Научная статья на тему 'PAXTACHILIK ILMIY MARKAZI – FERMERLAR TAYANCHI'

PAXTACHILIK ILMIY MARKAZI – FERMERLAR TAYANCHI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

28
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Paxtachilik / ilmiy markaz / g‟o‟za / agrotexnika / seleksiya / urug‟chilik / sug‟orish.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Sh. T. Hasanov, Sh. X. Rizayev, A. E. Norboyev

Ushbu maqolada ToshDAU Samarqand filialida tashkil etilgan «Paxtachilik ilmiy markazi» faoliyati tomonidan Samarqand viloyati paxtachilik fermer xo‟jaliklari va agroklasterlarda g‟o‟za agrotexnikasi, seleksiyasi va urug‟chiligi bo‟yicha olib borilayotgan ilmiy – amaliy ishlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PAXTACHILIK ILMIY MARKAZI – FERMERLAR TAYANCHI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

PAXTACHILIK ILMIY MARKAZI - FERMERLAR TAYANCHI

Sh. T. Hasanov

TDAU Samarqand filiali direktori, professor

Sh. X. Rizayev

TDAU Samarqand filiali dosenti q-x.f.d

A. E. Norboyev

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi

boshlig'i

Ushbu maqolada ToshDAU Samarqand filialida tashkil etilgan «Paxtachilik ilmiy markazi» faoliyati tomonidan Samarqand viloyati paxtachilik fermer xo'jaliklari va agroklasterlarda g'o'za agrotexnikasi, seleksiyasi va urug'chiligi bo'yicha olib borilayotgan ilmiy - amaliy ishlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar. Paxtachilik, ilmiy markaz, g'o'za, agrotexnika, seleksiya, urug'chilik, sug'orish.

Paxtachilik ko'pgina mamlakatlar qishloq xo'jaligining yetakchi tarmog'i hisoblanib, bugungi kunda g'o'za dunyoning 84 ta mamlakatida, jami 33-34 mln. gektar maydonda ekilib, har yili 25 mln. tonnadan ortiq paxta tolasi yetishtiriladi [3]. Jumladan, respublikamizda ham har yili 1 mln. 50 ming gektar maydonda g'o'za navlari parvarishlanib, 3,3-3,4 mln. tonna paxta xom-ashyosi yetishtiriladi [2].

O'tgan vaqt davomida respublikamizda g'o'zaning o'rtacha hosildorligi 11-12 s/ga dan 30-32 s/ga ortishi, seleksioner-genetik olimlarimizning izlanishlari natijasida respublikamizda paxta tolasi chiqimini 28-32 foizdan 37-40 foizgacha, uzunligini 2628 mm dan 33-35 mm gacha, bir dona ko'sakdagi paxta xom-ashyosi vaznini 4,0-5,0 grammdan 6,5-9,0 grammgacha oshirishga erishilishi mamlakatimizning paxta yetishtiruvchi davlatlar orasida o'z o'rniga ega bo'lishini ta'minladi [2,3].

Keyingi yillarda respublikamizda paxtachilik sohasini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ishlab chiqarishda mulkchilikning

ANNOTASIYA

yangi, istiqbolli shakllari klaster va kooperasiyalarning

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

shakllantirilishi mulkka egalik qilish hamda ishlab chiqarishga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirdi. Endilikda, O'zbekiston paxta xom - ashyosi ishlab chiqaruvchi agrar mamlakatdan paxtani qayta ishlash, tayyor mahsulot tayyorlash va xaridorga yetkazib beruvchi to'qimachilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo'shilishga intilmoqda.

Bu borada, paxta hosildorligini oshirish bo'yicha yangi tizimni joriy qilish, paxta yetishtirishda ilm va innovasiyalarga asoslangan agrotexnik tadbirlarni yo'lga qo'yish orqali paxta-to'qimachilik sohasida eksport hajmlari va daromadni oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil

7-iyuldagi «Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovasiyalarni joriy qilishning qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-308-sonli qarori asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi tashkil etildi. Kengash faoliyatini rivojlantirish masadida tuzilgan Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Paxtachilik ilmiy markazi ham paxtachilik sohasini rivojlantirish, g'o'za hosildorligini oshirishda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarni qishloq xo'jaligi amaliyotiga tadbiq etish bo'yicha Samarqand viloyatida bir qator ilmiy - amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Filial da tashkil etilgan Paxtachilik ilmiy markazida 12 nafardan iborat soxa yetakchi professor olimlari tomonidan ishchi guruhi tuzilgan bo'lib, markaz o'z faoliyati davomida Samarqand viloyati sharoitida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan g'o'za navlari seleksiyasi, urug'chiligi va urug'shunosligi, paxta va unga izdosh ekinlarni yetishtirish bo'yicha ilg'or

innovatsion agrotexnologiyalarni

May 12-13

780

Samarkand branch of Tashkent State

Agrarian University

Theoretical and practical foundations oof

O'zbekistonda aqlli qishloqxo'jaligini joriy

ng ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib boimoqda.

Shuningdek, hozirda Samarqand viloyatida 71306 gektar maydonda parvarishlanayotgan g'o'za navlari orasida yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilib, viloyatning tuproq-iqlim sharoitlariga mos eng maqbul navlarni ko'paytirish va ekish, tuproq unumdorligini saqlash, uning agrokimyoviy va biologik xususiyatlarini laboratoriya tahlillari asosida mineral va organik o'g'itlardan foydalanish, suv tanqisligi sharoitida paxtachilik xo 'j aliklarida sug5 orishda resurstej amkor texnologiyalarni qo'llash, sug'orish suvlaridan samarali foydalanish, nam saqlash, g'o'za qator oralariga ishlov berish, o'g'itlash, g'o'za kasallik, zararkunanda va begona o'tlariga qarshi kurashish bo'yicha samarador preparatlarni qo'llash yuzasidan ko'rsatmalar ishlab chiqilib, markaz olimlari tomonidan ilmiy hamda

amaliy tavsiyalar berib kelinmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi «Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovasiyalami joriy qilishning qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-308-sonli qarori. Toshkent sh., 2022 y, 7 iyul.

2. Xalikov B. O'zbekiston paxtachiligi tarixi. Toshkent, "Fan ziyosi" nashriyoti, 2022, 156 b.

3. Энциклопедия "Хлопководство", в двух томах. Главная редакция Узбекской Советской Энциклопедии, Тошкент, 1985, 7-10 с.

May 12-13

781

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.