Научная статья на тему 'QISHLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINI YETISHTIRISHDA PARNIKQURITGICH QUYOSH QURILMASI'

QISHLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINI YETISHTIRISHDA PARNIKQURITGICH QUYOSH QURILMASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari / parnik / radiasionkonvektiv / gelioquritgich / ventilyator / konstruksiya / quyosh energiyasi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Boltayev S.A., Hamrayev J.H

Ushbu maqola qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda mavjud parniklar va gelioquritgichlarning konstruksiyalarini oʻrganish hamda olib borilgan tadqiqotlar asosida parnik tipli radiasionkonvektiv gelioquritgich konstruksiyasini yaratishga bagʻishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINI YETISHTIRISHDA PARNIKQURITGICH QUYOSH QURILMASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE «PROSPECTS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NEW

UZBEKISTAN» MAY 15, 2024

QISHLOQ XO'JALIK MAHSULOTLARINI YETISHTIRISHDA PARNIK-QURITGICH QUYOSH QURILMASI 1Boltayev S.A., 2Hamrayev J.H.

1"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti dotsenti, texnika fanlari

nomzodi

2"TIQXMMT MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11181594

Annotasiya. Ushbu maqola qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirishda mavjud parniklar va gelioquritgichlarning konstruksiyalarini o'rganish hamda olib borilgan tadqiqotlar asosida parnik tipli radiasion- konvektiv gelioquritgich konstruksiyasini yaratishga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: Qishloq xojaligi mahsulotlari, parnik, radiasion- konvektiv, gelioquritgich, ventilyator, konstruksiya, quyosh energiyasi.

Mamlakatimizning energetiklari oldida asosiy masala bo'lib yoqilg'i energetika muammosi yotadi, bunday muammo asosan xalq xo'jaligi va aholining o'sib borayotgan yoqilg'i va energiyaga bo'lgan ehtiyojini qoniqtirishga qaratilgan: rasional yoqilg'i-energetika balansini o'rganishga, rejalashtirishga va yaratishga hamda tabiiy energiya manbalarini qo'llash yo'llarini topib olishda va yangilarini yaratishga qaratilgan.

Hozirgi vaqtdagi asosiy energiya ko'rinishlari -yonadigan qazilmalar energiyasi va suvning mexanikaviy energiyasi bo'lib hisoblanadi. Qayta ishlanadigan energiya manbalari -quyosh nurining energiyasi, shamol energiyasi, yer qobig'idagi suvlarning ko'tarilishi va tushishi geotermal suvlar energiyasi yer qobig'idagi suvlar energiyasi katta masshtabda ishlab chiqarishda qarib ishlatilmayapti.

Quyosh nurlanishi energiyasi asosida ishlaydigan qurilmalar yaratish va qurish hamda quyosh radiatsiyasi tasirida turli fizik jarayonlarni shakllantirish masalalari insoniyatning diqqatini kundan- kunga o'ziga jalb etmoqda. Hozirgi kunda dunyo va vatanimiz amaliyotida geliotexnika qurilmalari o'zlarining texnika- iqtisodiy ko'rsatgichlari bilan yoqilg'ilarning an'anaviy ko'rinishlaridan qolishmaydilar bazi hollarda esa undan ham ustun turadilar.

Insoniyat oldida uchta masala: aholini oziq- ovqat va energiya bilan taminlash hamda yer osti va yer usti boyliklarini talon - taroj qilmasdan oqilona unumli foydalanish dolzarb masalalardan bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Bu masalalarni hal qilishda quyosh energiyasidan xalq xo'jaligida jumladan Qishloq xo'jalik mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlashda foydalanishning unumli yo'llarini izlab topish katta imkoniyatlarni kasb etadi.

Meva uzumlar va ulardan tayyorlangan qoidalarda tez xazm bo'ladigan va organizm uchun kerakli uglevodlar organik kislotalar mineral tuzlar vino kislotalari va boshqa elementlar borki ular inson organizmini normal yashashi uchun zarurdir. Jahonning nufuzli tibbiyot akademiyalarining tavsiyasiga ko'ra har bir insonning quruq meva istemol qilish normasi bir yilda eng kamida 1.8 kg ni tashkil etadi. Jahon aholisini ishlab chiqarishni taminlash uchun katta miqdorda quruq meva va mayiz tayyorlash kerakligini tushunish qiyin emas.

O'rta Osiyoda shu jumladan O'zbekistonda quruq mevalarasosan ochiq havoda tayyorlanadi. Bu usulning ijobiy tomonlari bilan birga malum bir kamchiliklari bor. Jumladan qurish jarayonning uzoqligi noqulay ob- havo aytaylik nam tushishi yomg'irli kunlarda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE «PROSPECTS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NEW

UZBEKISTAN» MAY 15, 2024

mahsulotni qisman nobut bo'lishi atmosfera changlari tasirida ifloslanishi qo'shimcha ishlov berishni talab qiladi. Natijada mahsulotni chiqishini kamaytirib tan narxini oshishiga olib keladi.

Bugungi kunda meva va uzumlarni quritish uchun elektr va yoqilg'i energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib ishlaydigan qurilmalar taklif qilingan. Qurilmalarning ijobiy tomonlari bo'lsada bir tonna quruq mahsulot olish uchun 0.5 tonna atrofida yoqilg'i sarflanadiki bu Qishloq xo'jaligida keng tadbiq qilishni chegaralaydi.

Hozirgi vaqtda meva va uzumlarni quritishga mo'lj allangan quyosh qurilmalarini yaratish va samaradorligini oshirish borasida malum bir tadqiqotlar olib borilmoqda. Lekin taklif qilinayotgan qurilmalarda izlanishlar natijasi bir maqsadga qaratilgan. Agar yaratilgan qurilmadan faqat meva va uzumlarni quritishda foydalanilsa u yarim yil "bekor" turishi tabiiy.

Mavjud parniklar va gelioquritgichlarni konstruksiyalarni o'rganish hamda olib borilgan tadqiqotlarimiz asosida parnik tipliradasion -konvektiv gelioquritgichning konstruksiyasi yaratildi. Bu qurilmadan noyabr oyidan kelgusi yilning apreligacha atirgul nihollarini ko'kartirish yoki ko'chatlar yetishtirishda may- oktyabr oylarida quritgich sifatida foydalaniladi.

Meva va uzumlarni temperaturasini ruxsat etilgan quritish temperatura 65-70 o S dan oshmasligi uchun havo oqimining tezligi 0.4-0.6 m/s bo'lishi taminlanadi. Tabiiy havo aylanmasini hosil qilish uchun 9 m uzunlikda tayyorlangan qurilmaning ko'ndalang kesimlarida teshiklar hosil qilinadi. Majburiy havo aylanmasi hosil qilishda ventilyator tanlanadi.

Taklif etilayotgan parnik quritgichda o'tkazilgan tajribalar 1m2 tidan 100 dona gul nihollarini yetishirish va quritish sezonida 100 kg atrofida quruq meva olish imkonini beradi. Mevalarni qurish vaqti ochiq havoga nisbatan 2.5-3.5 marta qisqa bo'lib sifati yuqori. Qurilmani tayyorlash uchun sarflangan xarajatlar faqat gul nihollarini yetishtirish hisobidan birinchi yilda qoplanadi. Undan Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida kichik biznesni tashkil qilishda keng foydalanish mumkin.

REFERENCES

1. SH.M. Mirziyoyev. O'zbekistonda dorivor o'simliklarni yetishtirishni kengaytirish bo'yicha prezident farmoni. 24. 05. 2022 yil. Toshkent.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021- yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora tadbirlari dasturi to'g'risida"gi Qarori, 2017 yil 26 may.

1. 3 Тоиров З. Повышение эффективности гелиоконвективной сушки плодов и винограда (на примере плодов и винограда произрастающих в Уз.ССР):Дис. Канд.техн.наук.-Тащкент- Бухара 1986.-172с.

2. 4.Якубов Ю.Н. Аккумилирование энергии солнечного излучения.- Ташкент.: Фан, 1981.-105 с.

3. 5. ^ахдоров СД., Жураев Х,.О. Физика таълимида гелиотехнология. Монография-Ташкент.Фан, 2009.-В.191.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.