Научная статья на тему 'QURILISH FANLARNI OʻQITISHDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH'

QURILISH FANLARNI OʻQITISHDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

27
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IT / raqamli texnologiya / modellashtirish / vizualizatsiya / oʻrnatish. / IT / digital technology / modeling / visualization / installation.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nodirjon Sodirjon Oʻgʻli Soliyev

Maqolada 3dsMAX grafik muharriri va Adobe Premiere PRO va Sony Vegas videomontaj dasturlari yordamida animatsion video yaratish tamoyillari muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this paper we describe the principles of creating animated videos using a graphic editor 3ds Max and video editing software Adobe Premiere PRO and Sony Vegas

Текст научной работы на тему «QURILISH FANLARNI OʻQITISHDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH»

QURILISH FANLARNI O'QITISHDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINI

QO'LLASH

Nodirjon Sodirjon o'g'li Soliyev

Doktorant, Namangan muhandislik-qurilish instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada 3dsMAX grafik muharriri va Adobe Premiere PRO va Sony Vegas videomontaj dasturlari yordamida animatsion video yaratish tamoyillari muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: IT, raqamli texnologiya, modellashtirish, vizualizatsiya, o'rnatish.

ABSTRACT

In this paper we describe the principles of creating animated videos using a graphic editor 3ds Max and video editing software Adobe Premiere PRO and Sony Vegas.

Keywords: IT, digital technology, modeling, visualization, installation.

Hozirgi vaqtda deyarli barcha sohalarda - fan, madaniyat, ta'lim va biznesni multimedia texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Binolarni loyihalashda animatsion video virtual ko'rinishidagi binoning ichi va atrofida sayohat qilish imkonini beradi hamda loyihaning yanada samarali jbo'lishini ta'minlaydi. Audiovizual vositalarida qo'llaniladigan diapazoni etarlicha keng - kompyuter 2D va 3D grafika, fotografiya, animatsiya, video, musiqa, ovoz, maxsus effektlar [3].

Oliy ta'limning hozirgi kunda dolzarbligi yoshlarni ITga o'qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarur hisoblanadi. Shuningdek, har bir oliygoh bitiruvchilari o'z yo'nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o'rganishi kerakligi talab etiladi. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalar vazirliklariga quyidagi topshiriqlar topshirilmoqda jumladan - qurilish, geologiya, mashinasozlik, transport kabi yo'nalishlarda muhandis-texnologlarni tayorlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlarni o'rganib, yangi o'quv yilidan oliygohlarda joriy qilish hamda IT park va uning filiallarini bunday oliygohlarga bog'lab, o'qituvchi va talabalarni yangi dasturlarda ishlashga o'rgatish masalasi dolzarb ahamiyatga ega hisoblanmoqda.

Raqamli texnologiyalar ta'lim resurslari va sinf muhitini yaxshilashga va o'qitish jarayonini yanada jozibador qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular har bir ta'lim muassasasiga ko'proq moslashuvchanlik va o'quv rejasini har bir talabaning talablariga asoslanib

June 3

156

moslashtirish imkonini beradi. Shu sababli qurilish fanlarini o'qitishda raqamli texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-uslubiy asoslari hamda ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish masalalari mamlakatimiz olimlari Z.X.Mamatova, X.M Aslanovna , A.I.Samandarov, A.R.Xodjaboyev, Sh.S.Sharipov, Sh.E.Qurbonov, A.Abduqodirov, U.Sh.Begimqulov, A.Haitov, F.M.Zakirova, M.Aripov, J.A.Hamidov, O.X.Turakulov, N.I.Taylaqov va boshqalarning ishlarida o'z aksini topgan. Virtual va to'ldirilgan reallik zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan ta'limda foydalanish, qurilish ma'lumotlarini modellashtirish, Arxitektura dizaynida 3D chizmalar, o'qitish metodikasi masalalari DJomurodov, J.D. Mamasoliyevich, T.O Xolbutayevich, U.X Abdullaevich , S Mardov, E.Ro'ziyev, A.Xamrakulov, A.Qahharov, F.K Azimova va boshqalar tomonidan o'rganilgan.

Eng mashhur 3D grafikalari va uch o'lchamli animatsiyalar dasturi 3dsMAX hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida har qanday eng murakkab uch o'lchamli ob'ektlarning modelini yaratish, shuningdek ularni harakatga keltirishning imkonini beradi.

Animatsion video yaratishda birinchi va eng muhim qadam ushbu video rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Yaxshi rejalashtirilgan reja har qanday loyiha muvaffaqiyatining kaliti hisoblanadi. Avvalo, aniq tushunish kerak, nima qilish kerak va qanday qilish kerak. Hech bo'lmaganda videoning davomiyligi, modellar tarkibi va animatsiyaning taxminiy rejasi bo'lishi kerak.

3D animatsiya yaratish qiziqarli va shu bilan birga mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Hamma narsa 3D sahnada joylashtirishi mumkin, yorug'lik manbalaridan tortib har qanday ob'ekrgacha. Har biri yaratilgan dasturda animatsiya deb ataladi va barcha animatsiya parametrlari haqida ma'lumotni o'z ichiga oladi.

Animatsiya effektlari juda xilma-xil bo'lishi mumkin: soya va yorug'likni o'ynash, virtual bo'sh joyda ob'ektlarni harakatga keltirish, deformatsiyalanadigan sirt.

Effektlar har xil turdagi kuchlar bilan o'zaro ta'siri juda qiziqarli, shu jumladan kuchli shamollar va to'lqinlar, energiya nurlari va kuch maydonlari. Zarrachalarning tezligi va yo'nalishi bo'yicha ularning tizimida tortishish kabi har xil turdagi kuchlar harakat qilishi mumkin masalan tortishish (Gravity), shamol (Wind) va surish (Drag) kuchlari. Zarrachalar bo'yicha harakatni aniq boshqarish uchun yulni kuzatish (Path Follow) dan foydalaniladi, uning yordamida zarralar yo'lda birlashadi, undan ajralib chiqadi yoki ular faoliyati davomida unga amal qilishadi.

Qurilish loyihasini ishlab chiqishda mashinalar harakatidan foydalanish mumkin. Bunday animatsiya ob'ekt bo'ylab harakatlantirish orqali yaratiladi. G'ildirakning aylanishi - asosiy kadrning aylanishi hisoblanadi. Har qanday arxitektura loyihasi odamlar uchun yaratiladi, shuning uchun animatsiya turli xil personajlarni o'z ichigi oladi.

June 3

Favvoralar, sharsharalar, qushlar harakati Particale System h Super Spray tizimi orqali yaratiladi.

Vray materiallari va Vray chiroqlari yordamida Vray renderlash orqali tasvir sifatini yaxshilashga erishilida, Adobe Photoshop dasturi esa teksturalarni bo'yashga edial mos keladi.

Bino atrofida uchish kabi turli xil videolarni yaratish orqali, mashinaning harakati, qushlarning parvozi va boshqalarga erishish mumkin, shuningdek, musiqa, ovoz va maxsus effektlarni kiritish mumkin. Adobe Premiere Pro va Sony Vegas hozirgi kunda eng kuchli va video fayllarni qayta ishlash va tahrirlashning professional manbasi hisoblanadi [5].

Video tahrirlash dasturi video fayllarni birlashtirish imkonini beradi, «chuzish», «siqish» va «qirqish» kabi vositalar yordamida ularni tahrirlash, sarlavhalarni qo'yish, bir faylni boshqasiga o'zgartirish, tasvirni qisqartirish yoki kattalashtiradi, shuningdek, boshqa maxsus effektlarni tayinlaydi.

Video yaratishning keyingi bosqichi ovoz qo'shishdir ovozni va maxsus effektlarni tahrirlash hisoblanadi.

Oxirgi qadam animatsiyani ko'rsatishdir. Bu erda shunday parametrlarni tanlash kerakki tasvirning sifati yuqori farmatda, hajmi esa kichik bo'lmog'i darkor.

REFERENCES

1. Naydjel Chepmen, Djenni Chepmen. Sifrovie texnologii multimedia. - Dialektika, 2005. - 624 s.

2. Kulagin B.. 3ds MAX 5 ot fantazii k realnosti. - S-P: «BXV-Peterburg». 2003. -480s

3. Zaxarova G.B. Multimedia-texnologii kak osnova mejdissiplinarnoy integrasii.

4. Kostrova L.A. Informatsionnie texnologii v arxitekturnom proektirovanii. - Sofiya, «Byal GRAD-BG», 2014, tom.44. - 110s.

5. Kostrova L.A. Trexmernoe modelirovanie v arxitekturnom proektirovanii Sofiya, «Byal GRAD-BG», 2014, tom.31. - 102s.

June 3

158

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.