Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год
OPTIK TOLALARDA SIGNALLARNI YO'QOLISHINI OLDINI OLISH VA AXBOROT
XAVFSIZLIGI TA'MINLASH
Xalilov Muxammadmuso Muxammadyunusovich
Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali, "Telekommunikatsiya inginiringi" kafedrasi kata o'qituvchisi
Dalibekov Lochinbek Rustamovich
Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali, "Telekommunikatsiya inginiringi" kafedrasi kata o'qituvchisi
Murodullayeva Rayxona Abduraxmon qizi
Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali,
621-21 guruh talabasi muradullayevarayhon@gmal .com
Annotatsiya: Ushbu maqola optik tolali aloqa tarmoqlarida optik signal yo'qotish ehtimolini kamaytirish va xavfsizligini ta'minlash usullarini taqdim etadi. Hozirgi vaqtda signalni yo'qotmasdan optik tolalar orqali ma'lumotlarni uzatish muhim omil hisoblanadi. Maqolada optik signallarning yo'qolishining oldini olish usullari va optik ma'lumotlarni uzatish tizimida yo'qotish ehtimolini kamaytirish usullarini tahlil qilindi. Shuningdek, optik ma'lumotlarni uzatish tizimining ishonchliligiga ta'sir qiluvchi omillar o'rganildi va tegishli xulosalar chiqarildi.
Kalit so'zlar: optik tola, optik signal, axborot xavfsizligi, yo'qotishlar, burchak aperturasi, so'nish, sochilish, DWDM qurilmasi.
Kirish. Bugungi kunda insoniyatni axborotga bo'lgan talablarni ortishi, ulardan uzatilayotgan axborotlarni himoyasiga qo'yiladigan talablarni kuchayishiga sabab bo'lmoqda. Optik tolali aloqa liniyalarida axborotlarni himoyalashning turli xil metodlari mavjud. Optik tolali aloqa liniyalarida signallarning yo'qolishiga sabab bo'ladigan ko'plab omillarni keltirish mumkin. TOUL bo'yicha uzatiladigan optik signal to'liq ichki qaytish qonuniga muvofiq tarqaladi, shuning uchun TOUL yuqori darajada himoyalanganlikka ega. Shu bilan birga optik tola (OT) butun bir qator sabablarga ko'ra vujudga kelgan so'nishga ega: frenel akslanishi, xususiy yutilish, ON ionlarda yutilish, mikro va makro egilishlarda nurlanish va boshqalarni keltirish mumkin. Mikrobukilish bu ishlab chiqarish jarayonida tola o'zagi geometriyasining mikroskopik o'zgarishi, ya'ni
tolani mukammal emasligidir. Mikrobukilishlar ishlab chiqarish jarayonida tolani yetarli tekis bo'lmagan tashqi ximoya qoplamalari bilan qoplanishi natijasida o'zakni o'q markazida joylashmasligi, o'qqa nisbatan qiyshiq joylashishidan yuzaga keladi. Mikrobukilishlar kabel yo'qotishlarini oshiradi. Bu yo'qotishlar juda katta bo'lishi va ba'zi hollarda 100 dB/km dan ham oshishi mumkin. Minimal ruxsat etilgan radiusdan oshgan katta bukilishlarga makrobukilishlar deyiladi. Bir modali tolalarni bukishni ruxsat etilgan minimal radiusi 10 sm ni tashkil etadi. Bunday bukilishda yorug'lik impulslari kuchsiz buzilish bilan tarqaladi. Bukilish radiusini kamayishi, tolani ruxsat etilgandan ortiq bukish optik impulslarni tola qobig'i orkali sochilish effektini oshiradi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Ishlab chiqarilgan optik tolani mukammal emasligi, tola
129
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год
geometriyasining o'zgarishlari tolalarni oson, tez va sifatli payvandlanmasligiga olib keladi. Payvandlashda, tolalarni ulashda yo'qotishlarga olib keladigan sabablar quyidagilar:
- tola o'zagining moslashmaganligi;
- tolaning sindirish farqlanishi;
- tolalarning ulashda chatishmasligi;
- tolalarning burchak farqlanishi;
- tolalarni zich ulamaslikdan havo puffakchalarini hosil bo'lishi.
Bu omillarni barchasi optik signallar so'nishni, yo'qotishlarni oshiradi.
o'lchamlarini ko'rsatkichlarini uzunasiga o'qlarni aperturalarini
1-rasm. Optik tolalarda signallarni yo'qolishiga sabab bo'luvchi omillar.
Tolali optik uzatish liniyasi (TOUL) tushunchasi to'plovchi hisoblanadi. U o'z ichiga tolali optik kabellarni, qabul qilgichlarini, optik signallar uzatkichini, regeneratorlarni va boshqa qurilmalarni oladi. Komponentlardan har biri u orqali ruxsat etilmagan ta'sirni o'tkazish manbai bo'lishi mumkin.
—1 —►
MvQ KHQU
-1 -2
b) TO AT qabul qilish traktining tuzilish sxemasi
2 - rasm. TOATning tuzilish sxemasi.
Optik tolalarda axborotlarni uzatishda optik modulyatsiyani intensivlik (jadallik) usulidan foydalaniladi. Bunda nol va bir raqamli signallar lazerning optik quvvati bo'yicha o'zgarishi asosida uzatiladi. Agar optik toladan uzatilayotgan optik signal biror sabab bilan yo'qolib qolsa uni amalda tiklashni iloji mavjud emas.
Yuqoridagi rasmdan ko'rinib turibdiki uzatilayotgan raqamli signallar ketma - ketligida optik signallar uzatiladi.
Zamonaviy aloqa tizimlarida bir tola orqali ikki tamonlama signallar uzatilmoqda.
3-rasm. Bir tola orqali ikki tamonlama signallarni uzatish.
Yuqorida keltirilgan yo'qotishlar sababli optik signallarni yo'qolishini oldini olish muhim masalalardan biridir. Shu maqsadda bitta optik tola orqali raqamli signallarni ikkiga ajratib uzatish prinsipini keltirish mumkin.
4-rasm. Bitta optik tola orqali raqamli signallarni ikkiga ajratib uzatish prinsipial sxemasi.
Muhokama. Raqamli qurilmadan tushayotgan raqamli G va 1 signallarni ajratgich qurilmasi yordamida ajratilib olinadi, va 1 signallari optik lazer X2 ga beriladi, 0 signallari esa invertir orqali o'tib mantiqiy 1 signallariga aylanadi so'nga optik lazer X1 qurilmasi uni optik signallarga aylantiridi. Multipleksor qurilmasi yordamida optik tolaga optik signallar kiritiladi. Qabul qilish qismida aksincha jarayon bajariladi. Bizning asosiy maqsadimiz
130
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год
uzatilayotgan optik signallarni bir - biriga nisbatan tiklab olish imkoniyatini beradi.
5-rasm. Optik signalni ajratib uzatish vaqt diagrammasi.
A koordinata o'qida berilayotgan raqamli signallar. B koordinata o'qida berilayotgan raqamli signallarning 0 lari uchun invertordan keyingi signallar, mantiqiy 1 signalar S koordinatada berilgan. Qabul qilish tizimida summator kelib tushayotgan signallarni to'g'riligini tekshirib oladi. Masalan optik lazer ^2 dan kelib tushayotgan signallar yo'qolib qolsa uni optik lazer X1 signallariga asoslangan holda tiklab olish mumkin.
Bundan tashqari uzoq masofalarga optik signallar uzatilganda optik tolada xosil bo'lgan shovqin signallari va dispersiya ta'sirida optik signallarni buzilishlari vujudga keladi. Signallarni sinxronlash natijasida o'zoro signallarni farqidan ulardan foydali signallarni ajratib olish mumkin bo'ladi.
Natijalar. Bu usul bilan optik tolalarda axborot xavfsizligini ham ta'minlash mumkin. Buning uchun quydagi mantiq bo'yicha jadval hosil qilib olish mumkin.
1-jadval
X1 X2 Y
0 0 0
0 1 1
1 0 1
1 1 0
Raqamli signallarni 0 va 1 larni yuqoridagi jadval asosida shakillantirib olinadi va uzatiladi. Qabul qilish tizimida shu mantiq jadval asosida qayta tiklanadi.
6-rasm. Optik tola axborot xavfsizligini ta'minlashning vaqt diagrammasi.
Xulosa. DWDM zamonaviy optik tarmoqlarning uzatish tizimi sifatida keng qo'llanib kelinmoqda. DWDM qurilmasi 40 tagacha optik signallarni to'lqin uzunligi bo'yicha multipleksorlaydi. Shu kanallar orqali biz 20 kanal hosil qilishimiz mumkin bo'ladi. DWDM da kanallar juftliklarini tasodifiy belgilash orqali foydali signallarni yashirish imkoniga ega bo'lamiz (7-rasm).
7-rasm. DWDM qurilmasi asosida axborot xavfsizligini ta'minlash.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Скляров О.К. Современные волоконно-оптические системы передачи. Аппаратура и элементы. - М.: Солон-Р, 2001. - 237 с.
2. Убайдуллаев Р.Р. Волоконно-оптические сети. - М.: ЭКО-ТРЕНДЗ, 1998. - 267 с.
131