Научная статья на тему '“OYBEGIM MENING” ASARIDA BOLALIK TASVIRLARI'

“OYBEGIM MENING” ASARIDA BOLALIK TASVIRLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1246
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turmush / Toshkent / Maskva / sinov / farzand / sevgi / sadoqat / dushman

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bobur Yangiboy O„g„li Hakimov, Abror Samad O„g„li Ismatov

Bu asar muallifi Zarifa Saidnosirova "Oybegim mening" nomli kitobi nafaqat biografik asar, balki tarbiyaviy ahamiyati katta bo‗lgan, jonli va yorqin tasvirlarga ega chiroyli muhabbat qissasidir. Kitobni o‗qigan har bir o‗quvchi qalbida Oybekdek ulug‗ adib va ulug‗ insonga nisbatan hurmat va muhabbat tuyg‗ulari paydo bo‗ladi. Kitobda, Oybekdan tashqari, yana bir asosiy qahramon bor. Bu, butun hayotini Oybekka bag‗ishlagan, uning mashaqqatli qismatini yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor bo‗lgan Zarifa opaning o‗zidir. Oybekning shaxsiy hayotinigina emas, balki bir-biriga munosib ikki ulug‗ siymoning sevgi va vafo dostoni "Oybegim mening" asarini o‗qir ekansiz, ular boshidan o‗tkazgan qiyinchiliklar, ularga qilingan tusxmatlardan lol qolasiz kitob sizni shunchalik qiziqtirob qo‗yadiki, go‗yo bu voqealar o‗zingiz bilan yuz berayotganday tuyiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“OYBEGIM MENING” ASARIDA BOLALIK TASVIRLARI»

"OYBEGIM MENING" ASARIDA BOLALIK TASVIRLARI

Bobur Yangiboy o'g'li Hakimov Abror Samad o'g'li Ismatov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Bu asar muallifi Zarifa Saidnosirova "Oybegim mening" nomli kitobi nafaqat biografik asar, balki tarbiyaviy ahamiyati katta bo'lgan, jonli va yorqin tasvirlarga ega chiroyli muhabbat qissasidir.

Kitobni o'qigan har bir o'quvchi qalbida Oybekdek ulug' adib va ulug' insonga nisbatan hurmat va muhabbat tuyg'ulari paydo bo'ladi. Kitobda, Oybekdan tashqari, yana bir asosiy qahramon bor. Bu, butun hayotini Oybekka bag'ishlagan, uning mashaqqatli qismatini yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor bo'lgan Zarifa opaning o'zidir.

Oybekning shaxsiy hayotinigina emas, balki bir-biriga munosib ikki ulug' siymoning sevgi va vafo dostoni - "Oybegim mening" asarini o'qir ekansiz, ular boshidan o'tkazgan qiyinchiliklar, ularga qilingan tusxmatlardan lol qolasiz kitob sizni shunchalik qiziqtirob qo'yadiki, go'yo bu voqealar o'zingiz bilan yuz berayotganday tuyiladi.

Kalit so'zlar: Turmush, Toshkent, Maskva, sinov, farzand, sevgi, sadoqat, dushman,

Ijodkor yaratgan asl badiiy manzarada doimo fikr bilan birgalikda tuyg'u, hissiyot ham bo'ladi. Yozuvchi hamisha yo nimanidir yoqlaydi, yoki inkor qiladi. Betaraf badiiy ijod bo'lishi mumkin emas. Chunki inson tafakkuri va ruhiyatida betaraflik tugagandan so'nggina chinakam badiiy asar yaratiladigan holat paydo bo'ladi.adibning tuyg'ulari nechog'lik kuchli, nigohi qanchalar o'tkir, tili qanchalik boy bo'lsa, o'quvchi uning asariga ta'siriga shunchalik qattiq beriladi. Yaratilgan badiiy matnning qanchalik hissiy, ta'sirchan bo'lishi uning timsoliyligi - obrazliligi darajasiga bog'liq. Shunday qilib, badiiy adabiyotning ilmiy adabiyotdan asosiy hal qiluvchi farqi uning obrazliligidadir. Badiiy adabiyot obrazli bo' lganligi uchun ham odamga kuchli ta'sir etadi. Xo'sh, u holda badiiy timsol -obrazning o'zi nima degan savol tug'iladi. Bu haqda oltinchi

KIRISH

sinfda ham qisman fikr yuritilgan edi. Yuqoridagi misollardan

March, 2022

kelib chiqadigan bo'lsak, ijodkorning fikr, tuyg'u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan tasvirni badiiy timsol yoki obraz, deyish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bu qahramon ayol Zarifa Saidnosirovaga maqolani boshida tohtalib o'tishni joyiz deb bildim. Zarifa Saidnosirova O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor. Kimyo fanlari nomzodi. Birinchi o'zbek ayol rassomi. Taniqli ma'rifatparvar S. Mirjalilovning qizi, Oybekning rafiqasi. Toshkentda "Pestolotssi" maktabi Navoiy nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumiva so'ngra Rozanov tasviriy san'at studiyasida o'qigan. So'ng O'rta Osiyo universiteti fizika-matematika fakultetining kimyo bo'limini tugatib o'rta maktablar, xotin-qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan. "Oybegim mening" asarini o'qir ekanmiz, o'sha davrlarda ikki yozuvchimiz qanchalik bir biriga muhabbat qo'yganligiga,birgalikda qanchadadan qacha qiyinchiliklarni boshidan kechirganligiga guvoh bo'ldim. Va buyuk yozuvchimiz Oybekga yanada hurmatim ortdi.Oybekning muhabbati bilan hozirda muhabbat deb atalmish tuyg'uni solishtirib ko'rsak Zarifani qanchalik sevganligi, qanchalik ardoqlaganiga amin bo'lasiz va o'ylab qolasiz yoshlarimiz o'rtasida hozirda ham shunday muhabbat bormikan, deb.Bu kitob Sevgi va vafo dostoni deb tariflanadi aytganlaricha bor.Bu kitobni o'qir ekanmiz Turk yozuvchisi Rashid Nurining "Choliqushi" asaridagi sevgi qissasi ham yodimga tushdi u kitobda ham kundalik tutilandi.Oshiq moshiqlar bir biriga xatlar yozishadi va kitob ohirida ikki sevishgan bir biriga yetishadi. Bu asarda esa ikki sevishgan yilar davomida bir birini sinashadi,Zarifa sevgisini oshkor qilmay,Oybekni yillar davomida kuttiradi.Bu kitobni o'qir ekansiz,voqealar ko'z oldingizdan kino lentasiday tiziladi va ruxan yengillashasiz.Goxida asar qahramonlariga achinasiz gohida havas qilasiz, ular ijod uchun borini berganligiga hech narsadan chekinmaganligiga amin bo'lasiz.Ular turmush qurishganlarida bitta hona berilganligini aytishadi,lekin biz hech narsaga qiziqmas edik,faqat ikkalamiz birga bo'lsak bo'ldi deydi.Chunki ular baxtli edi.kitob boshida Zarifa Saidnosirova o'zining bolaligi haqida shunday deydi. Biz Turkiston shahrida, Qarnoq ko'chasining katta may-doniga kelib takalgan joyida, burchak hovlida yashar edik.Hovlimiz ichkari va tashqaridan iborat bo'lib, bir yonboshida yangi qurilgan katta paxta zavodi turardi. Ichka-ri hovli bilan tashqari o'rtasida kichik eshik bo'lib, bu eshik devor pardalar bilan o'ralgan edi. Ichkari xovlining butun bir tomonini pishiq, bo'g'otli yangi uy egallagan. Ikkinchi tomonida esa oziqxona, kata ayvon, oshxona va juda katta molxona joylashgan.

March, 2022

17

Uchinchi tomonda ochiq molxona bo'lib, buni bostirma der edik.Hovlining to'rtinchi tomoni — ko'chaga karagan baland de-vor. Hovli 1905 yilda, zamonaning eng yuksak zavqiga muvofiq, durustgina qurilgan. Biz shu joyda 1924 yilga kadar yashaganmiz. Otamning dadasi, ya'ni bobom Abdulxay Mirjalil o'g'li-ni baland bo'yli, sodda tabiatli, samimiy, dindor, dehqon odam bo'lgan, deydilar. Uning, bilmadim, qandaydir kichki-na do'koni bo'lgan. Har hayit oldida do'kondan qaytishda mahalladagi yetim-esirlar va beva-bechora xotinlarning uyiga bosh suqib, kiyimlik (zakot) ulashar ekanlar. Hamma ularni avliyo deb atar ekan. Birinchi xotinlaridan ikki o'g'il,bir qizi bo'lgan. U shu xotinining vafotidan so'ng Iqon kishlog'idan mening buvimni — yosh qizni olgan. Buvim mehnatkash dehqon oilasidan bo'lgan. Undan ikki qiz vabir o'g'il — mening otam Saidnosir tug'ilgan.Bobom bolalarining barchasini o'qitgan. Ular o'qish-yozishni yaxshi bilgan, savodli bo'lgan. Bobom Qur'on o'qish shart, deb yosh kelin chog'idayoq g'irt savodsiz buvimni mak-tabga katnattirgan. Buvim burniga ko'zoynak qo'ndirib, har kuni Qur'onni juda ravon o'qir, ammo boshqa kitoblardan bir satr ham o'qiyolmas edi. Biz bunga hayron bo'lardik, kulardik. Otam Saidnosir to'qqiz yoshida ekanida bobom bir ham-rohi bilan hajga jo'nagan. Avval Madinani ziyorat qilib,Oybegim mening keyin Makka safariga yo'l olgan. Shunda bobom: «Qanday qilib payg'ambar habriga orqam bilan kirib boraman»,degan va yig'lab, teskari, ya'ni orqasiga yurib, Makkaga ravona bo'lgan. Yo'lda charchab yiqilgan va vafot etgan.Hamrohi bobomni Arabiston cho'llariga dafn etib, uning qo'pol qozoqi choponini, oq surp kuloh-do'ppisini va bitma Qur'onini keltirib, buvimga topshirgan. Jiltga solin-gan, kattagina, og'ir bu bitma Qur'onni bobom hamisha ko'ltig'ida osig'liq olib yurar ekan. (Buvim Qur'on bilan do'ppini menga bergan, men katta o'g'lim Omonbekka meros sifatida qoldirganman.)

Zarifa Saidnosirova onasi yettita qiz tuqanligi va ikki qizi vafot etganligini aytadi.Otasi esa bilimga juda qiziqadigan inson edi. Tuxmat bilan qamalib ketadi sakkiz yil deganda keladi-yu o'n oy turib yana qamaladi av shu bilan qaytib kelmaydi.Oybek bilan Zarifa Saidnosirova turmush qurar ekan juda baxtli hayot kechirishadi. Oybek ish bilan Maskvaga ketar ekan juda chiroyli va mazmuni xatlar yozib turadi xatlaridagi munosabatlarni go'yo sog'inch ila bir birlariga suykalgan ikki musichaga qiyosh etish mumkin Maktab paytlarida bir voqeani so'zlab bergan edi o'shanda uning kallasiga ketmon tegib bosh chanog'i ko'rinib qolgan edi.Bu voqeani shunday tariflaydi: O'sha yillari bo'lib o'tgan bir vokea xal i xam esimda.Bir kuni oyim meni yuvintirib, sochlarimni o'rib, yangi

ko'ylak, yangi botinkalar kiygizdi. Erta bahor edi... Zul-fiya bilan

March, 2022

ayvonda ko'g'irchok o'ynay boshladim. U menga kiz uzatmokchi, men o'g'il uylantirmokchiman. Ikkovimiz ayvon-ning boshini egalladik. Lekin men negadir hozir kela-man, deb o'zimni tashkariga urdim. Tashkari da bir necha Zarifa Saidnosirova xizmatkorlar buvimning jiyani Iso bilan birga arik to-zalashar edi. Dadam Isoni Orenburgga oq'ishga yuborgan, ammo negadir bugun u biznikida ekan. Men arik chetiga borib tiqildim. Har narsaga korishib yuradigan odatim bor edi. Kattalardan bittasi: «Nari tur, chirok, ketmon tegib ketadi», — dedi. Qulok solmadim, tag'in yaqinroqqa dam tashladim, ishlarini jinday kuzatgandan so'ng, arik -ning narigi betiga sakramokchi bo'lib, yikildim: Isoning ketmoni boshimga tekkan edi. Hayriyat, u ketmonni ko'ta-rib kol i sh ga ulgurgan, yo'ksa, katta, yangi charxlangan zil-day ketmon meni ikkiga bo'lib tashlagan bo'lardi. (Erta-ab xam tashkaridan bir xabar olib kirganman, shunda ikki kishining bir to'da ketmonlarni yaraklatib charxlab o'tirganlarini tomosha kilgan edim.) Sh u payt hamma duv etib, tarkalib ketdi. Kimdir ko'lida ketmon ushlagan, kimdir ketmonini yerga tashlagan, ammo birortasi yaqin kelmaydi. Boshimdan tirqirab konotilyapti, lekin xushim joyida. O'rnimdan turmokchi bo'ldim,lekin tag'in yikildim. Meni uyga olib kirmaysizmi? — dedim boshimnibir oz ko'tarib. Odamlar orasidan bir keksarok kozok chiqdi-da, ikkiqo'liga meni yotqizib, ko'tarib oldi.Shundan keyin boshida kata chandiq qoladi.Asarda Oybek va Zarifalar qanchalik qiyin yo'llarni bosib o'tganiga,va o'z davrinig juda kuchli adbiblari bo'lganligi va o'sha davrning kuchli adiblari bilan birga do'stona munosabatda bo'lganligini guvohi bo'lamiz.Va shunga qaramasdan yaxshilar vor ekan dunyoda ularni ko'rolmaydigan ularga yovuz niyat ila boqadiganlar ham yo'q emas allbatda.Oybek kasal bo'lib yotib qolsada yozishda davom etadi.Eng achinarlisi shundaki kechagina uyiga kelib kamchiliklarimni ko'rib bering deb yurgan shogirdlari uning oyog'iga bolta urishga harakat qilishadi.Oybekninng asarlari juda ko'p tillarga tarjima qilinadi.Oybek kasal bolib yotar ekan xotiniga tugallanmay qolgan asarlarini aytib turadi va shu tarza yakunlaydi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, bu asarni o'qib turib Oybekning qanchalik buyuk inson ekanligini, ko'pgina davlat yozuvchilari uni hurmat qilishini va ijodini kuzatib boshqa tillarga tarjima qilib qo'ldan qo'lga almashib o'qilayotganini guvohi bo'lasiz.Shunga qaramay uning umr yo'loshi Zarifa Saidnosirova u boilan birgama birga yurib o'zbek ayolining matonati qanchalik ekanligini ko'rsatib beraolgan chunki.Oybek ishdan kelganida

March, 2022

19

uyda hech narsa yo'q edi, shunda ham qidirib ozgina kepak va yog'g topdim va ikkalasini qovurib,Oybekni oldiga qo'ydim deydi.Shundan bilsak bo'ladiki yo'qchilik paytlari ham matanoat bilan jufti halolini yolg'iz tashlamagan.Oybek ham ozgina yeb ertalab bollarga berasan deydi ota on anima bo'lsa ham bollarim och qolmasin deydi.Sabr bilan o'z ishidan tolmadi va halqimiz hurmatiga sazovar bo'lib qalblardan joy oldi.

REFERENCES

1. Zarifa Saidnosirova, "Oybegim mening" "Yangi asr avlodi",2020-yil

2. www.internet Adabiyot so'z san'ati

3. www.internet O'zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-200)-yillar

4. Rashid Nuri Guntekin "Choliqushi" roman

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.