning konstruksiyalari / ko‘zguli geliostatlar / geometrik o‘lchamlar / yuza tekisligi / o‘lchash sxemalar / geodezik usullar. / Designs of solar devices / mirror heliostats / geometric dimensions / surface plane / measurement schemes / geodetic methods.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Ibragimov, Utkir Nurmamat O‘g‘li

Ushbu maqolada ko‘zguli geliostatlarning va quyosh batareyalarining foydali ish jarayoni, geometrik va optik xarakteristikalari, geometrik o‘lchamlari – yuza tekisligi, konstruksiya egiluvchanligi, umumiy og‘irligi va tebranishlarga bardoshligi kabi va boshqa ko‘rsatkichlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REQUIREMENTS FOR GEOMETRIC DIMENSIONS OF SOLAR HELIO DEVICES

In this article, useful working process, geometric and optical characteristics, geometric dimensions surface flatness, structural flexibility, total weight and vibration resistance, etc., of mirrored heliostats and solar cells are highlighted.

Текст научной работы на тему «QUYOSH GELIOQURILMALARNING GEOMETRIK O‘LCHAMLARIGA BO‘LGAN TALABLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

QUYOSH GELIOQURILMALARNING GEOMETRIK O'LCHAMLARIGA

BO'LGAN TALABLAR

Ibragimov Utkir Nurmamat o'g'li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti., (PhD), Qarshi, O'zbekiston. [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ko 'zguli geliostatlarning va quyosh batareyalarining foydali ish jarayoni, geometrik va optik xarakteristikalari, geometrik o 'lchamlari - yuza tekisligi, konstruksiya egiluvchanligi, umumiy og'irligi va tebranishlarga bardoshligi kabi va boshqa ko'rsatkichlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar. Gelioqurilmalarning konstruksiyalari, ko'zguli geliostatlar, geometrik o 'lchamlar, yuza tekisligi, o 'lchash sxemalar, geodezik usullar.

АННОТАЦИЯ

В этой статье освещены полезный рабочий процесс, геометрические и оптические характеристики, геометрические размеры - плоскостность поверхности, гибкость конструкции, общий вес и виброустойчивость и другие параметры зеркальных гелиостатов и солнечных элементов.

Ключевые слова. Конструкции солнечных устройств, зеркальные гелиостаты, геометрические размеры, плоскость поверхности, схемы измерений, геодезические методы.

ABSTRACT

In this article, useful working process, geometric and optical characteristics, geometric dimensions - surface flatness, structural flexibility, total weight and vibration resistance, etc., of mirrored heliostats and solar cells are highlighted.

Keywords. Designs of solar devices, mirror heliostats, geometric dimensions, surface plane, measurement schemes, geodetic methods.

KIRISH

Muqobil energiya so'nggi paytlarda jahon iqtisodiyotidagi asosiy yo'nalishlardan biriga aylanib bormoqda. Yuqori samarali qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish va ularni joriy qilish O'zbekiston uchun ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Istiqlol yillarida O'zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, ayniqsa, quyosh energiyasidan foydalanish borasida boy tajriba to'plandi. Serquyosh o'lkamizda yilning 320 kundan ko'prog'ida quyosh charaqlab turadi. Quyosh energiyasining yillik salohiyati esa neft ekvivalentida 51 milliard tonnadan oshadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Quyosh har bir sekundda sochadigan nurli energiyasi 91-1014 t neft to'liq yonganida ajratiladigan energiyaga tengdir [2].

Yer sirtiga tushadigan quyosh nurlari o'zining intensivligi bilan xarakterlanadi va ikki qismdan iborat bo'ladi:

1. Quyosh nurlariga nisbatan perpendikulyar joylashgan tiniq yuzaga tushadigan to'g'ri radiatsiya;

2. Atmosfera, bulut va atrof muhit va boshqalardan sochilgan radiatsiya[2].

Davlatimiz rahbarining 2023 -yil 16-fevralda qabul qilingan "Qayta tiklanuvchi

energiya manbalarini va energiya tejovchi texno-logiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-57- sonli qarorida [1] energiya tejaydigan tizimlarni joriy etish, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ko'zda tutilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizga ma'lumki, quyosh energiyasidan ratsional foydalanish usullaridan biri quyosh nuri energiyani yarim o'tkazgichli foto batareyalar yordamida elektr energiyasiga aylantirishdir.

Kun davomida optik tizim geometriyasining o'zgarishi quyosh batareyalari va quyosh elektr stansiyasi ishning asosiy xususiyati hisoblanadi.

Gelioqurilmalar - ko'zguli geliostatlar va quyosh batareyalari asosan ochiq havoda ishlatiladi. Shuning uchun ularning barcha elementlarini himoyalashga, shuningdek ularning konstruksiyaning qattiqligi va mustahkamligiga yuqori talablar qo'yiladi.

Quyosh nurlarini qaytaruvchi ko'zguli geliostatlarning va quyosh batareyalarining foydali ish jarayoni, geometrik va optik xarakteristikalari bilan, shuningdek ularning geometrik o'lchamlari - yuza tekisligi, konstruksiya egiluvchanligi, umumiy og'irligi va tebranishlarga bardoshligi kabi va boshqa ko'rsatkichlar bilan tasniflash mumkin. Aytilgan xususiyatlarning u yoki bu yig'indisini aniqlovchi gelioqurilmalarga bo'lgan talablar asosiylari quyidagilardir:

gelioqurilmalar yer uchastkasini yetarlicha to'ldirilishi kerak;

gelioqurilmalar ko'zgu yuzasining samarali maydonini yo'qotmaslik uchun bir-birini to'smasligi va bir biriga soya qilmasligi kerak;

gelioqurilmalar yuzasi (fatsetlar) quyosh nurlarini qaytarish yoki yutish qobiliyatga ega bo'lishi kerak, u nurning tushish burchagiga bog'liq.

Gelioqurilmalarning konstruksiyalari, ularni yig'ish (montaj qilish) va ish jarayonida tebranishga hamda deformatsiyaga chidamli konstruksiyaga ega bo'lishi kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Gelioqurilmalar tizimida, qaytgan nurlar oqimi bo'yicha optik tizimning umumiy issiqlik quvvati quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

Bu yerda: E0- to'g'ri quyosh radiatsiyasi (yer sathiga perpendikulyar yuzaga tushuvchi nurning zichligi) kkal/m2 yoki Vt/m2;

R3 -gelioqurilmalar yuzasining quyosh nurlarini qaytarish yoki yutish qobiliyati;

F3 - gelioqurilmalar optik yuzasining umumiy maydoni, m2;

K_- - gelioqurilmalar optik yuzasining changlanish va berkilish oqibatida quvvatning yo'qolishni hisobga oluvchi koeffitsent.

cos w - gelioqurilmalar optik yuzani qo'llashning intergal koeffitsenti.

1 - rasm.

Ko'zguli geliostat tushayotgan quyosh nurlari oqimini kun davomida ushlab olish va quyosh nurini issiqlik energiyasiga aylantirish uchun nurlar qabul qilgich -nurlar to'planuvchi minoraga yo'naltiruvchi optik tizim, ya'ni uning metal ramasi yuzasi qismiga o'rnatilgan ko'zgullar (fatsetlar) dan iborat maxsus qurilmadir (1 -rasm).

1-jadvalda keltirildi: 1 - jadval.

Geometrik xatoliklarning ko'rinishi Geometrik xatoliklarning turlari Xatoliklar cheki qiymati Xatoliklarning kelib chiqish manbalari

Statistik Ko'zgu yuzasining gorizontal tekislikga nisbatan o'zgarishi 2-3 minut Yuza shaffofligi- dagi kamchiliklar

Statistik Ko'zgu (fatset)ni o'rnatishdagi xatolik 2 minut O'rnatish uskunasi xatoligi

Statistik Geliostat ramasi o'qlarining 1-2 minut Geliostat ramasining

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'zaro perpendikulyar emasligi gorizontal va vertikal xarakati paytida

Dinamik Gelioqurilma markazining loyihadan o'zgarishi ±50 sm O'rnatish jarayonidagi xatolik

Dinamik Gelioqurilma metal ramasining deformatsiyasi 1 minut Rama qattiqligi talabi

Dinamik Ko'zgu (fatset) deformatsiyasi 1 minut Loyiha talabi

Dinamik Shamol yoki tebranish tasiri 3 minut Loyiha talabi

Ko'zguli geliostatlarning va quyosh batareyalarining foydali ish jarayonini ulaming geometrik o'lchamlari - yuza tekisligi, konstruksiya egiluvchanligi, umumiy og'irligi va tebranishlarga bardoshligi kabi ko'rsatkichlar bilan tasniflash mumkin.

Gelioqurilmalarning tushayotgan quyosh nurlari oqimini kun davomida ushlab olishidagi va ma'lum nuqtaga yo'naltirishdagi geometrik hamda optik xarakteristikalariga ta'sir etuvchi geometrik omillar va ularga qo'yilgan talablar Ko'zgu yuzasining gorizontal tekislikga nisbatan o'zgarishi geliostatlar va quyosh batareyalari yuzasini nazorat qilish uchun yaratilgan mavjud o'lchash usullari tahlil qilindi. O'lchash sxemalari ko'rsatildi, baholandi va ularning, geliostatning ishchi rejimida fatsetlarni nazorat qilish imkonining-mavjudligi yoki yo'qligi bayon qilindi.

Geliostatlar va quyosh batareyalari tashqi kuchlar tasirida o'z geometrik xolatini o'zgartirishi tabiiy holat bo'lib, gelioqurilmalarning ishi mohiyatini hisobga oluvchi maxsus geodezik usullarni yaratish va takomillashtirish talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2023-yil 16-fevralda qabul qilingan "Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-57 sonli qarori.

2. Xayriddinov B.YE., Xolmirzayev N.S. Sattorov A.S. Quyosh energiyasidan foydalanishning fizik asoslari o'quv qo'llanma, T.Fan, 2010. 280 bet.

3. U.N.Ibragimov "Gelioqurilmalarning geometrik o'lchamlarini tekshirish usullarini takomillashtirish" nomli monografiya. Qarshi.: Intellekt, 2023-yil.

4. U.N.Ibragimov, M.M.Aralov. Topografik kartalar yaratishning asosiy usullari. arxitektura, muhandislik va zamonaviy texnologiyalar jurnali. 2022/12/12

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

5. Masofadan zondlash materiallaridan foydalanib qishloq xo'jalik yerlarini monitoring qilish va elektron kartalarini tuzish. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2023

6. K.N.Xo'jakeldiyev, J.O.Mirzayev, U.N.Ibragimov. O'lchov natijalarini qayta ishlash usullarini tanlash. RESEARCH AND EDUCATION. 2022/4/30

7. Z.M.Qilichev, J.O.Mirzayev, U.N.Ibragimov. Geodezik o'lchashlarda tenglashtirish usullarini tanlash. 2022/11/1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.