Научная статья на тему 'QAHVANING KIMYOVIY TARKIBI'

QAHVANING KIMYOVIY TARKIBI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
40
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qahva / kofein / tibbiyot / kofemol / xromotografiya / ekstraksiya / Coffee / caffeine / medicine / coffee grinder / chromatography / extraction / Кофе / кофеин / лекарство / кофемол / хроматография / экстракция

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Isakov Xayatulla, Kimsanova Gulruhsor Sanjarbek Qizi

Ushbu maqolada qahvaning kimyoviy tarkibi haqida yoritilgan. Shuningdek qahvaning ishlatilinish sohalari va ahamiyati haqida yozilgan. Tibbiyotda qahvaning ro’li va qahva yordamida oldini olish mumkin bo’lgan kasalliklar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHEMICAL COMPOSITION OF COFFEE

This article discusses the chemical composition of coffee. It is also written about the uses and importance of coffee. Information is presented about the role of coffee in medicine and diseases that can be prevented with the help of coffee.

Текст научной работы на тему «QAHVANING KIMYOVIY TARKIBI»

QAHVANING KIMYOVIY TARKIBI

¡ЭАКОУ ХАУАТиНА

Texnika fanlari doktori, Andijon davlat universiteti, kimyo kafedrasi professori, Andijon sh. КШЭАЫОУА GULRUHSOR SANJARBEK 0И1 Andijon davlat universiteti, kimyo kafedrasi magistranti, Andijon sh.

ANOTATSIYA

Ushbu maqolada qahvaning kimyoviy tarkibi haqida yoritilgan. Shuningdek qahvaning ishlatШnish sohalari va ahamiyati haqida yozilgan. Tibbiyotda qahvaning ю'Н va qahva yordamida oldini olish mumkin bo'lgan kasaШklar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

so'zlar. Qahva, kofein, tibbiyot, kofemol, xromotografiya,

ekstraksiya.

ХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ КОФЕ

ИСАКОВ ХАЯТУЛЛА

Доктор технических наук, профессор кафедры химии Андижанского университета, г Андижан Республика Узбекистан.

КИМСАНОВА ГУЛРУХСОР САНЖАРБЕК ЦИЗИ Андижанский государственный университет, магистрант химического факультета, г Андижан Республика Узбекистан.

АННОТАЦИЯ

В этой статье рассматривается химический состав кофе. Также написано о сферах использования и значении кофе. Представлены сведения о роли кофе в медицине и заболеваниях, которые можно предотвратить с помощью кофе.

Ключевые слова: Кофе, кофеин, лекарство, кофемол, хроматография, экстракция.

CHEMICAL COMPOSITION OF COFFEE

ISAKOV XAYATULLA

Doctor of Technical Sciences, Department of Chemistry,

Andijan University, Andijan KIMSANOVA GULRUHSOR SANJARBEK QIZI Andijan State University, Master's student, Faculty of Chemistry, Andijan ABSTRACT

This article discusses the chemical composition of coffee. It is also written about the uses and importance of coffee. Information is presented about the role of coffee in medicine and diseases that can be prevented with the help of coffee.

Keywords. Coffee, caffeine, medicine, coffee grinder, chromatography, extraction.

Yer yuzi aholisining juda ko'p qismi erta tongni 1 finjon qahva bilan boshlaydi. Negaki qahva iste'molidan so'ng inson o'zini ancha tetik his qiladi. Zero qahva tarkibidagi kofein inson bosh miyasiga qo'zg'atuvchi sifatida ta'sir ko'rsatadi va uning ish unumini oshiradi.

Ilk bor XX asr boshlarida nemis olimi Erdman qahva donidan unga hushbo'y hid beruvchi moylarni ajratib oldi va uni kofeol deb atadi. Keyinchalik esa ushbu moyni 10 dan ortiq komponentlarga ajratib chiqdi. [1] 1967-yilda esa amerikalik olimlar Uintegrod va Gotshi molekulyar distillash, spektrofotometriya hamda gaz xromotografiyalardan foydalangan holda qahva tarkibida 220 dan ortiq komponentlar borligini aniqlashdi. Hozirgi kunda qahva tarkibida 1000 dan ortiq moddalar borligi aniqlangan bo'lib bu qahvaning nafaqat oziq ovqat sanoatida balki kimyoning boshqa sohalarida ham o'rni beqiyos ekanligidan dalolat beradi. [2] Qahvaga faqatgina ta'm va hushbo'y hid beruvchi moddalarning

o'zi 300 dan ortiq bo'lib, qahvani kuydirish natijasida unda turli hil reaksiyalar sodir bo'lib ushbu moddalar soni BOO taga yetadi.

Shuningdek qahva tarkibida juda katta miqdorda antioksidantlar mavjud bo'lib, ularga xlorogen kislotalar, kofein va melanoidlar kabi moddalarni misol qilib olishimiz mumkin. Qahva tarkibidagi alkaloidlar esa yuqori insektitsid hususiyatga ega bo'lib aynan ushbu moddalar qahvaning ta'miga ta'sir qilishini juda ko'p tajribalar isbotlagan.

Kofein. C8H10N4O2. 1,3,7- trimetilksantin shuningdek, matein, tein, guaranin kabi nomlar bilan nomlanuvchi purin alkaloidi, rangsiz yoki oq rangli kristallar modda. Ushbu modda psixoaktiv modda bo'lib, qahva, choy, tarkibida mavjud , energetik ichimliklar va ko'plab alkogolsiz ichimliklar tarkibiga kiradi. U farmatsevtik preparatlar tarkibiga ham kiradi. Hayvonlarda va odamlarda kofein markaziy asab tizimini rag'batlantiradi , yurak faoliyatini kuchaytiradi, yurak urishini tezlashtiradi, qon tomirlarining kengayishiga olib keladi. Asosan skelet mushaklari tomirlari, miya (miya arteriyalari lumenini toraytiradi), yurak, buyrak mushaklarini kengaytiradi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi (ammo, ba'zi hollarda qarama-qarshi ta'sirlar kuzatiladi). Buning sababi shundaki, kofein fosfodiesteraza fermentini bloklaydi. Tibbiyotda kofein bosh og'rig'i, migren, nafas olish va yurak faoliyatini rag'batlantiruvchi vosita sifatida, aqliy va jismoniy faollikni oshirish, uyquchanlikni yo'q qilish uchun ishlatiladi. Tuzilishi va farmakologik xususiyatlarida kofein teobromin va teofillinga yaqin; barcha uch alkaloidlar metilksantin guruhiga kiradi. [3] Kofein markaziy asab tizimiga yaxshiroq ta'sir qiladi. Teofilin va teobromin esa yurak

Kofein, boshqa purin alkaloidlari kabi ,

CH3

musbat mureksid reaktsiyasini beradi.

Mikrodozalarda kofein asab tizimiga ogohlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Uzoq

stimulyatorlari va yengil diuretik sifatida ishlatiladi . 1-rasm. Kofein

muddatli foydalanish bilan u yengil qaramlikka olib kelishi mumkin tibbiyotda bu holat teizm deyiladi. Kofein ta'sirida yurak faoliyati tezlashadi, qon bosimi ko'tariladi, dofamin ajralishi tufayli kayfiyat taxminan 40 daqiqa davomida yaxshilanadi , ammo 3-6 soatdan keyin kofeinning ta'siri o'tadi: charchoq, letargiya va ish qobiliyatining pasayishi paydo bo'ladi.

1 stakan qahva tarkibida quyidagilar bo'ladi: uglevodlar, lipidlar yoki yog'lar , vitaminlar, minerallar, azotli birikmalar, alkaloidlar, protein, kislotalar vaa boshqa aromatik birikmalar. [4] Shuningdek qahva tarkibida quyidagilar bo'lishi mumkin:

B guruhining vitaminlari: foliy kislotasi, niatsin (B3), shuningdek, vitamin B12, riboflavin (B12), vitamin B5, pantotenik kislota, K vitamini kabi boshqalar. Ularning barchasi tananing to'g'ri ishlashini ta'minlash uchun juda foydali

Minerallar natriy, kalsiy, magniy, marganets, temir, fosfor va kaliy kabi hayot uchun zarur makro va mikro elementlar. Ular orasida eng ko'pi kaliydir. Ushbu element nervlarning to'g'ri ishlashi, mushaklarning qisqarishi, yurak urish tezligini barqaror ushlab turishi, hujayralarga boshqa oziq moddalarning almashinuvi va hujayralar chiqindilarni chiqarib yuborishi uchun juda muhimdir.

Qahva xotira va energiyani oshirishga yordam beradi va hatto kayfiyatni yaxshilaydi.

Qahvaning yana bir xususiyati shundaki, u neyrodegenerativ kasalliklarning ta'sirini oldini olish yoki kechiktirishga yordam beradi. Masalan: Altsgeymer yoki Parkinson kabi. Ba'zi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, muntazam ravishda qahva iste'mol qilish imkoniyatni 60% ga kamaytiradi.

Kofein ham adrenalin darajasini oshirishga yordam beradi, bu tanani jismoniy kuch sarflash kerak bo'lganda yaxshiroq javob berishga

majbur qiladi. Shuning uchun qahva ish faoliyatini yaxshilashi va jismoniy faoliyat tufayli charchoq hissini kamaytirishi mumkin.

Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kabi kofe ajoyib antioksidantlar manbai ekanligini ko'rsatdi. Bu hujayralar qarishini oldini oladi. Bundan tashqari, qahva sog'liqni mustahkamlashga yordam beradigan ko'plab vitaminlar va minerallarga boy. Aslida, u ba'zi meva va sabzavotlarga qaraganda ko'proq antioksidantlarni o'z ichiga olishi mumkin .

Qahva yordamida organizmda yog'lar tez eriydi. Bunga sabab kofeindir. Uning yordami bilan metabolizmni tezlashtirib, qolgan barcha narsalarni yo'q qilish mumkin. Shuning uchun, qahvani muvozanatli ovqatlanish ratsioni bilan birlashtirish to'g'ri ozishga yordam beradi.

Har kuni ertalab bir choy qoshiq kofega yarim bo'lak limon suvini siqib, unga yarim piyola qaynatilgan suv qo'shib iste'mol qilish natijasida tana vazni 1 oy davomida 5-6 kg gacha kamayishini o'z tajribalarimizda kuzatdik.

AQShdagi Dana-Farber Saraton Instituti ham tadqiqotida shunday xulosaga keldi: qahva yo'g'on ichak yoki ko'krak saratoni xavfini kamaytiradi. Ular hatto kuniga 4 stakan qahva iste'mol qilish yo'g'on ichak saratoni bilan og'rigan bemorlarda qaytalanish xavfini kamaytirishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Shuningdek qahva eng yaxshi probiotik hisoblanadi. Ya'ni, u ichakning bakterial florasini oziqlantiradi, oshqozon sekretsiyasini rag'batlantiradi, safro ishlab chiqarishni faollashtiradi va o't pufagini qisqartiradi. Bu ovqatdan keyin qabul qilinganda juda hazm bo'ladi.

Kofe tabiiy antidepressant hisoblanadi. Agar normadan oshirib yubormasangiz qahva depressiya bilan bog'liq muammolarga yordam berishi mumkin . Buning sababi shundaki, kofein stress bilan bog'liq molekulalarni blokirovka qilishi mumkin, shuning uchun har kuni qahva

ichadigan insonlar bunday muammolarga duch kelmaydi. Asabiy bemorlarda esa qahva stress darajasini pasaytirishi kuzatilgan.

Qahva yuragingizga yordam beradi. Me'yorida iste'mol qilingan kofein yurak xuruji xavfini kamaytirish mumkin . Buning sababi shundaki, u arteriyalarda mavjud bo'lgan kaltsiyni kamaytiradi, miokard infarkti bilan kasallanish ehtimolini kamaytiradi.

Qahva diabet xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, muntazam qahva iste'molchilarida 2-toifa diabet rivojlanish ehtimoli 2% kamroq ekanligi bir nechta tadqiqotlarda isbotlangan. Buning sababi antioksidantlarning ko'pligidadir. [5]

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xalqimiz aytganidek "Asal shirin bo'lsa ham uni ozi shirin" degan naqliga amal qilib, har bir inson mahsulot iste'mol qilganida ehtiyoj va me'yor o'rtasidagi nisbat chegarasini unutmasa maqsadga muvofiq bo'ladi deb hisoblaymiz.

Adabiyotlar royxati:

1. Мировая энциклопедия кофе, 2002, с. 18.

2. Пищевая химия / Под ред. А.П. Нечаева. — Учебник для вузов. — СПб.: ГИОРД, 2001. — С. 509. — 580 с

3. Машковский, М. Д. Лекарственные средства. — 15-е изд. — М. : Новая Волна, 2005. — С. 121. — 1200 с.

4. Coffee is number one source of antioxidants (нем.). American Chemical Society, American Association for the Advancement of Science (AAAS) (28 августа 2005).

Мелентьева, Г. А. Фармацевтическая химия . — 2-е изд., перераб. и доп. . — М. : Медицина, 1976. — Т. 2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.