Научная статья на тему 'OMMA PSIXOLOGIYASINING NEGIZIDA MAVJUD KONSEPSIYALAR VA JAMIYATNING RIVOJLANISHIDA TO'SIQLARNING PAYDO BO'LISHI'

OMMA PSIXOLOGIYASINING NEGIZIDA MAVJUD KONSEPSIYALAR VA JAMIYATNING RIVOJLANISHIDA TO'SIQLARNING PAYDO BO'LISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5750
333
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Individual psixologiya / empirik ma’lumotlar / ommaviy munosabat / perspektivizm.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Zarnigor Alisherova

Ushbu maqolada foydali nazariyalarning ba'zi asosiy atributlarini o’rganish ko’zlangan va bu atributlar bir nechta mashhur Jamiyat psixologiyasi nazariyalarida mavjudligi baholanadi. Omma psixologiyasi sohasi ko'pincha murakkab tizimlar va bir nechta mexanizmlardan foydalanish orqali o'zgarishlarni yaratishga urinishlar bilan shug'ullanadi. Bu tadqiqotchilarga kontekstual omillar va ishtirokchilarning tadqiqot harakatlarida ko'proq ishtirok etishlari haqida fikr yuritishning yangi usullarini taqdim etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OMMA PSIXOLOGIYASINING NEGIZIDA MAVJUD KONSEPSIYALAR VA JAMIYATNING RIVOJLANISHIDA TO'SIQLARNING PAYDO BO'LISHI»

OMMA PSIXOLOGIYASINING NEGIZIDA MAVJUD KONSEPSIYALAR VA JAMIYATNING RIVOJLANISHIDA TO'SIQLARNING PAYDO BO'LISHI

Zarnigor Alisherova

Andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili 3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada foydali nazariyalarning ba'zi asosiy atributlarini o'rganish ko'zlangan va bu atributlar bir nechta mashhur Jamiyat psixologiyasi nazariyalarida mavjudligi baholanadi. Omma psixologiyasi sohasi ko'pincha murakkab tizimlar va bir nechta mexanizmlardan foydalanish orqali o'zgarishlarni yaratishga urinishlar bilan shug'ullanadi. Bu tadqiqotchilarga kontekstual omillar va ishtirokchilarning tadqiqot harakatlarida ko'proq ishtirok etishlari haqida fikr yuritishning yangi usullarini taqdim etadi.

Kalit so'zlar: Individual psixologiya, empirik ma'lumotlar, ommaviy munosabat, perspektivizm.

Jamiyat - bu insonlar majmui. Uning taraqqiyoti va ma'naviy salohiyati ko'p jihatdan ana shu insonlar o'rtasida yuzaga keladigan o'zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab ijtimoiy hamkorlik faoliyatining mazmuniga bog'liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o'ziga xos o'rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, shuning uchun u o'ziga xos intilish, layoqat va faollik namunalarini namoyish etadi. Insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagi o'rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o'rganuvchi qator ijtimoiy fanlar mavjud bo'lib, ularning orasida omma psixologiyasi alohida o'rin egallaydi.

Sotsiologiya va psixologiyaning o'zaro intilishlari XIX asr o'rtalarida amalga oshdi va falsafiy bilimlar kanonlarida yaratilgan to'g'ri ijtimoiy-psixologik bilimlarning ilk shakllariga hayot baxsh etdi, ijtimoiy psixologiya esa tavsifiy fan xarakterini oldi. Odatda, uchta eng muhim nazariya ajralib turadi:

1. Xalqlar psixologiyasi.

2. Omma psixologiyasi.

3. Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi.

Xalqlar psixologiyasi nazariyasi ijtimoiy psixologik nazariya sifatida XIX asrning o'rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy g'oya shu ediki, ayrim individlardan yuqori turadigan ruh mavjud bo'lib, bu ruh o'zidan ham yuqori turadigan ilohiy yaxlitlikka bo'ysunadi. Bu ilohiy yaxlitlik esa xalq yoki millatdir. Ayrim individlar ana shu yaxlitlikning bo'laklari bo'lib, ular bu ruhga bo'ysunadilar. Ya'ni, shaxs bilan jamiyat o'rtasidagi qarama-qarshilik muammosi jamiyat foydasiga hal

I SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

qilinadi. Bu nazariyaning tarixiy-mafkuraviy asosi bo'lib, Gegel falsafasi va nemis romantizmi xizmat qilgan. «Xalqlar psixologiyasi» iborasi birinchi marta faylasuf M.Lasarus hamda tilshunos G.Shteyntallarning «Xalqlar psixologiyasi to'g'risida kirish so'zi» kitobida ifodalab berilgan: «Tarixni yurgizuvchi asosiy kuch bu xalq yoki shu yaxlitlikning ruhi bo 'lib, bu ruh san 'atda, dinda, tilda, afsonalarda, an 'analarda o 'z aksini topadi. Individning ongi shu yaxlitlikning mahsuli bo'lib, ularningyig'indisi o'z navbatida xalq ongini tashkil etadi. Xalqlar psixologiyasining vazifasi xalq ruhi mohiyatini o 'rganish, xalq ruhiyati qonunlarini ochish, xalq psixologiyasiga oid bo'lgan o'ziga xos xususiyatlarning paydo bo'lishi va yo'nalishini tushuntirib berishdir». Ushbu kitobda mualliflar shaxs bilan jamiyat munosabati xususida quyidagi mulohazalarini bayon etadilar: «Odam o'z mohiyati jihatidan ijtimoiy mavjudot bo'lib, u jamiyat hayoti bilan uzviy bog'liq, chunki u o'ziga o'xshashlarga qarab rivojlanadi, boshqalarga taqlid qilib harakat qiladi va ular ta'qibidan qochadi...». Xalqlar psixologiyasining asoschilari faqat nazariy mulohazalar yuritish bilan cheklanadilar, chunki ularda o'z fikrlarini isbot qilish uchun tadqiqot ishlari yo'q edi.

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va asosiy vositalarni jadal yangilash zarurati sharoitida lizing xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirish shakli sifatida alohida ahamiyatga ega.1

Zamonaviy dunyoda oila yangi shakllarga ega va bilan taqqoslaganda sezilarli darajada o'zgartirilgan oldingi avlodlar davomida qabul qilingan oilaviy munosabatlarning an'anaviy shakllari.

"Psixologiyaning otasi" hisoblangan Vilgelm Vundt esa xuddi ana shu tadqiqotga asoslangan ma'lumotlar to'plashga o'z diqqatini qaratdi. U o'zining "Inson va hayvon ruhi haqida leksiyalar" 1900-yilda bosmadan chiqqan o'n tomli "Xalqlar psixologiyasi" asarlarida, asosan, o'zi to'plagan empirik ma'lumotlar asosida xalqlar psixologiyasiga bag'ishlangan fikrlari tizimini bayon etdi. Uning fan oldidagi xizmati shundan iborat ediki, empirik ma'lumotlar to'plash usullari, to'plangan manbalarni sharhlash borasida bebaho bilimlar to'pladi. Uning fikricha, psixologiya fani ikki qismdan iborat: fiziologik psixologiya va xalqlar psixologiyasi. Fiziologik psixologiya inson ruhiyatini o'rganuvchi eksperimental fan bo'lib, oliy psixik jarayonlar - tafakkur va nutqdan tashqari barcha narsani tajriba usulida tadqiq etish mumkin. Tajriba usulida o'rganib bo'lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar psixologiyasi o'rganadi, chunki undagi o'rganish usullari o'ziga xosdir - u madaniy mahsullar hisoblangan til,

1 Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o'g'li. (2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP. International Engineering Journal For Research & Development, 6(SP), 5. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/7MXR3

2 Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING FAMILY IN MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.

afsonalar, odatlar, san'at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini ochib beradi. Shunga qaramay, Vundtning qarashlari idealistik asosda bo'lgan, ya'ni u individ bilan jamiyat o'rtasidagi murakkab dialektik munosabatni idealistik asosda turib hal qilgan va jamiyatning rolini absolut tushunib, shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol o'rnini ko'ra bilmagan. Uning izdoshlari rus olimi A. Potebni, nemis olimi T. Geyger va boshqalar ham u yo'l qo'ygan mafkuraviy kamchilikni oldini ola olmadilar, lekin ular bir fikrda yakdil edilarki, xalqlar psixologiyasi individual psixologiyadan farq qiladi, shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o'ziga xos usullar yordamida shaxs va jamiyat munosabatlari qonunlarni ochib berishi lozim. Xuddi ana shu xulosalar ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo'ldi.

Omma psixologiyasi nazariyasi paydo bo'lishiga tarixiy asos ishchilar sinfining paydo bo'lishi va Yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi bo'ldi. Ya'ni, XIX asrning ikkinchi yarmida ishchilar harakati shunday keng tus oldiki, tartibsiz harakatlar uyushgan harakat darajasiga ko'tarildi. Shuning uchun ham shu harakatlarning qonunlarini bilish, ularni boshqarish usullarini o'ylab topish zarur edi. Ommaviy hodisalarni o'rganish natijasida 1890-yilda Gabriel Tardning «Taqlid qilish qonunlari» deb atalgan birinchi kitobi chiqdi. Tard Fransiyada ro'y berayotgan ommaviy hodisalarni, shu hodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-atvorlarini taqlid qilish orqali tushuntiradi. Bu harakatlar irratsional (ya'ni aqlning ishtirokisiz) tabiatga ega bo'lib, har bir individ ommaga qo'shilgan zahoti unga taqlid qilishga tayyorlik instinkti ustun bo'lib qoladi. Italiyalik huquqshunos S. Sigeli va fransuz olimi G. Lebon ham Tard ishlarini ma'qullab, uning nazariyasini faktik materiallar bilan, ya'ni 1895-yilda bosilib chiqqan Sigelining «Ommaning jinoyatlari» va Lebonning «Omma psixologiyasi» kitoblari orqali boyitdilar. Bu mualliflarning asarlaridagi asosiy g'oya shundan iborat ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o'z xulq-atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish qobiliyati yo'qoladi. Bunday holatlarda hissiyotlar ustun keladi, ayniqsa, affekt holatlar, shuning uchun ham affekt holatida ro'y bergan jinoyatga aybni yumshatuvchi holat sabab bo'lgan, deb qarash adolatli bo'ladi. Bu qarashlari tufayli Sigeli Italiyaning qonuniga maxsus modda kiritishga ham erishdi. Sotsiolog Lebon esa, asosan, diqqatini ommani elitaga - jamiyatdan yuqori turuvchi tanlangan guruhlarga qarshi qo'yishga qaratdi. U ommaning ayrim hollarida, ayniqsa biror hodisa ro'y berganda «qiziqqonlik» xususiyati ustun turishi haqida yozadi. Uning fikricha, bir qancha odamlarning bir yerda to'planishi ommani hosil qiladi va bu, odamlar kim bo'lishidan qati nazar - olimmi yoki oddiy insonmi, shu zahotiyoq kuzatuvchanlik va ziyraklikni yo'qotadi. Chunki bu holatda ular holatini instinktlar va hissiyotlar boshqaradi. Lebon shaxsning omma holatidagi belgilariga to'xtalib quyidagilarni ajratadi:

1. Shaxsiy sifatlaming yo'qolishi. Boshqa odamlar ta'sirida individ o'ziga xos sifatlarni yo'qotishi, buning o'rniga impulsiv instinktiv harakatlarni amalga oshirishi mumkinligi.

2. Hissiyotlarga o'ta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur, hissiyot, instinktlarga o'z o'rnini bo'shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta'sirchanligi o'ta oshib ketadi.

3. Aqliy sifatlarning yo'qolishi. Ommaning «aqli» uni tashkil etuvchilar aqlidan ancha past bo'ladi. Shuning uchun ham ommaning taz'yiqiga uchramaslik uchun har bir kishi aqlan mulohaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan qochishi lozim.

1. Shaxsiy mas'uliyatning yo'qolishi. Ommaga qo'shilib qolgan shaxs shunchalik hissiyotlarga berilib ketishi mumkinki, u o'z harakatlarini nazorat qilish, o'z ishiga mas'uliyatni esidan chiqaradi. Yakka holda sodir qila olmaydigan ishini, u ommaga qo'shilib qilib qo'yishi mumkin. Bunday holatning, ya'ni shaxsning omma orasidagi psixologiyasi to'g'risidagi fikrlarni ayni shunday tarzda Ortegi Gasset va Ernesto Grassilar ham ko'rsatib berganlar.

Shunday qilib, omma tartibsiz, u mustaqil ravishda tartib o'rnatish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun ham unga doimo "dohiy" kerak, dohiylar -elita tashqaridan kelib, omma o'tasida tartib o'rnatishi mumkin edi. Bu fikrlarning mafkuraviy ma'nosi tushunarli, chunki omma deganda, ular ishchilar sinfini, dohiylar deganda esa, burjuaziyani nazarda tutishgan. Demak, shaxs va jamiyat ziddiyatlari masalasi omma psixologiyasi tarafdorlari nazariyasida ayrim shaxslar - dohiylar foydasiga hal qilingan. Lekin bu nazariya, nima uchun ommaviy hodisalarda ommaning o'zidan chiqib qoladigan liderlar, ommaning ba'zan tashqaridan hech kimni tan olmay qolishi masalalariga umuman javob topa olmadi, chunki ularning ham fikrlarida ko'proq idealizmga moyillik sezilib turardi.

Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Makdugall bo'lib, u o'zining 1908-yilda yozgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobida Inson xulq-atvorlarining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinktlardir, - deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga layoqat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni ta'minlovchi narsa tug'ma, psixofiziologik tayyorlik holati bo'lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Makdugall barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yoyga xos bo'lgan barcha qismlar, ya'ni efferent qabul qiluvchi, retseptiv bo'lim, efferent (harakat) va markaziy bo'limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday refleksiv tabiatga egadir, deb uqtiradi u. Shunga o'xshash fikrlar E.Ross "Ijtimoiy psixologiya" va Dj.Bolduin "Ijtimoiy psixologiya bo'yicha tadqiqotlar" qarashlarida ham rivojlantirilgan. Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat haqida - tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, ijtimoiy

odamlardagi taqlid qilish qobiliyati bilan bog'liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir-birlariga ta'sirlarini o'tkazishga moyildirlarki, bu narsa ular o'rtasidagi munosabatlarni boshqarib turadi. Shunday qilib, bu yo'nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi - ongsizlikdir, ya'ni instinktlar bo'lib, ular hissiyotlarda namoyon bo'ladi. Hissiyot bilan instinktlar bog'liqligini Makdugall juftliklarda ko'rsatishga harakat qilgan: masalan, kurash instinkti — qo'rquv, g'azab hissi; nasl qoldirish instinkti - rashk ayollardagi tobelik hissi; o'zlashtirish instinkti -xususiylikka intilish hissi va hokazo.

Ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda tug'ma instinktlar rolining yuqori qo'yganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot bosqichida salbiy o'rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadqiq qilishi lozim edi. Demak, yuqorida to'xtab o'tilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki, ular yangi tug'ilishi lozim bo'lgan fan - ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot mavzuini ochib bergan. Qolaversa, bu uch yo'nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda ob'ektiv tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini ko'rsatdi. Bu narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yordam berdi.

Jamiyat psixologiyasi fan sifatida asos solingan bo'lib, u ilmiy yo'nalishni hamkorlikdagi ijtimoiy harakatlar bilan birlashtirishga mo'ljallangan bo'lib, ba'zi manfaatdor jamoalar a'zolarining imkoniyatlarini kengaytirish va ularning hayotlarini yaxshilashga yordam beradi. Psixologiyaning turli sohalari haqida turli maqsadlarga ega deb o'ylash mumkin. Masalan, rivojlanish psixologiyasi inson hayoti davomidagi o'zgarishlarni hujjatlashtirish va tushunishga qaratilgan. Jamoa psixologiyasining maqsadi muayyan insoniy kontekstlarni (va, ehtimol, odamlar va ularning kontekstlari o'rtasidagi munosabatlar) o'zgartirish inson azobini yengillashtiradigan usullarni tushunishga urinish sifatida ifodalangan. Garchi, hozirgi kungacha individual farqni tushuntirishning ko'p qismi genetika - tabiat va to'plangan tajriba - tarbiyaga qaratilgan bo'lsa-da, bizning hozirgi muhitimiz bilan o'zaro ta'sirimiz hisoblanishi mumkin bo'lgan katta miqdordagi tafovutlar ham bo'lishi mumkin. Jamiyat psixologiyasi ushbu sohaga kontekst va atrof-muhit ta'sirini tavsiflovchi nazariyalar, shuningdek, ushbu murakkab hodisalarni qo'lga kiritish uchun ishonchli va asosli chora - tadbirlar nuqtayi nazaridan ko'p hissa qo'shadi.

Perspektivizm yuqorida tavsiflangan nazariyaning ta'rifi an'anaviy G'arb fan falsafasidan kelib chiqadi. Darhaqiqat, ko'plab jamoat psixologlari biz haqiqatga bir nechta nuqtayi nazarni aniqlashimiz va tushunishimiz kerak degan fikrga e'tibor berishadi. Bu jins, irq, yosh, jinsiy orientatsiya, din va nogironlik holati kabi bir nechta kontekstlarning ahamiyatini tushunishni o'z ichiga oladi. Biroq, agar har bir ekologik muhitni o'ziga xos tarix va turli ta'sirlar bilan noyob deb hisoblasak, sharoitlarda kengaytirilishi mumkin bo'lgan umumlashtiriladigan prinsiplar bo'lmasligi mumkin.

Ilm-fanning tahmini shundaki, dunyoda qandaydir qonuniyatlar mavjud bo'lib, ular ko'pincha umumiy ma'noga ega bo'lish uchun yetarlicha statsionardir. Agar xilma-xillikning tasodifiyligi inson va jamiyat xatti-harakatlarida ustunlik qilsa, nazariyalar past qiymatga ega. Biroq, Tebes (2005) ta'kidlaganidek, odamlarning nazariyalari qanday va nima uchun bir-biridan farq qilishini va istiqbollar paydo bo'ladigan vaziyatlarni tushunish ilmiy tadqiqotlar olib borishda fan va nazariy jihatdan kontseptuallashtirish uchun joy beradi.

Perspektivizmga ko'ra, bizning bilimimiz dunyo bilan faol aloqada bo'lish natijasida paydo bo'ladi. Sotsiologiya sohasidagi ba'zi etnometodologlar va fenomenologlar hatto "inson xulq-atvori haqidagi fan" yo'q degan fikrga borishadi (Ashley va Orenstein, 2005). Darhaqiqat, bilimlarni tanqid qilishning sotsiologik yondashuvi bizga kuch, zulm va harakatni tushunishga yordam beradi (Berger, 1977; Merton, 1968; Strauss, 1997), bilim ham to'liq emas, balki madaniyat va kontekstga bog'liqligini tan oladi. Binobarin, bu mantiqan har bir ijtimoiy tizimni (hatto diadlar yoki ularning tarkibiy qismlari sifatidagi shaxslarni) nazarda tutuvchi har bir madaniyatning o'ziga xosligi haqidagi fikrni keltirib chiqaradi. Perspektivizm nafaqat kuch, bilim va nazariyalar xilma-xilligi haqidagi meta-nazariy mulohazalarga, balki metodologik mulohazaga ham olib keladi. Misol uchun, mahallalar statik emas va vaqt o'tishi bilan o'zgaradi. Jamoalar duch keladigan turli xil to'siqlar, masalan, etarli resurslar yoki texnik bilimlarning yetishmasligi, turli strategiyalarni talab qilishi mumkin.

REFERENCES

1. Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o'g'li. (2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP. International Engineering Journal For Research & Development, 6(SP), 5. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/7MXR3

2. Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING FAMILY IN MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.

3. Karimov I.A. «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori».T., 1997, 64 b.

4. 2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi Qonuni", T., 1997.

5. Karimov I.A. O'zbekistonda demoqratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari.- "Turkiston", 2002 yil 31 avgust.

6. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demoqratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T.: "O'zbekiston", 2005.-96 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.