Научная статья на тему 'Quyosh energiyasidan foydalanib turar joy binolari qurishning istiqboli tomonlari'

Quyosh energiyasidan foydalanib turar joy binolari qurishning istiqboli tomonlari Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
428
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Quyosh energiyasi / muqobil energiya / isitish / samarador bino / Солнечная энергия / альтернативная энергия / отопление / эффективное строительство.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Sharopov Begyor Xolmatjon Oʻg‘li, Mahmudov Faxriddin Rahmonjon Oʻg‘li

Ushbu maqolada jahon mamlakatlarining quyosh energiyasidan foydalanishni samarali tomonlari keltirib oʻtilgan. Quyosh energiyasidan foydalanish hozirgi davrda yoqilg’i energiyasidan foydalanishda kattagina iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аспекты перспективы строительства жилых домов с использованием солнечной энергии

В этой статье перечислены эффективные аспекты использования солнечной энергии странами мира. Использование солнечной энергии в настоящее время приводит к большей экономической эффективности использования энергии топлива.

Текст научной работы на тему «Quyosh energiyasidan foydalanib turar joy binolari qurishning istiqboli tomonlari»

UDK 620.20

QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANIB TURAR JOY BINOLARI QURISHNING

ISTIQBOLI TOMONLARI

Sharopov Begyor Xolmatjon o'g'li NamMQI, o'qituvchi, [email protected], +99899 6300295

Mahmudov Faxriddin Rahmonjon o'g'li NamMQI, stajyor-o'qituvchi, [email protected], +998999790594

Annotatsiya: Ushbu maqolada jahon mamlakatlarining quyosh energiyasidan foydalanishni samarali tomonlari keltirib o'tilgan. Quyosh energiyasidan foydalanish hozirgi davrda yoqilg'i energiyasidan foydalanishda kattagina iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.

Аннотация: В этой статье перечислены эффективные аспекты использования солнечной энергии странами мира. Использование солнечной энергии в настоящее время приводит к большей экономической эффективности использования энергии топлива.

Annotation: This article lists the effective aspects of the use of solar energy by the countries of the world. The use of solar energy currently leads to greater economic efficiency in the use of fuel energy.

Kalit so'zlar: Quyosh energiyasi, muqobil energiya, isitish,samarador bino.

Ключевые слова: Солнечная энергия, альтернативная энергия,отопление, эффективное строительство.

Key words: Solar energy, alternative energy, heating, efficient construction.

Ayni paytda «quyoshli uylar»ga bo'lgan qiziqish kun sayin огйЬ, ularning sоni шЬога ko'paymоqda. Tabiiyki, bu bоrada ko'pchilikni qiziqtiradigan savоllar ham mavjud.

Xo'sh, bunday uylarning tomiga qanday qurilma o'rnatiladi? Qishning sоvuq kunlarida, ayniqsa, tunda va bulutli kunlarda ham xоnalardagi issiq harorat bir maromda saqlanib turiladimi?

Keling, shular xususida im^n qadar kengroq so'z yuritsak. Takidlash tozimki, «quyoshli uylar»dagi o'ziga xоs me,mоriy va kоnstruktiv yechim qo'shimcha qurilmalarsiz issiqlikni saqlab turish imkоnini beradi [1]. Shu bоis qirоvli va bulutli kunlarda ham хошк^ malum vaqtgacha mo'tadil harorat taminlab turiladi. Havоning keskin sоvib ketishi, yomg'ir yoki qоr yog'ishi bunga salbiy ta'sir ko'rsatоlmaydi.

Quyosh bilan isitish uchun Ыпо tоmiga qimmat va foydalanish uchun nоqulay uskunalar o'rnatish shart emas. Gap shundaki, gelfotexnik talablar inоbatga оlinib, mоhirоna ^^^^ш^п hamda janubga qaratib qurilgan оynaband ayvоn tabiiy nurni 25-35 darajali issiqlikka aylantirib beradi. Malumki, qish faslida kunlar qisqarib, ойоЬ 8-9 sоat mоbaynida chiqib turadi. Shuning uchun kechki payt va tunda хош harorati keskin tushib ketishi mumkin. «Quyoshli uylar»da shu jihat atohida e^t^^a оlingan. Yani хош harоrati mo'tadilligi taminlanadi. Shuningdek, qurilish ishlarida qo'llanilgan оddiy tоshlar ham issiqlikni saqlash xususiyatiga egadir.

Ilm-fanda passiv-quyosh isitish tizimi deb yuritiladigan usullardan qadimda ota-bobola-rimiz keng foydalanishgan. Masalan, imoratni barpo etishda quyosh yo'nalishiga katta ahamiyat berilgan. Ayniqsa, qishloqlarimizda ko'chalarning yo'nalishidan qafiy nazar, uylarning xonalariga quyosh nuri ko'proq tushishini taminlash maqsad qilingan. [2] Hozirgacha ko'p joylarda «kungay hovli», «kungay uy» kabi jumlalarning uchrashi boisi ham shunda.

Vaqt o'tishi bilan tabiiy nurdan energiya manbasi sifatida foydalanish ommalashib, global miqyosga chiqa boshladi. Hozirgi kunda «quyoshli uylar»ga e'tiborning nihoyatda oshganligi, xususan, AQSh, yevropa mamlakatlari va boshqa hududlarda yuz minglab shunday turarjoylar barpo etilgani, hukumatlar ham mazkur yo'nalishni jiddiy qo'llab-quvvatlayotgani shundan dalolat beradi.

Bundan tashqari, binolarda yoqilg'ini ishlatish bilan bog'liq sarf-xarajatlar keskin oshishi arxitekturada iqtisodiy masalalarni qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Chunki ilgari aso-siy e'tibor qurilishga ajratiladigan sarflarga qaratilardi. Endilikda esa inshootdan foydalanishda qancha yoqilg'i xarajat qilinadi, uning atrof-muhitga salbiy ta'siri qay darajada bo'ladi, degan savollar o'rtaga tashlanib, qurilish ishlarida shu jihatlar inobatga olinmoqda.

Mamlakatimizning tabiiy iqlim sharoiti o'ziga xos, ayniqsa, oftobli kunlarning uzoq da-vom etishi bu bebaho nematdan muqobil energiya manbai sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. E'tiborlisi, ushbu yo'nalishda bir qancha tajribalar o'tkazilib, ijobiy natijalarga ham erishilmoqda. Jumladan, 1994-1997- yillarda mahalliy xom ashyodan qurilgan (devorlari paxsa) va passiv-quyosh isitish tizimi o'rnatilgan bir qavatli binoda oddiy uylarga nisbatan 60 foiz issiqlik energiyasi kam ishlatilishi aniqlandi [3]. 2007- yilda Toshkent shahrida «SOLARON-1» loyihasi doirasida bir qavatli binoning malum qismiga passiv-quyosh isitish tizimi tatbiq qilindi. Natijada energiya sarfi 8-10 barobargacha kamaydi. Bu iqtisodiy jihatdan ham foydali ekanligi malum bo'ldi.

2008- yilga kelib Toshkent viloyatining Burchmulla qishlog'ida zamonaviy arxitektura va qurilish talablariga javob beradigan, energiya tejovchi O'zbekistondagi ilk «quyoshli uylar» barpo (sxemada) etildi. Loyiha mahalliy quruvchilar tomonidan arzon, qurilishi oson bo'lgan materiallardan foydalangan holda amalga oshirildi.

Shunday qilib, uyga o'rnatilgan va go'zal tog' manzarasi ko'zga tashlanib turadigan oynaband ayvon quyosh nurini issiqlik energiyasiga aylantirib bera boshladi.

U sinovdan ham muvaffaqiyatli o'tgan. Masalan, 2010- yil dekabr oyigacha uy harorati 20 darajadan pastga tushmagan. 2-8- dekabr kunlari havo keskin sovib, yomg'ir ketidan qor yog'gan. Tashqarida tunda harorat -10 darajagacha pasayib, kunduzi +3 darajadan oshmagan. Vaqti-vaqti bilan kuchli shamol esgan. Shunga qaramay, uyning harorati barqaror +19,5 daraja bo'lib, qo'shimcha isitishga hojat qolmagan. Jahon banki eksperti, Fransiyalik arxitektor Mark Bellanjer Burchmullaga tashrif buyurar ekan, «quyoshli uylar»ga yuqori baho berib, shunday degan: «Ushbu bino O'zbekistondagi birinchi va Markaziy Osiyoda qiyosi yo'q energiya tejovchi tizimga poydevor qo'yilganidan dalolatdir».

1-rasm Ekologik tоza quyosh qurilmasi sxemasi

Uning fikricha, mazkur turarjoy har taraflama samaradorlikka erishishda ayni muddao bo'ladi. Shuningdek, kelajakda energiya tejovchi binolarning yangi avlodlarini yaratish uchun tamal toshi bo'lib xizmat qiladi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz iqlimi uchun mos bu kabi bunyodkorlik majmualarini barpo etish, shu jumladan, passiv-quyosh isitish tizimiga ketgan sarf-xarajatlar 4-5 yil davomida qoplanib, o'zini to'la oqlaydi. Materiallar ham o'zimizda ishlab chiqariladi. Hammabop va

ulardan foyHalanisb огНлсЬя niyinchilik tiig'HirmflyHi_

30,0 25,0 20,0 15,0 10,0 5,0 0,0

7 8 9 10 11 12 1 2 3 4 5

з со

■0 гр

12гр

" 24гр

36гр

48гр

54гр

60гр

6

2-rasm Quyosh nurlarini yil mavsumi va joylashuv kengligiga qarab sutkalik

nurlanish grafigi.

Qisqacha aytganda, yurtimizda quyosh nurini issiqlik energiyasiga aylantirib beruvchi tejamkor tizim qulayliklarini birinchi navbatda, bir qavatli qishloq uylari sohiblari his qilishi uchun imkoniyatlar beqiyos[4].

Qator quyosh energiyasidan foydalanuvchi mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, ular sezilarli darajada muvofiqlashtirilgan kelajakka qadam qo'yganlar, jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish strategiyasi davlat darajasida ishlab chiqilgan va maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilgan.

Yaponiyada «70000 quyoshli tomlar» (1994) dasturi doirasida fotoelektrik

qurilmalardan uy xo'jaligida foydalanish investitsiyasi subsidiyalashtiriladi. Quyosh batareyasi ishlab chiqaruvchilar va uni o'rnatuvchilarga soliq imtiyozi va subsidiya beriladi. Shuningdek, 2002-yilda qayta tiklanadigan energiya manbalariga qafiy texnik va ekologik standartlar joriy etilgan.

Germaniyada «Elektr taminoti haqida» (1991), «Qayta tiklanadigan energiya manbalari haqida» (2000) kabi qonunlar qabul qilinib, energiya tarmog'i va kommunal xizmatni qayta tiklanadigan energiya manbalaridan sotib olish majburiyati yuklangan. Sotib olinadigan energiya narxi hukumat tomonidan belgilangan.

AQShda «Million quyoshli tomlar» (1997) tashabbuslari doirasida 2010 yilgacha 1 mln. fotoelektrik tizim va quyosh kollektorlari o'rnatish maqsadi qo'yilgan. Federal hukumat maqsadli moliyalashtirmaydi, shtatlar o'zlari qonunlar qabul qiladilar. PURPA dasturi doirasida korxonalarga qayta tiklanadigan energiyadan sotib olish majburiyatlari yuklatilgan. Bunda sotib olish narxi xarajatlardan ozgina ko'p qilib, shtatlar hukumati tomonidan belgilanadi. Bundan tashqari, 1978 yildan energiya solig'i dalolatnomasiga ko'ra, 10 foizli kredit solig'i quyosh, shamol va geotermal energetika firmalarining investitsiyalariga qo'llanila boshlangan. Dalolatnomaning bir bo'lagida quyosh energiyasi uskunalarini sotib olishga o'z ulushlarini qo'shganlarga soliq imtiyozlari beriladi. Jumladan, agar oila quyosh energiyasi olish uskunasiga 10 ming dollar sarflasa, daromad solig'i 2200 dollarga qisqartirilishi mumkin. 2 ming dollar soliq imtiyozi 30 foiz xarajatlar yig'indisiga teng keladi.

Maydonga tushuvchi quyosh nuri oqimi sig'imi shu oqimga perpendikulyar va atmosferadan yuqorida 150 mln. km quyoshdan olisda joylashgan quyosh doimiysiga teng Go=1,35 3 kVt/m2. Bu - quyosh kosmik nurlanishi deb ataladi.

Quyosh nurlanishi quyosh yadrosidagi yadro reaksiyasi bilan bog'liq, u yerda harorat 10 mln. K ga yetadi.

Quyosh spektri 3 ta qismdan iborat:

1 - ultrabinafsha nurlanish (to'lqin uzunligi 0,4 mikrongacha) - 9 % intensivlikni tashkil

etadi;

2 - ko'rinuvchi nurlanish (0.4 -0.7 mikron to'lqin uzunlikda 45 % intensivlini tashkil

etadi;

3 - infraqizil nurlanish (0.7 mikrondan katta to'lqin uzunlik) 46 % intensivlikni tashkil

etadi.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish mumkinki quyosh energiyasidan foydalanish kelajakda tuganmas energiya manbasiga ega bo'lish imkonini beradi.Quyosh energiyasidan nafaqat binolarni isitishda, qolaversa texnika sohalarida, elektr energiyasini katta miqdorda olishda foydalanish mumkin deb hisoblayman.

ADABIYOTLAR

1. "Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori № PQ-3238 Qabul qilingan sanasi 23.08.2017. Kuchga kirgan sanasi 24.08.2017.

2. "Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash choratadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori № PQ-3379 Qabul qilingan sanasi 08.11.2017. Kuchga kirgan sanasi 09.11.2017.

3. "2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori № PQ-3012 Qabul qilingan sanasi 26.05.2017. Kuchga kirgan sanasi 30.05.2017.

4. "2018-2022 yillarda issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirish dasturi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori № PQ-2912 Qabul qilingan sanasi 20.04.2017. Kuchga kirgan sanasi 25.04.2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.