Научная статья на тему 'OLMA MEVASINI SAQLASHDA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILAR, ZARARKUNANDALAR VA FIZALOGIK KASALIKLAR'

OLMA MEVASINI SAQLASHDA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILAR, ZARARKUNANDALAR VA FIZALOGIK KASALIKLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
136
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gaz muhiti / xarorat / nisbiy namlik / etilen modasi / zararkunandalar / monimoz

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Imomaliyev Mahmudjon Alijon O’g’li

Ushbu ilmiy tezisda dunyo hamjamiyatida va yurtimizda yetishtirilayatgan olma mevasni saqlash, saqlash jarayonida ta’sir qiluvchi omillar va mevalarga zarar yetkazuvchi zararkunandalarga qarshi kurashish bo’yicha ilmiy izlanish olib borilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLMA MEVASINI SAQLASHDA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILAR, ZARARKUNANDALAR VA FIZALOGIK KASALIKLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

OLMA MEVASINI SAQLASHDA ULARGA TA'SIR ETUVCHI OMILAR, ZARARKUNANDALAR VA FIZALOGIK KASALIKLAR Imomaliyev Mahmudjon Alijon o'g'li

Farg'ona Politexnika instituti Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti Qishloq xo'jaligi mahsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnalogiyasi yo'nalish talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8013768

Annotatsiya. Ushbu ilmiy tezisda dunyo hamjamiyatida va yurtimizda yetishtirilayatgan olma mevasni saqlash, saqlash jarayonida ta'sir qiluvchi omillar va mevalarga zarar yetkazuvchi zararkunandalarga qarshi kurashish bo'yicha ilmiy izlanish olib borilgan.

Kalit so'zlar: gaz muhiti,xarorat,nisbiy namlik,etilen modasi,zararkunandalar,monimoz.

Bugungi kunda dunyo aholisi soni keskin ortib bormoqda.Bu har bir insonni meva-sabzavotlarga bo'lgan talabi oshishga sabab bo'ladi.Shunday ekan aholiga sifatli,yangi navli meva-sabzavotlarni yetkazib berish tadqiqotchi olimlarni oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Ma'lumki meva va sabzavot mahsulotlarnining asosiy qismni yetishtirish baxor,yoz,kuz mavsumlariga to'g'ri kelib ularni pishib yetilish mudatlariga qarab,saqlash hamda qayta ishlash oqilona tashkil etilmas ekan,aholini turli shifobaxsh,boy mahsulotlar bilan taminlab bo'lmaydi

O'zbekiston omborxonalarida saqlanayotgan mevalarning 90 % ga yaqini olma mevasi tashkil etadi. Mevalar orasida olma eng uzoq (8-9 oy) saqlanish xususiyatiga ega

Bahorgi harorat pasyishi (sovuq urishlar), gullash vaqtida qurg'oqchilik kabi holatlar olma mevasini tugish xususiyatiga salbiy ta'sir qilib,daraxtlar hosildorligini kamaytiradi.Qurg'oqchilikdan so'ng yoqqan shiddatli yomg'irlar, olma mevalarni yorilishga,zararkunandalar bilan kasalanishga,meva etining qorayib qolishga olib keladi. Hosil yig'im-terim oldidan havo haroratni 3-4 hafta davomida quruq bo'lishi olma mevalarni saqlanuvchanligin oshiradi.

Meva-sabzavotlarni haroratga bo'lgan munosabatiga ko'ra 3 ga bo'linadi va olma mevasi harorat 2 C-10 C da va undan yuqori sharoitda yaxshi saqlanadi: masalan,nemis olimlarining ma'lumotlariga ko'ra olma saqlashda" Golden Delishes"ga -0,5-1,5 C,''Jonatan, Renet Semirenko'' olmasiga esa -2 C mo'tadil harorat hisoblanadi va bu davrda shu navli olmalar to'liq yetilish xususiyatni pasaytiradi,modalar almashinuvi vaqtincha toxtaydi.''Boyken'', ''Oq ro'zmarin'y Golden Delishes'' navlari -1,5 °C dan ortiqcha sovutishga chidamli hamda haroratni asta sekin ko'tarish bilan e'stemol sifatlari saqlanib qoladi. Olma saqlashda namlik ham asosiy ro'l o'ynaydi. Olma mevasni saqlashda nisbiy namlik 90-95 % da ushlash tavsiya etiladi, past namlik olma mevalarni saqlanuvchnaligini, meva sifatni yuqorda bo'lishini,mevalarni so'lishga va burishib qolishini oldini oladi. Olma mevasiga harorat uning navlariga qarab turlicha bo'ladi,bunga sabab tez sovutishga chidamsiz navlari,haroratni keskin pasayishda uning fizalogik,biokimyoviy xususiyatni buzib tamsiz yoki muzlagan mevalar mevalar erigandan so'ng ulardan sharbat oqib fitopatagen mikroorganizmlar tomonidan oson zararlanadi. Olma mevasi muzlash harorati 1.5 C,past haroratni yaxshi sezadi. Tuproq tarkibida kalsiy moddasining kamligi yoki uni o'simlik tomonidan to'liq o'zlashtirmasligi olma mevalarni saqlash paytida achchiq dog'lanish,shish kasaliklarni rivojlanishga olib keladi. Quruq massaga nisbatan kalsiy miqdori 0,06-0,007 % dan kam bo'lmasligi kerak.Olma mevasni saqlashda gaz muhitini tarkibini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

boshqarish bilan mevalarni saqlanuvchanligi,sifat ko'rsatkichlarni yuqori bo'lishini,meva etlarni qorayishlarni oldini olish mumkin.

OLMA MEVASINI SAQLASHDA TURLI XIL GAZ MUHITLARI

XAVO

I kislarod

2

karbonat angidirid

I azot

Har bir nav uchun mevalarni saqlanuvchanligini taminlovchi eng yaxshi gaz tarkibi bo'aldi,faqat bazi navlar uchun CO2 yuqori darajasi chidamli bo'aldi. Chidamli navlarga ''Renet simerenko'', ''Sari-sinap'' CO2 O2 konsentratsiyasining 5:3 nisbatda bo'lishi maqsadga muofiqdir.''Oq ro'zmarin'' navi bir necha foiz CO2 konsentratsiyasiga ham chidaydi,ular uchun oz konsentrarsiyali O2 va deyarli CO is gazi bo'lmagan muhit muqobildir.

Olma mevasini saqlashda mevaga ta'sir etuvchu zararkunandalar va fizalogik kasaliklar bular; meva chirishi(monimioz), parsha(ombor pashasi), meva etini oftob urishi, mevalarni so'lib qolishi jumlasidandir. Meva chirishi-bu kasalikning rivojlanishga meva po'stining mexanik zararlanishi, plodojorka va parsha bilan zararlanishi orqali kelib chiqadi. Mevada jigarang dog' paydo bo'ldi va bu kasalik jadal rivojlanib meva rtni butkil qoplaydi. Parsha (ombor parshasi)-mevalar daraxtda zararlanadi, meva etida qora dog'lar paydo bo'ladi va mevada yorilish jarayoni kuzatiladi. Meva etini oftob urishi bu po'sloq rangining to'q ranga kiradi. Bu kasalik asosan och rangli navlarida uchraydi-Oq rozmarin,Delishes,Renet simerenko,Kandil sinap va boshqalarda uchraydi. Harorat o'ta quruq va o'ta nam yoz oylarida kasalik avj oladi. Hosilning erta terib olish jarayonida ham bu holat kuzatiladi. Bu kasalikni bartaraf etish uchun yig'im-terim davrida namlik va quruqlik o'rtacha bo'lgan davr talab etiladi,har bir mevani texnik vazelin surtilgan o'rov qog'oziga o'rab chiqish va ombordagi havo haroratni bir me'yorda ushlash tavsiya etiladi. Mevalarni so'lib qolishi bu kasalik saqlash jarayonini buzilishdan kelib chiqadi. Bu kasalik Uelsi, Bessemyanka Michurina, Oranjevoye, Mleyevskaya krasavitsa va boshqa meva eti yupqa navlarida uchraydi. Bu kasalikni oldini olish uchun mevani to'liq yetilganidan so'ng yig'ishtirilishi, saqlash omborlaridagi nisbiy namlik 80 %-85 % dan yuqorida bo'lishi, politilen plyonkaga o'rash, yashiklarga solinadigan plyonka paketlarni qalinligi 30-40 mkm bo'lganda foydalanish va politilen plyonkalar sig'imi 1-3 kg bo'lgan,sig'imi 18-20 kg bo'lgan yashiklardan foydalanish tavsiya etiladi. Gaz muhiti saqlanishning 5-6 oydan so'ng kislarod miqdori 14-16 % ni, karbonat angidirid miqdori 5-7 % ni bo'lgan tashkil etilishi zarur.

79

79

92

97

9

21

12

1

3

REFERENCES

1. X.Bo'riyev,RJo'rayev, O.Alimov -"Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish".Toshkent-"mehnat"-2002 y.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

2. R.Oripov, Umurzoqov.E,I.Sulaymonov-"Qishloq xo'jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash texnalogiyasi".Toshkent-"Mehnat"-1991 y.

3. R.M.Nazirova,N.O.Sulaymonov,N.B.Usmonov-"Qishloq xo'jaligi mahsulotlarni saqlash omborlari va texnalogiyasi"-Vienna-2020.

4. A.Rasulov.-"Sabzavot, Kartoshka va poliz mahsulotlarni saqlash texnalogiyasi"._"Mehnat"-1995 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.