Научная статья на тему 'PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING KLASTERDA QO‘LLANILISHI'

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING KLASTERDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
413
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘qituvchi / talaba / psixologiya / usul / imnokiyat / ruhiyat / harakat / bilim / fikr / malaka / klaster. / teacher / student / psychology / method / ability / psyche / action / knowledge / thought / competence / cluster.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Shaxnoza Beknazarovna Boboyeva

Ushbu maqolada o‘qituvchining klaster usuli psixologik xususiyatlari, unga amal qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS IN CLUSTER

This article discusses the psychological features of the teacher's cluster method, the possibilities of its implementation, and gives recommendations.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING KLASTERDA QO‘LLANILISHI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 8 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING KLASTERDA QO'LLANILISHI

Shaxnoza Beknazarovna Boboyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi psixologi

ANNOTATIYA

Ushbu maqolada o'qituvchining klaster usuli psixologik xususiyatlari, unga amal qilish imkoniyatlari to'g'risida fikr yuritilgan va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, talaba, psixologiya, usul, imnokiyat, ruhiyat, harakat, bilim, fikr, malaka, klaster.

APPLICATION OF PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS IN CLUSTER

ABSTRACT

This article discusses the psychological features of the teacher's cluster method, the possibilities of its implementation, and gives recommendations.

Keywords: teacher, student, psychology, method, ability, psyche, action, knowledge, thought, competence, cluster.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ - 3152 - sonli "Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etish to'g'risida"gi Qarorida bo'lajak pedagog kadrlar tayyorlash jarayonidagi ilg'or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy etish vazifasi qo'yilgan.(1) Ana shunday ilg'or texnologiyalardan biri o'qituvchining klaster usulidir.

"Klaster" atamasi inglizcha bo'lib, "tarmoqlar" ma'nosini anglatadi (2). Unga ko'ra, ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash bir necha manfaatdor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli bugungi kunda o'qituvchining klaster usuli "innovatsion pedagogik ta'lim texnologiyalaridan biri" sifatida tashkil etilmoqda (3). Bunda klaster usulining innovatsionlik xususiyati kundalik, unda "ta'lim, ilm-fan va amaliyot uyg'unligi" o'z ifodasini topadi. Misol uchun, yuksak malakali va oliy ma'lumotli pedagog kadrlar tayyorlash uchun oliy pedagogik ta'lim muassasasi ilmiy -tadqiqot institutlari va iste'molchi ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Mazkur uch tizimning o'z vazifasi bor. Oliy pedagogik ta'lim muassasasi bo'lajak pedagog kadrlarga kasbiy ta'lim va tarbiya beradi, ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda oliy ta'lim muammolarini tadqiq etadi va iste'molchi ta'lim muassasalarida ularning amaliyotchini tashkil qiladi. Shu tariqa o'qituvchining klaster usuli keng imkoniyatlarga egaligi bilan innovatsion xususiyat kasb etadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 8 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Klaster usulining psixologik xususiyatlari masalasi ham muhim bo'lib, hozirgi zamon o'zbek pedagogik-psixologik tadqiqotchiligida bu masala tahlil etilgan emas. Shu o'rinda e'tiboringizni masalaning umumiy jihatlariga e'tiboringizni tortamiz.

O'qituvchining klaster usuli avvalo tahsil oluvchilarning "mantiqiy fikrlash ko'nikmasini shakllantirish"ni nazarda tutadi (2). Mantiqiy fikrlash uchun tahsil oluvchi ruhiy rivojlangan bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, tahsil oluvchining his-tuyg'usi, tasavvuri va idroki talab darajasida bo'lishi taqoza etiladi. Shu jihatdan bo'lajak o'qituvchi oliy pedagogik ta'lim jarayonida voqea va hodisalarning o'zaro bog'liqligini his eta olishi, mohiyatini tasavvur qilishi va oqibatni idrok etishi kerak. Bularning potensial sifatida mantiqiy fikrlash ko'nikmasi yuzaga keladi.

Qayd etish joizki, bo'lajak o'qituvchilar turli darajadagi ruhiy rivojlanish jarayonida bo'ladi va shu sababli ularning nazariy bilim haqida ko'nikmalarni o'zlashtirishi turlicha bo'ladi. Klaster usuli mana shu xilma-xillik darajasini maksimal holatga tushurish imkoniyatiga ega. Chunki bo'lajak o'qituvchi egallagan nazariy bilim va ko'nikmasini amaliyot sinovidan o'tkazadi, natijada uning his-tuyg'usi, tasavvuri va idroki dinamik rivojlanib boradi.

Klaster usulining navbatdagi xususiyati shunday iboratki, tahsil oluvchilarning "umumiy fikr doirasini kengaytirish"ga asoslanadi (2). Umumiy fikr doirasi ilmiy, ijtimoiy va kasbiy tendensiyalarga ega bo'ladi, shu sababli tahsil oluvchi bunga ruhiy tayyor bo'lishi kerak. Bo'lajak o'qituvchilarning klaster iroda va xotiraga ega bo'lishi ularning ruhiy tayyorligini belgilaydi. Umumiy fikrlash doirasi aynan iroda va xotira vositasida kengayadi. Nazariy bilim va kasbiy ko'nikmani egallash irodaning kuchliligiga va xoritaning mustahkamligiga bog'liq bo'ladi. Shu ma'noda bo'lajak o'qituvchilarning iroda va xotirasini rivojlantirishga e'tibor berish taqoza etiladi. Bu ko'nikmaga tahsillar vositasida amalga oshirilishini eslatib o'tish joiz.

O'qitishning klaster usuliga xos bo'lgan keyingi muhim xususiyat "voqea va hodisalarning bir-biri bilan bog'liqligini o'rgatish"dir (2). Unga ko'ra, bo'lajak o'qituvchilar nazariy bilim va kasbiy ko'nikmani egallashda ruhiy anglash malakasiga ega bo'lishi kerak. Ruhiy anglash va tushunish o'qituvchining muhim metodologik qurolidir. Aks holda, bo'lajak o'qituvchilar voqea va hodisalar mohiyatini, shaxs va jamiyatning tarbiyaviy ehtiyojlarini talab darajasida anglab yetmaydilar.

Zero, diqqat qilinsa, o'qituvchining klaster usuli muhim psixologik xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarni to'liq anglab olmasdan klaster usulining amaliyotga kutilgan darajada tatbiq etib bo'lmaydi. Shu sababli bu borada quyidagilar tavsita etiladi:

- o'qitish jarayoniga klaster usulini tatbiq etish usul bo'lajak o'qituvchilarning ruhiy rivojlanganlik darajasi hisobga olishi kerak. Buning uchun talabaning his-tuyg'usi, tasvvuri va idroki talab darajasida rivojlantirilishi darkor;

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 8 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

- klaster usulini o'qitish jarayoniga tatbiq etish uchun bo'lajak o'qituvchilarning ruhiy tayyorligiga e'tibor berish lozim. Bunda asosiy ko'rsatkich talabalarning iroda va xotirasi shakllanganligidir;

- o'qitishning klaster usulidan foydalanishda bo'lajak o'qituvchilarning ruhiy anglash ko'nikmasiga ega bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun talabalarning ruhiy sezish va bilish darajasiga diqqat qilish kerak bo'ladi.

Mazkur tavsiyalar ilmiy va xususiyatlarga egaligi bilan xarakterlanadi. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayoniga o'qitishning klaster usulini kutilgan darajada tatbiq etish uchun talabalarning ruhiy riviji, tayyorligi va anglash ko'nikmasiga egaligini hisobga olish maqsadga muvofiq. Buning uchun psixologiya mashg'ulotlarida talabalarning his-tuyg'usi, tasavvuri, idroki, irodasi, xotirasi va ruhiy anglash ko'nikmasi o'rganilib borilishi, ularning natijasi sifatida tahliliy ma'qullashlar va tavsiyalar tayyorlanishi kutilgan samarani beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to'g'risida"gi Qarori, // "Xalq so'zi" gazetasi 2017-yil 28-iyul soni

2. Hasanboyev J., To'raqulov X., Haydarov M., Hasnboyev O., Usmanov H., Pedagogika fanidan izohli lug'at.-T.: "Fan va texnologiya" 2019

3. Muhammedov G'. Pedagogika ta'lim innovatsion klasteri: Ehtiyoj, zaruriyat, natija.//www.ZiyoNet. 2019-yil 15-fevral.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.