Научная статья на тему 'PSYCHOLOGICAL METHODS OF FORMING LEADERSHIP SKILLS IN YOUTH'

PSYCHOLOGICAL METHODS OF FORMING LEADERSHIP SKILLS IN YOUTH Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leadership / abilities / reflection / empathy / MBTI / DISC / extroversion / introversion / intuition / public speaking / conflict / mediation skills. / liderlik / qobiliyat / refleksiya / impatiya / MBTI / DISC / ekstravertlik / introvertlik / intuitsiya / publik nutq / konflikt / mediatorlik ko‘nikmalari.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Dilnora K. Axmedova

the article describes the psychological methods of formation of leadership abilities among young people. It reveals methods and methods of influencing young people who are experiencing difficulties and problems in demonstrating leadership abilities. This article discusses and provides recommendations on the study of psychological methods for the formation of leadership abilities among young people. The article examines the psychological principles, methods and strategies used to prepare young people for leadership

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL METHODS OF FORMING LEADERSHIP SKILLS IN YOUTH

maqolada yoshlarda liderlik qobiliyatini shakllantirishning psixologik usullari bayon etildi. Unda liderlik qobiliyatini yuzaga chiqarishda qiyinchilik va muammolarga duch kelayotgan yoshlarga zarur psixologik yordam usullari va ta’sir etish yo’llari ochiqlab berildi. Ushbu maqola yoshlarda liderlik qobiliyatlarini shakllantirish uchun psixologik usullarni o'rganish va tavsiyalar berishni ko’zda tutadi. Maqola orqali yoshlarni liderlikka tayyorlashda foydalaniladigan psixologik tamoyillar, usullar va strategiyalar ko'rib chiqiladi.

Текст научной работы на тему «PSYCHOLOGICAL METHODS OF FORMING LEADERSHIP SKILLS IN YOUTH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Dilnora K. Axmedova1^_

1Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy, O'zbekiston

INTRODUCTION: the article describes the psychological methods of formation of leadership abilities among young people. It reveals methods and methods of influencing young people who are experiencing difficulties and problems in demonstrating leadership abilities. This article discusses and provides recommendations on the study of psychological methods for the formation of leadership abilities among young people. The article examines the psychological principles, methods and strategies used to prepare young people for leadership.

AIM: the purpose of this study is to work methodically with this category of youth on the formation of leadership abilities, given that young people have a tendency to lead, but not enough active efforts to form it qaratilgandir.Va it is about forming potential leaders in their field, no matter what kind of industry professional they become in the future.Leadership qualities are the key to a successful future among young people.

MATERIALS AND METHODS: it is on this topic that O."The relevance of the development of leadership abilities among students" M. erkaboeva,R.A. Ikramov, R. "Priority directions for the development of leadership abilities among young people"B. Gadzhievs, Sh.'The concept of leadership, types and formation of leadership abilities " M. Rizaeva, D.Several studies have been conducted called :"the manifestation of leadership in personality."

Based on the above literature, the existence of various psychological methods and strategies for developing leadership abilities among young people was considered.

DISCUSSION AND RESULTS: the psychological principles, methods and strategies presented in the article are important for preparing young people for future successful leaders. The above-mentioned psychological methods serve as an effective tool in developing the leadership abilities of young people. These methods help to improve the personal development of young people, the skills of effective communication, emotion management, responsibility and independence, conflict management and motivation of others. At the same time, these abilities prepare young people to become successful leaders in the future.

CONCLUSION: educational institutions, organizations and society should work together to develop leadership skills among young people. It is necessary to develop and

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

implement programs and projects aimed at developing the leadership abilities of young people.

Key words: leadership, abilities, reflection, empathy, MBTI, DISC, extroversion, introversion, intuition, public speaking, conflict, mediation skills.

For citation: Dilnora K. Axmedova. (2024) 'Psychological methods of forming leadership skills in youth', Inter education & global study, (5), pp. 537-543. (In Uzbek).

YOSHLARDA LIDERLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI_

© D.K. Axmedova1 H

1 Navoiy State Pedagogical Institute, Navoiy, Uzbekistan_

Annotatsiya

KIRISH: maqolada yoshlarda liderlik qobiliyatini shakllantirishning psixologik usullari bayon etildi. Unda liderlik qobiliyatini yuzaga chiqarishda qiyinchilik va muammolarga duch kelayotgan yoshlarga zarur psixologik yordam usullari va ta'sir etish yo'llari ochiqlab berildi. Ushbu maqola yoshlarda liderlik qobiliyatlarini shakllantirish uchun psixologik usullarni o'rganish va tavsiyalar berishni ko'zda tutadi. Maqola orqali yoshlarni liderlikka tayyorlashda foydalaniladigan psixologik tamoyillar, usullar va strategiyalar ko'rib chiqiladi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotni amalga oshirishdan maqsad shundaki,yoshlarda liderlikka moyillik bor,ammo uni shakllantirish uchun yetarlicha faol harakat yo'qligini inobatga olgan holda bu toifadagi yoshlar bilan liderlik qobiliyatini shakllantirish uchun metodik ishlashga qaratilgandir.Va kelajakda qaysi soha mutaxassisi bo'lib shakllanishidan qat'iy nazar o'z sohasining yetakchi liderlarini shakllantirishdan iborat.Liderlik qobiliyati yoshlar orasida muvaffaqiyatli kelajakning kalitidir.

MATERIALLAR VA METODLAR: aynan ushbu mavzu yuzasidan shu bugunga qadar O.M Erkaboyevning "Talaba yoshlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning dolzarbligi",R.A Ikramov,R.B Hojiyevlarning "Yoshlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari",Sh.M Rizayevaning "Lidelik haqida tushuncha,turlari va liderlik qobiliyatini shakllantirish",D.Hukumovaning :"Shaxsda liderlikni namoyon bo'lishi" nomli bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Yuqorida keltirilgan adabiyotlardan kelb chiqib yoshlarda liderlik qobiliyatni rivojlantirish uchun turli psixologik usullar va strategiyalar mavjudligi ko'rib chiqildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: maqolada keltirilgan psixologik tamoyillar, usullar va strategiyalar yoshlarni kelajakdagi muvaffaqiyatli rahbarlar sifatida tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.Yoshlar liderlik qobiliyatini rivojlantirishda yuqorida ko'rsatilgan psixologik usullar samarali vosita bo'lib xizmat qiladi. Bu usullar yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, samarali muloqot qilish, his-tuyg'ularni boshqarish, mas'uliyat va mustaqillikni rivojlantirish, konfliktlarni boshqarish va boshqalarni motivatsiya qilish ko'nikmalarini oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, ushbu qobiliyatlar yoshlarni kelajakda muvaffaqiyatli lider bo'lishga tayyorlaydi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

XULOSA: yoshlarda liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ta'lim muassasalari, tashkilotlar va jamiyat birgalikda harakat qilishlari kerak. Yoshlarni liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish kerak.

Kalit so'zlar: liderlik, qobiliyat, refleksiya, impatiya, MBTI, DISC, ekstravertlik, introvertlik, intuitsiya, publik nutq, konflikt, mediatorlik ko'nikmalari.

Iqtibos uchun: Axmedova D.K. Yoshlarda liderlik qobiliyatini shakllantirishning psixologik usullari. // Inter education & global study. 2024. №5. B.537-543.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЛИДЕРСКИХ НАВЫКОВ У

МОЛОДЕЖИ_

© Д.К. Ахмедова1^

^ваинский государственный педагогический институт, Нaваи, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье изложены психологические методы формирования лидерских способностей у молодежи. В нем раскрыты методы и способы воздействия на молодежь, испытывающую трудности и проблемы в проявлении лидерских способностей. В данной статье рассматриваются и даются рекомендации по изучению психологических методов формирования лидерских способностей у молодежи. В статье рассматриваются психологические принципы, методы и стратегии, используемые для подготовки молодежи к лидерству.

ЦЕЛЬ: цель проведения этого исследования состоит в том,чтобы методично работать с этой категорией молодежи по формированию лидерских способностей, учитывая, что у молодых людей есть склонность к лидерству, но недостаточно активных усилий для его формирования qaratilgandir.Va он заключается в формировании потенциальных лидеров в своей области, независимо от того, каким профессионалом отрасли они станут в будущем.Лидерские качества-залог успешного будущего среди молодежи.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: именно по этой теме о."Актуальность развития лидерских способностей у студенческой молодежи"м. эркабоева,р.А. Икрамов, Р."Приоритетные направления развития лидерских способностей у молодежи"Б. Гаджиевых,Ш."Понятие лидерства,виды и формирование лидерских способностей " м. Ризаевой,д.Было проведено несколько исследований под названием :"проявление лидерства в личности".

Исходя из приведенной выше литературы, было рассмотрено существование различных психологических методов и стратегий развития лидерских способностей у молодежи.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: психологические принципы, методы и стратегии, представленные в статье, важны для подготовки молодых людей к будущим успешным лидерам. Указанные выше психологические методы служат

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

эффективным инструментом в развитии лидерских способностей молодежи. Эти методы помогают улучшить личностное развитие молодежи, навыки эффективного общения, управления эмоциями, ответственности и независимости, управления конфликтами и мотивации других. В то же время эти способности готовят молодых людей к тому, чтобы стать успешными лидерами в будущем.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: образовательные учреждения, организации и общество должны работать вместе, чтобы развивать лидерские качества у молодежи. Необходимо разрабатывать и реализовывать программы и проекты, направленные на развитие лидерских способностей молодежи.

Ключевые слова: лидерство, способности, рефлексия, сочувствие, MBTI, DISC, экстравертность, интровертность, интуиция, публичные выступления, конфликт, посреднические навыки.

Yoshlar - kelajak liderlari. Ular orasida liderlik qobiliyatlarini erta bosqichlarda rivojlantirish kelajakda samarali rahbarlarni tarbiyalashda muhimdir. Yoshlar orasida liderlik qobiliyatlarini shakllantirish jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun asos yaratadi. Qachonki lideming safdoshlari uning borligiga, kuch-qudratiga va iste'dodlariga shubha bilan qarashmasa, unga ishonch bildirishsa lider eng katta kuchga ega bo'ladi. Liderni boshqalardan ajratib turuvchi tomonlari uni yuksaklikka olib chiqish yo'lida xizmat qiladi. Liderni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy tomonlaridan biri - bu liderning eng avvalo, o'ziga va unga ergashayotgan safdoshlariga bo'lgan ishonchi. Buyuk allomalarimiz aytganidek, o'z kuchingni his etishing kuchingga kuch qo'shadi. Lider hamma vaqt biror bir ishni boshlashdan avval atrofidagilar bilan maslahatlashishi va unga yuklatilgan topshiriqlarning bir qismini ularga ishonib topshirishi darkor. Bu bilan u o'z izdoshlariga bo'lgan ishonchi yuqori darajada ekanligini isbotlab bergan bo'ladi. Liderlik zamonaviy jamiyatda muhim rol o'ynaydi, chunki u tashkilotlarni boshqarish, loyihalarni amalga oshirish va jamoalarni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Effektiv liderlik jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo'shadi.

Liderlik qobiliyati yoshlar orasida muvaffaqiyatli kelajakning kalitidir. Ushbu qobiliyatni rivojlantirish uchun turli psixologik usullar va strategiyalar mavjud. Quyida yoshlarda liderlik qobiliyatini shakllantirish uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan asosiy psixologik usullar haqida so'z yuritamiz:

O'z-o'zini anglash va shaxsiy taraqqiyot -yoshlar o'zlarini yaxshi anglashlari, qobiliyatlari va zaif tomonlarini tushunishlari zarur. Bu jarayonda quyidagi usullar samarali bo'lishi mumkin:

Для цитирования: Ахмедова Д.К. Психологические методы формирования лидерских навыков у молодежи. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 537-

543.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

refleksiya: kundalik tutish yoki muntazam ravishda o'z harakatlari va his-tuyg'ularini tahlil qilish yoshlar uchun foydali bo'ladi. bu ularga o'zlarini yaxshi tushunishga va shaxsiy o'sish uchun zarur bo'lgan choralarni ko'rishga yordam beradi.

psixologik testlar: turli shaxsiy testlar (masalan, MBTI yoki DISC) orqali yoshlar o'zlarining liderlik uslublarini va qobiliyatlarini aniqlashlari mumkin. MBTI (Myers-Briggs Type Indicator) va DISC (Dominance, Influence, Steadiness, Conscientiousness) - bu odamlarning shaxsiyatlarini aniqlash uchun ishlatiladigan ikki xil psixologik modeldir. MBTI - shaxsiyat turlarini aniqlash uchun ishlatiladigan test bo'lib, Isabel Briggs Myers va uning onasi Katherine Cook Briggs tomonidan ishlab chiqilgan. Bu model Carl Jungning shaxsiyat nazariyasiga asoslangan.

MBTI odamlarni to'rt juft qarama-qarshi shaxsiyat xususiyatlari bo'yicha tasniflaydi: Ekstravertlik (E) - Introvertlik (I); Sezgichlik (S) - Intuitsiya (N); Fikrlash (T) - His qilish (F) Baholash (J) - Sezgi (P); Ushbu juftliklarning kombinatsiyasi 16 ta shaxsiyat turini yaratadi (masalan, ENTJ, INFP va hokazo).

DISC modeli esa odamlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun ishlatiladi va to'rt asosiy xususiyatga asoslanadi: Dominance (D) - Hukmronlik; Influence (I) - Ta'sir; Steadiness (S) - Barqarorlik; Conscientiousness (C) - Vijdonlilik.

DISC testi odamlarning xulq-atvorini to'rt o'lchovga bo'lib o'rganadi va ular qaysi o'lchovda kuchliroq ekanliklarini aniqlaydi. Bu model John Geier va boshqa tadqiqotchilar tomonidan William Marstonning tadqiqotlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan.Har ikkala model ham shaxsiyat turlarini aniqlash va ularga moslashish maqsadida keng qo'llaniladi, lekin ularning uslublari va yo'nalishlari farqlanadi.

Kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirish-liderlar uchun samarali muloqot qilish juda muhimdir. Yoshlarning kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish uchun: jamoa o'yinlari va mashg'ulotlari: jamoa o'yinlari va turli interaktiv mashg'ulotlar orqali yoshlar o'zaro muloqot qilish, muammolarni birgalikda hal qilish va liderlik ko'nikmalarini sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Publik nutq: yoshlarni jamoat oldida so'zlashga tayyorlash va bu borada muntazam mashq qildirish ularning o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi va ta'sirchan nutq so'zlash qobiliyatini rivojlantiradi.

Emotsional intellektni rivojlantirish-emotsional intellekt (EI) liderlik qobiliyatining muhim qismi hisoblanadi. Yoshlar o'z his-tuyg'ularini anglash va boshqalarning hissiyotlarini tushunish ko'nikmasini rivojlantirishlari kerak.

- emotsional anglash mashg'ulotlari: turli psixologik treninglar orqali yoshlar o'z his-tuyg'ularini boshqarish va ifoda etish ko'nikmalarini oshirishlari mumkin.

- empatiya mashg'ulotlari: empatiya tuyg'usini rivojlantirish uchun turli rolli o'yinlar va muloqot mashg'ulotlari o'tkazish.

Mas'uliyat va Mustaqillik -liderlik mas'uliyatni o'z zimmasiga olish va mustaqil qarorlar qabul qilishni talab etadi. Bu ko'nikmalarni rivojlantirish uchun:

- mas'uliyatli vazifalar: yoshlarni turli vazifalar va loyihalar uchun mas'uliyatli qilish ularni liderlik roliga tayyorlaydi;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

- o'z-o'zini boshqarish: yoshlarni o'z maqsadlarini belgilash va ularga erishish uchun rejalashtirish va vaqtni boshqarish bo'yicha o'rgatish;

konfliktlarni boshqarish-liderlar konfliktlarni samarali boshqarishlari va muammolarni hal qilishda adolatli bo'lishlari kerak;

- konflikt boshqarish treninglari: konfliktlar yuzaga kelganda ularni konstruktiv tarzda hal qilish bo'yicha maxsus treninglar tashkil qilish;

- mediatorlik ko'nikmalari: yoshlarni mediatorlik (vositachilik) ko'nikmalarini rivojlantirish orqali turli nizolarni hal qilishda yordam berish.

Motivatsiya va ijtimoiy ta'sir-liderlar jamoani rag'batlantirish va maqsad sari yetaklashda samarali bo'lishlari kerak.

- motivatsiya strategiyalari: turli motivatsiya strategiyalari va texnikalarini o'rgatish orqali yoshlar o'z jamoasini rag'batlantirish usullarini o'rganishlari mumkin.

- ilhomlantiruvchi liderlar bilan uchrashuvlar: yoshlarni muvaffaqiyatli liderlar bilan uchrashtirish va ulardan o'rnak olish imkoniyatini yaratish.

Zamonaviy,tashkilotchi,faol motivator bo'la olgan liderlar bizning har qaysi sohamizga shu qadar zarurligi yuqoridag liderlik xususiyatlaridan anglashiladi.Yuqorida keltirilgan liderlikning psixologik usullari har bir lider faoliyatiga uyg'unlashtirilsa,yana yangi liderlar shakllanishiga sabab bo'la oladi.Yuqorida keltirib o'tilgan psixologik usullar natijasida aytaylik,birgina konfliktlarni konstruktiv bartaraf etish oqibatida qiyin vaziyatdan tez ,oson chiqib keta olish ko'nikmalari shakllanadi. Buyuk liderlarni tanlashning siri o'tmish bilan mukofotlash emas, balki kelajakni bashorat qilishdir. Har bir tashkilot o'sib borayotgan murakkablik, noaniqlik va o'zgarishlarga qaramasdan sizning jamoangizga liderlik qiladigan odamlarni qanday aniqlash muammosiga duch keladi. Bunday shaxslar o'tmishda muvaffaqiyat qozonganlardan va hozirgi paytda muvaffaqiyat qozonayotganlardan juda farqli profilga ega bo'lishadi.

Madaniyat uyg'unligiga asoslangan targ'ibotlardan saqlangan holda, garchi buni amalga oshirishdagi niyatlar yaxshi bo'lsa ham, ko'pincha fikrlar xilma-xilligi va liderlik modellarining eskirganligi yo'qotishlarga olib keladi. Bugungi o'zgaruvchan dunyoda korxonalar atrofdagi texnologiyalar kabi tez o'sishi kutilmoqda. Ularning modellari doimiy o'zgarishda bo'lishi kerak. O'tmishda ishlagan va hozirgi ishlayotgan narsa kelajakda umuman ishlamasligi mumkin. Shunday ekan, kompaniyalar tashqaridan yaxshiroq fikr yuritishga ega bo'lishlari kerak. Bu "noodatiy" yoki "boshqacha fikrlaydigan odamlarni" olish va ularni liderlik roliga qo'yish degan ma'noni anglatadi. Ularga o'zlarini ko'rsatishlari uchun vaqt berilishi ayni muddao. Bu liderlik tarmog'ini chuqurlashtirishning yagona usulidir.

Mark Tsukerberg, yillar davomida ko'plab tadbirlarni amalga oshirgan eng muvaffaqiyatli Bosh direktorlardan biridir. U Facebookni ishga tushirishdan oldin deyarli ish tajribasiga ega bo'lmagan. Stiv Jobs esa Apple dan oldin katta kompaniyani hech boshqarib ko'rmagan va shunga qaramay, tushunchalari, bog'lanishlari va ishtiyoqi bilan jahonda o'z nomini qoldirdi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Yoshlarda liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ta'lim muassasalari, tashkilotlar va jamiyat birgalikda harakat qilishlari kerak. Yoshlarni liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish kerak.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Davletshin, M.G. "Umumiy psixologiya." Toshkent, 2000.

2. Nemov, R.S. "Psixologiya." Moskva, 1998.

3. Gamezo, A. "Atlas po psixologii." Moskva, 2001.

4. Karimova, V.M. "Psixologiya." Toshkent: Sharq, 2002.

5. Goziyev, E.G. "Umumiy psixologiya." Toshkent, 2002.

6. Petrovskiy, I.V. "Umumiy psixologiya." Toshkent: O'qituvchi, 1992.

7. Obucheniye Liderstvu. Istoriya voprosa. (https://master-class.spb.ru)

8. Liderstvo. Psixologiya liderstva. Liderskaya effektivnost. (https://master-class.spb.ru/)

9. Model situatsionnogo Liderstva. (https://master-class.spb.ru)

10. Internet ma'lumotlari

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Axmedova Dilnora Kobiljonovna, o'qituvchi [Ахмедова Дилнора Кобилжоновна,

преподаватель], [Dilnora K. Axmedova, PhD, teacher]; manzil: O'zbekiston, 210101, Navoiy, I.Karimov ko'chasi, 56/46; [адрес: ул. И. Каримова, 56/46, г. Навои, Узбекистан, 210101]; [address: 56/46 I. Karimov Street, Navoi, Uzbekistan, 210101]; dilnoraaxmedova4@gmail.com,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.