QOMUSIMIZ - ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI
Zarina Dadajonovna Boytemirova Qo'qon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so'z yuritishdan oldin "Konstitutsiya nima?" degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.
Kalit so'zlar: Konstitutsiya, davlat, shaxs, jamiyat, erkinlik, davlatchilik
OUR COMMUNITY IS THE GUARANTEE OF OUR FREE AND
PROSPEROUS LIFE
Zarina Dadajovna Boytemirova Kokand State Pedagogical Institute
Abstract: Before talking about the history of the creation of the Constitution of the Republic of Uzbekistan "what is the Constitution?" it is desirable to answer.
Keywords: Constitution, State, person, society, freedom, statehood
Konstitutsiya (lotincha "Constitution" - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o'zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarini belgilab beradi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning ko'p ming asrlik boy milliy davlatchilik tarixiy-huquqiy va ma'naviy merosiga asoslangan. O'zbekiston hududida davlatchilik va huquq tarixi o'zining chuqur ildizlariga ega bo'lib, qadim-qadim davrlarga borib taqaladi.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz "Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo'qoladi", deb ta'kidlagan edilar. Shu nuqtai nazardan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash biz bunyod etayotgan demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni hisoblanadi.
Yangilanayotgan Konstitutsiya O'zbekiston jamiyatining evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo'lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g'oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo'lidagi ulkan qadamdir.
90 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya'ni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
Ta'lim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, o'qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo 'ladi
Ijtimoiy davlatga xos yondashuvlar ta'lim sohasiga oid ko'plab modda va normalarda ham o'z ifodasini topmoqda. Ta'lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshmoqda.
Jumladan, fuqarolarning oliy ta'lim muassasalarida davlat granti hisobidan o'qish huquqi qat'iy belgilab qo'yildi.
Ma 'lumot tariqasida aytish mumkinki, 2017 yilgacha oliygohlarda o'qish uchun davlat grantlari soni faqat qisqarib kelgan bo'lsa, oxirgi olti yilda bu boradagi ahvol butunlay o'zgardi. Grantlar soni 2 baravar ko'payib, 40 mingtaga yetdi. Magistratura uchun esa 5 baravar ko'paydi.
Oliy ta'lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o'zini o'zi boshqarish, tadqiqotlar o'tkazish va o'qitish erkinligi huquqi taqdim etilmoqda. Konstitutsiyamizga ushbu normaning kiritilishi professor-o'qituvchilar va talabalarning o'quv jarayonidagi mustaqilligini ta'minlashga xizmat qiladi. Jumladan, keyingi yillarda ko'plab nodavlat oliy o'quv yurtlari ochildi, xorijiy universitetlar filiallari soni ortmoqda, 41 ta davlat oliy o'quv yurtiga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi.
Ta'kidlash joizki, ta'lim tizimida tubdan o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, sohada amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar natijasi o'laroq Maktabgacha ta'lim vazirligi, 11 yillik o'rta ta'lim tizimini joriy etildi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilindi, yangidan ochilgan oliy ta'lim muassasalari, filiallar faoliyati tashkil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilandi. Bolalarimizning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo'lgan davrda har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanligiini amaldagi ishlar isbotlamokda.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, ularga bolalar qamrovini oshirish orqali maktabga sifatli tayyorlashga erishish mumkin. O'zbekistondagi qulay tadbirkorlik muhiti bu yo'nalishda ham hamyurtlarimizga talay imkoniyatlar bermoqda.
Yosh avlod yetuk va komil shaxs bo'lib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bo'lsa kitobxonlik. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Ommaviy, ilmiy kutubxonalar, "Aybuk" tarzidagi kitob-kafe do'konlari va boshqalar so'zimizning yaqqol misolidir. Eng asosiy e'tibor,
PÍgcTIÍ^^BI 91 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)
bugungi kunda yoshlarimiz uchun ana shu konstitusion huquqini himoya qilish borasida, ya'ni ta'lim olish huquqi sohasidagi o'zgarishlar, islohotlar xalqimiz quvonchiga-quvonch qo'shmoqda. Jumladan, o'xshashi yo'q bo'lgan "Prezident maktablari", "Temurbeklar maktabi", ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari, 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablarida yaratilgan shart-sharoitlar yoshlarimizning kelajagi, istiqboli yo'lidagi yangi islohotlardir. Shuningdek, parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikasiya qilindi.
Zero, inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini ta'minlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini e'zozlash Yangi O'zbekiston barpo etayotgan ochiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyatidir. Bunday prinsip asosiy qonunimizda qat'iy belgilangan. Asosiy qonunimiz o'zining tamoyillari va qoidalari bilan mamlakatimiz taqdiri, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda muhim hujjatdir.
Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga ta'limga oid quyidagi o'zgarishlar kiritilmoqda. Jumladan, 50-modda har kim ta'lim olish huquqiga egaligini kafolatlagan holda, davlatning uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlashi, davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi, bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlashi, umumiy o'rta ta'limning majburiyligi, maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidaligi, ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanishini konstitutsiyaviy asosda mustahkamlagan.
Shuningdek, 51-modda fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'lumot olishga haqliligi, oliy ta'lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o'zini o'zi boshqarish, tadqiqotlar o'tkazish va o'qitish erkinligi huquqiga egaligini ko'zda tutadi.
Yangilanayotgan Konstisiyaning 52-moddasida O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etilshi, Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qilishini o'rnatgan.
Konstitutsiya negizida tayyorlangan "Ta'lim to'g'risida" gi qonun ham bugunda ta'lim-tarbiya sifati, yoshlarning huquqiy bilimi va madaniyatini oshirish, ular orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, ta'lim muassasalarining samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
92
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish - oliy saodatdir. "O'zbekiston", 2007. 22-b
2. Inozemsev V.L. Vesternizasiya kak globalizasiya i "globalizasiya" kak amerikanizasiya. // "Voprosi filosofii», 2004. №4. - S. 60.
93
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)