Научная статья на тему 'OTA-ONA – MA'NAYIY BARKAMOLLIK TIMSOLI'

OTA-ONA – MA'NAYIY BARKAMOLLIK TIMSOLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
270
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Ota-ona / farzand tarbiyasi / ma’naviy barkamollik / Parenting / parenting / spiritual maturity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nozimaxon Narzullaxonovna Uluxo’jayeva

Har bir inson uchun otaday ulug’ qadrdon, onaday mehribon va yaqin kishi bo’lmasa kerak. Ular siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig’iday asrab avaylab voyaga yetkazib va hamma vaqt quyosh kabi hayotimizga nur ato etib, tunimizni yorug’, yo’llarimizni oydin qiladilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PARENTS ARE A SYMBOL OF SPIRITUAL PERFECTION

For everyone, there is no one as dear as a father, as kind and close as a mother. They bring us into the world with you, nurture us like the apple of our eye, and light up our lives like the sun at all times, illuminating our nights and illuminating our paths.

Текст научной работы на тему «OTA-ONA – MA'NAYIY BARKAMOLLIK TIMSOLI»

OTA-ONA - MA'NAYIY BARKAMOLLIK TIMSOLI

Nozimaxon Narzullaxonovna Uluxo'jayeva NamMTI akademik litseyi biologiya fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Har bir inson uchun otaday ulug' qadrdon, onaday mehribon va yaqin kishi bo'lmasa kerak. Ular siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko'z qorachig'iday asrab avaylab voyaga yetkazib va hamma vaqt quyosh kabi hayotimizga nur ato etib, tunimizni yorug', yo'llarimizni oydin qiladilar.

Kalit so'zlar: Ota-ona, farzand tarbiyasi, ma'naviy barkamollik

PARENTS ARE A SYMBOL OF SPIRITUAL PERFECTION

Nozimakhon Narzullakhonovna Uluxojaeva Teacher of biology at the Academic Lyceum of the Namangan Institute of Engineering

Technology

ABSTRACT

For everyone, there is no one as dear as a father, as kind and close as a mother. They bring us into the world with you, nurture us like the apple of our eye, and light up our lives like the sun at all times, illuminating our nights and illuminating our paths.

Keywords: Parenting, parenting, spiritual maturity

KIRISH

Ota-ona hech qachon yomon bo'ldemaydi, o'zini o'tu suvga urib, bolam bekamu ko'st o'ssin, voyaga yetib, katta hayotga qadam qo'ysin, komil inson bo'lsin, unib o'ssin va o'zidan ko'paysin deb jonini fidoqiladi. Ota-ona uchun farzanddan aziz, farzanddan shirinroq ne'mat b'olmasa kerak, farzandining sog'lig'i, kamoloti va kelajagi yo'lida tinim bilmaydi va doimo duoda bo'lishadi. Farzandining shodligini o'z shodligi, baxtini o'z baxti deb anglaydi, shodligu quvonchidan quvonadi,qayg'usiga sherik bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dunyoda har bir inson uchun eng kattabaxt - ota- onasining borligi. Ollohga shukur men ham shunday baxtli insonlardanman, ota-onam yonimda, sog' salomat, ko'z tegmasin, ularni yaratgan egam panohida asrasin.Ota-ona uchun farzandning

yoshi hech qanday ahamiyatga ega emas, 100 yoshga kirsa ham ota-ona uchun u bola bo'lib qolaveradi.

Bundan ikki yil avval sog'lig'imda muammo borligi sababli avgust oyida Farg'ona viloyatining Toshloq tumanidagi bir sihatgohda davolanishga bordim. Sihatgohdagi xonalar uch kishiga mo'ljallangan. Xonalardan biriga joylashdim, biroz vaqtdan keyin xonaga o'rta yoshlardagi opa ham kelib joylashdi. Opa bilan tanishib olib,shifokor buyurgan muolajalarni olishni, birga ovqatlanishga va hovlida sayr qilishga chiqa boshladik. Oradan ikki kun o'tgach xonamizga yoshlari kattaroq opani joylashtirishdi.Ular bilan tanishdik:Farg'onaning Oltiariq tumanidan ekanlar. Xonamizda ajoyib uchlik paydo bo'ldi. Men Namangandan, birinchi sherik Andijonning Paxtobodidan va ikkinchi sherik Farg'onaning Oltiariq tumanidan. Oltiariqlik opaning yoshlari oltmishdan oshgan bo'lishiga qaramay, yoshroq ko'rinar edi. Xarakterlari sho'x bo'lganligi uchun xonamizda kulgilar jaranglay boshladi, boshqa xonalardan bemorlar ham chiqib xonamizda turli mavzularda suhbatlashishardi. Garchi sihatgohda barcha sharoitlar yaxshi, ikki mahal issiq ovqat bo'lsada, davolanayotgan bemorlarning yaqinlari ulardan hol ahvol so'rashga uzoq yaqindan kelisha boshlashadi. Bizda ham xuddi shunday avval meni yaqinlarim, keyin esa Andijonlik opaning yaqinlari kela boshlashdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sihatgohda davolanish muddati 12 kunni tashkil etadi.Farg'onalik opaning kelganlariga 4 kun bo'lganda ham yaqinlaridan hech kim kelmadi, bu holatdan opaning xolatlari o'zgarib, qandaydir ma'yus tortib qoldilar. Ertasi kuni ertalab opa sumkalaridan bir narsa qidira boshladilar va anchadan keyin qog'oz parchasiga yozilgan telefon raqamini topib, mendan shu nomerga telefonimdan telefon qilib berishimni iltimos qildilar. Men telefonimdan darrov qog'ozdagi nomerni terib, telefonni mikrafonini yoqib berdim. Bir ikki gudokdan keyin telefonga javob keldi va o'rta yoshdagi kishining ovozi keldi.Uka yaxshimisan, tuzumisan, uydagilar yaxshimi, buvam va otam yaxshilami deb opa hol axvol so'ray boshladilar, onalarini so'rab, ular bilan gaplashdilar, keyin esa go'shakni otalari oldilar. Farzandidan xol ahvol so'ragan ota, nimaga kelmayapsan, tuzikmisan degan savolida, opaning ko'zlaridan yosh tomchilari dumalab, ovozi o'zgardi. Bu holatni ota darrov sezib quyidagich a savolni berdi. "Ha bolam nima bo'ldi, yag'layapsanmi". Ular tomonda yig'layapsanmi so'zini shevada yag'layapsanmi deyilar ekan. Opa javobberdi: "Yo'q, otayag'lamayapman, silani sog'indim" Bolasini qaydaligini bilgan ota , onang boradi qizim mani ozroq mazam yo'q, nimaqilibborsinonang, ko'nglingnimanitusayapti, hammasiniyetkazaman. Opa esa hech narsa kerakmasligini, kamchiligi yo'qligini aytib ota- onasi bilan xayrlashdi.Keyin ma'lum bo'lishicha opaning katta o'g'li avtohalokatga uchrab,

mashina ustaxonadan chiqmaguncha, onasini ko'rishga otasi va boshqa yaqinlari bilan kelisha olishmagan.

Opa ma'lum vaqt o'tirib, keyin muolajalarga chiqdi, biz ham muolajalarni oldik. Kun issiq edi, tushlikdan keyin hovlining salqin qismida ozgina sayr qildik. Xonamizga qaytsak 3 ta ayol kutib turishgan ekan. Ulardan birlarini yoshlari ancha katta 80 yoshlaga yaqinlashgan , lekin tetikkina, ikkitalari o'rta yoshlarda. Mexmonlar Farg'onalik opaning onalari va singillari edi. Stol ustida juda ko'p salafan xaltalarda mevalar, 5-6 xil ovqatlar va yangi kiyimlar bor edi. 80 yoshlik ona 60 yoshli bolasidan goh kulib, goh yig'lab hol axvol so'radi. 60 yoshli bola onasiga yosh bolalarcha javob qaytarar va qo'llaridan o'par edi

XULOSA

Men bu manzarani kuzatib turarkan, vujudimni bir ajib tuyg'u qamrab oldi, ko'zimdan ko'z yoshlarim bir ketin , menga bo'nsunmagan holda dumalab tushardi opaga qarab turib naqadar baxtli ekanligini, meni ham ota-onam men 60 yoshdan o'tganimda yonimda bo'lishlari, umrlarini ziyoda va sihat salomatlikda bo'lishlarini ollohdan so'radim.

Joningizga jon bo 'lolmas afsus bu jonim Bo 'lsa e 'di berardim sizga bor umrim Insho olloh ko 'rgaysiz gullagan bog 'im Nur ila yoritgan jahonim ota va onam

REFERENCES

1. Norbekova, B. (2020). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING OILADA BOLALAR VA O'SMIRLAR SHAXSIDA ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNI TARBIYALASH HAQIDAGI QARASHLARI. Архив Научных Публикаций JSPI.

2. Kushakova, G. (2020). XALQ OG 'ZAKI IJODI NAMUNALARIDA OILA MASALALARINING TALQIN ETILISHI. Архив Научных Публикаций JSPI.

3. Xudoymurodova, D. J. OTA-ONA VA BOLA MUNOSABATLARIDA TARBIYA. O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O 'RTA MAXSUS TA 'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 375.

4. Parmonov, B. E. (2020). OILADA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA'NAVIYAXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH. ScienceandEducation, 7(6), 168-17

5. Rasulova, D. (2020). YOSH OTA-ONALARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK BILIMLARINI OSHIRISHNING AHAMIYATI. Архив Научных Публикаций JSPI.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.