Научная статья на тему 'PORTAL GIPERTENZIYA ASORATLARINI OLDINI OLISH VA DAVOLASHDA KAMINVAZIVLI ARALASHUVLAR KOMPLEKSINING SAMARADORLIGI'

PORTAL GIPERTENZIYA ASORATLARINI OLDINI OLISH VA DAVOLASHDA KAMINVAZIVLI ARALASHUVLAR KOMPLEKSINING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
633
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Jigar sirrozi / portal gipertenziya / qizilo’ngach hamda me’da varikoz kengaygan venalaridan qon ketish / shish-astsitik sindrom / kaminvaziv aralashuvlar kompleksi / dupleks skanerlash / MSKT-angiografiya / Liver cirrhosis / portal hypertension / bleeding from varicose veins of the esophagus and stomach / edematous-ascitic syndrome / complex of minimally invasive interventions / duplex scanning / MSCT angiography.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Xakimov Murod Shavkatovich, Matkuliev Utkirbek Ismoilovich, Umarov Zafarbek Zaripboyevich

Jigar sirrozi (JS) bilan kasallanish brogan sari ortib bormoqda, tabiiyki buning oqibatida uning asoratlari (xisoblangan portal gipertenziya (PG) va uning asorati qizilo’ngach hamda me’da varikoz kengaygan venalar (QMVKV)dan qon ketishi, astsit, gipersplenizm, splenomegaliya, jigar yetishmovchiligi (JY), entsefalopatiya va boshqalar) ham ortib bormoqda. Buning oqibatida davo choralarni izlanishlariga qaramasdan o’lim ko’rsatkichi oshishda davom etmoqda. Bir guruh olimlarning oxirgi yillardagi izlanishlariga ko’ra JS butun dunyo bo'ylab kattalar o'limining asosiy sabablari orasida 14-o'rinni egallagan. Ushbu raqamlar PG sindromining (PGS) asoratlari bilan og'rigan bemorlar sonining sezilarli darajada ko'payishini anglatadi, bu esa ko'p hollarda virus etiologiyali JS bilan bog'liq. Turli mualliflarning fikriga ko'ra 40-70% hollarda PGning QMVKVdan qon ketish asoratiga olib keladi. JSning eng og'ir va tez-tez o'limga olib keladigan asoratlaridan yana biri shish-astsit sindromidir. Ko'pgina mualliflarning fikriga ko'ra, JS bilan og'rigan bemorlarda shish-astsit sindromida o'lim astsitning birinchi yilida 40-70% ga etadi. Adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko'ra, JS rivojlanishi barcha holatlarining taxminan 57% gepatit B (30%) va C (27%) bilan bog'liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECTIVENESS OF A COMPLEX OF MINIMALLY INVASIVE INTERVENTIONS IN THE PREVENTION AND TREATMENT OF COMPLICATIONS OF PORTAL HYPERTENSION

The incidence of liver cirrhosis (LC) is increasing, naturally due to its complications (estimated portal hypertension (PH) and its complication by bleeding from varicose veins of the esophagus and stomach (VVES), ascites, hypersplenism, splenomegaly, liver failure (HF), encephalopathy, etc. .) also increases. As a result, mortality continues to rise despite the search for therapeutic measures. In recent years, cirrhosis has been ranked as the 14th leading cause of death among adults worldwide, according to research by a group of scientists. These figures reflect a significant increase in the number of patients with complications of PH syndrome (PHS), which in most cases is associated with viral cirrhosis. According to different authors, in 40-70% of cases, PH leads to complications of bleeding from VVES. Another of the most severe and often fatal complications of cirrhosis is edematous ascitic syndrome. According to many authors, mortality in edematous-ascitic syndrome in patients with cirrhosis reaches 40-70% in the first year of ascites. According to the literature, approximately 57% of all cases of cirrhosis are associated with hepatitis B (30%) and C (27%).

Текст научной работы на тему «PORTAL GIPERTENZIYA ASORATLARINI OLDINI OLISH VA DAVOLASHDA KAMINVAZIVLI ARALASHUVLAR KOMPLEKSINING SAMARADORLIGI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr j scientists.uz

PORTAL GIPERTENZIYA ASORATLARINIOLDINIOLISH VA DAVOLASHDA KAMINVAZIVLIARALASHUVLAR KOMPLEKSINING SAMARADORLIGI

Xakimov Murod Shavkatovich

Кафедра мудири, т.ф.д., профессор, TTA 1-fakultet va gospital jarrohligi kafedrasi, Toshkent.

E-mail: murad 72@mail.ru Matkuliev Utkirbek Ismoilovich Т.ф.д., dosent, TTA 1-fakultet va gospital jarrohligi kafedrasi, Toshkent. E-mail: mat.utkirbek@gmail.com Umarov Zafarbek Zaripboyevich Assistant, TTA Urganch filiali Jarrohlik kasalliklari va transplantologiya kafedrasi, Urganch. Email: doctor_uzz1986@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.7361768 Annotatsiya. Jigar sirrozi (JS) bilan kasallanish brogan sari ortib bormoqda, tabiiyki buning oqibatida uning asoratlari (xisoblangan portal gipertenziya (PG) va uning asorati qizilo'ngach hamda me'da varikoz kengaygan venalar (QMVKV)dan qon ketishi, astsit, gipersplenizm, splenomegaliya, jigar yetishmovchiligi (JY), entsefalopatiya va boshqalar) ham ortib bormoqda. Buning oqibatida davo choralarni izlanishlariga qaramasdan o'lim ko 'rsatkichi oshishda davom etmoqda. Bir guruh olimlarning oxirgi yillardagi izlanishlariga ko'ra JS butun dunyo bo'ylab kattalar o'limining asosiy sabablari orasida 14-o'rinni egallagan. Ushbu raqamlar PG sindromining (PGS) asoratlari bilan og'rigan bemorlar sonining sezilarli darajada ko'payishini anglatadi, bu esa ko'p hollarda virus etiologiyali JS bilan bog'liq. Turli mualliflarning fikriga ko'ra 40-70% hollarda PGning QMVKVdan qon ketish asoratiga olib keladi. JSning eng og'ir va tez-tez o'limga olib keladigan asoratlaridan yana biri shish-astsit sindromidir. Ko'pgina mualliflarning fikriga ko'ra, JS bilan og'rigan bemorlarda shish-astsit sindromida o'lim astsitning birinchi yilida 40-70% ga etadi. Adabiyotlardagi ma'lumotlarga ko'ra, JS rivojlanishi barcha holatlarining taxminan 57% gepatit B (30%) va C (27%) bilan bog'liq.

Kalit so'zlar: Jigar sirrozi, portal gipertenziya, qizilo'ngach hamda me'da varikoz kengaygan venalaridan qon ketish, shish-astsitik sindrom, kaminvaziv aralashuvlar kompleksi, dupleks skanerlash, MSKT-angiografiya.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ КОМПЛЕКСА МАЛОИНВАЗИВНЫХВМЕШАТЕЛЬСТВ В ПРОФИЛАКТИКЕ И ЛЕЧЕНИИ ОСЛОЖНЕНИЙ ПОРТАЛЬНОЙ ГИПЕРТЕНЗИИ Aнноmация. Заболеваемость циррозом печени (ЦП) увеличивается, закономерно за счет его осложнений (расчетная портальная гипертензия (ПГ) и ее осложнение кровотечением из варикозно расширенных вен пищевода и желудка (ВРВПЖ), асцитом, гиперспленизмом, спленомегалией, печеночной недостаточностью (ПН), энцефалопатия и др.) также увеличивается. В результате смертность продолжает расти, несмотря на поиск лечебных мероприятий. Согласно исследованиям группы ученых за последние годы, ЦП занял 14-е место среди основных причин смерти взрослых людей во всем мире. Эти цифры отражают значительный рост числа пациентов с осложнениями синдрома ПГ (СПГ), который в большинстве случаев связан с ЦП вирусной этиологии. По данным разных авторов, в 40-70% случаев GU приводит к осложнениям в виде кровотечения из ВРВПЖ. Еще одним из наиболее тяжелых и часто фатальных осложнений ЦП является отечно-асцитический синдром. По данным многих авторов, летальность при отечно-

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

асцитическом синдроме у больных ЦП достигает 40-70% в первый год асцита. По данным литературы примерно 57% всех случаев развития ЦП связаны с гепатитами В (30%) и С (27%).

Ключевые слова: Цирроз печени, портальная гипертензия, кровотечение из варикозно расширенных вен пищевода и желудка, отечно-асцитический синдром, комплекс малоинвазивных вмешательств, дуплексное сканирование, МСКТ-ангиография.

THE EFFECTIVENESS OF A COMPLEX OF MINIMALLY INVASIVE INTERVENTIONS IN THE PREVENTION AND TREATMENT OF COMPLICATIONS OF

PORTAL HYPERTENSION

Abstract. The incidence of liver cirrhosis (LC) is increasing, naturally due to its complications (estimated portal hypertension (PH) and its complication by bleeding from varicose veins of the esophagus and stomach (VVES), ascites, hypersplenism, splenomegaly, liver failure (HF), encephalopathy, etc. .) also increases. As a result, mortality continues to rise despite the search for therapeutic measures. In recent years, cirrhosis has been ranked as the 14th leading cause of death among adults worldwide, according to research by a group of scientists. These figures reflect a significant increase in the number of patients with complications of PH syndrome (PHS), which in most cases is associated with viral cirrhosis. According to different authors, in 40-70% of cases, PH leads to complications of bleeding from VVES. Another of the most severe and often fatal complications of cirrhosis is edematous ascitic syndrome. According to many authors, mortality in edematous-ascitic syndrome in patients with cirrhosis reaches 40-70% in the first year of ascites. According to the literature, approximately 57% of all cases of cirrhosis are associated with hepatitis B (30%) and C (27%).

Key words: Liver cirrhosis, portal hypertension, bleeding from varicose veins of the esophagus and stomach, edematous-ascitic syndrome, complex of minimally invasive interventions, duplex scanning, MSCT angiography.

Dolzarbligi.

1990 yildan 2017 yilgacha dunyoda JS sababli o'lim 47,15 %ga oshdi (1). Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning 2017 yilda o'tkazgan izlanishlariga ko'ra dunyoda jigarning surunkali kasalliklari 1,5 mlrd tashkil qilgan (2,3), shundan 10,6 mln xolatlarda JSning dekompensatsiya bosqichi bilan kasallanish kuzatilgan bo'lsa, 112mln xolatda kompensatsiya bosqichi bilan xastalanish uchragan (4), 1,32mln (erkaklar 66,7%, ayollar 33,3%) xolatda JSdan o'lish yuz bergan (4). 2020 yil boshida gepatit B bilan kasallanish 3,63% (279,9 million) ni tashkil etgan, bunda 6,6 million davo olgan. . Shu bilan birga, gepatit C bilan kasallanish esa 0,75% (59 million) ni tashkil etgan. Bu bemorlarning gepatit B bilan kasallanganlarning 2,4 % va gepatit C bilan kasallanganlarning 16,9 %i davolangan (2,5,6). Ushbu raqamlar PGS asoratlari bilan og'rigan bemorlar sonining sezilarli darajada ko'payishini anglatadi, bu esa ko'p hollarda virus etiologiyali JS bilan bog'liq. Turli mualliflarning fikriga ko'ra 40-70% hollarda PGning QMVKVdan qon ketish asoratiga olib keladi. JSning eng og'ir va tez-tez o'limga olib keladigan asoratlaridan yana biri shish-astsit sindromidir. Ko'pgina mualliflarning fikriga ko'ra, JS bilan og'rigan bemorlarda edematoz-astsit sindromida o'lim astsitning birinchi yilida 40-70% ga etadi. Adabiyotlardagi ma'lumotlarga ko'ra, JS rivojlanishi barcha holatlarining taxminan 57% gepatit B (30%) va C (27%) bilan bog'liq (7,8,9).

JS butun dunyo bo'ylab kattalar o'limining asosiy sabablari orasida 14-o'rinda turadi (10).

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Kasallikning og'ir kechishi, yomon oqibati va davolashdagi muvaffaqiyatsizlik bu kasallikni gepatologiya va jarrohlikning eng dolzarb muammolari qatoriga kiritdi (9). JS bilan og'rigan bemorlarning 85 %ida shish-astsitik sindrom bemorlarning shifokorga murojaat qilishining birinchi sababidir. Shu bilan birga, qorin bo'shlig'ida astsitik suyuqlikning paydo bo'lishi jigar, tananing boshqa organlari va tizimlarining funktsional holatini buzganligining ishonchli belgisi bo'lib xizmat qiladi va portal gipertenziya rivojlanishining shubhasiz tasdig'idir. Astsit boshlangan paytdan boshlab bemorning umr ko'rish davomiyligi odatda 3 yildan oshmaydi (7,8,9). Astsit uchun davolash taktikalari hali to'liq ishlab chiqilmagan. Operativlikning umumiy qabul qilingan mezonlari mavjud emas, operatsiyadan oldin tayyorgarlik masalalari munozarali bo'lib, jarrohlik aralashuvning ruxsat etilgan ko'lami masalasi hal qilinmagan. Tavsiya etilgan davolash usullarining xilma-xilligiga qaramay, ularning hech biri samarali natijalarni bermaydi (11). JS bilan og'rigan bemorlarning keng, shikast etkazadigan (travmatik) jarrohlik aralashuvlarga nisbatan kam bardoshliligi turli darajadagi invaziv operatsiyalarni izlash, takomillashtirish va ulardan birgalikda foydalanish zarurligini belgilaydi. Miniagressivlik portal gipertenziya uchun zamonaviy jarrohlik metodologiyasi evolyutsiyasining asosiy tendentsiyasiga aylanmoqda (12,13,14,15,16). So'nggi yillarda jigarning funktsional holatini yaxshilaydigan kam travmatik endovaskulyar aralashuvlarni izlash davom etmoqda, JS bilan og'rigan bemorlarda QMVKVdan qon ketishni endoskopik ravishda to'xtatgandan so'ng gipersplenizm va splenomegaliya belgilarini to'xtatish, yoki kasallikning o'tishini yengillashtiradigan palliativ yordam, bu bizning izlanishimiz zarurligini anglatdi.

Maqsad: PGsi bo'lgan bemorlarni kompleks davolashda bosqichli endovaskulyar va endoskopik aralashuvlarni asoslash orqali QMVKV bo'lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash.

Tadqiqot vazifalari:

1. PGda QMVKVdan qon ketayotgan bemorlarni davolashni retrospektiv tahlilini o'tkazish, qoniqarsiz natijalarning asosiy sabablarini yaqin va uzoq muddatlarda aniqlash.

2. JS bilan og'rigan bemorlarda jigar-taloq qon oqimini angiografiya, dupleks skanerlash va MSKT angiografiya ma'lumotlarini o'rganish asosida taloq arteriyasiga bosqichli aralashuv ko'rsatkichlarini aniqlash.

3. QMVKVga bosqichli endoskopik aralashuvlar ko'rsatmalarini va optimal vaqtini aniqlash.

4. PGsi bo'lgan bemorlarga bosqichli endovaskulyar va endoskopik aralashuvlarni kompleks qo'llash algoritmini ishlab chiqish va tavsiya etilgan choralarning klinik samaradorligini qiyosiy baholash.

Klinik materiallar:

Nazorat guruhi - QMVKVdan qon ketishi bilan asoratlangan JS va PGli bemorlar, bularda asosiy davolash usuli endoskopik gemostaz, JY va PG belgilarini konservativ davolash bo'lgan. Gemostazga erishilgandan so'ng, ushbu bemorlarga portal bosimini pasaytirish maqsadida rejali jarrohlik davolash tavsiya etilgan (TIPS, porto-sistem shuntlash, jigar transplantatsiyasi). Yuqoridagi aralashuvlarga qarshi ko'rsatmalari bo'lgan umumiy bemorlar sonidan faqat qon ketish bilan tibbiy yordamga takroriy murojaat qilganlari.

Asosiy guruh - shoshilinch xolatda va davolanishdan so'ng gemostazga erishilgan bemorlar portal bosimni pasaytirish uchun rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvlarga yuborilgan (TIPS, PSSH, transplantatsiya). Ammo, yuqoridagi jarrohlik aralashuvlarga qarshi ko'rsatmalar

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

tufayli, ushbu bemorlar yana rejali ravishda bosqichli endovaskulyar va endoskopik aralashuvlar uchun bizga murojaat qilishdi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

1. JSda QMVKVdan qon ketishini davolash va oldini olish bo'yicha an'anaviy yondashuvning klinik natijalarini o'rganish asosida bosqichli endovaskulyar va endoskopik aralashuvlarni amalga oshirishi kerak bo'lgan bemorlarning kontingenti aniqlanadi.

2. JS bilan og'rigan bemorlarga bosqichli endovaskulyar aralashuvlarga ko'rsatmalar jigar-taloq qon oqimini angiografiya, dupleks skanerlash va MSKT-angiografiya ma'lumotlarini o'rganish asosida aniqlanadi.

3. Bosqichli endoskopik aralashuvlarning ko'rsatkichlari va maqbul vaqti aniqlanadi.

4. QMVKVdan qon ketishining oldini olishga qaratilgan bosqichli endovaskulyar va endoskopik aralashuvlarni o'tkazish uchun davolash taktikasi taklif etiladi.

REFERENCES

1. Ye F, Zhai M, Long J, Gong Y, Ren C, Zhang D, Lin X and Liu S (2022) The burden of liver cirrhosis in mortality: Results from the global burden of disease study. Front. Public Health 10:909455. doi: 10.3389/fpubh.2022.909455.

2. https://www.thelancet.com/journals/langlo/article/PIIS2214-109X(22)00047-X/fulltext

3. GBD 2017 Disease and Injury Incidence and Prevalence Collaborators. Global, regional, and national incidence, prevalence, and years lived with disability for 354 diseases and injuries for 195 countries and territories, 1990-2017: a systematic analysis for the Global Burden of Disease Study 2017. Lancet 2018; 392: 1789-858.

4. GBD 2017 Cirrhosis Collaborators. The global, regional, and national burden of cirrhosis by cause in 195 countries and territories, 1990-2017: a systematic analysis for the Global Burden of Disease Study 2017. Lancet Gastroenterol Hepatol 2020; 5: 245-66.

5. Razavi-Shearer D, Blach S, Estes C, et al. (2021) Global HBV cascade of care: the preCOVID-19 baseline. AASLD The Liver Meeting; Nov 12-15, 2021 (abstr 66).

6. Blach S, Dugan E, Razavi-Shearer D, et al. (2021) Global status update on the HCV prevalence and cascade of care entering 2020. AASLD The Liver Meeting; Nov 12-15, 2021 (abstr 100).

7. Karimov S., Matkuliev U., Khakimov M., Abdullaev B., Tuychiboy N. (2016) Endovascular Reduction of Splenic Blood Flow in the Treatment of Patients with Liver Cirrhosis // British Journal of Medicine & Medical Research. № 5. - 2016. - Р. 1-10.

8. Karimov S., Matkuliev U., Khakimov M., Abdullaev B., Ashurov S., Kholmatov Sh. (2016) Selection of endoscopic interventions in the prevention of rebleeding in patients with portal hypertension // International Journal of Information Research and Review. № 3, 2016. - Р. 1832-1836.

9. Каримов Ш.И., Маткулиев У.И., Хакимов М.Ш., Ашуров Ш.Э., Абдуллаев Ж.С. (2016) Оценка эффективности эндоскопических вмешательств у больных с кровотечением из варикозно расширенных вен пищевода и желудка // Вестник ТМА. -2016. — № 1. - С. 61-66.

10. Jianxia Wen , Xing Chen , Shizhang Wei, Xiao Ma and Yanling Zhao (2022) Research Progress and Treatment Status of Liver Cirrhosis with Hypoproteinemia // Hindawi:

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Evidence-Based Complementary and Alternative Medicine Volume 2022, Article ID 2245491,8 pages.

11. Aithal GP, et al. (2021) Gut2021;70:9-29. doi:10.1136/gutjnl-2020-321790

12. Хакимов М.Ш., Маткулиев У.И., Холматов Ш.Т. (2012) Эндоскопический гемостаз при кровотечениях из варикозных вен пищевода и желудка у больных с внепеченочной портальной гипертензией. // Материалы научно-практической конференции 21-го международного конгресса ассоциации гепатопанкреатобилиарных хирургов стран СНГ., Иркутск, 19-21 сентября, 2012 г., С. 26-27.

13. Каримов Ш.И., Хакимов М.Ш., Маткулиев У.И. (2014) Выбор эндоскопических вмешательств в лечении кровотечений из варикозных вен пищевода и желудка// Вахидовские чтения: Республиканская научно-практическая конференция., Ташкент, 2728 июня 2014 г., С. 75-76.

14. Маткулиев У.И. Хакимов М. Ш. Асраров А.А. Нормухамедов С. Г. Махмудов Г.А. (2015) Выбор способа гемостаза при кровотечениях из варикозных вен желудка у пациентов с портальной гипертензией //Актуальные проблемы гепатопанкреатобилиарной хирургии: Материалы 22-го международного конгресса Ассоциации гепатопанкреатобилиарных хирургов стран СНГ, Ташкент, 7-9 сентября 2015 г., - С. 50.

15. Маткулиев У.И. Хакимов М.Ш. Ашуров Ш. Э. Имамов А.А. Джалилов А.А. (2015) Прогнозирование повторных кровотечений у больных с портальной гипертензией // Актуальные проблемы гепатопанкреатобилиарной хирургии: Материалы 22-го международного конгресса ассоциации гепатопанкреатобилиарных хирургов стран СНГ, Ташкент, 7-9 сентября 2015 г., С. 51.

16. Каримов Ш.И. Хакимов М.Ш. Рахманов С.У. Маткулиев У. И. Хасанов В.Р. Сахибоев Д.П. (2015) TIPS как альтернатива открытым портокавальным шунтам // Актуальные проблемы гепатопанкреатобилиарной хирургии: Материалы 22-го международного конгресса ассоциации гепатопанкреатобилиарных хирургов стран СНГ. -Ташкент, 7-9 сентября 2015 г. - С. 42-43.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.