Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
ORGANIZMNING ZIGOTADAN RIVOJLANISHI
Zebo Yerbekovna Tillayeva
Toshkent shahar, Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti akademik litseyi, biologiya fani oliy toifali o'qituvchisi, biologiya fanlari nomzodi
Ushbu maqolada odam ontogenezi zamonaviy yondoshuv asosida tushuntirilgan. Odam organizmida zigota hosil bo'lishi, farzandning o'g'il yoki qiz bo'lish sabablari, embrional va postembrional rivojlanish bosqichlari qiziqarli va sodda tilda tushuntirib berilgan. O'qituvchilar ushbu ma'lumotlardan dars jarayonida foydalanishlari mumkin.
Kalit so'zlar: tuxum hujayra, spermatozoid, zigota, embrion, egizaklar, bolalik, yetuklik, qarilik.
В данной статье онтогенез человека объясняется на основе современного подхода. Интересным и простым языком объясняется образование зиготы в организме человека, причины рождения мальчика или девочки, этапы эмбрионального и постэмбрионального развития. Учителя могут использовать эту информацию в ходе урока.
Ключевые слова: яйцеклетка, сперматозоид, зигота, эмбрион, близнецы, детство, зрелость, старость.
In this article, human ontogeny is explained based on the modern approach. The formation of a zygote in the human body, the reasons why a child is a boy or a girl, the stages of embryonic and post-embryonic development are explained in an interesting and simple language. Teachers can use this information in the course of the lesson.
Keywords: ovum, sperm, zygote, embryo, twins, childhood, maturity, old age.
Ko'payish hayotning ajoyib mo'jizalaridan biridir. Ikki hujayra birlashadi va yangi hayot shakllanadi! Bu hujayralar onaning tuxum hujay ~ : va otaning spermatozoid hujayrasidir. Ushbu jinsiy huja
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
(gameta) yadrolari urug'lanish deb ataladigan jarayonda birlashadi. Odamlarda bu ayol tanasida sodir bo'ladi, shuning uchun biz buni ichki urug'lantirish deb ataymiz. Urug'lantirish natijasida urug'langan tuxum hujayra yoki zigota hosil bo'ladi. Zigota ayol organizmida rivojlanadi va embrionga aylanadi.
Farzandning qiz yoki o'g'il bo'lishi onaga bog'liqmi?
Ona organizmida yetilgan tuxum hujayra urug'lanish uchun tuxum yo'liga o'tadi. Tuxum hujayra faqat X xromosomaga ega. Ota organizmida ko'p sonli harakatchan spermatozoidlar yetiladi. Spermatozoidlar o'zida X yoki Y xromosoma tashiydi. Tuxum yo'lida urug'lanish sodir
bo'ladi.
Agar X xromosomali spermatozoid X xromosomali tuxum hujayra bilan
qo'shilsa, XX
xromosomali zigota hosil bo'ladi va qiz farzand rivojlanadi.
Y xromosomali spermatozoidning X xromosomali tuxum hujayra bilan qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan XY xromosomali zigotadan o'g'il farzand dunyoga keladi.
Egizaklar qanday paydo bo'ladi?
Ayrim holda bir vaqtning o'zida ona organizmida ikkita tuxum hujayra yetiladi. Bu tuxum hujayralar ikki xil spermatozoid yordamida urug'lanadi. Natijada aka-uka yoki opa-singil kabi o'xshash bolalar vujudga keladi. Ba'zan egizaklar o'g'il va qiz bo'lishi mumkin. Zigota bo'linib ikkiga ajralishi natijasida tashqi ko'rinishi
May 6
1111
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
bir-biriga o'xshaydigan egizaklar vujudga keladi. Ularning jinsi bir xil bo'ladi.
Zigota ona qornida qanday o'zgarishlarga uchraydi? Tuxum yo'lida urug'langan tuxum hujayra zigotaga aylanadi. Zigota 1 hafta davomida harakatlanib, bachadonga tushadi. Bu davrda hujayralar bo'linib ko'payadi, lekin kattalashmaydi. Shu sababli hujayralar tabora maydalashib boraveradi. Koptokcha ko'rinishidagi blastula bachadonga tushib uning devoriga botib kiradi.
Tuxum yo'lida
urug'langan tuxum hujayra zigotaga aylanadi.
Zigota 1 hafta davomida harakatlanib, bachadonga tushadi. Bu davrda hujayralar
bo'linib ko'payadi, lekin kattalashmaydi. Shu sababli hujayralar tabora maydalashib boraveradi.
Homila ona qornida amnion parda va amnion suyuqligi bilan himoyalangan bo'ladi.
Amniotic fluid
Chorion
6-haftalik embrion.
Amnion Uzunligi 6 mm. Bosh miya
ikkita yarimsharlarga ajraladi. Ikki kamerali yurakka ega. Yurak qonni tana bo'ylab aylanishini ta'minlaydi. Nafas
olish, ayirish, hazm qilish organlari rivojlanadi.
8-haftalik embrion. Uzunligi 2 cm. Ko'z, quloq, burun va og'iz shakllana boshlaydi. Suyak va muskullar rivojlanadi. Yurak
rivojlanadi.
16-haftalik embrion. Uzunligi 22 cm, og'irligi 240 g. Soch paydo bo'ladi. Yuz
May 6
1112
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
ifodalari orqali emotsiysini bildira oladi. Ichki sekretsiya bezlari gormon ishlab chiqaradi. Muskullari rivojlanganligi sababli harakatlari faollashadi.
38-haftalik embrion. Uzunligi 50 cm, og'irligi 3,0-3,5 kg. Barcha organlari rivojlangan. Tug'ilishga tayyorlana boshladi.
Bola tug'ilgandan keyingi davr: bolalik, yetuklik va qarilik davrlariga bo'linadi. Bolalik - tug'ilgandan voyaga yetguncha bo'lgan davr. Tug'ilgandan 18-20 yoshgacha kuzatiladi.
Yetuklik - aqliy va jismoniy jihatdan yetuklikka erishilgan davr. 18-50 yoshgacha davom etadi.
Qarilik - organizmda bir qator o'zgarishlarning sodir bo'lishi. 50 yoshdan yuqorisi.
Odam ontogenezi bosqichlari
Barcha tirik organizmlar singari odam ham o'sadi va rivojlanadi. O'rtacha 3,5 kg, 50-60 cm tug'ilgan chaqaloq o'sib, rivojlanib
170
o'zgarishlarga uchraydi. Taxminan 11 yoshda
150
o'smirga aylanadi - bu yosh har xil odamlar uchun farq qiladi. O'smirlik davrida inson hissiy va jismoniy o'zgarishlarni boshdan kechiradi va 18 yoshda balog'atga etadi. Yetuklik davri eng uzoq umr ko'rish bosqichi bo'lib, keksalikka qadar davom etadi.
Grafikda odamning bo'y uzunligi tug'ilishdan boshlab voyaga yetguncha bo'ladigan o'zgarishlar ko'rsatilgan. Grafikdan foydalanib quyidagi savollarga javob bering.
1. Yangi tug'ilgan o'g'il bolalarning o'rtacha bo'y uzunligi qancha?
2. Ushbu grafikda ko'rsatilgan 10 yoshli bolalarning eng baland va eng past bo'y uzunligi qancha?
3. Necha yoshda qizlar bo'yi o'sishdan to'xtaydi?
4. 10 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan qizlar va o'g'il bolalarning bo'yi qanday o'zgaradi?
Agar ona homiladorlik paytida ko'p miqdorda spirtli ichimliklar iste'mol qilsa, bolaning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada embrion yaxshi rivojlanmaydi, ko'rish va eshitish bilan bog'liq muammolar vujudga keladi.
May 6
1113
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
Homiladorlik paytida ona spirtli ichimliklarni iste'mol qilsa, rivojlanayotgan homilaga qanday zarar etkazishi mumkin?
Spirtli ichimliklar ayolning tanasi orqali uning bachadonidagi homilagacha bo'lgan yo'lni tasvirlab bering.
Agar ayol homiladorligida sigaret cheksa, tutun tarkibidagi uglerod oksidi va nikotin kabi zararli moddalar yo'ldosh orqali rivojlanayotgan homilaning qoniga o'tadi. Natijada homila nafas oladigan kislorod miqdori kamayadi va rivojlanish jarayoni orqada qoladi.
Homiladorlik davrida sigaret chekadigan onalardan tug'ilgan chaqaloqlarda tug'ilish massasi kam, o'pka va yurak nuqsonlari va miya rivojlanishining kechikishi kuzatiladi.
Internet ma'lumotlari asosida quyidagi savollarda javob toping.
Insonning o'sishi va rivojlanishiga qanday omillar ta'sir qilishi mumkin? Agar homilador ayol giyohvand moddalarni iste'mol qilsa, bu rivojlanayotgan homilada qanday muammolarni keltirib chiqarishi mumkin? Nima uchun organizm qariydi?
Yoshlik eleksiriga ega bo'lish uchun nima qilish kerak?
Bola onaning bachadonida o'sayotganda, amnion suyuqligi chaqaloqni himoya qilishda muhim rol o'ynaydi.
Tadqiqot uchun ikkita xom tuxum va ikkita kichik selofan qopcha kerak bo'ladi.
1. Bitta tuxumni selofan qopchaga soling va uchini tugun qilib tuging. Tuxumni 20 cm balandlikdan stolga tashlang. Tuxumda qanday o'zgarish sodir bo'ldi?
2. Ikkinchi tuxumni suvli selofan qopchaga soling va og'zini mahkamlang. Suv bilan to'ldirilgan qopchani 20 cm balandlikdan stolga tashlang. Ushbu tadqiqotda suv qanday vazifani bajardi?
REFERENCES
1. How It Works Book of Junior Science Fifth Edition. Aaron Asadi. Imagine Publishing Ltd © 2016
2. Californiya of sciens. Published by Macmillan/McGraw-Hill, of McGraw-Hill Education, a division of The McGraw-Hill Companies, Inc., Two Penn Plaza, New York, © 2020.
Kichik tadqiqot. Tuxumni shikastlanishdan himoyalash