Научная статья на тему 'PROPOFOL TIVA (UMUMIY VENA ICHI ANESTEZIYASI) JARROHLIK AMALIYOTI O’TKAZILAYOTGAN BEMORLARDA ANESTEZIYA UCHUN ENG YAXSHI TANLOV'

PROPOFOL TIVA (UMUMIY VENA ICHI ANESTEZIYASI) JARROHLIK AMALIYOTI O’TKAZILAYOTGAN BEMORLARDA ANESTEZIYA UCHUN ENG YAXSHI TANLOV Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
propofol TIVA / ingalatsion anestetiklar / antiemetik ta’sir / operasiyadan keyingi asoratlar.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Safarov U.B., Abdusalomov Sardorjon

Berilgan tezisda propofolning anesteziyadagi afzalliklari o'rganilib, uning an'anaviy ingalatsion anesteziya usullariga nisbatan afzalliklarini yoritib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROPOFOL TIVA (UMUMIY VENA ICHI ANESTEZIYASI) JARROHLIK AMALIYOTI O’TKAZILAYOTGAN BEMORLARDA ANESTEZIYA UCHUN ENG YAXSHI TANLOV»

PROPOFOL TIVA (UMUMIY VENA ICHI ANESTEZIYASI) JARROHLIK

AMALIYOTI O'TKAZILAYOTGAN BEMORLARDA ANESTEZIYA

UCHUN ENG YAXSHI TANLOV

Safarov U.B.

Ilmiy rahbar: Respublika Shoshilinch Tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy Filiali Radiologiya bo'limi mudiri tibbiyot fanlari nomzodi Abdusalomov Sardorjon Sheraliyevich.

Respublika Shoshilinch Tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy Filiali

" Anezteziologiya va reanimatologiya" yo'nalishi 2-bosqich klinik ordinatori

Annotatsiya: Berilgan tezisda propofolning anesteziyadagi afzalliklari o'rganilib, uning an'anaviy ingalatsion anesteziya usullariga nisbatan afzalliklarini yoritib beradi.

Kalit so'zlar: propofol TIVA, ingalatsion anestetiklar, antiemetik ta'sir, operasiyadan keyingi asoratlar.

Аннотация: В данной тезиси рассматриваются преимущества пропофола в анестезии и подчеркиваются его преимущества перед традиционными методами ингаляционной анестезии.

Ключевые слова: пропофол ТИВА, ингаляционные анестетики, противорвотное действие, послеоперационные осложнения.

Annotation: This thesis examines the advantages of propofol in anesthesia and highlights its advantages over traditional inhalation anesthesia methods.

Key words: propofol TIVA, inhalation anesthetics, antiemetic effect, postoperative complications.

Anesteziya jarrohlik muolajalarining muvaffaqiyatli chiqishida, bemorning qulayligi va xavfsizligini ta'minlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. So'nggi yillarda, xususan, sog'liqni saqlash tizimida propofol bilan umumiy vena ichiga anesteziyasi (TIVA) dan foydalanishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ushbu maqola propofol TIVA

ning jarrohlik amaliyotlarida afzalliklarini o'rganib, uning an'anaviy ingalatsion anesteziya usullariga nisbatan afzalliklarini yoritib beradi.

Umumiy vena ichi anesteziyasi (TIVA) anestezik vositalarni faqat tomir ichiga yuborishni o'z ichiga olgan narkoz turi hisoblanadi. Bundan farqli o'laroq, ingalatsion anesteziya nafas yo'llari orqali yuboriladigan gazli anestetiklarga tayanadi. Ikkala usul ham samarali bo'lsa-da, ular bemorning qayta hushiga kelishi, xavfsizligiga va hayotiy ko'rsatkichlariga ta'sir qiluvchi alohida farmakologik xususiyatlarni namoyon etadi.[2,B.430]

Propofol qisqa ta'sir ko'rsatadigan vena ichiga yuboriladigan anestetik, tez ta'sir qilishi va qisqa vaqtli sedatsiyasi tufayli ko'pincha anesteziologlar tomonidan tanlangan dori hisoblanadi. Propofol ayniqsa, tez xushiga kelish vaqtini talab qiluvchi ambulator operatsiyalar va muolajalarda anchagina qo'l keladi. Bemorlar odatda ingalatsion anesteziyaga qaraganda tezroq xushiga keladi, bu esa operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishga xissa qo'shadi.[1,B.210]

Propofol TIVA yuqori gemodinamikani barqarorligini ta'minlaydi, operatsiya vaqtida qon bosimi va yurak urishini kamaytiradi. Bu jarrohlik amaliyotini o'tkazayotgan bemorlar, ayniqsa yurak-qon tomir kasalliklari bo'lganlar uchun juda muhimdir, chunki bu operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytiradi.

Ko'ngil aynishi va qusish anesteziyaning tez-tez uchraydigan nojo'ya ta'siri bo'lib, bemorga amaliyot davrida sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, propofol yuborilgan bemorlarda ingalatsion anesteziya olgan bemorlarga qaraganda operatsiyadan keyingi ko'ngil aynish va qusish kamroq bo'ladi. Bu operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytiradi, bemorning qoniqishini oshirishga va tezroq tiklanishiga olib keladi.[3]

Respublika Shoshilinch Tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy Filiali anesteziologiya va reanimatsiya bo'limida 2022-2024 yillar davomida propofol yordamida o'tkazilgan umumiy vena ichi anesteziyasi (TIVA) va ingalatsion anesteziya olgan 600 dan bemorlar o'rganildi. TIVA (propoldan foydalanilgan) ingalatsion anesteziyaga qaraganda operatsiyadan keyingi xavf soluvchi asoratlari

jumladan, ekstubatsiyadan keyin qusish, operasiyadan keyingi o'tkir og'riqlar, amaliyotdan keyingi qon ketish kamroq ekanligi o'rganildi.

Dunyo bo'yicha qilinayotgan tadqiqotlar propofol foydalanilgan umumiy vena ichi anesteziyasi (TIVA) ingalatsiyali anesteziyadan ko'ra ko'proq afzalliklarga ega ekanligini ko'rsatmoqda. Biroq, propofolning yarim parchalanish davri qisqa va uning foydasi TIVA ingalatsion anesteziya bilan kombinirlangan holda qo'llanilganda maksimal darajaga yetishi amaliyotda isbotlangan.

Adabiyotlar:

1. Eshonov O.Sh. "Anesteziologiya reanimatologiya va intensiv terapiya "O'quv qo'llanma. Toshkent 2010. 360 bet.

2. Сумин С.А., Руденко М.В., Бородинов И.М. "Анестезиология и реаниматология" 2009.

3. Internet ma'lumotlar: www.anesthesiologynews.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.