Научная статья на тему 'PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI'

PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4810
688
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pragmalingvistika / pragmatik «fetishizm» / N.Chomskiy taʼlimoti / deyktik ibora / kognitologiya. / pragmalinguistics / pragmatic "fetishism" / the teachings of N. Chomsky / deictic expression / cognitive science.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. Vosiljonov

Ushbu maqolada asosiy maqsad sifatida quyidagi vazifalar o`rtaga qo`yildi: ● pragmatika tilshunoslik fanining alohida bo`limi sifatida shakllanishining tarixiy ildizlarini aniqlash; ● lingvistik pragmatikaning umumnazariy masalalarini ajratish; ● pragmalingvistika sohasiga oid tadqiqotlar tarixini o’rganish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS ANALYTICAL DEVELOPMENT

The main objectives of this article are: ● the history of the formation of pragmatics as a separate branch of the science of linguistics identify the roots ● highlight general theoretical issues of linguistic pragmatics; ● study the history of research in the field of pragmalinguistics.

Текст научной работы на тему «PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI Vosiljonov Azizbek Boxodirjon o'g'li

FarDu Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7336283

Annotatsiya. Ushbu maqolada asosiy maqsad sifatida quyidagi vazifalar o rtaga qo yildi:

• pragmatika tilshunoslik fanining alohida bolimi sifatida shakllanishining tarixiy ildizlarini aniqlash;

• lingvistik pragmatikaning umumnazariy masalalarini ajratish;

• pragmalingvistika sohasiga oid tadqiqotlar tarixini o'rganish.

Kalit so'zlar: pragmalingvistika, pragmatik «fetishizm», N.Chomskiy ta'limoti, deyktik ibora, kognitologiya.

ПРАГМАЛИНГВИСТИКА И ИСТОРИЯ ЕЕ АНАЛИТИЧЕСКОГО

СТАНОВЛЕНИЯ

Аннотация. Основные цели этой статьи следующие:

• история становления прагматики как отдельной отрасли науки о языкознании

определить корни;

• выделять общетеоретические вопросы лингвистической прагматики;

• изучить историю исследований в области прагмалингвистики.

Ключевые слова: прагмалингвистика, прагматический «фетишизм», учение Н. Хомского, дейктическое выражение, когнитология.

PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS ANALYTICAL

DEVELOPMENT

Abstract. The main objectives of this article are:

• the history of the formation of pragmatics as a separate branch of the science of linguistics

identify the roots

• highlight general theoretical issues of linguistic pragmatics;

• study the history of research in the field ofpragmalinguistics.

Keywords: pragmalinguistics, pragmatic "fetishism", the teachings of N. Chomsky, deictic expression, cognitive science.

KIRISH

Pragmalingvistikaning shakllanish tarixi Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo'nalishi sifatida o'tgan asrning 60-70-yillarida shakllandi. 1970 yilda Dordrext shahrida «Tabiiy tillar pragmatikasi» mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. Ushbu anjumanda o'qilgan ma'ruzalar to'plamining muharriri, Tell-Aviv universitetining professori M.Bar -Hillelning «So'z boshi»da qayd qilishicha, anjuman ishtirokchilari yakdillik bilan «Tabiiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatlari ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariya doirasida o'rganilishi lozim», degan xulosaga kelishdi. Pragmatikaning «qayta tug'ilish davri» - deb e'tirof etilgan xuddi shu paytdan boshlab, xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik ko'tarilish yuzaga keldi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bu mavzuga oid qator anjumanlar, yig'inlar o'tkazildi, chop qilinayotgan to'plamlar, ilmiy tadqiqotlarning chegarasi yo'q, Gournal of Pragmatics tom ma'noda xalqaro nashrga aylandi. Bu darajada jadal taraqqiy etayotgan fan sohasining to'lig'icha shakllanishi, o'zligini ajratib olishi uchun uning predmetini, asosiy tushunchalari, tamoyillarini belgilab olish zarurati tug'ilishi muqarrar. Afsuski, qator tadqiqotchilarning urinishlariga qaramasdan, bu muammo o'z yechimini topganicha yo'q, hanuz pragmatikaning boshqa tilshunoslik sohalari qatorida tutgan o'rni, uning sohalararo munosabati haqida aytilayotgan fikrlarning oxiri ko'rinmayapti. Bu bir tomondan, yaxshi, sohaning muhimligi, ko'tarilayotgan masalalarining ko'pligi, tanlangan yo'nalishning dolzarbligi barchaning e'tiborini tortayotganligi isbotidir. Ikkinchidan esa, soha predmetining ravshan bo'lmasligi, tamoyillar chalkashligi, murojaat qilinayotgan tamoyil, tushunchalarning betartib qo'llanishiga, xulosalarning noaniqligiga sabab bo'lishini ham unutmaslik kerak.

TADQIQOT NATIJALARI

Keyingi yillarda «pragmatika» atamasini qo'llamaydigan tilshunos qariyb qolmadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Natijada, o'ziga xos pragmatik «fetishizm» holati paydo bo'lib, bajarilgan tadqiqotlarda atamaning qo'llanishidan tashqari, uning mazmuniga oid biror bir ma'lumotni topish qiyinlashib bormoqda. Lozim bo'lsa, bo'lmasa atama qo'llanaversa, uning negizida turgan tushunchaning siyqalanishiga olib kelinishi turgan gap. Inchunun, lisoniy birliklar pragmatik xususiyatlari, ularning pragmalingvistik tahlili haqida gapirishdan oldin «Pragmalingvistika nima bilan shug'ullanadi?», «Uning tadqiqot obyekti va predmeti nimadan iborat?», «Pragmatikaning asosiy tushunchalari, tamoyillari qaysilar?» kabi savollarga javob izlashga majburmiz. J.Layonz tilshunoslarning 12 - xalqaro kongressida (Vena, 1977) pragmalingvistikaning predmetini aniqlash va uning ta'rifini berishga harakat qildi. «Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axborotni xuddi so'zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos keladigan lisoniy birliklarning kommunikatsiyada qo'llanishini tavsiflaydi. Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqotdagi rolini aniqlash bilan shug'ullanadi, deyish demakdir». Ushbu ta'rifning asosida lisoniy harakatdagi ko'zlanayotgan maqsad va unga erishish vositasi o'rtasidagi munosabat turibdi. «Sabab-motiv-matssad» zanjiri nutqiy faoliyat rejasini shakllantiradi va uning voqelanishini ta'minlaydi. Xuddi shu narsa A.Kasherni pragmalingvistik tahlilning asosiy maqsadini «qo'yilgan maqsadga erishishda lisoniy vositalardan foydalanishni ta'minlovchi insonga xos bo'lgan qobiliyat qoidalarini» yoritish va tushuntirish deb tavsiflashga undaydi. Pragmalingvistikaga berilayotgan ta'riflarni qiyoslaganimizda, ularning barchasida ushbu soha predmetini yoritishda yetishmayotgan to'laqonlilikni, ayrim holda bir ta'rif ikkinchisida ifodalanayotgan mazmunga qandaydir bir «soya» tushirayotganligini sezamiz. Balki ushbu masalaga turli tomonlama yondashuv orqali «barcha sarhadlar bo'ylab hujum qilish» yo'li bilan umumiy holatni, o'rganilayotgan hodisaning to'liq suratini tasvirlash mumkindir. Buning isbotini izlash maqsadida pragmalingvistik adabiyotlarda berilib kelinayotgan ayrim ta'riflarni eslatishga va qisman izohlashga harakat qilmoqchiman. Amerika tilshunoslarining ko'p hollarda lisoniy faoliyatga oid har bir hodisa tahlilida N.Chomskiy ta'limotiga tayanishga harakat qilishlari sezilib turadi. Pragmalingvistik tadqiqotlar ham bundan mustasno emas. Nutqiy harakatlar ijrosi negizidagi propozitsiya mazmuni va kommunikativ maqsadni namoyon qilish (illokutsiya) munosabatini o'rgangan J.Katts pragmatika predmetini Chomskiy ta'limotidagi lisoniy qobiliyat va nutqiy ijro, faollik qarama-qarshiligida ko'radi. Uningcha, pragmatik nazariya gaplarning ma'nosini ma'lum muhitda (kontekstda) talaffuziga binoan chegaralash

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

imkonini yaratadi. «Grammatika gap turlari strukturasi haqidagi ta'limotdir, pragmatika esa aksincha, lisoniy tuzilmalarning qurilishi, ularning grammatik xususiyat va munosabatlarini yoritish bilan shugullanmaydi. Pragmatik nazariyalar gap belgisi va propozitsiyaning matndagi muvofiqligini so'zlovchi va tinglovchi tomonidan oqilona ta'minlanishini o'rganadilar. Shunga nisbatan, pragmatik nazariya nutqiy faollik (performatsiya) nazariyasining ma'lum bir qismidir». Pragmalingvistik tadqiq doirasini bu darajada toraytirish uni faqatgina nutqiy ijro faoliyati bilan chegaralab qo'yish nazariyani tor ko'chaga yetaklashdan boshqa narsa bo'lmasa kerak. Bunday holatda lisoniy tahlil o'z poydevori - lisondan ajralib qoladi. Shubhasiz, lisoniy faoliyatning yuzaga kelishida sotsial muhit, muloqot vaziyati muhim rol o'ynaydi va shakllanayotgan birlikning mazmuni matn yoki kontekstda namoyon bo'ladi, aniqlanadi. J.Katts keltirgan misollar: «quyon» va «quyoncha» hamda yoki «it» va «kuchukcha» juftliklarining ikkinchi so'zlarini («quyoncha», «kuchukcha») bolalarga nisbatan yoki ularning o'zlari tomonidan ishlatilishi to'gri. Ammo ular mazmunidagi erkalash, kichraytirish ma'nolari matnga ham ma'lum. Bu ma'nolar lisoniy xarakterga ega va leksik yoki morfologik ifoda vositasiga ega ekanligi ko'rinib turibdi. Olmon olimlari pragmatika sohasini keng ma'noda talqin qilish, uni tilshunoslikning umumlashtiruvchi sohasi sifatida e'tirof etishni ma'qul ko'rishadi. Masalan, «Olmon lingvistik qomusi»ning mualliflaridan biri, matn tilshunosligi bo'yicha yirik mutaxassis Z.Shmidt «pragmalingvistika» va «matn lingvistikasi» tushunchalari yagona bir mazmun anglatishini va ular birgalikda lisoniy muloqot umumiy nazariyasinishakllantirishini hamda ushbu nazariya,kommunikativ tilshunoslik sohasi sifatida, matn grammatikasi va an'anaviy grammatikani ham qamrab olishini isbotlash niyatida ekanligini bildiradi. Mualliflar soni ko'paygani sari berilayotgan ta'riflardagi turli xillik, fikrlar zidligi ham o'sib borayotganligining guvohi bo'lmoqdamiz. Oxirgi 60-70 yil davomida pragmatikaning doirasi, qamrovi shunchalik kengaydiki, yagona bir nazariya va uning chegarasi haqida biror bir to'xtamga kelishning o'zi qiyinlashib bormoqda. Buning ustiga, pragmalingvistikaning taraqqiyotiga kognitologiya, madaniy antropologiya, falsafa, mantiq, sotsiologiya, faoliyat nazariyasi kabi tilshunoslikning sarhaddoshlari va sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, matn nazariyasi kabi sohalari ham hissa qo'shib kelmoqda. Pragmalingvistik tadqiqotlarning predmetini nimalar tashkil qilmog'i darkorligi masalasi ham o'z dolzarbligini hanuz saqlab kelyapti. Yuqorida pragmatikani tor ma'noda talqin qiluvchi ayrim ta'riflar keltirildi. Xuddi shu yo'sindagi pragmatik tadqiqot doirasining toraytirilishini ayrim faylasuflarning fikrlarida ham sezish mumkin. U. Montegyu, P.Stroson kabilar pragmatikaning tadqiqot predmeti sifatida deyktik iboralar («men», «sen», «bu yerda», «u yerda», «hozir», «o'sha paytda» kabilar) mazmunini tavsiflashdan iborat deb qarashadi. Ushbu birliklarning referentini matnsiz aniqlash mushkul ekanligi ma'lum. Ularning ma'nosini ravshanlantiruvchi eng kichik matn (minimal kontekst) so'zlovchi, tinglovchi, zamon, makon, registr, stilb, nutqiy harakat turi kabilarni inobatga oladi. Pragmatikaning keng miqyosdagi talqini uning tadqiq doirasiga insonning maqsadli harakat turlarining kiritilishida namoyon bo'ladi. Pragmatikaning bu ikki qutbli talqini doimo bir-biriga qarab intiladi va turli tadqiqotlarda pragmatika tushunchasiga berilayotgan tavsiflar bir-birini to'ldirib, ravshanlashtirib borayotgandek tuyuladi. Turli ishlarda qayd etilishicha, pragmalingvistika lisonning qo'llanishi bilan shug'ullanuvchi, nutqiy vaziyatda (kontekstda) faollashgan til tizimi haqidagi fan, tilni rejalashtirilayotgan maqsad nuqtayi nazaridan tadqiq qiluvchi fan, nutq aktlarini tavsiflovchi nazariya, konversatsion (ogzaki nutq) tahlil nazariyasi, shaxslararo munosabatlarni ifodalovchi lisoniy vositalarni o'rganuvchi soha va hokazo. Rus

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tilshunoslari N.D.Arutyunova, Yu.S.Stepanovlar pragmatikani badiiy kommunikatsiyaning subyektiv xususiyatlarini, matnda uni ijodkorlarining «men»ini ifodalanishi uslublarini o'rganuvchi nazariya sifatida qarashni taklif qilishdi. Pragmatikani so'zlovchining voqelikka, axborot mazmuniga va adresatga (tinglovchi, o'quvchi) bo'lgan munosabatining lisoniy birlik mazmunidan joy olgan ta'sirchanlik kuchini aniqlovchi fan (nutqiy ta'sir nazariyasi) sifatida tasavvur etuvchilar ham yo'q emas. Niderland olimi T.A. van Deyk va uning izdoshlari lisoniy nutqiy qurilmalarining muloqot vaziyati uchun «yaroqliligi» masalasini nazariy jihatdan yoritish pragmatikaning maqsadi, deb hisoblaydi. Ushbu nazariyaning asosiy vazifasi nutqiy aktlarning kognitiv mazmunini yaratish, ularni esda saqlab qolish hamda ma'lum ijtimoiy-madaniy muhitda til tizimidan foydalanish va shu asnoda kommunikatsiya modelini shakllantirish muammolarini o'rganishdir. Xullas, pragmalingvistikaning predmetini aniqlash borasidagi urinishlar davom etmoqda, ushbu sohaga berilgan ta'riflar ham bisyor, ammo yuqorida eslatilgan ta'riflardan hech biri tilshunoslikning ushbu sohasiga oid asosiy tushunchalarning mazmunini aks ettira oladigan darajadagi umumiylikka da'vogarlik qila olmaydi.

MUHOKAMA

Pragmalingvistikani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida ajratish va uning o'rganish obyekti, predmetini aniqlash uchun lisoniy birliklarning turli kommunikativ muhitda pragmatik qiymati, «bahosi», mundarijasining namoyon bo'lishini ta'minlovchi omillarni izlamoq darkor. Lisoniy birliklarning har qanday sharoitda namoyon bo'ladigan belgilari ularning ontologik va vazifaviy (funksional) xususiyatlari namunasidir. Pragmalingvistik tadqiq metodologiyasi, birinchidan, o'z falsafiy asosiga ega bo'lishi kerak bo'lsa, ikkinchidan, xuddi shu xususiyatlarni (ontologik va vazifaviy) aniqlash imkoniyatini yaratmog'i lozim. Bunday metodologiyaning tayanch nuqtasi xizmatini, so'zsiz, faoliyat tamoyili yoki umuman faoliyat falsafasi o'tashi mumkin. Faoliyat kategoriyasining lingvistik tadqiqotlarda asosiy metodologik tamoyil sifatida qabul qilinishi kommunikativ tizimning tarkibiy qismlari, ularning tuzilishi, lisoniy va nolisoniy

mohiyati haqida batafsilroq bilimga ega bo'lish imkonini yaratadi. Muloqot jarayonining faoliyat tamoyili nuqtai nazaridan yoritilishi pragmalingvistikaga nazariy libos kiydirishbilan bir qatorda, olamni bilish va lisoniy faoliyatning tutashganligini isbotlovchi dalillar topishga zamin hozirlaydi. Axborot almashinuvini taqozo etuvchi nutqiy muloqot hissiy va ratsional (oqilona) bilish harakatlarining o'zaro aloqasi natijasidir. XULOSA

Xulosa o'rnida aytganda, tilshunoslikning navqiron sohasi pragmalingvistikaning istiqboli haqida fikrlar ko'p, ularni davom ettirish mumkin. Istiqbol endi boshlanmoqda. Pragmalingvistikaning "mevalari" etnopragmatika, sotsiopragmatika, etnosotsiopragmatika, madaniyatlararo pragmatika, qiyosiy pragmatika kabilarning taraqqiyoti nutqiy faoliyat haqidagi yangi nazariy fikrlarning tug'ilishiga sabab bo'lishi bilan bip qatorda, til ta'limi uslubiyatining yangi qoyalar, metodlar bilan boyitishiga gumon yo'q. Bundan tashuari, pragmalingvistik bilim millatlararo, xalqaro munosabatlar, ishbilarmonlik sohasidagi muloqot ko'nikma-malakalarini o'stirish amaliyotida muqim o'rin egallashi ham aniq. Xullas, pragmalingvistika inson lisoniy faoliyatini ilmiy-amaliy tadqiq etishuning istiqbolli yo'nalishi bo'lib, uning ilmiy bilish tizimidagi o'rni qat'iylashmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Kipchakova, Y. (2021). Methodological And Didactic Aspects Of Information And Intellectual Culture In The Education Of A Developed Generation. Экономика И Социум, (6-1), 156-159.

2. Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). Innovative Technologies In Modern Education. Теория И Практика Современной Науки, (5), 29-31.

3. Kipchakova, Y., Abduxamidova, M., & Raxmonaliyeva, M. The Impact Of Innovative Technologies In Improving Student Knowledge. Студенческий Вестник Учредители: Общество С Ограниченной Ответственностью"Интернаука", 37-38.

4. ^ипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). Мактабгача Ёшдаги Болалар Мех,натининг Узига Хос Хусусияти. Студенческий Вестник, (22-7), 9-10.

5. ^ипчакова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). Мактабгача Таълим Жараёнида Соглом Турмуш Тарзини Шакллантиришнинг Ахдмияти. Студенческий Вестник, (22-7), 11-12.

6. Ботирова, Н. (2020). Обучающие Возможности Тестовых Технологий. Профессиональное Образование И Общество, (3), 68-71.

7. Ботирова, Н. Д. (2019). Развитию Продуктивного Мышления Младших Школьников. Гуманитарный Трактат, (61), 4-6.

8. Ботирова, Н. Д. Развитию Продуктивного Мышления Младших Школьников Development Of Productive Thinking Of Younger Schoolboys. Журнал Выпускается Ежемесячно, Публикует Статьи По Гуманитарным Наукам. Подробнее На, 4.

9. Djurabaevna, B. N., & Ibrokhimovna, T. S. (2020). Specific Features Of Teaching Mathematics In Primary School Students. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(8), 302-307.

10. Alimjanova, M. (2020). Pedagogical System Of Formation Of Responsibility In Primary School Students On The Basis Of National Values. Theoretical & Applied Science, (4), 914917.

11. Alimjanova, M. (2021). About Gender Stereotypes. Emergent: Journal Of Educational Discoveries And Lifelong Learning (Ejedl), 2(06), 72-76.

12. Alimjonova, M. Y. (2021). The Role Of The National Values In The History Of Pedagogical Education. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 10401044.

13. Shavkatovna, S. R. (2021). Developing Critical Thinking In Primary School Students. Conferencea, 97-102.

14. Vosiljonov, A. (2022). Basic Theoretical Principles Of Corpus Linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 173-175

15. Shavkatovna, S. R. (2021). Methodological Support For The Development Of Primary School Students' Creative Activities. Texas Journal Of Multidisciplinary Studies, 2, 121123.

16. Shavkatovna, S. R. N. (2021). Methodical Support Of Development Of Creative Activity Of Primary School Students. Conferencea, 74-76.

17. Maxamadaliyevna, Y. D., Oljayevna, 0. F., Qizi, T. D. T., Shavkatovna, S. R. N., & Anvarovna, A. O. (2020). Pedagogical Features Of Mental Development Of Preschool Children. Solid State Technology, 63(6), 14221-14225.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

18. Jabborova, M. (2021). The Importance Of Innovative Technologies In The Social Development Of Society. Экономика И Социум, (6-1), 129-132.

19. Tillaboyeva, G., & Umarova, N. R. (2021). Alisher Navoiy Asarlarida Badiiy Taxalluslarning Qo 'Llanilishi. Студенческий Вестник, (13-5), 70-72.

20. Qizi, G. S., & Umarova, N. R. (2021). The Use Of Anthroponyms And Pseudonyms In Alisher Navoi's Gazelles. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(9), 349-3

21. Sodirzoda, M. M. (2021). Ways To Cultivate The Creative Thinking Of Beginners In The Classroom Through Information And Communication Technologies. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 955-958.

22. Sodirzoda, M. M. (2021). Techniques Of Using Folk Proverbs In The Cultivation Of Oral Speech Of Primary School Students. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 481-484.

23. Sodirzoda, M. M. (2021). To Inculcate National And Spiritual Values In Primary School Students Through Etiquette Lessons. Conferencea, 31-32.

24. Турахужаева, А., & Мухторий, М. (2018). Семантический Анализ Лексем" Системы" В Узбекском Языке. Актуальные Научные Исследования В Современном Мире, (5-4), 157-159.

25. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зох,идова, М. (2021). Узбек Болалар Нуткига Доир Матнларда Лакуна. Academic Research In Educational Sciences, 2(2).

26. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). Воспитание Сенсорного Восприятия У Детей Дошкольного Возраста. Scientific Progress, 1(6).

27. Косимова, Х. Н. (2021). Китобхонлик Куникмасини Шакиллантиришда Оилага Педагогик Тавсиялар Бериш Тизими. Scientific Progress, 1(6).

28. Нажмиддинов, Э. Х., Кучбоев, А. Э., Мухаммадиев, М. А., & Соатов, Б. Б. (2021). Эколого-Морфологические Характеристики Нематод Рода Rhabdochona-Паразитов Обыкновенной Маринки. Теория И Практика Борьбы С Паразитарными Болезнями, (22), 387-393.

29. Юлдашев, Э., & Нажмиддинов, Э. (2013). Бракониды (Hymenoptera, Braconidae) Рода Rogas Nees Фауны Средней Азии. In Биоразнообразие И Рациональное Использование Природных Ресурсов (Pp. 134-136).

30. Kuchboev, A. E., Najmidinov, E. K., Mukhamediev, M. A., Karimova, R. R., & Yildiz, K. (2021). Morphological And Ecological Features Of Some Nematodes Of The Genus Rhabdochona In Marinka Obtained From Fergana Valley, Uzbekistan. Journal Of Parasitic Diseases, 45(4), 1084-1089.

31. Vosiljonov, A. (2022). Basic Theoretical Principles Of Corpus Linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 173-175.

32. Usmanov, N. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal Of Social Sciences, 1(1), 33-37.

33. Gulnoza, R., & Lola, K. (2022). Obrazlar Talqinida Lingvistik Imkoniyatlar. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (Carjis), 2(Special Issue 3), 91-95.

34. Kalandarovna, Y. L. (2022). Identification And Education Of Gifted Children. Asia Pacific Journal Of Marketing & Management Review Issn: 2319-2836 Impact Factor:

_7.603, 11(10), 42-47.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

35. Dilafruz, A. (2022). Maktabgacha Yoshdagi Bolalarda Va Oilada Gender Xususiyatlarni Shakllantirish Omillari. Innovation In The Modern Education System, 2(18), 183-189.

36. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зох,идова, М. (2021). Узбек Болалар Нуткига Доир Матнларда Лакуна. Academic Research In Educational Sciences, 2(2), 926-931.

37. Askarova, D. I. (2022). The Role Of Folk Pedagogy In The Development Of Creativity Of Students Of Higher Educational Institutions. Oriental Journal Of Social Sciences, 2(02), 8996.

38. Rahmonov, U., Ergashev, A., Nazhmetdinova, M., & Usmonova, S. (2021, November). In The Formation Of The Socio-Spiritual Thinking Of Young People In The Musical Art Of The Great Scholars Of The Eastern Renaissance Position Held. In Archive Of Conferences (Pp. 36-39).

39. Karimovich, U. R., Mamasodikovna, N. M., & Abdullaevich, E. A. (2021). The Role And Importance Of Music Clubs In The Leisure Of Young People. Journal Of Pedagogical Inventions And Practices, 2(2), 47-49.

40. Ulugbek, R. (2021, January). An Analysis Of Words Whose Emotional Meaning Changes In Modern English Linguistics. In Euro-Asia Conferences (Vol. 1, No. 1, Pp. 131-136).

41. Narziev, S., Asqarov, J., & Khokimyatov, A. (2021). Methodology Of Organization Of The Labor Process And Preservation Of Employees' Health. The American Journal Of Engineering And Technology, 3(04), 79-84.

42. Asqarov, N. I. (2021). Prospects For The Development Of The Investment. The American Journal Of Applied Sciences, 3(01), 162-166.

43. Usmanova, O. S. (2022). National Curriculum And New Generation Mathematics Textbook. Asian Journal Of Multidimensional Research, 11(2), 11-16.

44. Sobirovna, U. O. (2022). The Use Of Mnemotechniques In Teaching Younger Schoolchildren. Spanish Journal Of Innovation And Integrity, 6, 446-450.

45. Dilafruz, Y., Marifatxon, J., Rasuljonovna, E. Z., & Muqaddasxon, M. (2022). Maktabgacha Ta'limga Yangicha Yondashuv. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (Carjis), 2(Special Issue 3), 121-125.

46. Zhabborova, M. R. K. (2021). Мактабгача Таълим Сохдси Талабаларида Бошкарувчанлик ^обилиятларини Ривожлантириш. Молодой Ученый, (17), 394-395.

47. Мирзабоев, Й. А. (2022). Тур Узгариш Чизиклари Учта Булган, Гиперболик ^исмларининг Х,аммаси Характеристик Учбурчаклардан Иборат Булган Бешбурчакли Сохдда Учинчи Тартибли Куринишдаги Параболик-Гиперболик Тенглама Учун Битта Чегаравий Масала Х,а;ида. Theory And Analytical Aspects Of Recent Research, 1(5), 363366.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.