Научная статья на тему 'QADIMGI DAVRDA QURILGAN TARIXIY-MADANIY QO‘RG‘ONLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

QADIMGI DAVRDA QURILGAN TARIXIY-MADANIY QO‘RG‘ONLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
283
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
arxeolog / qal’a / ekspeditsiya / shahar / qarorgoh / g‘isht / qum / devor / qo‘rg‘on / tanga / voqea / topilma / tekislik / qasr.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ismailova Nilufar Baxramovna, Salamat Sulaymanov

Ushbu maqolada hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani va Xorazm hududidagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, ularning yaqin va uzoq o‘tmishi, geografik joylashuv o‘rni haqida qisqacha bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMGI DAVRDA QURILGAN TARIXIY-MADANIY QO‘RG‘ONLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

QADIMGI DAVRDA QURILGAN TARIXIY-MADANIY QO'RG'ONLAR VA ULARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ismailova Nilufar Baxramovna

Qoraqalpoq Davlat Universiteti 2-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: dotsent Salamat Sulaymanov https://doi.org/10.5281/zenodo.7438570

Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqal'a tumani va Xorazm hududidagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, ularning yaqin va uzoq o'tmishi, geografik joylashuv o'rni haqida qisqacha bayon etilgan.

Kalit so'zlar: arxeolog, qal'a, ekspeditsiya, shahar, qarorgoh, g'isht, qum, devor ,qo'rg'on, tanga, voqea, topilma, tekislik, qasr.

Yaqindagina 45 bahorni qarshilagan Ellikqal'a tumanimiz butun dunyodan tashrif buyurayotgan sayyohlarni, sarmoyadorlarni, ijodkor va san'atkorlarni, siyosat arboblarini kutib olmoqda.Tumanimizga bir marta kelgan mehmon qalbida ajib his tuyib, katta ta'surotlar bilan qaytishi aniq. Negaki, bir tomonda navqiron, ko'rkam va barkamol shahar tursa, ikkinchi tomonda o'z bag'riga qancha sir-u sinoatlarni yashirib, salobat to'kib turgan qal'alar namoyon bo'lmoqda.

Hozirgi Ellikqal'aning uzoq tarixiga oid makonlar,mudofa qo'rg'onlari va eski qal'alarda arxiolog-tarixchi olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar va qazish ishlari natijasi bu hudud tarixining naqadar boy ekanligini ko'rsatad.Ellikqal'a - juda ko'plab tarixiy qal'alar va inshootlarni bag'riga olgan mo'jizaviy zamin.Bu qadimiy obidalarga boy makonni "ochiq osmon ostidagi muzey" deyishlari bejiz emas Buning boisi, qadimiy qal'alarga ega ushbu go'shada tarixiy obidalar bilan bo'ylasha oladigan ellik birinchi qal'a-mo'jazgina Bo'ston shahri qad rostladi.

Buyuk ipak yo'lida joylashgan ushbu qal'alarning har biri minglab asrlarning suronli to'fonlarini boshidan kechirgan, ajdodlarimizning tarixidan so'zlovchi "tirik" guvohdir.Qadimgi va o'rta asrlardagi Xorazm yodgorliklarini arxeologik tomondan o'rganish XX asrning 30-yillari o'rtalaridan boshlandi va bu izlanishlar hozirgi kunda ham jadal davom etmoqda.Bu izlanishlarni bevosita to'rt bosqichga bo'lish mumkin: o urush davrigacha( 1936-1940-yillar) olib borilgan tadqiqotlar; o urushdan keyingi davrda ( 1945-1958-yillar) olib borilgan tadqiqotlar; o 1959-1990-yillarda olib borilgan tadqiqotlar va mustaqillik yillarida olib borilayotgan tadqiqotlar.

M.Mambetullaev arxeologik izlanishlarida Janubiy Xorazm mudofaa inshootlari masalalariga stratigrafik ma'lumotlar va joylashtirish xususiyatlariga qarab Janubiy

Xorazm mudofaa inshootlarini nisbiy davrlashtiradi va dastlabki tipologik tasnifini beradi.

Tadqiqotlar natijasida muallif m.a. IV-III asrlarda Janubiy Xorazm chegaralarida shimoldagi kabi istehkomlar zanjiri yuzaga keladi deb xulosa chiqaradi.

Sulton Uvays tog'ining sharqiy tarmoqlari yonidan uchta qal'a xarobalari joy olgan bo'lib, ular baland tepalik ustida joylashgan Ayozqal'a (ya'ni Ayozqal'a-1); Ayozqal'a-1 tepaligidan janubdagi baland bo'lmagan do'nglikda joylashgan qasr Ayozqal'a-2; Ayozqal'a-2 dan 250-300 metr masofada tekislikda joylashgan xaroba esa Ayozqal'a-3 deb belgilangan.

Xorazm ekspeditsiyasi a'zolari Xorazm podshohlarining qarorgohi hisoblangan Tuproqqal'a xarobalaridan va uning tevaragidagi Norinjon va Burgutqal'a atroflaridan ,shuningdek ularga yaqin qasrlardan Anqaqal'a,Katta Guldursin Jeldikqal'a,Ayozqal'a kabi harobalardan dastlabki yillardayoq mingdan ortiq tanga nusxalarini,asosan mis tangalarni topganlar.Ma'lumki asli tanga-chaqa zarb qilish nafaqat davlatchilik rivojlangan , balki muayyan davlatning mustaqil ekanligidan dalolat beradi.

Tuproqqal'adan topilgan tangalarda ayrim podsholarning yoki afsonaviy qahramonlarning surati zarb qilishni ham bu yerda o'zining ichki va tashqi siyosatini olib brogan qudratli davlat tuzumi mavjudligini tasdiqlaydi.Hatto kopchilik tangalar muayyan tamg'alarga ega ekanligini inobatga olsak,bu davlatda nafaqat mustabid podsholar,balki ayrim xukumdorlar mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib brogan bolsa ajab emas.

Xorazm davlati xududida iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil bo'lib olgan bir qator hokimliklar vujudga keldi.Tuproqqal'a saroyi zallarining birida boshiga toj kiygan va qo'liga burgut ushlagan podsho haykalining topilishi,shuningdek Anqaqal'a yaqinida ham boshida toj,qo'lida burgut ushlagan kishi surati solingan tangalar topilishi,bu tangalarningshu joyda zarb etilganligi -mahalliy sulola hokimyati o'rnatilganligidan dalolat beradi.

Tuproqqal'a o'zining tuzilishi,devorlari va undagi shinaklar,u yerdagi xonalarning qurilishi va mudofa tizimi bilan antik davrdagi katta shaharlarga o'xshab ketadi.Lekin u o'zining ajoyib san'at boyligi bilan alohida o'rin tutadi.Buyuk xorazmshohlarning ilk poytaxti bo'lgan bu ajoyib tarixiy ibida Sulton Uvays tog'ining janubrog'ida, qadimiy qal'alarhududida joylashgan.Bu tiltilsim qal'a harobalari 17.5gektar maydonni(500x350metrni) ishg'ol etadi.

S.P.Tolstovning ta'riflashicha, Tuproqqal'a shahari va undagi saroyning qurilishi ham dastavval muhim siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan voqea hisoblanadi.Chunki bu inshootning bunyot etilishi tarixida "Xorazm era"sining boshlab bergan voqea, deb yuksak baholanadi.

Ming yilliklaг davomida xozirgi birgina Ellikqal'a tumani hududida 100 dan ortiq mudofaaga mo'ljallangan ko'hna qal'alar bo'lgan bo'lsa,bugungi kunga kelib 20 dan ziyotroq anashu eski qal'alar xaгobasi saqlanib qolgan xolos.

S.P.Tolstov Tupгoqqal'a va Jeldikqal'a kabi qadimiy binolarning poydevoгi qum g'isht bilan to'ldirib quгilganligi, bu esa o'z navbatida nam van nam olib keladigan tuz tasirlardan saqlashda qadimgi xorazimliklarga xos usul ekanligini ta'kidlaydi.

Tumandagi qal'alarning eng qadimgisi va eng kattalaridan biгini odamlaг "Ellikqal'a" deb atashadi. Uni pгofessoг S.P.Tolstov o'zining "Qadimgi Xorazm",

"Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab"nomli asaгlaгida "Jeldikqal'a" nomi bilan tilga oladi. "Jeldikqal'a" so'zi esa "Ellikqal'a" so'zining hozirgi qozoq tilidagi talaffuzidir. Har ikkalovi ham "Shabadali qal'a", "Mayin shamolli qal'a" degan ma'noni anglatadi

Burgutqal'a uzoq moziydan darak beгadi. Buгgutqal'a qo'shimcha past to'siq devorlarning bo'lganligi qadimgi harbiy san'atning yutuqlaгidan foydalaninshning ko'rinishidir. Past to'siq devoг uгush paytida devor buzuvchi mashinalarning xujumidan qal'a axolisini himoya qilishga mo'ljallangan. Tarixiy manbalaming guvohlik beгishicha, xorazmshoh Chogon ukasi Xurshod tuгgan Buгgutqal'aga qarshi uгush ochadi. Xuгshod boshligidagi buгgutqal'aliklar shoh Chagon qo'shinlaгini yengib , vohadan va Xorazmdan surib tashlaydilar. O'z ukasining qo'shinlaridan yengilgan shoh Chagon nomardlik qilib , Xorazmni o'zlaгiga qaгam qilib olishga shay turgan aгab bosqinchilaгiga Xuгshodni yengib olisgda yordam so'гab muгojat qiladi. Natijada arab qo'shinlaгi 712-yilda Xorazmning poytaxti Katni, keyin Buгgutqal'ani va uning atrofidagi aholini punktlaгini uzoq kurashlaTdan keyin bosib oladi va qarshilik ko'гsatganlgi uchun aholini qirib tashlaydi.

Qo'yqiгilganqal'a zamonasining гasatxonasi bo'lgan. S.P.Tolstov qal'adagi astranomik kuzatisЫaгga mo'ljallangan besh derazali xonani sinchiklab o'rganib va ayгim uskuna qoldiqlaгiga qarab , bu joyda гasatxona (abservatoriya)bo'lgan degan dalillarni keltiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sergey Tolstov "Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab" T: 2004

2. Yaxyo G'ulomov "Xorazmning sug'orilish tarixi" T: 1959

3. Iso Jabborov "Ko'hna xarobalar siri" T: 1961

4. Iso Jabborov "Buyuk Xorazmshohlar davlati" T: 199

5. G'ayratdin Xo'janiyazov "Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari" T: 2007

6. Menges Allambergenov "Qadimiy mudofaa qo'rg'onlari" T: 2007

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.