Научная статья на тему 'QOTISHMALAR MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI'

QOTISHMALAR MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
qotishma / komponent / metall qotishma / kristallanish / mexanikaviy aralashma.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Bozorova Laylo Shamsiddin Qizi, Muxlisa Isamutdinova, S.N.Hamroyeva

Umumiy o’erta ta’lim maktablarida qotishmalar mavzusini o’qitish metodikasi va qotishmalarning tuzilishi, qotishmalarning xossalari, texnikada ishlatilishi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QOTISHMALAR MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

SPECIAL ISSUE «MODERN TENDENCIES OF TEACHING PHYSICS IN THE ENVIRONMENT OF INFORMATION AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS» APRIL, 2024 | ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ

QOTISHMALAR MAVZUSINI O'QITISH METODIKASI 1Bozorova Laylo Shamsiddin qizi, 2Muxlisa Isamutdinova, 3S.N.Hamroyeva

1Navoiy davlat pedagogika instituti "Fizika va astronomiya, qo'shimcha matematika" yo'nalishi

3-"G" guruh talabasi

2Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi 4-kurs "G" guruh

talabasi

3Ilmiy rahbar, Navoiy davlat pedagogika instituti "Fizika va astronomiya" kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10991092

Annotatsiya. Umumiy o'erta ta'lim maktablarida qotishmalar mavzusini o'qitish metodikasi va qotishmalarning tuzilishi, qotishmalarning xossalari, texnikada ishlatilishi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: qotishma, komponent, metall qotishma, kristallanish, mexanikaviy aralashma.

Аннотация. Изложена методика преподавания темы сплавов в общеобразовательной школе, строение сплавов, свойства сплавов и их использование в технологии.

Ключевые слова: сплав, компонент, металлический сплав, кристаллизация, механическая смесь.

Abstract. The methodology for teaching the topic of alloys in secondary schools, the structure of alloys, the properties of alloys and their use in technology are outlined.

Keywords: alloy, component, metal alloy, crystallization, mechanical mixture.

Ikki va undan ortiq elementlar ya'ni metallarni metallar yoki metallarni metalloidlar bilan hosil qilgan birikmasi qotishma deb ataladi.

Qotishmalar sistema deb ham ataladi. Sistema bir komponentli bo'lishi ham mumkin, ammo qotishma bir komponentli bo'la olmaydi, u kamida ikki komponentdan iborat bo' ladi. Qotishmalaring tuzilishi toza metallning tuzilishiga qaraganda ancha murakkabroq bo'ladi. Qotishmaning tuzilishi shu qotishma komponentlarining o'zaro ta'sir etish etmasligiga yoki o'zaro qanday ta'sir etishiga bog'liqdir.

Metallar bilan metallarning qotishmasi metall qotishma deb ataladi. Ko'pi metall yoki metallardan, qolgani esa metallmaslardan iborat bo'lib, metall xossalariga ega qotishmalar ham metall qotishmalar jumlasiga kiradi.

Qotishmani tashkil etgan elementlaming har biri komponent deb ataladi. Qotishmalarning suyuq holatdan qattiq holatga o'tishi ularning birlamchi kristallanishi deb ataladi.

Komponentlari suyuq holatda bir - birida eriydigan, ammo qattiq holatda erimaydigan va o'zaro kimyoviy birikma ham hosil qilmaydigan qotishmalar mexanikaviy aralashmalar deyiladi. Mexanikaviy aralashmalarga qo'rg'oshin bilan surma qotishmalari misol bo'la oladi. Qo'rg'oshin bilan surma qotishmalari misol bo'la oladi. Qo'rg'oshin bilan surma qotishmalari kristallanganda qo'rg'oshin kristallari bilan surma kristallaridan iborat mexanikaviy aralashma hosil bo ladi, bunday qotishmaning maxsus ravishda tayyorlangan namunasi mikroskop ostiga qo'yib qaralsa,qoramtir qo'rg'oshin kristallari va kumushrang tusli surma kristallari bir-biridan yaqqol ajralib turadi.

Qotishmalarning hamma xossalarini to'rtta katta guruhga bo'lish mumkin: fizik, kimyoviy, mexanik va texnologik.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

SPECIAL ISSUE «MODERN TENDENCIES OF TEACHING PHYSICS IN THE ENVIRONMENT OF INFORMATION AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS» APRIL, 2024 | ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ

Qotishmalarning asosiy fizik xossalariga quyidagilar kiradi: zichlik suyuqlanish harorati, elektr o'tkazuvchanlik, issiqlik o'tkazuvchanlik, issiqlik sig'imi, chiziqli va hajmiy kengayish koeffitsiyenti va hokazo

Hozirda o'rta umumta'lim maktablarda o'rganilayotgan qotishmalar fizikasini hozirgi zamon fanidagi ahamiyatiga ko'ra shunday xulosaga kelish kerak-ki maktab fizika kursining molekulyar fizika bo'limida qotishmaning zichlik suyuqlanish harorati, elektr o'tkazuvchanlik, issiqlik o'tkazuvchanlik, issiqlik sig'imi, chiziqli va hajmiy kengayish koeffitsiyenti kabi makroskopik harakteristikalarini tushuntirishi bilan birga, xossalarining modda tuzilishi bilan bog'likligini ko'rsatish kerak.

Qotishmalar mavzusini o'qitishda "Insert" strategiyasi metodi

Sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linib, guruhlar nomlanadi. O'qituchi har bir guruh o'quvchilaridan qotishmalar mavzusiga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so'raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a'zolari faol ishtirok etishlarini ta'minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o'qituvchi mavzular mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi matnni o'quvchilarga tarqatadi. So'ngra shunday topshiriq beriladi:

a) matn bilan tanishib chiqing;

b) matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo'yib chiqing: Z-matnda guruhda tomonidan bildirilgan fikr o'z aksini topgan bo'lsa; S-matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr yuritilgan bo'lsa; D-matnda bir biriga zid fikrlar mavjud bo'lsa;

?-matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa. So'ngra guruh a'zolari shaxsiy shaxsiy qarashlarini o'zaro o'rtoqlashadilar, guruh bo'yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O'qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi. O'qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama-qarshilik va tushunmovchiliklarni o'quvchilar to'g'ri hal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi. Shundan so'ng guruhlar darsliklarda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratadilar, ular o'rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.

REFERENCES

1. B.F.Izbosarov, I.R.Kamolov "Molekulyar fizika va termodinamika asoslari" Toshkent-2007

2. M.B.Dusmuratov "Fizika" Toshkent-2016

3. Vikipediya. (s.f.). Qotishma. En.wikipedia.org

4. Rayt, A. (sf). Metall qotishmalar. Azom.com

5. Nasriddinovna, Khamroeva Sevara. "The theoretical significance of developing logical thinking skills among future physics teachers." Uzbek scholar journal 24 (2024): 193-196.

6. Khamroeva S. N. The importance of the virtual laboratory in the training of future physics teachers through the stem education program //Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research. - 2023. - T. 10. - №. 10. - C. 240-242.

7. S.N.Hamroyeva. "Bo'lajak fizika o'qituvchilarini stem ta'limi dasturi orqali o'qitishda virtual laboratoriyaning o'rni" FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA jurnal, 6 / 2023

8. www.ziyonet.uz

9. www.wikipedia.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.