Научная статья на тему 'PSIXIK VA NARKOLOGIK KASALLIKLARNI DAVOLASH USULLARI VA ULARNI KELIB CHIQISHI'

PSIXIK VA NARKOLOGIK KASALLIKLARNI DAVOLASH USULLARI VA ULARNI KELIB CHIQISHI Текст научной статьи по специальности «Медицинские технологии»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixiatriya / narkologiya / narkomaniya / giyohvandlik / psixikkasalliklar / psixofaolmoddalar / geroin / psixopatiya / nevrozlar / alkogolizm

Аннотация научной статьи по медицинским технологиям, автор научной работы — Namozova Gulasal Qosim Qizi

Mazkur maqolada psixik kasalliklarning kelib chiqishi va uni davolash haqida yozilgan. Psixik kasalliklarni o'rganuvchi psixiatriya fani haqida aytib o'tilgan bo'lib ruhiy kasalliklarning zamonaviy davolash choralari haqida so'z boradi. Shuningdek psixiatriyaning bir tarmog'i hisoblangan narkologiya haqida ham yozilgan. Narkologiya yoxud giyohvandlikning zararli tomonlari haqida qisqacha bayon qilingan. Inson psixik kasalliklarini o'rgangan olimlar va ularning mulohazalari, bugungi kundagi psixik kasallarni, narkologik bemorlarni davolashning yakka tartibdagi ya'ni individual davolash kursi haqida so'z yuritilgan. Narkologiyaga asoslangan 644-son Qonunga binonan endilikda bemorlarni davolashning yangi usullari kuchga kirdi. Shuningdek hozirgi kunda psixik bemorlarni davolash hech qanday taziqlarsiz, bemor xohishiga binonan olib borilmoqda. Maqolada shu va shu kabi mulohazalar haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PSIXIK VA NARKOLOGIK KASALLIKLARNI DAVOLASH USULLARI VA ULARNI KELIB CHIQISHI»

PSIXIK VA NARKOLOGIK KASALLIKLARNI DAVOLASH USULLARI VA ULARNI KELIB CHIQISHI

Namozova Gulasal Qosim qizi Toshkent tibbiyot akademiyasi 5-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10990363

ARTICLE INFO

Received: 11th April 2024 Accepted: 15th April 2024 Published: 18th April 2024 KEYWORDS

psixiatriya, narkologiya,

narkomaniya, giyohvandlik, psixik kasalliklar, psixofaol moddalar, geroin, psixopatiya, nevrozlar, alkogolizm.

ABSTRACT

Mazkur maqolada psixik kasalliklarning kelib chiqishi va uni davolash haqida yozilgan. Psixik kasalliklarni o'rganuvchi psixiatriya fani haqida aytib o'tilgan bo'lib ruhiy kasalliklarning zamonaviy davolash choralari haqida so'z boradi. Shuningdek psixiatriyaning bir tarmog'i hisoblangan narkologiya haqida ham yozilgan. Narkologiya yoxud giyohvandlikning zararli tomonlari haqida qisqacha bayon qilingan. Inson psixik kasalliklarini o'rgangan olimlar va ularning mulohazalari, bugungi kundagi psixik kasallarni, narkologik bemorlarni davolashning yakka tartibdagi ya'ni individual davolash kursi haqida so'z yuritilgan. Narkologiyaga asoslangan 644-son Qonunga binonan endilikda bemorlarni davolashning yangi usullari kuchga kirdi. Shuningdek hozirgi kunda psixik bemorlarni davolash hech qanday taziqlarsiz, bemor xohishiga binonan olib borilmoqda. Maqolada shu va shu kabi mulohazalar haqida so'z boradi.

Odamzod yaralibdiki unda har xil kasalliklar, shu jumladan ruhiy kasalliklar ham bo'lishi mumkin. Tashqi tasirlar yoki jismlar natijasida nafaqat jismoniy shikastlanish balki psixik kasalliklarga ham chalinish mumkin. Psixik kasalliklar kuchli qo'rquv yoki bosh miyaning qattiq jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. Narkologiya tushunchasi ham psixik kasalliklar bilan bog'liq bo'lib bazi tadqiqotchilar psixiatriyaning bir tarmog'i sifatida, boshqalari esa psixiatriyadan paydo bo'lgan alohida mustaqil tibbiyot fani deb hisoblaydilar. Psixiatriya va narkologiya fan sifatida tibbiyot sohasiga yaqinda kirib keldi. Ammo bugungi kunda ular dolzarb muammolarga aylandi. So'ngi yillarda mamlakatimizda psixik kasalliklarni davolash va narkologiyani oldini olish bo'yicha bir qancha amaliy ishlar qilindi. Shuningdek, 27.10.2022-yilda "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash tog'risida"gi O'RQ - 644-son Qonun e'lon qilindi. Hujjat 3 oy o'tgach kuchga kirdi va amaldagi "Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo'lgan bemorlarni majburiy davolash to'g'risida"gi Qonunning o'rnini egalladi. Qonunda Hukumat, Sog'liqni saqlash vazirligi, IIV hamda mahalliy ijro etuvchi organlarning narkologik yordam sohasidagi vakolatlari belgilangan. Narkologik

kasalliklar profilaktikasida ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta'lim muassasalari, mehnat organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ham ishtirok etadi. Bu qonun hozirda o'z kuchida bo'lib tegishli mas'ullar narkologiyani oldini olish bo'yicha ishlar olib bormoqda va psixik kasalliklarni davolash bo'yicha ham bir nechta tadqiqot, ilmiy-amaliy ishlar qilindi.

ASOSIY QISM

Psixik kasalliklarning ko'pgina turlari ( jumladan, avvallari tuzatib bo'lmaydi deb hisoblangan turlari) muvaffaqiyatli davolanmoqda. Ilgarlari nogironlikka chiqarib yuboriladigan o'tkir psixoz bilan kasallangan bemorlarni tuzatib yuborish usullari ishlab chiqildi. Natijada psixiatriya kasalxonalarining yo'nalishi o'zgardi. Psixiatriya ilmining keng rivojlanishi psixiatriya imkoniyatlari ko'lamini oshirdi. Zamonaviy psixiatriya o'tkir psixoz kasalligiga uchragan bemorlarnigina emas, balki psixopatiya, nevrozlarni, alkogolizmni, kayfiyat o'zgaruvchanligi ( emotsional qo'zg'aluvchanlik) va uyqusizlikni ham davolaydi. Xususiy psixiatrita esa ruhiy xastaliklarning alohida turlarini ko'rib chiqadi, qiyosiy diagnostikasi va davolash masalalarini o'rganadi. Bundan tashqari, keyingi vaqtda psixiatriyadan yangi tarmoqlar: bolalar psixiatriyasi, o'smirlar psixiatriyasi va sud psixiatriyasi, narkologiya ajralib chiqdi. Psixiatriyada fiziologiya, psixologiya, genetika va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari keng qo'llaniladi. Ruhiy bemorlarni davolash imkoniyatlari kundan kunga kengayib bormoqda. Masalan, XX asrning 50-yillaridan boshlab ruhiy o'zgarishlarni davolashda markaziy nerz sistemasida sodir bo'ladigan jarayonlarga bevosita ta'sir etadigan psixofarmakologik vositalar qo'llanmoqda. Hozirgi zamon psixiatriyasi faqat klinik fan bo'lib qolmay, balki ijtimoiy va psixologiya masalalarini hal qilishda ham ishtirok etadi. O'tkazilgan ko'plab tadqiqotlar va muhokamalar shuni ko'rsatadiki, narkologik kasalxonalarda giyohvandlarni davolash hozirda samarasiz deb bisoblanadi, chunki 1 yillik statsionar davolanishdan keyin remissiya odatda faqat 9-12% yosh bemorlarda kuzatiladi. G'arb mamlakatlarida giyohvandlik uchun farmakologik davolash usullari, masalan, geroinga qaramlikni palliativ davolash sifatida metadon o'rnini bosuvchi terapiya qilinadi. Rossiyada bu davolash usuli qo'llanilmaydi, chunki metadonning aylanishi butunlay taqiqlanganligi sababli. Narkologiyani davolashning -adekvat va maqbul usullari hozirgi vaqtda individual bemor bilan psixo-tuzatish ishlariga qaratilgan reabilitatsiya psixologik qaramlikni bartaraf etishning boshqa usullari, shu jumladan psixodelik psixoterapiya usullari ( shu jumladan, dori-darmonlarsiz golotropik nafas olish) usullari ham sinab ko'rilgan.

XULOSA

Muxtasar qilib aytganda, Bugungi kunda psixik kasalliklarni hamda narkologik kasalliklarni davolashning bir qancha samarali usullari qo'llanilmoqda va deyarli ular yaxshi natija bermoqda. Ilgarlari psixik kasalliklarning eng yuqori bosqichiga yetgan bemorlarni davolashni iloji bo'lmagan, ularga nogiron odamdek qaralgan. Biroq hozirgi kunda bunday bemorlar ham uzoq muddatli yakka tartibdagi davolash kursidan so'ng kutilgan natijaga ya'ni bemorni avvalgi holatiga qaytarishga erishildi. Narkologiyada esa bemor kasallikning qaysi darajasiga kelganligiga qarab uni davolab tuzatish mumkin. To'g'ri, biz yashab turgan davrda ko'plab og'ir kasalliklarga davo topilgan. Ammo odamlar xususan yoshlar, o'smirlar shuni unutmaslik kerakki, narkologiya bu o'limga yo'l. Narkotik moddalar inson qon bosimiga, aqliy faoliyatiga, sog'lom turmush tarziga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Yosh organizmni o'limga, homilador ayolning hali tug'ilmagan bolasini nogiron bo'lib dunyoga kelishiga sabab bo'ladi. Har yili

dunyoda millionlab insonlar narkologiyadan vafot etadilar. Har yili o'lim soni ortib boradi. Bundan ko'rinib turibdiki, odamlar o'rtasida psixatrop va psixofaol moddalarga bo'lgan qaramlik ham ortyapti. Ayniqsa giyohvandlik o'smirlar o'rtasida avj oldi. Yoshlarning narkologiya haqida tushunchasi yetarli emasligi oqitbatida, bu og'uning kushandasiga aylanib qolmoqda. Shuning uchun, so'ngi yillarda mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish bo'yicha profilaktik ishlar olib borildi. Yoshlarga narkomaniyaga duchor bo'lmaslik to'g'risida ko'rsatmalar berildi. O'ylaymanki endi bu kasallikning bemorlari yildan yilga ortmaydi balki kamayadi. Zero giyohvandlik bu —umr zavoli.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya, 2004-2017.

2. Psixiatriya va Narkologiyada hamshiralik ishi. Toshkent . "IQTISOD-MOLIYA" 2008.

3. Psixiatriya. Xodjayeva.N.I. Yusupova.A.U Alimov.U.X. Magzumova.Sh.Sh. Toshkent 2011.

4. Бекмиров, Т. Р. (2021). Формирование эмоциональная устойчивость личности. Интернаука, (1-2), 26-27.

5. Bekmirov, T. R. (2020). Psychological features of adaptation and integration of children with developmental disabilities. Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research, 125-129.

6. Рашидович , Б. Т. . (2022). ПОНЯТИЯ НЕВРОЗА В ПСИХОЛОГИИ И ИХ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 90-93.

7. Мелибаева, Р. Н. (2018). Проблема умственного развития в трудах психологов советского периода. In International scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 127-129).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.