Научная статья на тему 'PARALINGVISTIK (IMO-ISHORAGA ASOSLANGAN) FRAZEOLOGIZMLAR'

PARALINGVISTIK (IMO-ISHORAGA ASOSLANGAN) FRAZEOLOGIZMLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

570
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hasan Ahmedov

Ushbu maqola ko’chim asosli til va nutq birliklariga bag’shlangan bo’lib, ular paralingvistik imo-ishoralar asosida ochib beriladi. Maqolada so’z ma’nosining ko’chishi nafaqat tilning tasviriy vositasi ekanligi, balki ular asosida til va nutq hodisalarining yuzaga kelishi tushuntiriladi. Qisqasi, frazeologizmlarning ko’pgina qismida imo-ishoraga asoslangan paralingvistik vositalar mavjudligi aniqlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PARALINGUISTIC (BASED ON GESTURES) PHRASEOLOGISMS

This article is devoted to migration-based language and speech units, which are explained on the basis of paralinguistic gestures. The article explains that the transfer of meaning is not only a figurative means of language, but also the basis for the occurrence of language and speech phenomena. In short, most of the phraseologies are marked by the presence of sign-based paralinguistic means

Текст научной работы на тему «PARALINGVISTIK (IMO-ISHORAGA ASOSLANGAN) FRAZEOLOGIZMLAR»

PARALINGVISTIK (IMO-ISHORAGA ASOSLANGAN) FRAZEOLOGIZMLAR

Hasan Ahmedov

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti (Ilmiy rahbar: I. Umirov)

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola ko'chim asosli til va nutq birliklariga bag'shlangan bo'lib, ular paralingvistik imo-ishoralar asosida ochib beriladi. Maqolada so'z ma'nosining ko'chishi nafaqat tilning tasviriy vositasi ekanligi, balki ular asosida til va nutq hodisalarining yuzaga kelishi tushuntiriladi. Qisqasi, frazeologizmlarning ko'pgina qismida imo-ishoraga asoslangan paralingvistik vositalar mavjudligi aniqlanadi.

PARALINGUISTIC (BASED ON GESTURES) PHRASEOLOGISMS

Hasan Ahmedov

Master student of Uzbekistan State University of World Languages

(Supervisor: I. Umirov)

ABSTRACT

This article is devoted to migration-based language and speech units, which are explained on the basis of paralinguistic gestures. The article explains that the transfer of meaning is not only a figurative means of language, but also the basis for the occurrence of language and speech phenomena. In short, most of the phraseologies are marked by the presence of sign-based paralinguistic means.

KIRISH

Paralingvistika nutq vaziyatida yuzaga keluvchi imo-ishora, mimika kabi fikriy tana harakatlarini o'rganadi. Paralingvistika aloqa-aralashuvida - muomalada muhim vazifa bajaradi. Agar nutq ushbu vositalar ko'magisiz tinglovchiga ifodalanilsa fikr unchalik ta'sir kuchiga ega bo'lmaydi. Aytilishi mumkin bo'lgan xabar quruq ma'lumot ichiga qoladi.

Aytmoqchimizki, har qanday fikr o'zining ta'sirchanligiga, jozibadorligiga, mushohada talabligiga ega bo'lmog'i lozim. Paralingvistika aynan shunday jihatlari bilan nutqni obrazlantiradi, shuningdek jonlantiradi.

ADABIYOT TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tilshunos Golub. I. B. nutq ta'sirchanligini shakllantirishda paralingvistik vositalarning o'rni tilning tasviriy vositalar bilan bir qatorda qo' yadi. Uning fikricha, paralingvistika fikr (tushuncha) ning dirijyoridir. Haqiqatdan ham shunday. Chunki har qanday shaxs o'z fikrini (nutqini) bu vositalar yordamida oson hamda erkin ifodalay oladi.

Bizningcha, ba'zi shaxslar nutqning ifodaiyligi ham aynan shu omillarning o'z o'rnida qo'llay olishidadir.

Bizga ma'lumki, imo-ishoralar jamiyat taraqqiyotida til (nutq) dan ancha ilgari yuzaga kelgan. Hatto, shaxsning gapirishi, fikr ifodalashi uchun imo-ishoralar asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. Qizig'i shundaki, til jamiyat taraqqiyotida, shaxsning kamol topishida har qanday o'rni yo'q ekanligini ko'rsatmaydi. Aksincha, ular fikr ifodalashda "oltin qonun" larga amal qiladi. To'g'rirog'i, imo-ishoralar shaxsning uzoq turmush tajribasining mahsulidir. Shuning uchun ham imo-ishoralarning tarjimoni bo'lmaydi. Bu haqda V. N. Teliya shunday deydi:

"Paralingvistika so'z ma'nosining ochilishiga xizmat qilishi bilan birga, ular tinglovchini o'ziga rom qilishi xususiyati ham mavjud".

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ko'rinadiki, imo-ishoralar so'z ma'nosi bilan hamohanglikda reallashadi. Shunga ko'ra, nutq ta'sirchanlik kasb etadi. Demak, nutqning ta'sirchanligi faqat tilning tasviriy vositalari bilan voqealanmaydi, balki paralingvistik vositalar ham fikrni jozibadorligini ta'minlaydi. Darhaqiqat, nutqdagi har qanday jozibadorlik, ta'sirchanlik, obrazliylik ko'chimlar asosida yuzaga keladi. Paralingvistik vositalar esa o'z (asos) ma'nosida ham ta'sirchanlikni berishi mumkin.

Biz ushbu maqolamizda imo-ishoralar tipidagi frazeologizmlarning shakllanishini va ularning ma'no mundarijasni tadqiq qilishga harakat qilamiz. Paralingvistika ham shakllanishi, tuzilishi va mohiyati jihatidan frazeologik birliklarga juda yaqin turadi. Yaqinligi shundaki, paralingvistika ham turg'unlik asosida ma'no kasb etuvchi nolisoniy hodisadir. Paralingvistik vositalarni shartli ravishda lisoniy hodisalarga ham kiritish to'g'ri bo'ladi. Chunki ular tovush tuzilishiga ega bo'lmasada, biroq ma'no semantikasiga ega bo'ladi va shu bilan birga til egalariga birday tushunarli bo'lishi bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, imo-ishoralar har qanday fikrga obraz, tasviriy - ta'siriy ifoda baxsh etishi bilan ham frazeologizmlarga o'xshab ketadi.

Darvoqe, biz bu bilan frazeologizmlarni paralingvistik vositalardan, to'g'rirog'i, paralingvistikadan keskin farq qiluvchi hodisa deyishga ham ojizmiz. Chunki frazeologizmlarning shakllanishida til birliklari bilan bir qatorda paralingvistik vositalarning qo'llanilishi ko'plab kuzatiladi. Kim bilsin, balki bu soha bilan qiziquvchi olimlar bunga nuqta qo'yishar. Biz imkon qadar ishimizga aloqador bo'lgan adabiyotlarni ko'zdan kechirishimizda frazeologizmlar bilan paralingvistik vositalarni farqlovchi biror-bir manba topa olmadik. Biroq frazeologizmlarning yuzaga kelishida paralingvistikaning o'rni benihoya katta ekanligi ma'lum bo'ldi. Shuning uchun ham bu maqolaning tadqiqi ekstralingvistik vositalar asosida yuzaga keluvchi, aynan paralingvistik vositalar bilan shakllangan frazeologizmlarning mazmun va mohiyatiga qaratilgandir.

Yuqorida ta'kidlanganidek, paralingvistika1 ham shakllanishi, tuzilishi, mohiyati jihatidan matnda qo'llanilishi bilan frazeologik birliklar qatoriga kiradi. Aytmoqchimizki, paralingvistika ham turg'unlik asosida ma'no kasb etadi. Paralingvistika (imlo-ishoralar) aloqa-ralashuvida muhim vazifa bajardi, ya'ni har qanday fikrga obraz, tasviriy ifoda baxsh etishi bilan frazeologizmlarga o'xshab ketadi. Demak, imo-ishoralar ham frazeologik birliklarning bir qismi, biroq ularning til va nutqqa bo'lgan munosabati, fikrni ifodalash jarayoni, ayrim sintaktik xususiyatlari bir-biridan o'zaro farqlanadi. Shunga ko'ra ularning har ikkisi ham alohida o'rganilishi lozim bo'lgan lisoniy hodisalardir.

Umumiy tilshunoslikda paralingvistika hodisasiga frazeologiyalashgan aforizmlar sifatida qarab kelinmoqda. Bu munosabat imlo-ishoralar tabiatiga mos keladi. Biroq ularning barchasini ham frazema ko'rinishida deb bo'lmaydi. Masalan, qoshini uchirmoq birikmasi ayni vaqtdda paralingvistik vosita hisoblanadi. Birikmaning birinchi qismi asl(o'z) ma'nosida, ikkinchi qismi-uchirmoq so'zi esa ko'chma ma'noda qo'llanilmoqda. Ushbu tuzilishga ega bo'lgan imo-ishoralarnigina frazemalashgan deb atash mumkin bo'ladi. Qiyoslang: yelkasini uchirmoq, ko'zini o'ynatmoq, boshini irg'itmoq, ensasini qotirmoq, qoshini qoqmoq kabi.

Ammo labini burmoq, ko'zini qismoq, yelkasini qimirlatmoq, peshonasini tirishtirmoq, boshini qimirlatmoq, boshini silkitmoq kabi imo-ishoralarni frazeologiyalashgan birikmalarga qo'shib bo'lmaydi. Chunki bu birikmalardagi har ikki so'z komponentlari ham o'z-asl ma'nosini saqlab qolmoqda. Shuni aytish kerakki, bu imo-ishoralar so'z birikmalariga juda yaqin turadi. So'z birikmalari esa erkin birikmalardir. Xo'sh, unda imo-ishoralarni so'z birikmalaridan qanday farqlash lozim. Birinchidan, imo-ishoralar noverbal vositalardir. So'z birikmalar esa noverbal harakatlar o'rnida fikr asosi leksemalarga suyanadi. Ikkinchidan, imo-ishoralar matn

talabi bilan turg'unlashish imkoniyatiga ega. Masalan, holdan toyib turgan odamga pashsha og'irligi ham bir talay: xira pashshadan qutulish uchun chalqancha yotib ko'rdi, boshini qimirlatdi, qo'llarini qimirlatdi, quvvati yetmaganidan baqirib ham cho'chitmoqchi bo'ldi.

Misoldagi boshini qimirlatmoq, qo'llarini qimirlatmoq birikmasi haydashni ifodalovchi so'z o'rnida qo'llanilgan (kontekstda frazeologiyalashgan) imo-ishoralardir. So'z birikmalarida bunday xususiyat mavjud emas. Ko'rinadiki, paralingvistik vositalar so'z birikmalariga ham juda yaqin turadi. Ammo farq shundaki, so'z birikmalari fikr(tovush) asosli leksemalarga, imo-ishoralar esa harakat asosli ishoralarga tayanadi.

Kuzatishimizcha, turkiyshunoslikda, hatto umum tilshunoslikda ham frazeologizmlarni imo-ishoralardan farqlamaslik haligacha davom etmoqda. Ularning har ikkalasi ham monografik planda tadqiq etilishiga qaramay hanuzgacha ularga bir manba sifatida qaralib kelinmoqda. Aytilganidek, frazeologizmlar ko'chim asosli turg'un birikmalardir. Ular so'z ma'nosining ko'chish usuli metafora asosida voqelashadi. Masalan: Chunonchi, bevosita qo'shni bo'lgan xonadonlarning oshini oshab, yoshini yashagan kampirlari ham chiqishdilar (Cho'lpon. "Kecha va kunduz"). Muddaosiga yetolmagan, qo'liga erk beruvchilarning nahotki hech kim mushugini pisht demasa ("Turkiston" ro'z.).

Frazeologizmlar ma'nosi (frazeologik ma'no) iboralar tarkibidagi so'z komponentlarining ko'chma ma'nosiga asoslanadi: ilonni yog'ini yalamoq-ayyor, to'nini teskari kiymoq- g'azablanmoq, suvga tushgan bo'lka nondek- bo'sh kabi.

Paralingvistik vositalar, ya'ni imo-ishoralar asosan harakat va holatlardan tashkil topadi. To'g'rirog'i, ular faqat badiiy matnlardagina so'z vositasida beriladi. Mana shunday qo'llanilishi asar qahramonining xarakterini ochib berishda juda qo'l keladi. Shuningdek, ular kitobxonni o'ylashga, kuzatishga va mushohada qilib ko'rishga majbur etadi: - Bugun chiqarilsa kerak, borasizmi?-deb so'zladi Usmonov. -Ha, deb bosh qimirlatdi (U. Umarbekov). Ko'rinadiki, imo-ishoralar matnda asar qahramoni tilidan emas, balki, muallif tomonidan beriladi. Bu imo-ishoralarning o'ziga xos tomonlaridan yana biridir.

XULOSA

Demak, paralingvistikaning yashash makoni- dialogik nutq. Tadqiqot tahlili shuni ko'rsatadiki, imo-ishoralar asosan to'g'ri ma'noda qo'llaniluvchi so'z va birikmalardan hosil bo'ladi. Ularning voqelanishida so'z ma'nosining ko'chishi deyarli yuz bermaydi: tishini g'ichirlatmoq, qo'lini ko'ksiga qo'ymoq, labini

tishlamoq kabi. To'g'ri, ba'zi imo-ishoralarda ko'chimning mavjudligi seziladi, biroq imo-ishoralardagi ko'chim frazeologik birliklarda yuz beradigan ma'no ko'chishidan farq qiladi. Frazeologizmlar tarkibidagi barcha so'z komponentlari ko'chimga asoslansa, imo-ishoralarda esa faqat bir so'z hosila ma'noga ega bo'ladi. Qiyoslang: yelkasini qismoq, qoshini uchirmoq, qo'lini paxsa qilmoq kabilar. Bunday ishoralar tilimizda ozchillikni tashkil etadi. Lekin nima bo'lganida ham imo-ishoralar frazeologik birliklarga tuzilishi jihatidan juda yaqin turadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, frazeologizmlar barqarorlashgan ko'chim asosli til birliklari bo'lsa, imo-ishoralar esa matn talabidan kelib chiqib shartli ravishda frazeologiyalashadigan nutq birliklaridir. Har ikkisining voqelanishi ham ekstralingvistik vositalar asosida amalga oshadi. Bu jihati bilan ular bir-biriga juda o'xshash ko'rinadi.

REFERENCES

1. Телия В.Н. Актуальные направления современной лингвистики: Тезисы конференции молодых научных сотрудников и аспирантов. - М.: Наука, 1989. -134с.

2. Голуб И.Н. О семантике и типах экспрессивных лексических единиц // Актуальные проблемы лексикологии и словообразования. - Новосибирск, 1979. Вып. 8. - С. 21.

3. Umirov I.E. Ko'chim asosli frazeologizmlar. "Filologiya masalalari' - Toshkent 2012, 28-bet

4. Hojiyev S. Ko'chim asosli lisoniy hodisalar. Dissertatsiya; Toshkent 2012, 66-68-betlar.

5. Khoshimova, D., Otajonova, D., & Khaldarchayeva, G. (2020). Modern Technologies in Teaching Foreign Languages. Academic Research in Educational Sciences, (3).

6. Djurayeva, Y., Ayatov, R., & Shegay, A. (2020). Current Problems and Resolutions of Teaching English Grammar. Academic research in educational sciences, (3).

7. Djurayeva, Y., Orazova, F., & Kayumova, G. (2020). Applying independent education in foreign language classes and its problems. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, <5(10), 195-199.

8. Djabborova, F., Eshonkulova, S., & Babadjanova, N. (2020). Teaching Paradigmatic Possibilities in Grammar of Language-Related Competencies. Academic Research in Educational Sciences, (3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.