Научная статья на тему 'OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASH JARAYONLARIDA VAKUUM QADOQLASHNING AHAMIYATI'

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASH JARAYONLARIDA VAKUUM QADOQLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASH JARAYONLARIDA VAKUUM QADOQLASHNING AHAMIYATI»

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASH JARAYONLARIDA VAKUUM

QADOQLASHNING AHAMIYATI

1Qobilova Nilufar Xudoyshukurovna, 2Boymurodov Q

1t.f.f.d.,(PhD) dotsent, 2Qarshi muhandislik iqtisodiyot institute OOT-167-21 guruh talabasi, nilufar.kobilova90@,mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10840028 Annotatsiya: Oziq-ovqat sanoti hozirgi kunda keng miqyosda rivojlanib kelayotgan va oziq-ovqat mahsulotlariniyetishtirish, saqlash,ishlov berish,tayyorlash shuningdekuningbiologik, energetik, ozuqaviylik qiymatini oshirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy bog'lash hozirgi kunning muhim talablaridan biri bo'lib kelmoqda. Kalit so'zlar: vakuum, qadoqlash, biologik, energetik, innovatsion, mikroorganizmlar. Abstract. Food industry is currently developing and using modern innovative technologies in the production, storage, processing, preparation of food, as well as increasing its biological, energy and nutritional value is one of the most important requirements of today. Key words: vacuum, packaging, biological, energy, innovative, microorganisms.

Bugungi kunda dunyo aholisi jadal ko'paymoqda. Shunday bir paytda aholining oziq-ovqatga bo'lgan talabi shunga monan ravishda o'sib bormoqda. Mana shu zamonda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash dolzarb muammolardan biri hisoblanmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning bir qancha tarmoqlar ishlab takomillashib bormoqda. Bular orasida eng zamonaviy usulidan biri bu -vakuumli qadoqlashdir. Bunda kislorodsiz muhit hosil qilinib qadoqlanadi. Bu usul an'anaviy usullarga qaraganda (muzlatish, quritish) ancha samaralidir.Chunki bu usulda xidi, ta'mi, tabiiyligini 3-5 barobar ko'proq saqlab qoladi. Vakuum hosil qilinganda kislorod bilan nafas oluvchi mikroorganizmlar, mo'g'or zambrug'lar, aerob bakteriyalar rivojlanishdan to'xtaydi.Bunda mahsulot uzoq vaqt saqlanadi va tashqi ko'rinishini saqlab qoladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini vakuumli qadoqlanganda uning tarkibidagi namlik bug'lanib ketmaydi. Agar oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatgichda odatiy usulda saqlaganimizda mahsulot sovuq va quruq havo ta'sirlashib mahsulot hujayralar butunligini buzishga olib keladi. Agar issiq ta'sirida qurutsak mahsulot o'z ozuqaboplik xususiyatini kamaytiradi va organik moddalar tarkibining buzilishiga olib keladi. Buning natijasida saqlanishi lozim bo'lgan mahsulotimizning yangilik darajasi yo'qoladi va saqlanish davomiyligi qisqaradi. Vakuumli qadoqlash qo'llash mahsulot tannarxining arzonlashtiradi.

Oziq-ovqat sanoatida ishlovchi mutaxasislar mahsulotlarning biologik xususiyatlari va tashqi ko'rinishiga salbiy ta'sir ko'rstadigan atrof-muhit ta'siridan himoya qilish uchun qanday choralar ko'rish kerakligini bilish kerak.

Atrof-muhit omillarining mahsulot bilan o'zaro ta'siri quyidagilarga olib keladi:

- oksidlanish;

- mahsulot og'irligining kamayishi;

- tashqi ko'rinishning o'zgarishi;

- ta'mining o'zgarishi;

- vitaminlarning parchalanishi.

Vakuumli qadoqlash asosan tez buzuladigan mahsulotlarni- sabzavotlar, mevalar, sut mahsulotlari uchun ishlatiladi. Zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun ma'lum talablar asosida ish olib boorish talab etiladi. Bular quyidagilardir;

- Amaldagi ishlatiladigan materiallar sanitariya-gigyena me'yorlariga (kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi) muvofiqligi;

- Mexanik ko'rsatkichlarning me'yoridaligi;

- Oksidlanish, korroziya va boshqa ta'sirlarga chidamliligi;

- Namlik va havo kirishiga yo'l qo'ymaslik (biriktiruvning mustahkamliligi);

- Uskuna yorliq qoidalariga rioya qilish;

- Istemol xususiyatlariga egaligini tekshirish.

1-jadval.

Oziq-ovqat mahsulotlai iiii tabiiy sharoit va vakuum qadoqlarda saqlash muddatlari

№ Oziq-ovqat mahsulotlari Saqlash joyi Tabiiy saqlanish muddati Vakuum qadoqlashda saqlanishi muddati

1 Katta go'sht bo'laklari:mol, parranda, qo'yva cho'chqa go'shtlari Muzlatish kamerasi 6 oy 2-3 yil

2 Qiyma: mol, parranda, qo'yva cho'chqa go'shtlari Muzlatish kamerasi 4 oy 1 yil

3 Baliq Muzlatish kamerasi 6 oy 2 yil

4 Qahva donlari Xona tempraturasi 4 hafta 16 oy

5 Qahva donlari Muzlatish kamerasi 6-9 oy 2-3 yil

6 Rezavorlar: qulupnay,malina, maymunjon Muzlatgich 1-3 kun 1 hafta

7 Pishloq Muzlatgich 1-2 hafta 4-8 oy

8 Pecheniy, kreker Xona tempraturasi 1-2 hafta 3-6 hafta

9 Un, shakar, guruch Xona tempraturasi 6 oy 1-2 yil

10 Patuk salatasi Muzlatgich 3-6 kun 2 hafta

11 Yong'oqlar Xona tempraturasi 6 oy 2 yil

12 Konservantsiz yog'lar. Kungaboqar yog'i Xona tempraturasi 5-6 oy 1-1,5 yil

Qadoqlangan mahsulotlar yuqori darajadadagi gigenik holatga ega bo'lib, uni boshqa mahsulotlar bilan yonma-yon saqlash imkonini beradi. Chunki unga begona hidlarni olmaydi. Paketlarga qadoqlanganda mahsulotlarni kesish va joylashtirish vaqtini tejaydi. Paketlarning shaffofligi uni har tomondan ko'rish imkonini beradi. Bundan tashqari qadoqlangan mahsulot juda kam joyni egallaydi. Qadoqlangan mahsulotni uyda va omborxonada saqlash qulaydir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.