Научная статья на тему 'PEDAGOGIK OB’YEKTLARNI KOMPLEKS LOYIHALASHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

PEDAGOGIK OB’YEKTLARNI KOMPLEKS LOYIHALASHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

319
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Klaster / ob’yekt / trayektoriya / loyihalash. / Кластер / объект / траектория / дизайн

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Iroda Maxammadovna Sirojiddinova

Ushbu maqolada pedagogik ob’yektlarni loyihalashtirish, pedagogik ob’yektlarni kompleks loyihalashtirishning asosiy bosqichlari, pedagogik ta’lim klasterining maqsadlari haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье описаны проектирование педагогических объектов, основные этапы комплексного проектирования педагогических объектов, цели кластера педагогического образования

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK OB’YEKTLARNI KOMPLEKS LOYIHALASHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

PEDAGOGIK OB'YEKTLARNI KOMPLEKS LOYIHALASHTIRISH

TEXNOLOGIYASI

Iroda Maxammadovna Sirojiddinova

Andijon mashinasozlik instituti "Gumanitar fanlar"kafedrasi dotsenti siroziddinovairoda@gmail.com

Ushbu maqolada pedagogik ob'yektlarni loyihalashtirish, pedagogik оЬ'уеЫагт kompleks loyihalashtirishning asosiy bosqicЫari, pedagogik ta'lim klasterining maqsadlari haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Klaster, оЬ^ек:, trayektoriya, loyihalash.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описаны проектирование педагогических объектов, основные этапы комплексного проектирования педагогических объектов, цели кластера педагогического образования.

Ключевые слова: Кластер, объект, траектория, дизайн.

This article describes the design of pedagogical objects, the main stages of the integrated design of pedagogical objects, the goals of the cluster of teacher education.

Keywords: Cluster, object, trajectory, design.

Pedagogik texnologiyalar nazariyasida loyihalashtirish faoliyatiga zamonaviy o'qituvchining kasbiy kompetentligini innovasion turi sifatida qaraladi va davlat ta'lim standartining amal qilishi sharoitlarida bu faoliyat o'qitish jarayonini tashkil qilishning sifat jihatdan yangi shakliga aylanadi. Loyihalashtirish faoliyatining umumiy algoritmiga ko'ra, birinchi bosqichda o'qitishning metodik tizimini loyihalashtirishning asosiy mumkin bo'lgan yo'nalishlarini aniqlash nazarda tutiladi. Islohot, modernizasiya yoki shunchaki o'quv darslari soatlarini oddiy tarzda qisqartirishni bunday yo'nalishlar sifatida qarash mumkin. Ikkinchi bosqichda loyihalashtirish faoliyatinining pedagogik nazarda tutilgan yo rejalashtirilgan g'oyasini biror bir konsepsiya ko'rinishida ochib berish lo ' " bo'ladi. Uchinchi bosqichda ushbu konsepsiyani maqsadning £

ANNOTASIYA

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

bayon qilinishi, jarayon sxemasini yaratish hamda uni amalga oshirish tamoyillarini aniqlashni taqozo etadi.

N.Yu. Safontseva tomonidan innovasion ta'lim muassasalarida pedagogik jarayon tashkil etilgan. [1] O'zaro nazorat - bu tamoyil klaster texnologiyasi doirasida birlashgan ta'lim sub'yektlarining faoliyati bir-biriga bog'liqligini anglatadi. Bitta sub'yektda yo'l qo'yilgan xato yoki kamchilik ikkinchi sub'yektning faoliyat samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Demak, klaster doirasida ma'lum hudud yoki faoliyati bir-biriga bog'liq bo'lgan ta'lim sub'yektlari o'zaro tizimni hosil qiladi.

Texnologik tarkibiy qismning loyihalashtirish faoliyati tadqiqotchi V.M.Monaxov taklif qilgan tuzilmasiga asoslangan va u eng muhim komponent bo'lmish metodik tizimni boshqarishni o'z ichiga oladi.[2] Loyihalashtirish faoliyatida asosiy sifatlarga ega bo'lishi mumkin bo'lgan o'qitish jarayoni elementini belgilashdan iborat yaxlitlik talabi juda muhim rol o'ynaydi.

Tahlil va natijalar. Pedagogik ta'lim klasteri faoliyatining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

pedagogika sohasida samarali vorisiylikni ta'minlash va eng yaxshi o'quvchilarni pedagog kasbiga targ'ib qilish;

pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va manfaatdor sub'yektlar teskari aloqasini operativ ta'minlagan holda olib borish;

bo'lajak ta'lim mutaxassislarini innovasion tajribaga ega bo'lgan amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish;

yosh mutaxassislarning kasbiy ko'nikmalarni egallash davrini qisqartirish; pedagogik ta'limda yangi avlod o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish;

pedagogik ta'lim ilmiy, ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish; pedagogik ta'limni rivojlantirishning dolzarb masalalari atrofida intellektual resurslarni integrasiyalash;

ta'lim, fan va pedagogik amaliyotning turli shakl va turlarini izlab topish va ta'limga tatbiq etish;

ta'lim va tarbiya uzviyligini ta'minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish; pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabgacha, maktab va oliy ta'lim muassasasi hamda boshqa talabgorlar bilan o'zaro tezkor qayta bog'lanish imkoniyatini yaratish;

pedagogik ta'lim bo'g'inlari o'rtasidagi aloqadorlik, bog'liqlik va hamkorlik zaruriyatini ilmiy asoslash.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda pedagogik ta'lim innovasion klasteri quyidagi vazifalarni bajaradi:

viloyatdagi ta'lim muassasalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega pedagog kadrlarni tayyorlash;

ta'lim sifatini oshirishda innovasion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish;

pedagogika sohasida ilmiy faoliyatni izchil yo'lga qo'yish;

ta'limning asosiy (darslik) va yordamchi (lug'atlar, qomuslar, elektron manbalar va b.) vositalari mazmun-mohiyatining ta'lim bosqichlari kesimidagi uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash;

viloyatdagi ta'lim muassasalari o'qituvchilarining bilim saviyasidagi bo'shliqlarni to'ldirish maqsadida viloyat xalq ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda muddatli o'quv kur slari tashkil qilish;

umumta'lim maktablarida fanlarni o'qitish bilan bog'liq muammolarni bartaraf qilish maqsadida viloyat xalq ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilish;

oliy ta'lim muassasasidagi professor-o'qituvchilar hamda iqtidorli bo'lajak muhandislarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va tayanch oliy ta'lim muassasalari bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;

umumta'lim maktablarida ilmiy tadqiqot olib borish layoqatiga ega bo'lajak muhandislar va o'qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish;

pedagogika sohasidagi ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish maqsadida yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasasiga stajirovkalarni amalga oshirish [3]. Kasbiy ta'limga nisbatan qo'llanilganda, uch pedagogik ob'yekt, kompleks loyihalashtirish texnologiyasini bir to'plam sifatida qarash lozim va quyidigilar uning maqsadlari hisoblanadi:

pedagogika fanlari bo'yicha o'quv dasturi; bo'lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarlik trayektoriyasi; kasbiy ta'limi sharoitlarida o'qitishning metodik tizimi. Sanab o'tilgan taomillar bo'lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarlik faoliyatining ishchi maydonini nazarda tutadigan trayektoriyasini qurishga qaratilgan.[4]. Zamonaviy pedagogik metodologiyasiga ko'ra bo'lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarlik trayektoriyasini loyihalashtirish faoliyatining ish 1 ' maydoni o'quv dasturining tuzilmaviy elementlari orasic

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

o'zaro aloqalar darajasi haqidagi tasavvur natijasi hisoblanadi. O'quv jarayonining turkumlashtirilishi va uning metodik ta'minoti bilan bog'lanmagan optimal ta'lim trayektoriyasini tasavvur qilish mumkin emas. Rejalashtirilgan natija tasodifan paydo bo'ladigan jarayonda istisno bo'lishi mumkin. Biroq, tahsil olayotgan shaxs har doim o'quv jarayoni uchun shart-sharoitlar yaratadigan ta'lim muhitida bo'ladi va ta'lim makonining boshqa sub'yektlari bilan o'zaro faoliyat olib boradi. Binobarin, bo'lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarlik trayektoriyasini loyihalantirishda tasodifiylikning biror bir elementi bo'lishi mumkin emas. Loyihalashtirish faoliyatining ishchi maydoni bo'lmish shartlaydigan shart-sharoitlar va yuzaga keladigan oqibatlar - ta'lim trayektoriyasi orasida sabab-oqibat aloqasi haqida yagona xulosa o'z o'zidan ayon bo'ladi. [5]

Pedagogik ob'yektlarni kompleks loyihalashtirishning asosiy bosqichlari quyidagilar: Pedagogik ob'yektlarni kompleks loyihalashtirishning asosiy bosqichlari:

№ Bosqichlar Bosqichlar mazmuni

1. 1-bosqich Pedagogika bo'yicha taxminiy o'quv dasturining alohida o'quv elementlari ahamiyatliligini aniqlash uchun ekspert metodidan foydalanib, ish dasturining tuzilmaviy elementlarini saralab olish amalga oshiriladi. Ushbu kvalimetrik taomil o'qitish jarayoninining mazmuniy validligini davlat ta'lim standartiga nisbatan ta'minlash imkonini beradi

2. 2- bosqich Klaster metodi yordamida o'quv dasturining turli xil tuzilmaviy elementlari orasidagi o'zaro aloqa darajasini hisoblash bilan ta'lim makonida loyihalashtirish faoliyat ishchi maydoni aniqlanadi. Bunda ishchi maydon ta'lim makonining shunchaki u yoki boshqa sub'yektlarining mavjudligiga javob reaksiya namoyish etmay, balki ushbu makon pedagogik xossalarining ifodasi ham hisoblanadi

3. 3- bosqich Pedagogika bo'yicha o'quv dasturi tuzilmaviy elementlarining bir-birlari orasida va boshqa o'quv fanlarning tuzilmaviy elementlari bilan o'zaro aloqasi darajasiga ko'ra guruhlashtirish ta'lim muassasasidagi bo'lajak muhandisning kasbiy tayyorgarlik trayektoriyasini ta'minlaydigan o'quv rejasi ishlab chiqiladi.

4. 4- bosqich O'quv dasturining didaktik va tashhisiy-kvalimetrik ta'minotini ishlab chiqarish bilan o'qitishning motivasion metodik tizimini yaratish va mutaxassis kasbiy kompetentligining kafolatlangan darajasiga erishish mumkin bo'ladi

O'quv dasturini tuzilmaviy tashkil qilishning xususiyatlarini ushbu bosqichlarga asoslanib, o'quv jarayonini loyihalashtirishda

May 6

301

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

tuzilmaviy element saralab olishning eng kichik birligi deb hisoblanadi biroq, o'quv mavzusi saralab olishning asosiy birligi deb qaralishi zarur deb ta'kidlash mumkin. Ushbu yondashuvning yaqqol ustunlik tomonlari va uning metodologik asoslanganligidan foydalanib, o'qituvchi kasbiy kompetentlikning kafolatlangan darajalariga erishishning zarur sharti hisoblangan ishchi dasturni ishlab chiqa oladi.

Maqolani yozish jarayonida quyidagi xulosaga keldik. Pedagogik ob'yektlarni kompleks loyihalashtirish jarayonida o'quv jarayonining loyihalari, bo'lajak muhandisning kasbiy tayyorgarlik trayektoriyasi, o'qitishning metodik tizimi emas, balki loyihalashtirish faoliyatini ta'minlashning didaktik shart-sharoitlari hal qiluvchi rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. Сафонцева Н.Ю. Разработка теста входного контроля по курсу образовательной квалиметрии // Стандарты и мониторинг в образовании. 2005. № 5. С. 16-22.

2. Монахов В.М. Введение в теорию педагогических технологий: Моно-графия. М., 2006. 542 с.

3. Sirojiddinova I. M. Features of Cluster Design in Modern Paradigms of Education. TELEMATIQUE. WOS. Volume 22 Issue 1, ISSN: 1856-4194 2023. 348 - 355 https: //www.provinciaj ournal .com/index.php/telematique/article/view/1135

4. С.И. Магомедовна. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. Improving the professional training of future engineers based on the cluster approach Германия-Берлин. 2022/5/2- С.45-48

5. Mаhammadovna S. I. IMPROVING THE PROFESSIONAL TRAINING OF FUTURE ENGINEERS BASED ON THE CLUSTER APPROACH //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. - 2022. - Т. 3. - С. 45-47.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.