Научная статья на тему 'PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLARI'

PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

4017
234
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagog / ilmiy-tadqiqot / dialektik / fiziologik / metod / shartsharoit / anketa metodi / intervyu metodi / ta'lim muassasas / Pedagogical / research / dialectical / physiological / method / conditions / questionnaire method / interview method / educational institution

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Alisher Oltiboyevich Jabborov, Marifat Baxtiyorovna Alimqulova

Mazkur maqolada ta'lim jarayonining mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'qituvchi faoliyati birligi, o'qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari kabi muammolarni tadqiq etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF PEDAGOGICAL SCIENTIFIC RESEARCH

This article examines the essence, stages, principles, laws of the educational process, the unity of the teacher and the teacher, the content, form, methods and tools of teaching, ways to improve the educational process.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1285-1288

PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLARI

Alisher Oltiboyevich Jabborov

Toshkent kimyo texnologiya instituti katta o'qituvchisi [email protected]

Ma'rifat Baxtiyorovna Alimqulova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent o'zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ta'lim jarayonining mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'qituvchi faoliyati birligi, o'qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari kabi muammolarni tadqiq etadi.

Kalit so'zlar: Pedagog, ilmiy-tadqiqot, dialektik, fiziologik, metod, shart-sharoit, anketa metodi, intervyu metodi, ta'lim muassasasi

METHODS OF PEDAGOGICAL SCIENTIFIC RESEARCH

ABSTRACT

This article examines the essence, stages, principles, laws of the educational process, the unity of the teacher and the teacher, the content, form, methods and tools of teaching, ways to improve the educational process.

Keywords: Pedagogical, research, dialectical, physiological, method, conditions, questionnaire method, interview method, educational institution

KIRISH

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari-shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo'lib, ular asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi tamoyillari, ob'ekti va sub'ektiv omillari aniqlanadi. Ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasida pedagogik yo'nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1285-1288

aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy aloqasi, ulaming izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta'minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e'tirof etadi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:

1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;

2) ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi;

3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to'g'ri belgilanganligi;

4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob'ektiv yondashuv;

5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to'g'ri hisobga olinganligi;

6) tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini bashoratlash;

7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Zamonaviy ta'limga xos muhim jihatlardan biri - pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o'rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.KanKalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g'oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor qilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmuni yoritilgan.

Zamonaviy sharoitda pedagogik yo'nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo'llash jarayonida ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1285-1288

aniqlanadi, tajriba-awali va yakunida qo'lga kiritilgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi farq to'g'risidagi ma'lumotga ega bo'linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz , izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo'lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta'lim-tarbyasifatini oshirish , o =quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.

Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo'lingan ma'lumotlarni boyitish, mavjud holatga to'g'ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub'ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal , guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to'la-to'kis namoyon qilishga erishish muhimdir.

Anketa metodi (fransuzcha-tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko'p hollarda, yozma ravishda olinadi. O'rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo'ladi:

Intervyu metodirespondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatbildirilishini ta'minlaydi. Intervyu respondent e'tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o'tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.

Ta'lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta'lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma'lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablarining ta'lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o'rganish, bu boradagi faolllik darajasi , erishilgan yutuq hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg'or tajribalarni ommalashtirish va ta'lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo'llaniladi

Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko'nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o'z mohiyatiga ko'ra quyidagi savollardan iborat:

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1285-1288

1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha» , «yo'q» , «qisman» yoki «ijobiy» , «qoniqarli» , «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).

3) to'g'ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o'z yondashuvlariga ko'ra to'g'ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).

XULOSA

Test metodini qo'llashda aniqlanishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo'yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o'z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyatiga ega emas.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni Barkamol avlod -O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.

2. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. -Toshkent, Xalq merosi nashriyoti, 1993.

3. Pedagogika A.Q.Munavvarovaning umumiy tahriri ostida. -Toshkent, O' qituvchi, 1993.

4. Podlasoy I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 2. -Moskva, Vlados, 1999

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.