Научная статья на тему 'QATTIQ ELBOR MATERIALINI ISHLAB CHIQARISHDA QATTIQ QOTISHMALI BARMOQNI TAYYORLASH UCHUN XOM ASHYO MATERIALLARI VA ULARNING XOSSALARI'

QATTIQ ELBOR MATERIALINI ISHLAB CHIQARISHDA QATTIQ QOTISHMALI BARMOQNI TAYYORLASH UCHUN XOM ASHYO MATERIALLARI VA ULARNING XOSSALARI Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
38
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
QOTISHMALAR / METALLAR / ELBOR / VOLFRAM / MIQDOR / KOBALT / DISPERS / ROKVELL / KUKUN / VODOROD

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Mamarajabov X.M.

Maqolada qattiq qotishmali barmoqni tayyorlash uchun xom ashyo materiallari va ularning xossalari, standartlarga mos kelishi. Talablariga muvofiq qattiq qotishma namunalarini qattiqligi aniqlanishi kerak bo‘lgan yuzalarining dag‘alligini tekis yuzaga mahkamlangan kiygiz materialiga olmos pastasini surtish orqali silliqlash keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RAW MATERIALS AND THEIR PROPERTIES FOR THE PREPARATION OF HARD ALLOY FINGER IN THE PRODUCTION OF HARD WOOD MATERIAL

In the article, raw materials and their properties, compliance with standards for the preparation of a hard alloy finger. According to the requirements, the surface roughness of the hard alloy samples to be determined by applying diamond paste to the felt material attached to a flat surface is presented.

Текст научной работы на тему «QATTIQ ELBOR MATERIALINI ISHLAB CHIQARISHDA QATTIQ QOTISHMALI BARMOQNI TAYYORLASH UCHUN XOM ASHYO MATERIALLARI VA ULARNING XOSSALARI»

Mamarajabov X.M. kafedrasi assistenti "Transport logistikasi" Jizzax Politexnika instituti

QATTIQ ELBOR MATERIALINI ISHLAB CHIQARISHDA QATTIQ QOTISHMALI BARMOQNI TAYYORLASH UCHUN XOM ASHYO MATERIALLARI VA ULARNING XOSSALARI

Annotatsiya. Maqolada qattiq qotishmali barmoqni tayyorlash uchun xom ashyo materiallari va ularning xossalari, standartlarga mos kelishi. Talablariga muvofiq qattiq qotishma namunalarini qattiqligi aniqlanishi kerak bo'lgan yuzalarining dag'alligini tekis yuzaga mahkamlangan kiygiz materialiga olmos pastasini surtish orqali silliqlash keltirilgan.

Kalit so^zlar: Qotishmalar, metallar, material, elbor, volfram, miqdor, kobalt, dispers, Rokvell, kukun, vodorod.

Mamarajabov H.M.

assistant

department "Transport logistics" Jizzakh Polytechnic Institute

RAW MATERIALS AND THEIR PROPERTIES FOR THE PREPARATION OF HARD ALLOY FINGER IN THE PRODUCTION

OF HARD WOOD MATERIAL

Annotation. In the article, raw materials and their properties, compliance with standards for the preparation of a hard alloy finger. According to the requirements, the surface roughness of the hard alloy samples to be determined by applying diamond paste to the felt material attached to a flat surface is presented.

Keywords: Alloys, metals, material, boron, tungsten, amount, cobalt, dispersed, Rockwell, powder, hydrogen.

Qattiq elbor materialini ishlab chiqarishda qattiq qotishmali barmoqni tayyorlash uchun xomashyo materiali sifatida volfram karbidi, kobalt va nikel kukunlarini tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Barmoq asosini tashkil etuvchi material sifatida "Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo'yicha IICHB"da ishlab chiqarilgan volfram karbidi kukunini tanlash nazariyaga mos keladi. "Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo'yicha IICHB"da ishlab chiqarilgan volfram karbidi kukunining kimyoviy va granulometrik tarkiblari 1- va 2 - jadvallarda keltirilgan.

1 - jadval

WC kukunining kimyoviy tarkibi

W, % S umumiy, % Tarkibidagi qo'shimcha ar miqdori, ko'pi bilan %

S erkin S

93.871 6.006 0.1 0.023

2 - jadval

WC kukunining granulometrik tarkibi

O'lchami, mkm <8 8...10 10...12 12...20 20<

Foiz miqdori 1.6 4.9 13.1 80.04 0.36

Qattiq qotishmada bog'lovchi komponent sifatida talablariga javob beruvchi PK-1u markali kobalt kukunini tanladik. Kobalt kukuning kimyoviy va

granulometrik tarkiblari 3- va 4 - jadvallarda keltirilgan. 3 - jadval

_PK-1u markali kobalt kukunining kimyoviy tarkibi

Co, kamida, % Tarkibidagi qo'shimchalar miqdori, ko' pi bilan %

Fe Si Ni C Cu Prokalivaniya vaqtida H2 ni yo'qolishi

99.25 0.2 0.025 0.4 0.02 0.04 0.1

4 - jadval

PK-1u markali kobalt kukunining granulometrik tarkibi

O'lchami, mkm +71 +71...-41 -41

Foiz miqdori 4 66 30

Namlik 0, 15 % dan co'p emas

Bog'lovchi komponentni mustahkamlash maqsadida TU 6-09-492-75 talablariga javob beruvchi ultra dispers TiC kukunini tanladik. Ultra dispers TiC

kukuning kimyoviy tarkiblari 5 - jadvaldakeltirilgan. 5 - jadval

_Ultra dispers TiC kukunining kimyoviy tarkibi

TiC, kamida, % Tarkibidagi qo'shimchalar miqdori, ko'pi bilan, %

Cumumiy, Serkin, O2 N2 Al, Ca, Fe, K, Na, Mo, Si,

99.5 19, 31 0.32 0.067 0.005 0.115

Ultra dispers TiC kukuning granulometrik tarkiblari 6 - jadval da keltirilgan.

6 - jadval

O'lchami, nm -10 +10...+80 +80

Foiz miqdori 6 90 4

Volfram karbid asosli qattiq qotishmalarning fizik - mexanik xossalarini tadqiqoti: "Ilg'or texnologiyalar markazi", "O'zbekiston - YAponiya yoshlari innovatsiya markazi", "INNO" o'quv va ishlab chiqarish texnoparki, "Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo'yicha IICHB" va ToshDTU "Materialshunoslik" kafedrasining laboratoriya bazasida amalga oshirdik.

Qattiq qotishma namunalarini qattiqligini Rokvell usulida aniqlash. Qattiq qotishmadan tayyorlangan materiallarning qattiqligi Rokvell usulidatalablariga ko'ra qo'yida keltirilgan tartibda amalga oshirdik:

- qattiq qotishmadan qalinligi5 mm, diametri 15 mmbo'lgan namunalar tayyorladik (2 rasm);

a - ustidan ko'rinishi; b - yon tomonidan ko'rinishi 2 - rasm. Qattiq qotishmadan tayyorlangannamunalari

- qattiq qotishma namunalarining qattiqligi aniqlanishi kerak bo'lgan yuzalari M3, M5 va M7 (M3 markali tosh zarrachalarining o'lchami 3...5 mkm, M5 markali tosh zarrachalarining o'lchami 5...7 mkm va M7 markali tosh zarrachalarining o'lchami 5...7 mkm, [41] adabiyot talablariga muvofiq) markali tosh o'rnatilgan charxlash dastgohida tekislab silliqladik;

- talablariga muvofiq qattiq qotishma namunalarini qattiqligi aniqlanishi kerak bo'lgan yuzalarining dag'alligini Ra=0.32 mkm bo'lgancha tekis yuzaga mahkamlangan kiygiz materialiga olmos pastasini surtish orqali silliqladik;

- namunalarni qo'zg'almas ravishda Rokvell qurilmasining namuna tokchasiga mahkamladik;

- boshlang'ich yuklama talabbo'yicha 98, 1±1, 9 N, qo'shimcha yuklamani 490, 3 N, shunda burchagi 136o bo'lgan olmos konusga beriladigan umumiy yuklama 588, 4 N bo'ldi, indikatorning 1 birligi 0, 002 mm(3 - rasm);

1 - qattiqligi aniqlanayotgan namuna; 2 - olmas piramida 3 - rasm. Rokvell usulida qattiqlikni o'lchash sxemasi

Namuna qattiqligining qiymati olmos konusining namuna tanasiga botishdagi chuqurlik o'lchamiga bog'liq holda qo''yidagi formuladan hisoblab topdik:

HRA = B1(P1 - P0) , (1) h

bunda Vi - silliqlanish radiusi Ri = 0, 2 mm bo'lgan olmos konuslar uchun doimiy birlik;

P1 - umumiy 588, 6 yuklama olingandan keyin va boshlang'ich yuklama98, 1 N qoldig'ida olmos konusning botish chuqurligi;

Po - boshlang'ich yuklama 98, 1 N ta'sirida olmos konusning botish chuqurligi;

h - indikator ko'rsatkichining bir birligibo'yicha olmos konusning 0, 002 mm botishi.

Vikkers usulida qattiq qotishmalarni mikroqattiqligi talablariga binoan quyida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi:

- qattiq qotishmadan qalinligi5 mm, diametri 15 mmbo'lgan namunalar tanladik (2 - rasm);

- qattiq qotishma namunalarining mikroqattiqligi aniqlanishi kerak bo'lgan yuzalari M3, M5 va M7 (3/5/7/10 mkm ) markali tosh o'rnatilgan charxlash dastgohida tekislab silliqladik;

- qattiq qotishma namunalarining silliqlash va jilvirlash tartibini keltirilgan tartibda amalga oshirdik;

- namunalarni qo'zg'almas qilib Vikkers qurilmasining namuna tokchasiga mahkamladik;

- boshlang'ich yuklama bo'yicha 294, 2 N (30 kgs), yukning yuzaga botirilish davomiyligi 10 ± 2 sekund, indikatorning 1 birligi 0, 002 mm;

Xulosa qilib aytganda olmosli konuslarning qattiq qotishmalarga botish chuqurligi juda kichik. Bu esa har bir namunani qattiqligini o'lchashdan oldin"HBRVS - 187.5"ning aniq o'lchashini tekshirish maqsadida etalonli qattiq qotishmalar namunalarida tekshirib borishni talab etadi. SHu sababli har bir o'lchashlardan keyin olingan natijalarni etalon qiymatlar bilan muntazam solishtirib borsh lozim bo'ladi.

Aдабиётлар рущати:

1. Прмонов С.Т. "Вольфрaм тaркибли ^arra^ котишмaлaр Ba улaрнингмaмлaкaтимиз ишгаб чи^риш корхонaлaридaги урни" Инновaционное рaзвитие шуга и обрaзовaние. Междушродшя шучно-прaктическaя конференция. K,озоFистон. 2022 йил 25 июль 43-46 бетгар.

2. Нурмуродов С.Д., Пaрдaевa Г.Т., Aллaнaзaров A.A. "Плaзмaхимическaя технология получения высокодисперсных порошков вольфрaмa". Проблемы взaимодействия туки и обществa. Сборник статей Междушродной нaучно-прaктической конференции. Новосибиск НИЦ АЭТЕРНА. 5 феврaл 2018 йил. 1 кисм 52-55 бетгар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.