Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIMDA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING XUSUSIYATLARI (MALAKA OSHIRISH MISOLIDA)'

PROFESSIONAL TA’LIMDA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING XUSUSIYATLARI (MALAKA OSHIRISH MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
masofaviy ta’lim / malak oshirish / qayta tayyorlov / kombinatsiya / ijtimoiylashuv / koʻnikma / didaktik ta’minot / samaradorlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Roʻziyev Dilshod Ubaydullayevich, Nosirov Bunyodjon Gʻofforali Oʻgʻli

Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim shakli asosan katta yoshli ta’lim oluvchilarni oʻzida jamlagan holda, ular bilan alohida metodika asosida ta’lim jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Chunki ular bilan ta’lim jarayonini olib borish yosh koʻrsatkichlari, hayotiy tajribalar va boshqa xususiyatlar bilan boshqa ta’lim jarayonlaridan tubdan farq qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIMDA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING XUSUSIYATLARI (MALAKA OSHIRISH MISOLIDA)»

PROFESSIONAL TA'LIMDA MASOFAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING XUSUSIYATLARI (MALAKA OSHIRISH MISOLIDA)

1Ro'ziyev Dilshod Ubaydullayevich, 2Nosirov Bunyodjon G'offorali o'g'li

Professional ta'limni rivojlantirish instituti direktor o'rinbosari, dotsent 2Professional ta'limni rivojlantirish instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13898113

Annotatsiya. Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta'lim shakli asosan katta yoshli ta'lim oluvchilarni o'zida jamlagan holda, ular bilan alohida metodika asosida ta 'lim jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Chunki ular bilan ta'lim jarayonini olib borish yosh ko'rsatkichlari, hayotiy tajribalar va boshqa xususiyatlar bilan boshqa ta 'lim jarayonlaridan tubdan farq qiladi.

Kalit so'zlar: masofaviy ta'lim, malak oshirish, qayta tayyorlov, kombinatsiya, ijtimoiylashuv, ko'nikma, didaktik ta'minot, samaradorlik.

Аннотация. Форма обучения повышению квалификации и переподготовке требует организации учебного процесса по отдельной с ними методике, сосредоточения в основном взрослых учащихся. Потому что ведение учебного процесса с ними принципиально отличается от других учебных процессов возрастными показателями, жизненным опытом и другими особенностями.

Ключевые слова: дистанционное обучение, развитие навыков, обучение, комбинация, социализация, навыки, дидактическое обеспечение, эффективность.

Abstract. Skill Development and retraining the form of Education requires the organization of an educational process based on a separate methodology with them, concentrating mainly adult learners. Because carrying out the educational process with them is fundamentally different from other educational processes with age indicators, life experiences and other characteristics.

Keywords: distance education, skill enhancement, retraining, combination, socialization, skills, didactic provision, efficiency.

Ta'lim jarayoni uzluksiz davom etuvchi jarayon bo'lib, "Hayot davomida ta'lim olish" prinsipiga asosan yoshidan qat'iy nazar barcha ta'lim hodimlarini to'laqonli qamrab olish, ularni zamonaviy yangi bilim, ko'nikmalar bilan tanishtirib borish kattalar ta'limining asosiy vazifasi hisoblanadi. Kattalar ta'limi asosan malaka oshirish va qayta tayyorlash shaklida namoyon bo'lib, ularda ta'lim jarayonlarini tashkil etishda axborot kommunikatsiyalar integratsiyasining asosiy konseptual g'oyasi o'quv, ijtimoiy, kasbiy muhitni yaratishni o'z ichiga oladi.[1] Amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlarida malaka oshirish yoki qayta tayyorlash jarayonlarida masofaviy ta'limning mavjudligi qizg'in munozaralarga sabab bo'lmoqda.

Masofaviy ta'lim haqida o'z g'oyalarini ilgari surgan C.Vedemeyer masofaviy ta'lim haqida "Oddiy yozishmalar, elektron xatlar hamda CD disklar orqali amalga oshirilayotgan jarayonni amaliyot bilan bog'lash nazariyasi ishlab chiqilmaganligi masofaviy ta'lim g'oyasini bir muncha zaiflashtirdi va bu sohaning tan olinishiga jiddiy zarar keltirmoqda." degan edi.[2] Boshqa tomondan, masofadan turib ta'limni amalga oshirish ta'limga oid yana bir qancha samarali yondashuvlar uchun yo'l ochdi. Masofaviy ta'limning nazariy jihatlari asosan, o'tgan asrning oxirgi o'n yilliklarida ishlab chiqilgan bo'lib, sanoat uchun professional kadrlar tayyorlashga bo'lgan ehtiyojning o'sib borishi bilan masofaviy ta'limni amaliyotga joriy etish yanada tezlashdi.

Masofaviy ta'lim texnologiyalarini pedagogik amaliyotda va boshqaruvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan integratsiyalash orqali foydalanish pedagogik tizimning evolyutsiyasini belgilaydi. Masofaviy ta'lim texnologiyalari ta'lim muassasalari o'quv jarayonining barcha subyektlari, shu jumladan o'qituvchining funksiyalarini sezilarli darajada o'zgartiradi, uning malakasi va vakolatiga yangi talablar qo'yadi.

Shuningdek masofaviy malaka oshirish makon doirasida chegaralanmasdan, balki mavjud bo'shliqlarni to'ldirib boruvchi kirish, asosiy bilimlarni o'zlashtirish, nazorat qilish va qo'llab-quvvatlash hamda faoliyat davomiyligini ta'minlash orqali rivojlantirish bosqichlarini o'z ichiga oladi.(1-jadval)[3]

1-jadval

Kirish ushbu bosqichda tanlangan kurslarning asosiy qoidalari bilan tanishish, tinglovchilarning ehtiyojlari va muammolariga muvofiq ta'lim dasturi tarkibini tuzish, o'z-o'zini baholash, mustaqil ravishda amaliy ko'nikmalarni egallash va o'quv materiallari bilan ishlash,

Asosiy bilimlarni o'zlashtirish faoliyat uchun zarur bo'lgan asosiy bilim va ko'nikmalarni egallash, egallangan bilimlardan vosita sifatida foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, aqliy, ijodiy, kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish, o'z-o'zini tarbiyalash qobiliyatini rivojlantirish.

Nazorat qilish va qo'llab- quvvatlash o'quv faoliyati davomida har jihatdan qo'llab-quvvatlash bilan birga muntazam nazoratni amalga oshirish, yangi loyihalarni ilgari surishda yordam berish.

Faoliyat davomiyligini ta'minlash orqali rivojlantirish kurslarga jalb qilingan tinglovchilarni o'qish va o'qishni davom ettirishga undash orqali shaxsiy, kasbiy rivojlanish jarayonlarini qo'llab-quvvatlash, kasbiy faoliyatni tashkil etishga ko'maklashish.

1-rasm

Kattalar ta'limiga so'nggi yillarda odatiy ta'lim shakli sifatida qaralayotgan bo'lsada, ular uchun o'quv faoliyatini tashkil etish o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa ta'lim shakllaridan tubdan farq qiladi. Amalga oshirilgan tadqiqot ishlari tahlili asosida biz quyidagi asosiy xususiyatlarni alohida ko'rsatib o'tishni maqsadga muvofiq deb topdik(1-diagramma)[4]:

Kattalarni ta'limga majburlash emas xohishni shakllantirish - bu shunday jarayonki katta yoshdagilarda buyruqlarga amal qilishdan ko'ra mustaqil qaror qabul qilish ko'nikmalari kuchliroq shakllangan bo'ladi. Shuning uchun ularga ixtiyoriy o'qish va bu o'qishning ular kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqida tushunchalarni bergan holda o'z hoxishlariga ko'ra o'qishlarini tashkillashga erishish zarur.

Ta'limda ko'proq umumiylikdan xususiylikka e'tibor qaratish - malaka oshirish yoki qayta tayyorlash jarayonlarida ishtirok etuvchilar umumiy bilimlarga yetarlicha ega bo'lsada, kasbiy faoliyatning asosiy ko'rsatkichlari, zamonaviy talablar va yangiliklar yoki har bir ilmiy asoslangan kichik detallarga qiziqishlari yuqoriroq bo'ladi. Shuning uchun qisqa va aniq ma'lumotlarga asoslanish ularda qiziqishni oshishiga sabab bo'la oladi.

Raqobatning salbiy ta'sirini inobatga olib do'stona muhitni ta'minlash - shaxsiy fikri va dunyoqarashi shakllangan insonlarda raqobatni noto'g'ri qabul qilish, tanqidlarga salbiy fikr yuqori darajada bo'lib, ularda yosh ko'rsatkichlarining katta tafovuti ham bunga katta ta'sir etadi. Shuning uchun doimo do'stona muhitni ta'minlash asosiy talablardan biridir.

Muntazam yangiliklarni qo'llash orqali jalb etish muhimligi - yig'ilgan hayotiy tajribalar katta yoshli ta'lim oluvchilarni jalb qilish yoki hayratlantirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi bilan birga, yangiliklardan foydalanmaslik zerikish, diqqatni jamlay olmaslik va boshqalarga sabab bo'lishi mumkin.

Nisbiy baholash yoki testlar emas o'z-o'zini baholash muhimligi - mustaqil fikri shakllangan insonlarda baholash jarayonida boshqalardan kamroq ball olishi uning hayotida katta ahamiyat kasb etmasligi haqidagi tushunchalar uning qiziqishlarini so'nishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib ularni baholash emas, o'z-o'zini tahlil qilish orqali tanqidiy ko'rib chiqish ko'nikmalarini shakllantirish baholashdan ko'ra kattaroq ahamiyat kasb etishi mumkin.

Muammolar bugunga emas kelgusi faoliyatga yo'nalganligi - ta'lim yoki kasbiy faoliyatdagi bugungi kun muammolari ular uchun yangilik bo'la olmaydi, shu sababdan ham ular kelgusi faoliyati haqida bugungidan ko'proq o'ylashadi, fikr yuritishadi. Bu esa pedagogdan huddi ulardek fikrlashni, har bir mavzu doirasida kelgusi o'zgarishlarni ham ko'zda tutishni talab etadi.

Nazariydan ko'ra amaliy ko'nikmalarning shakllanganligi - bu eng muhim xususiyatlardan biri bo'lib, pedagog va tinglovchi o'rtasidagi munosabatga katta ta'sir qiluvchi omil hamdir. Malaka oshiruvchi yoki qayta tayyorlov jarayonlarida ta'lim olayotganlar allaqachon pedagog berayotgan bilimlarni amaliyotda qo'llagan, ayrim hollarda nazariyaga nisbatan qara-qarshi tajribalarni ham kuzatgan bo'lib, bu pedagogdan nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlashni taqozo etadi.

Masofaviy ta'limni turli texnologiyalar va modellar bilan birlashtirish hamda boyitish, didaktik maqsad va vazifalarga eng yuqori samaradorlik bilan erishishni ta'minlash orqali masofaviy ta'lim qamrovini yanda oshirishga erishish mumkin.[5] Bugungi kunda o'quv jarayonini tashkil etish sohasidagi mutaxassislar uchun eng maqbul, shuningdek didaktik jihatdan asoslangan turli xil masofaviy ta'lim texnologiyalarini o'quv jarayoniga kombinatsiyalash ya'ni aralash rejimdagi o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish usuli eng oqilona yo'l sifatida qaralmoqda.

REFERENCES

1. Лернер И.Я. Дидактические основы методов обучения. - М.: Педагогика, 1981.

2. Золотарев.А.А. "Теория и методика систем интенсивного информатизированного обучения. Дидактические основы создания эффективных систем обучения." Разд.1. Концепция систем интенсивного информатизированного обучения: Учебное пособие. -М.: МГИУ, 2003.- 68 с.

3. Беспалько В.П. Основы теории педагогических систем. - Воронеж: ВГУ, 1977

4. Бочков В.Е. Оценка особенностей инновационных моделей организации учебного процесса на основе феноменологической классификационной системы /Ж.: Качество. Инновации. Образование. - М.: ЕЦК - 2003.- №4 (8), с. 42-57

5. https://indiaeducation.net/online-education/articles/what-is-online-education/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.