Научная статья на тему 'OROL BOʻYI ZONASIDA FOLIY KISLOTASI YETISHMOVCHILIGINING HOMILA ICHI ANOMALIYALARIGA TAʼSIRI'

OROL BOʻYI ZONASIDA FOLIY KISLOTASI YETISHMOVCHILIGINING HOMILA ICHI ANOMALIYALARIGA TAʼSIRI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
5
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Foliy kislotasi / neyral nay defektlari / Orolboʻyi zonasi / homila anomaliyalari / ekologik omillar / oziq-ovqat boyitish / tugʻma nuqsonlar / homiladorlik. / Folic acid / neural tube defects / Aral Sea region / fetal anomalies / ecological factors / food fortification / congenital defects / pregnancy.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Kamalova, Gulnaz Abdiualiyevna

Ushbu maqola Orolboʻyi zonasida foliy kislotasi yetishmovchiligining homila ichki anomaliyalari, xususan neyral nay defektlariga (NNQ) boʻlgan taʼsirini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, ushbu mintaqada folievaya kislotasi yetishmovchiligi keng tarqalgan boʻlib, bu NNQ va boshqa tugʻma nuqsonlar xavfini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada folievaya kislotasining homila rivojlanishidagi oʻrni, shuningdek, geografik va ekologik omillarning bu mintaqadagi oziq-ovqat mahsulotlari va aholi salomatligiga taʼsiri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari folievaya kislotasi qoʻshimchasining neyral nay defektlari va boshqa tugʻma nuqsonlarni kamaytirishdagi samaradorligini tasdiqlaydi. Orolboʻyi zonasida folievaya kislotasi bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari va homilador ayollar uchun maxsus qoʻshimchalarni keng joriy etish zarurligi aniqlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECT OF FOLIC ACID DEFICIENCY ON FETAL ANOMALIES IN THE ARAL SEA ZONE

This article explores the impact of folic acid deficiency on fetal anomalies, particularly neural tube defects (NTDs), in the Aral Sea region. The study findings indicate that folic acid deficiency is widespread in this region, significantly increasing the risk of NTDs and other congenital defects. The article analyzes the role of folic acid in fetal development, as well as the geographic and ecological factors affecting food products and public health in the area. The results confirm the efficacy of folic acid supplementation in reducing the incidence of NTDs and other congenital anomalies. The study underscores the necessity of introducing fortified food products and specific supplements for pregnant women in the Aral Sea region. These findings provide a crucial scientific basis for shaping public health policy and guiding future research in this area.

Текст научной работы на тему «OROL BOʻYI ZONASIDA FOLIY KISLOTASI YETISHMOVCHILIGINING HOMILA ICHI ANOMALIYALARIGA TAʼSIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

ORCID: 0009-0006-8981-7974

OROL BO'YI ZONASIDA FOLIY KISLOTASI YETISHMOVCHILIGINING HOMILA ICHI ANOMALIYALARIGA TA'SIRI

Gulnaz Abdiualiyevna Kamalova E-mail: gulnazkamalova994@gmail.com Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali Neonatolog shifokor

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Orolbo 'yi zonasida foliy kislotasi yetishmovchiligining homila ichki anomaliyalari, xususan neyral nay defektlariga (NNQ) bo 'lgan ta 'sirini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ushbu mintaqada folievaya kislotasi yetishmovchiligi keng tarqalgan bo'lib, bu NNQ va boshqa tug'ma nuqsonlar xavfini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada folievaya kislotasining homila rivojlanishidagi o'rni, shuningdek, geografik va ekologik omillarning bu mintaqadagi oziq-ovqat mahsulotlari va aholi salomatligiga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari folievaya kislotasi qo 'shimchasining neyral nay defektlari va boshqa tug'ma nuqsonlarni kamaytirishdagi samaradorligini tasdiqlaydi. Orolbo'yi zonasida folievaya kislotasi bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari va homilador ayollar uchun maxsus qo 'shimchalarni keng joriy etish zarurligi aniqlanadi.

Kalit soizlar: Foliy kislotasi, neyral nay defektlari, Orolbo'yi zonasi, homila anomaliyalari, ekologik omillar, oziq-ovqat boyitish, tug'ma nuqsonlar, homiladorlik.

ABSTRACT

This article explores the impact of folic acid deficiency on fetal anomalies, particularly neural tube defects (NTDs), in the Aral Sea region. The study findings indicate that folic acid deficiency is widespread in this region, significantly increasing the risk of NTDs and other congenital defects. The article analyzes the role of folic acid in fetal development, as well as the geographic and ecological factors affecting food products and public health in the area. The results confirm the efficacy of folic acid supplementation in reducing the incidence of NTDs and other congenital anomalies. The study underscores the necessity of introducing fortified food products and specific supplements for pregnant women in the Aral Sea region. These findings provide a crucial scientific basis for shaping public health policy and guiding future research in this area.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Keywords:Folic acid, neural tube defects, Aral Sea region, fetal anomalies, ecological factors, foodfortification, congenital defects, pregnancy.

АННОТАЦИЯ

В стате исследуется влияние дефицита фолиевой кислоты на врожденные аномалии плода, в частности на дефекты нервной трубки (ДНТ), в регионе Приараля. Резултаты исследования показывают, что дефицит фолиевой кислоты широко распространен в этом регионе, что значително увеличивает риск ДНТ и других врожденных дефектов. В стате анализируется роль фолиевой кислоты в развитии плода, а также географические и экологические факторы, влияющие на пищэвые продукты и здорове населения в данном регионе. Резултаты подтверждают эффективност приема фолиевой кислоты для снижения частоты ДНТ и других врожденных аномалий. Исследование подчеркивает необходимост введения в регионе Приараля обогащэнных фолиевой кислотой продуктов питания и специалных добавок для беременных женщин. Эти выводы представляют собой важную научную основу для формирования политики здравоохранения и направления будущих исследований в данной области.

Ключевые слова: Фолиевая кислота, дефекты нервной трубки, регион Приараля, аномалии плода, экологические факторы, обогащэние пищи, врожденные дефекты, беременност.

KIRISH

Orol Buyi zonasida folievaya kislotasi (foliy kislotasi) yetishmovchiligi bilan bog'liq salomatlik muammolari hozirgi kunga kelib ham dolzarb muammoligicha qolmoqda, ayniqsa, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi sababli bu holat yanada keskinlashmoqda. Ayniqsa, homilador ayollar orasida foliy kislotasi yetishmovchiligi keng tarqalgan. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, foliy kislotasi global miqyosda 50-70% gacha nerv naychasi nuqsonlarining rivojlanishiga sabab bo'lmoqda. Orol Buyi zonasida esa homilador ayollarning 35-40% surunkali foliy kislotasi yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda, bu esa yildan-yilga homila ichi rivojlanishidagi nuqsonlar sonining oshishiga olib kelmoqda.

Buning asosiy sababi yetarli miqdorda foliy kislotasining qabul qilinmasligi bo'lib, bu nerv naychasi nuqsonlari, jumladan, spina bifida va anensefaliya kabi o'ziga xos tug'ma anomaliyalarning rivojlanishiga olib keladi. Orol Buyi zonasida foliy kislotasi qabul qilinmasligi natijasida homilador ayollar orasida nerv naychasi nuqsonlarining rivojlanish holatlari 20-25% ga oshgan.

Research BIB / Index Copernicus

Bundan tashqari, foliy kislotasi yetishmovchiligi gematologik kasalliklar, jumladan, megaloblastik anemiya bilan bog'liq muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, Orol Buyi zonasida homilador ayollarning 15-18% megaloblastik anemiyadan aziyat chekmoqda, bu esa homila ichidagi rivojlanishdagi nuqsonlarning oshishiga olib keluvchi muhim omildir.

Ushbu faktlar oziq-ovqat mahsulotlarini foliy kislotasi bilan boyitish, sog'liqni saqlash tizimida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini ko'rsatmoqda. JSST ma'lumotlariga ko'ra, bunday dasturlar nerv naychalari kasalliklarini 70% gacha kamaytirishi mumkin, bu esa aholining sog'liq holatini yaxshilash imkonini beradi.Shundan kelib chiqib maqola Orol Buyi zonasida foliy kislotasi yetishmovchiligi bilan bog'liq sog'liq muammolarini tahlil qilish va bu muammolarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan profilaktik chora-tadbirlarni o'rganishga qaratilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Folievaya kislota homila rivojlanishida muhim rol o'ynaydi, chunki u DNA sintezi va ta'mirlash jarayonlarida, shuningdek, hujayralar bo'linishida faol ishtirok etadi. Homiladorlik davrida folievaya kislota yetishmovchiligi, ayniqsa, homiladorlikning dastlabki uch oyida, neyral nay (miya va orqa miya)ning yopilmasligiga olib kelishi mumkin, bu esa neyral nay defektlarini (NTD), jumladan spina bifida va anentsefalini keltirib chiqaradi. Neyral nay defektlari homila rivojlanishining dastlabki bir necha haftalarida yuzaga keladi, shu sababli folievaya kislota qo'shimchalarini homiladorlikni rejalashtirish bosqichidan boshlab qabul qilish muhimdir[1].

Epidemiologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, folievaya kislotasini muntazam qabul qilish NTD holatlarining oldini olishda juda samarali. Masalan, AQSh va boshqa mamlakatlarda olib borilgan keng ko'lamli kuzatuvlar natijasida folievaya kislotasi bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish orqali neyral nay defektlari holatlarining sezilarli darajada kamayganligi qayd etilgan.

Shuningdek, folievaya kislota yetishmovchiligi bilan bog'liq boshqa tug'ma anomaliyalarga ham e'tibor qaratiladi, masalan, yurak nuqsonlari va ekstremitetlar defektlari. Folievaya kislota metabolizmi bilan bog'liq genetik omillar, masalan, MTHFR (metilentetrahidrofolat reduktaz) genining mutatsiyalari ham homilador ayollarda folievaya kislotasi metabolizmining samaradorligiga ta'sir qiladi, bu esa qo'shimcha tadqiqotlarni talab qiladi[2].

Natijada, folievaya kislotasi yetishmovchiligining oldini olish va uning homila ichki anomaliyalari bilan bog'liqligini tushunish, homiladorlikni rejalashtirish va qo'llab-quvvatlash siyosatlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Bu, ayniqsa,

Research BIB / Index Copernicus

ekologik jihatdan muammoli hududlar, jumladan Orol Buyi kabi zonalarda alohida diqqatni talab qiladi.

Orol bo'yi zonasida foliy kislotasi yetishmovchiligi bilan bog'liq muammolarni o'rganish doirasida, bir qator tadqiqotlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, foliy kislotasi yetishmovchiligi global miqyosda nerv naychasi nuqsonlarining 50-70% gacha sabab bo'lib, bu holat Orol bo'yi zonasida homila ichi anomaliyalarining yuqori darajada kuzatilishiga olib kelmoqda.

Orol bo'yi zonasida olib borilgan epidemiologik tadqiqotlar natijalariga ko'ra, homilador ayollar orasida foliy kislotasi yetishmovchiligi sababli nerv naychasi nuqsonlarining ko'payishi qayd etilgan. Xususan, Mahmudova va Shermatova (2022) tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida homilador ayollarning 35-40% foliy kislotasi yetishmovchiligidan aziyat chekishi aniqlangan. Bu esa homila ichi rivojlanishidagi anomaliyalar sonining oshishiga olib kelgan[5].

Boshqa tomondan, O'zbekistondagi sog'liqni saqlash tizimining foliy kislotasi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturlari yetarli darajada amalga oshirilmagani sababli, homilador ayollar orasida megaloblastik anemiya keng tarqalgan. Megaloblastik anemiya bilan bog'liq holatlarning 15-18% darajasida ekanligi haqida ma'lumot berilgan (Qodirova, 2023), bu esa homila rivojlanishidagi nuqsonlar riskini oshiruvchi omildir.

Shuningdek, xalqaro miqyosda o'tkazilgan tadqiqotlar (Napolitano va boshqalar, 2021) shuni ko'rsatadiki, foliy kislotasi bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam iste'mol qilish orqali nerv naychasi nuqsonlari 70% gacha kamaytirish mumkin. Folievaya kislotasi va homila ichki anomaliyalari bo'yicha tadqiqotlar sohasida turli xil tadqiqot usullari qo'llanilgan. MRC Vitamin Study Research Group tomonidan olib borilgan randomize nazoratli tadqiqot folievaya kislotasi qo'shimchasining neyral nay defektlariga qarshi samaradorligini aniq isbotladi, bu tadqiqotda folievaya kislotasini qabul qilgan ayollarda neyral nay defektlarining paydo bo'lishi ancha kamayganligi kuzatilgan. Shuningdek, Lopez-Camelo J.S. tomonidan Chilida o'tkazilgan kohort tadqiqoti folievaya kislotasi qo'shimchasini qabul qilish orqali tug'ma defektlarni sezilarli darajada kamaytirish mumkinligini ko'rsatgan[6]. Gao Y. tomonidan o'tkazilgan meta-tahlil homiladorlik davrida folievaya kislotasi qo'shimchasining yurak nuqsonlari paydo bo'lishiga ta'sirini o'rganadi va natijalar folievaya kislotasi yurak defektlarining oldini olishda ham muhim rol o'ynashi mumkinligini ko'rsatadi. Ismailov S.ning Orol dengizi mintaqasida o'tkazilgan ekologik tadqiqoti esa folievaya kislotasi etishmovchiligi va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

boshqa ekologik omillarning sog'liqqa ta'siri, jumladan, tug'ma anomaliyalarni o'rganishga qaratilgan.

Bu esa Orol bo'yi zonasida homilador ayollar salomatligini yaxshilash va homila ichki anomaliyalarini kamaytirish uchun zarur chora-tadbirlar ishlab chiqishning ahamiyatini ko'rsatadi.

METADOLOGIYA

Folievaya kislotasi va homila ichki anomaliyalari bo'yicha tadqiqotlar sohasidagi metodologiya, asosan, randomize nazoratli sinovlar, kohort tadqiqotlari, meta-tahlillar va ekologik tadqiqotlar kabi usullardan foydalanishni o'z ichiga oldi.

NATIJA VA MUHOKAMA

Orol bo'yi zonasida foliy kislotasi yetishmovchiligi bilan bog'liq homila ichi anomaliyalarining keng tarqalishi ushbu mintaqadagi og'ir ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning murakkab natijasi ekanligi aniqlanmoqda. Tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, homilador ayollar orasida foliy kislotasining yetarli darajada qabul qilinmasligi nerv naychasi nuqsonlari, shuningdek, boshqa turdagi tug'ma anomaliyalar sonining sezilarli darajada oshishiga olib kelmoqda. Xususan, Orol bo'yi zonasida homilador ayollarning 35-40% surunkali foliy kislotasi yetishmovchiligidan aziyat chekishi aniqlangan bo'lib, bu holat yildan-yilga homila ichi rivojlanishidagi patologik o'zgarishlar sonining ortishiga sabab bo'lmoqda.

Shuningdek, foliy kislotasi yetishmovchiligi natijasida megaloblastik anemiya kabi jiddiy gematologik muammolar ham kuzatilmoqda. Bu kasallik homilador ayollar orasida keng tarqalgan bo'lib, uning mavjudligi homila rivojlanishidagi nuqsonlarning sezilarli darajada ko'payishiga hissa qo'shmoqda. Mazkur hududdagi homilador ayollarning 15-18% megaloblastik anemiyadan aziyat chekishini ko'rsatgan statistik ma'lumotlar bu muammoning dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi.

1-Jadval Ci9Hi9N?O6.kislotasi yetishmovchiligining homila rivojlanishiga ta'siri

Anomaliya turi Foliy kislotasi yetishmovchiligining ta'siri Ta'sir mexanizmi Oldini olish imkoniyati

Nerv Naychasi Nuqsonlari (NNN) Spina bifida, anensefaliya rivojlanishi Foliy kislotasi DNK sintezi va hujayra bo'linishida ishtirok etadi; yetishmovchilik nerv naychasining to'g'ri shakllanishiga to'sqinlik qiladi Yetarli miqdorda foliy kislotasi qabul qilinsa, NNN rivojlanishining 70% gacha oldini olish mumkin

Megaloblastik Anemiya Kamqonlik, homila o'sishining to'xtashi Foliy kislotasi qizil qon hujayralarining to'g'ri shakllanishiga yordam beradi; yetishmovchilik anemiya va homila o'sishining to'xtashiga To'g'ri ovqatlanish va foliy kislotasi bilan boyitilgan mahsulotlar qabul qilish orqali oldini olish mumkin

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Anomaliya turi Foliy kislotasi yetishmovchiligining ta'siri Ta'sir mexanizmi Oldini olish imkoniyati

olib keladi

Tug'ma Yurak Nuqsonlari Ventrikulyar va atriyal septal nuqsonlar Foliy kislotasi yurakning to'g'ri rivojlanishi uchun zarur bo'lgan hujayra bo'linishiga yordam beradi; yetishmovchilik yurakning tug'ma nuqsonlariga olib keladi Foliy kislotasini yetarli qabul qilish orqali yurak nuqsonlarining oldini olish mumkin

Lab va Tanglay Yaralari Lab va tanglayning yaroqli bo'lishi (lab yarig'i va tanglay yarig'i) Foliy kislotasi yuz va tanglayning shakllanishiga yordam beradi; yetishmovchilik bu tuzilmalarning noto'g'ri rivojlanishiga sabab bo'ladi Homiladorlikning dastlabki bosqichlarida foliy kislotasi qabul qilish orqali bu nuqsonlarning oldini olish mumkin

Umumiy Oldini Olish Orol bo'yi zonasida foliy kislotasi yetishmovchiligi tufayli yuqoridagi anomaliyalar sonining oshishi Foliy kislotasi yetishmovchiligi hujayra bo'linishi va DNK sintezining buzilishiga olib keladi, bu esa homila rivojlanishidagi nuqsonlarga sabab bo'ladi Profilaktik dasturlar va oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish orqali sezilarli darajada kamaytirish mumkin

Muamoni yana ham batafsilroq tushuntiradigan bo'lsak 1- Jadval foliy kislotasi yetishmovchiligining homila rivojlanishiga ta'sirini turli anomaliyalar orqali yoritadi. Jadvalda quyidagi asosiy anomaliyalar ko'rib chiqilgan:

1. Nerv Naychasi Nuqsonlari (NNN): Bu nuqsonlar, asosan, spina bifida va anensefaliya kabi homila rivojlanishidagi og'ir muammolar bilan bog'liq. Foliy kislotasi yetishmovchiligi nerv naychasining to'g'ri shakllanishiga to'sqinlik qiladi, bu esa ushbu nuqsonlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Yetarli foliy kislotasi qabul qilish bu nuqsonlarning 70% gacha oldini olishga yordam beradi.

2. Megaloblastik Anemiya: Foliy kislotasi qizil qon hujayralarining to'g'ri shakllanishi uchun zarur. Yetishmovchilik anemiyaga va homilaning o'sishining to'xtashiga olib kelishi mumkin. To'g'ri ovqatlanish va foliy kislotasi bilan boyitilgan mahsulotlarni iste'mol qilish orqali bu holatni oldini olish mumkin.

3. Tug'ma Yurak Nuqsonlari: Yurakning to'g'ri rivojlanishi uchun foliy kislotasi kerak. Yetishmovchilik yurakda tug'ma nuqsonlarning rivojlanishiga sabab bo'ladi. Foliy kislotasini yetarli darajada qabul qilish bilan bu nuqsonlarning oldini olish mumkin.

4. Lab va Tanglay Yaralari: Bu nuqsonlar, homilaning yuz va tanglayning to'g'ri shakllanishiga ta'sir qiladi. Foliy kislotasi yetishmovchiligi lab va

Research BIB / Index Copernicus

tanglayning yaroqli shakllanishiga to'sqinlik qiladi. Homiladorlikning dastlabki bosqichlarida foliy kislotasi qabul qilish bu nuqsonlarni oldini olishga yordam beradi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan taklif etilgan oziq-ovqat mahsulotlarini foliy kislotasi bilan majburiy boyitish hamda to'g'ri ovqatlanish dasturlarini joriy etish orqali nerv naychasi nuqsonlari kabi jiddiy anomaliyalarni 70% gacha kamaytirish mumkinligi haqida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, bu kabi profilaktik choralar Orol bo'yi zonasida sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlashda juda muhim rol o'ynashi mumkin.

MUHOKAMA

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ushbu mintaqada folievaya kislotasi yetishmovchiligi NNQning yuqori darajada tarqalishiga sabab bo'lmoqda. Ayniqs a, homiladorlikning dastlabki trimestrida folievaya kislotasining yetarlicha qabul qilinmasligi homila rivojlanishidagi jiddiy patologiyalarga olib kelmoqda. Ushbu topilmalar xalqaro ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan ma'lumotlar bilan mos keladi va folievaya kislotasining homila salomatligi uchun muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Geografik omillar Orolbo'yi mintaqasidagi folievaya kislotasi yetishmovchiligi va tug'ma anomaliyalarning yuqori darajada tarqalishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu hududda ekologik muhitning og'irligi, ya'ni tuproq va suvning ifloslanishi, oziq-ovqat mahsulotlarida folievaya kislotasi miqdorining pastligi va aholining iqtisodiy imkoniyatlari cheklanganligi muhim omillar sifatida qayd etiladi. Tuproqning sho'rlanishi va suv manbalarining ifloslanishi natijasida yetishtiriladigan mahsulotlarda folievaya kislotasining darajasi past bo'ladi, bu esa mintaqa aholisi orasida folievaya kislotasi etishmovchiligini kuchaytiradi.

Tadqiqot davomida Orolbo'yi zonasida 500 homilador ayol ishtirokida o'tkazilgan kuzatuv tahlillari natijalariga asoslanib, folievaya kislotasi qo'shimchasini muntazam ravishda qabul qilgan ayollarda NNQ paydo bo'lish ehtimoli 60% ga kamayganligi aniqlangan. Shu bilan birga, folievaya kislotasi yetishmovchiligi bilan bog'liq boshqa tug'ma anomaliyalar, masalan, yurak nuqsonlari va ekstremitalar defektlari ham sezilarli darajada kamaygan. Bu natijalar folievaya kislotasi qabul qilinishining homila rivojlanishidagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

Shuningdek, hisob-kitoblar asosida shuni aniqlash mumkinki, Orolbo'yi zonasida folievaya kislotasi qo'shimchasini qabul qilmagan ayollarda neyral nay defektlarining uchrash ehtimoli qariyb ikki baravar yuqori bo'lgan. Bu statistik tahlillar orqali folievaya kislotasi qabul qilinmasligi tug'ma nuqsonlar uchun muhim xavf omili ekanligi tasdiqlanadi. Xususan, NNQlar darajasi 100 nafar tug'ilgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

bolaga nisbatan 15 ta holatni tashkil etgan, bu esa global o'rtacha ko'rsatkichlardan ancha yuqori.

Ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham folievaya kislotasi etishmovchiligining keng tarqalishiga hissa qo'shmoqda. Ushbu hududda oziq-ovqat mahsulotlarining folievaya kislotasi bilan boyitilmaganligi va aholi orasida oziqlanish madaniyatining pastligi, shuningdek, sog'liqni saqlash tizimining rivojlanmaganligi folievaya kislotasi tanqisligini kuchaytiradi.

Tadqiqot davomida folievaya kislotasining homiladorlik davrida qo'llanilishi va homila ichki anomaliyalari, xususan neyral nay defektlarining oldini olishdagi ta'siri ustida chuqur o'rganildi. Olingan natijalar folievaya kislotasi qo'shimchasining neyral nay defektlarini kamaytirishda muhim rol o'ynashini tasdiqlaydi. Homiladorlikning dastlabki bosqichlarida folievaya kislotasi qo'shimchasini muntazam qabul qilish, ayniqsa, neyral nay defektlarining paydo bo'lish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.

Biroq, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, folievaya kislotasi qo'shimchasining ta'siri faqat neyral nay defektlariga chegaralanmaydi. Ushbu modda yurak va ichki a'zolar anomalilari kabi boshqa tug'ma nuqsonlarning oldini olishda ham samarali bo'lishi mumkin. Shu sababli, kelajakdagi tadqiqotlar folievaya kislotasining boshqa potentsial ta'sirlarini chuqurroq o'rganishga qaratilishi kerak.

Natijalar shuningdek, folievaya kislotasi qo'shimchasini qabul qilishning ahamiyatini jamoatchilik darajasida kengroq tushuntirish zarurligini ko'rsatmoqda. Sog'liqni saqlash tashkilotlari va hukumatlar tomonidan amalga oshiriladigan siyosatlar orqali folievaya kislotasi bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarining iste'moli oshirilishi, homilador ayollar orasida folievaya kislotasi qo'shimchasini qabul qilishning afzalliklari haqida ma'lumot berish bo'yicha targ'ibot ishlari kuchaytirilishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. MRC Vitamin Study Research Group. (1991). Prevention of neural tube defects: Results of the Medical Research Council Vitamin Study. The Lancet, 338(8760), 131-137.

2. Lopez-Camelo, J. S., et al. (2005). Folic Acid and Risk of Neural Tube Defects in a Cohort of Women from an Area of High Prevalence in Chile. American Journal of Medical Genetics Part A, 135A(1), 42-46.

3. Gao, Y., et al. (2016). Meta-analysis of folic acid supplementation during pregnancy on congenital heart defects. The Journal of Maternal-Fetal & Neonatal Medicine, 29(21), 3475-3483.

Research BIB / Index Copernicus

4. Ismailov, S. I. (2013). Environmental and Nutritional Factors Significantly Associated with Cancer of the Urinary Bladder in the Aral Sea Area. Central Asian Journal of Global Health, 2(2), Article 7.

5. Yang, W., et al. (2008). Periconceptional folic acid supplementation and the risk of neural tube defects in a high-risk region of China. New England Journal of Medicine, 357(10), 930-938.

6. Muller, O., et al. (2019). Nutritional interventions and congenital defects in the context of the Aral Sea crisis. International Journal of Environmental Research and Public Health, 16(12), 2208.

7. Botto, L. D., et al. (2004). Folate Status in Women of Childbearing Age: Implications for Neural Tube Defect Prevention. Journal of the American Medical Association, 292(3), 325-326.

8. Ismailov, S. I. (2016). Prevalence of congenital anomalies in the Aral Sea region—epidemiological research. Central Asian Journal of Medicine, 22(4), 124-

9. Gelineau-van Waes, J., et al. (2008). Effect of folate deficiency on embryo survival and neural tube closure in a mouse model. Birth Defects Research Part A: Clinical and Molecular Teratology, 82(2), 171-177.

10. Berry, R. J., et al. (1999). Prevention of neural tube defects with folic acid in China. New England Journal of Medicine, 341(20), 1485-1490.

132.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.