Научная статья на тему 'QOVUN BO‘LAKLARINI QURITISH UCHUN KAMERALI-ZANJIRLI QURILMA (KSSU-1) TEXNIK VOSITASINI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI'

QOVUN BO‘LAKLARINI QURITISH UCHUN KAMERALI-ZANJIRLI QURILMA (KSSU-1) TEXNIK VOSITASINI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Прочие сельскохозяйственные науки»

226
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yangi texnika / ish unumdorligi / kapital xarajatlar / joriy xarajatlar / daromad / sof foyda / o„zini oqlash muddati. / new equipment / labor productivity / capital costs / operating costs / revenue / net profit / payback period

Аннотация научной статьи по прочим сельскохозяйственным наукам, автор научной работы — N. S. Saidxojayeva

Ushbu maqolada qishloq xo„jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish, uni saqlash va birlamchi qayta ishlash sohasidagi, jumladan qovun qoqisini tayyorlashni an‟anaviy texnologiyasidagi asosiy umumiy kamchiliklari sanab o„tilgan. O„tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan qovun bo„laklarini quritish uchun mo„ljallangan kameralizanjirli qurilma(KSSU-1)ni amaliyotga joriy etishda erishilgan ilmiy–amaliy va iqtisodiy natijalar keltirilgan. Ilmiy tadqiqotlar natijasi bo„yicha yangitdan yaratilgan, qovunning xalqasimon bo„laklarini quritish uchun mo„ljallangan kamerali-zanjirli qurilmasi(KSSU-1) (Foydali modelga patent №1240) texnik vositasini amaliyotga joriy etishning iqtisodiy samaradorligi xisoblangan. Ushbu uslubiyot "GOST R 53056-2008. Qishloq xo„jaligida ilmiy-texnik rivojlanishni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini har tomonlama baholash bo„yicha uslubiy tavsiyalar" asosida ishlab chiqilgan. Bir yilda quritidgan qovun qoqisidan olinadigan sof daromad 18 192 480 so„mni tashkil etgan. Quritgichni yasash uchun ketgan sarf-xarajatlar: 8 050 000 so„m bo„lsa, ushbu kapital sarf-xarajatlarni qoplash muddati 0,44 yil, ya‟ni 5,3 oy bo„ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article lists the main common disadvantages in the field of agricultural production, its storage and primary processing, including the traditional method of preparing dried melon.28 February, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal The scientific, practical and economic results achieved during the introduction of a chamber-chain device for drying melon pieces(KCSU-1), created as a result of scientific research, are presented. The economic efficiency of the introduction into practice of a technical tool a newly created chamber-chain device(KTSSU-1) (utility model patent No. 1240), designed for drying ring-shaped pieces of melon, is calculated. This method is developed on the basis of "GOST R 53056-2008. Methodological recommendations for a comprehensive assessment of the effectiveness of measures aimed at accelerating scientific and technological development in agriculture". The net profit for the year from the dried melon pulp amounted to 18,192,480 soums. With the cost of manufacturing a dryer of 8,050,000 soums, the payback period for these capital costs will be 0.44 years, that is, 5.3 months

Текст научной работы на тему «QOVUN BO‘LAKLARINI QURITISH UCHUN KAMERALI-ZANJIRLI QURILMA (KSSU-1) TEXNIK VOSITASINI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI»

QOVUN BO'LAKLARINI QURITISH UCHUN KAMERALI-ZANJIRLI QURILMA (KSSU-1) TEXNIK VOSITASINI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING IQTISODIY

SAMARADORLIGI

N. S. Saidxo'jayeva

"TIQXMMI" MTU, dotsent nafisa [email protected]

S. I. Xudayqulov

Irrigasiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti, t.f.d. professor

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada qishloq xo'jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish, uni saqlash va birlamchi qayta ishlash sohasidagi, jumladan qovun qoqisini tayyorlashni an'anaviy texnologiyasidagi asosiy umumiy kamchiliklari sanab o'tilgan. O'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan qovun bo'laklarini quritish uchun mo'ljallangan kamerali-zanjirli qurilma(KSSU-1)ni amaliyotga joriy etishda erishilgan ilmiy-amaliy va iqtisodiy natijalar keltirilgan.

Ilmiy tadqiqotlar natijasi bo'yicha yangitdan yaratilgan, qovunning xalqasimon bo'laklarini quritish uchun mo'ljallangan kamerali-zanjirli qurilmasi(KSSU-1) (Foydali modelga patent №1240) texnik vositasini amaliyotga joriy etishning iqtisodiy samaradorligi xisoblangan.

Ushbu uslubiyot "GOST R 53056-2008. Qishloq xo'jaligida ilmiy-texnik rivojlanishni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini har tomonlama baholash bo'yicha uslubiy tavsiyalar" asosida ishlab chiqilgan.

Bir yilda quritidgan qovun qoqisidan olinadigan sof daromad 18 192 480 so'mni tashkil etgan. Quritgichni yasash uchun ketgan sarf-xarajatlar: 8 050 000 so'm bo'lsa, ushbu kapital sarf-xarajatlarni qoplash muddati 0,44 yil, ya'ni 5,3 oy bo'ladi.

Kalit so'zlar: yangi texnika, ish unumdorligi, kapital xarajatlar, joriy xarajatlar, daromad, sof foyda, o'zini oqlash muddati.

ECONOMIC EFFICIENCY OF THE INTRODUCTION INTO PRACTICE OF A

CHAMBER-CHAIN DEVICE (KTSU-1) FOR DRYING MELON PIECES

ABSTRACT

This article lists the main common disadvantages in the field of agricultural production, its storage and primary processing, including the traditional method of preparing dried melon.

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

27

The scientific, practical and economic results achieved during the introduction of a chamber-chain device for drying melon pieces(KCSU-1), created as a result of scientific research, are presented.

The economic efficiency of the introduction into practice of a technical tool - a newly created chamber-chain device(KTSSU-1) (utility model patent No. 1240), designed for drying ring-shaped pieces of melon, is calculated. This method is developed on the basis of "GOST R 53056-2008. Methodological recommendations for a comprehensive assessment of the effectiveness of measures aimed at accelerating scientific and technological development in agriculture".

The net profit for the year from the dried melon pulp amounted to 18,192,480 soums. With the cost of manufacturing a dryer of 8,050,000 soums, the payback period for these capital costs will be 0.44 years, that is, 5.3 months.

Keywords: new equipment, labor productivity, capital costs, operating costs, revenue, net profit, payback period.

Mamlakatimiz xalq xo'jaligining agrar sohasida katta miqyosdagi islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlardan kutilayotgan natija etishtirilgan mo'l xosilni nafaqat yo'qotishlarsiz yig'ib - terib olish, balki uni yaxshilab saqlash va birlamchi qayta ishlashni tashkil etish va bu hosildan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirishda yangi texnika va texnolgiyalarni yaratib amaliyotga joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi.

Ushbu maqolada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi bo'yicha yaratilgan qovunning xalqasimon bo'laklarini quritish uchun mo'ljallangan kamerali-zanjirli quritish qurilmasi(KSSU-l) (Foydali modelga patent №1240) texnik vositasini amaliyotga joriy etishning iqtisodiy samaradorligi hisoblangan.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, uni saqlash va birlamchi qayta ishlash sohasidagi, jumladan qovun qoqisini tayyorlashdagi asosiy umumiy kamchiliklari quyidagilar hisoblanadi:

- faqat qo'l mehnatiga asoslanganligi;

- iqlim sharoitlariga ko'p jihatdan bog'liqligi;

- mavjud texnologiyaning sanitariya - gigiena talablariga etarlicha javob bermasligi va boshqalar.

Yangidan yaratiladigan qovunni quritish va qoqi tayyorlash texnologiyasi va texnik vositasi yuqorida ko'rsatilgan

KIRISH

kamchiliklarni bartaraf qilish yoki ma'lum darajada kamaytirishga

February, 2022

qaratilgan. Ishlab chiqilgan yangi texnik vosita va texnologiya yuqoridagi keltirilgan faktorlarni 50 - 90 foizgacha yaxshilash imkonini yaratadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yangi texnika va texnologiyani joriy etishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi. Uskuna va texnologiyalarni doimiy va uzluksiz takomillashtirish agchagina qo'shimcha kapital sarf-xarajatlar bilan birga olib boriladi. Yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, innovatsiya takliflari ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga, mehnat unumdorligining oshishiga, mehnat sharoitining yaxshilanishiga va mahsulot sifatining yaxshilanishiga (iste'molchilar uchun tejamkorlikka) olib kelgandagina o'zini oqlaydi.

Texnika va texnologiyani takomillashtirishga qaratilgan qo'shimcha kapital qo'yilmalar ishlab chiqarish xarajatlarini tejash orqali qoplanishi lozim. Mahalliy yoki xorijiy asbob-uskunalarning namunalari, agar u uchun hujjatlar mavjud bo'lsa, taqqoslash bazasi sifatida olinishi mumkin.

Ushbu uslubiyot "GOST R 53056-2008. Qishloq xo'jaligida ilmiy-texnik rivojlanishni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini har tomonlama baholash bo'yicha uslubiy tavsiyalar" asosida ishlab chiqilgan.

NATIJALAR

Amaliyotga joriy qilinadigan texnik vosita: qovunning xalqasimon bo 'laklarini quritish uchun kamerali-zanjirli quritish qurilmasi KSSU-1. Solishtirish uchun bundan oldin shunga o'xshash texnik vosita yaratilmagan.

Ushbu uskuna Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tomonidan amaliyotga joriy qilishga tavsiya qilingan.

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi "T.Nazirov" fermer xo'jaligi tomonidan 2021 yil 16 iyulda amaliyotga joriy qilishga qaror qabul qilingan. Amaliyotga joriy qilish joyi va hajmi: Toshkent viloyati Piskent tumani, 1 dona qurilma.

Quritgichga bir martalik yuklama turli namunadagi 15, 18, 20 mm qalinliklardagi jami 60 kg qovun etini tashkil etdi. Quritish rejimlari quyidagicha bo'ldi: dastlabki kameraga kirishdagi davrda havo harorati Tn = 60 - 70°C, quritish oxirida Tk = 45-50°C, issiqlik oqimi zichligi q3 = 0.8 - 2.0 kvt/m oraliqda o'zgarib turdi, kameradagi havo tezligi VB = 4.2 m/sek bo'ldi.

Tajriba ma'lumotlarining tahlili shuni ko'rsatdiki, quritish zonasida IQ nurlarining to'lqin uzunligi qizl = 2 mkm ga yaqin bo'lganda suv molekulalari tomonidan nurlanish energiyasining intensiv yutilishi ta'minlanadi, buning natijasida qovun bo'laklarining namlikni

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

29

yo„qotishi tezlashadi va quritish vaqti oxirgi namlik WK = 19% bo„lganda T =18 soatni tashkil etdi.

Qovun etini 85% namlikdan 19% namlikgacha quritishda o„ziga xos energiya sarfi xar bir kg tayyor mahsulot(qoqi) hisobiga 20500 kj ni tashkil etdi. Chuchmal -shirin qovun ta'mli, somon-sariq rangli jami 13 kg quritilgan qovun qoqisi olindi.

Amaliyotga joriy qilishdan iqtisodiy samaradorlik: Shunday qilib, hulosa qilib aytganda, taklif etilgan quritish qurilmasi konstruksiyasi yuqorida qayd qilingan rejim ko„rsatgichlarida quritish kamerasidagi o„qlog„ichalarda osilib turgan qovun tilimlaridan namlikni chiqarishni intensiv jarayonini hosil qildi.

Qurilmani konstruktiv qismlarini o„zgartirish hisobiga, ba'zi bir boshqa qishloq xo„jaligi mahsulotlarini quritishga moslashtirish mumkinligi ko„rinib turibdi.

Amaliyotga joriy qilishdan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik. Yangi texnik vosita va texnologiyalarni amaliyotga joriy qilishda ma'lum iqtisodiy ko„rsatkmchlar, masalan: texnik vositani yasash uchun kapital sarf - xarajatlar, joriy (ekspluatatsion) xarajatlar, xom ashyoni sotib olishga sarf - xarajatlar, ishchi va xizmatchilarning oylik maoshlariga xarajatlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad, sof daromad, kapital xarajatlarning o„zini oqlash muddati hisoblanadi.

Kapital xarajatlar:

Quritish uskunasini yasash uchun ketgan sarf-xarajatlar:

1. Ugolniklar, elektrodlar = 1 500 000 so„m;

2. Motor - reduktor, sep(zanjir)lar, tishli yulduzchalar, o„qlar va podshipnikli oboymalar = 4 200 000 so„m;

3. Infraqizil yoritgichlar 2 dona * 75000 so„m = 150 000 so„m;

4. Elektrokalorifer ERA 0,7/1,0 UXL4 "VEYALIS-5" rusmli elektr xavo isitgichi = 200 000 so„m;

5. Quritish uskunasini yasash uchun xizmat xaqi: = 2 000 000 so„m.

Kapital xarajatlar, jami: Kj = 1 500 000 so„m + 4 200 000 so„m + 150 000 so„m + 200 000 so„m + 2 000 000 so„m = S 050 000 so„m.

Joriy (ekspluatatsion) xarajatlar:

1. Elektr energiyasiga sarf-xarajatlar 1 soatiga (1,3 kVt/soat + 0,75 kVt/soat + 0,2 kVt/soat) * 450 so„m/kVt = 2,25 kVt/soat * 450 so„m/kVt = 1012,5 so„m/soat. Butun quritish davri, ya'ni 18 soatda: 1012,5 so„m/soat * 18 soat = 18225 so„m. Agar 3 sutkada 2 marta quritilsa va 1 xaftada 6 ish kuni bo„lsa bir oyda 24 ish kuni * 2/3 = 16 marta quritiladi. Bunda jami bir oyda elektr energiyaga sarflar 18225 so„m * 16 = 291600 so„m bo„ladi.

February, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

2. Qovun xom ashyosiga bir oyda sarf-xarajatlar: 16 * 60 kg * 1000 so'm/kg = 960000 so'm;

3. Quritgichdan foydalanishda 1 ta operator band bo'ladi. Uning oylik maoshi 2000000 so'm bo'ladi.

Jami xarajatlar bir oyda Eo = 960000 so'm + 291600 so'm + 2000000 so'm = 3251600 so'm bo'ladi.

Uskunaning ish unumdorligi. Bir oyda olinadigan tayyor mahsulot (qoqi) = 13 kg * 16 = 208 kg.

Olingan tayyor mahsulot(qoqi)ning sotilish narxi = $3/kg = 30210 so'm/kg Olingan tayyor mahsulot(qoqi)dan bir oyda olinadigan jami daromad 208 kg * $3/kg = 208 kg * 30210 so'm/kg = 6283680 so'm. Bir oyda qovunni quritish(qoqi)dan olinadigan sof daromad Po = 6283680 so'm - 3251600 so'm = 3 032 080 so'm.

Bir yilda quritgich iyul-avgust-sentyabr-oktyabr-noyabr-dekabr = 6 oy ishlasa Bir yilda qovunni quritish(qoqi)dan olinadigan sof daromad Pg = 6 * 3 032 080 so'm = 18 192 480 so'm bo'ladi.

Quritgichni yasash uchun ketgan sarf-xarajatlar: 8 050 000 so'm bo'lsa, ushbu kapital sarf-xarajatlarni qoplash muddati So = 8 050 000 sum / 18 192 480 so'm = 0, 44 yil, ya'ni 5,3 oy bo'ladi.

1-jadval. Qovun bo'laklarini quritish uchun kamerali-zanjirli qurilma(KSSU-1)ni amaliyotga

joriy qilishning iqtisodiy samaradorligi

Iqtisodiy ko'rsatkichlar Belgilanishi Birligi Miqdori

Ugol niklar, elektrodlar Ku,e so'm 1 500 000

Motor - reduktor, sep(zanjir)lar... Km,r,s so'm 4 200 000

Infraqizil yoritgichlar, 2 dona Kiq so'm 2 dona * 75000 so'm = 150 000

Elektrokalorifer ERA 0,7/1,0 UXL4 "VEYALI S-5" rusmli elektr xavo isitgichi Kek so'm 200 000

Quritish uskunasini yasash uchun xizmta xaki: Kxx so'm 2 000 000

Kapi tal xarajatlar, jami: Kj so'm 8 050 000

• О

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

©

О

©

31

Elektr energiyasiga jami bir oyda sarf-xarajatlar Ee so'm 291 600

Qovun xom ashyosiga bir oyda sarf-xarajatlar: Exa so'm 960 000

Quritgichdan foydalanishda 1 ta operatorning oylik maoshi Eop so'm 2 000 000

Jami joriy (ekspluatatsion) xarajatlar bir oyda Eo so'm 3 251 600

Uskunaning ish unumdorligi. Bir oyda olinadigan tayyor maxsulot (q°qi) Pk kg 13 kg * 16 smena = 208 kg

Olingan tayyor maxsulot (qoqi) ning sotilish narxi Pn so'm/kg $3/kg = 30210

Olingan tayyor maxsulot(qoqi)dan bir oyda olinadigan jami daromad Pd so'm 6283680

Bir oyda qovun qoqisidan olinadigan sof daromad Po so'm 3 032 080

Bir yilda qovun qoqisidan olinadigan sof daromad Pg so'm 18 192 480

Quritgichni yasash uchun ketgan sarf-xarajatlarni qoplash muddati So = Kj / Pg yil 8 050 000 sum / 18 192 480 so'm = 0, 44 yil, ya'ni 5,3 oy

Jadvaldagi ko'rsatkichlarni tahlil qilganimizda qovun bo'laklarini quritish uchun kamerali-zanjirli qurilma(KSSU-1)ning qulayligi, kamxarajat va iqtisodiy samarador ekanligi yaqqol isbotini topdi. Hulosa qilib aytganda, etishtirilgan mo'l hosilni nafaqat yo'qotishlarsiz yig'ib-terib olish, balki uni yaxshilab saqlash va birlamchi qayta ishlashni tashkil etish va bu hosildan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirishda ushbu qurilmadan foydalanish anchagina iqtisodiy samaradorlikni oshishiga xizmat qiladi. Ya'ni etishtirilgan hosildan olinadigan daromaddagi sof foydaning ulushini oshishiga xizmat qiladi va shu bilan birga qo'shimcha mablag' jamg'arish imkoniyati paydo bo'ladi, Bu esa aholining turmush farovonligini oshishiga zamin yaratadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, uni saqlash va birlamchi qayta ishlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi ham shu hisoblanadi.

XULOSA

O'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan qovun bo'laklarini quritish uchun mo'ljallangan kamerali-zanjirli

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

32

quritish qurilma(KSSU-1)ni amaliyotga joriy etishda quyidagi ilmiy - amaliy va iqtisodiy natijalarga erishildi:

1. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, uni saqlash va birlamchi qayta ishlash sohasi, ya'ni qovunni quritib qoqi tayyorlash uchun yangi texnik vosita - qovun bo'laklarini quritish uchun kamerali-zanjirli quritish qurilma(KSSU-l) (Foydali modelga Patent №1240) va tegishli quritish texnologiyasi yaratildi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Qovun bo'laklarini quritish uchun kamerali-zanjirli quritish qurilma(KSSU-1)ni ishlab chiqarish uchun ishchi chizmalar va texnik talablar ishlab chiqildi.

3. Ilmiy tadqiqotlar natijasi bo'yicha yaratilgan qovun bo'laklarini quritish uchun kamerali-zanjirli quritish qurilma(KSSU-1)ni amaliyotga joriy qilishning iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqildi. Bir yilda qovunni quritish (qoqi)dan olinadigan sof daromad 18 192 480 so'm bo'ldi. Quritgichni yasash uchun ketgan sarf-xarajatlarni qoplash muddati 8 050 000 so'm / 18 192 480 so'm = 0, 44 yil, ya'ni 5,3 oyni tashkil etdi.

4. Qovun bo'laklarini quritish qurilmasini sinash natijalari shuni ko'rsatadiki, u qovun bo'laklarini sifatli qurishini ta'minlaydi.

5. Qurilma xajmining kichikligini, uni fermer xo'jaligi dalalariga olib borib o'sha erning o'zida ishlatish imkoniyatiga ega ekanligini xisobga olib uni ishlab chiqarishda keng foydalanish mumkin deb hisoblaymiz.

6. Yangi texnologiya va texnik vositasidan foydalanish uchun hayot-faoliyat xavfsizligi masalalarini o'z ichiga olgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

REFERENCES

1. Iskandarov, Z., Saidxujaeva, N., Irmuhamedova, L. (2019) Dried melon production line. International Journal of Engineering and Advanced Technology (IJEAT) ISSN: 2249 - 8958, Volume-8 Issue-9S2, July

2. Saidhujaeva, N., Nulloev, U., Mirkhasilova, Z., Mirnigmatov, B., Irmukhamedova, L. (2019) Production of plant product as a process of functioning biotechnical system. IJEAT. International Journal of Engineering and Advanced Technology (IJEAT) ISSN: 2249-8958, Volume-9 Issue-1, October

3. Iskandarov, Z., Saidkhujaeva, N., Abdieva, G., Karimullaeva, M. (2019) Machine for cutting melons on ring-sheeds. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 6, Issue 4, April ISSN: 2350-0328

4. ГОСТ Р 53056-2008. Группа Т51. "НАЦИОНАЛЬНЫЙ СТАНДАРТ РОССИЙСКОЙ ФЕДЕРАЦИИ". Техника

сельскохозяйственная. МЕТОДЫ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ

February, 2022

ОЦЕНКИ.

5. ГОСТ Р 52778-2007 Испытания сельскохозяйственной техники. Методы эксплуатационно-технологической оценки

6. ГОСТ Р 53057-2008 Машины сельскохозяйственные. Методы оценки конкурентоспособности

7. Shaimardanov, B. (2014) Heliocomplex for drying fruit and vegetable products. Michurinsky Agronomic Bulletin 1 pp 100-105

8. Rakhmatov, O. (2014) Integrated line for the production of dried melon.

Modernization of agricultural education: integration of science and practice 2 pp 48-

53

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.