Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUVNING XUSUSIYATLARI'

OLIY TA’LIMDA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUVNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
132
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM TIZIM / TA'LIM STANDARTI / TA'LIM KOMPETENSIYALARI / KOMPETENSIYA PASPORTI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxkambayev A.X., Usmonov Sh.F.

Maqolada oliy ta’limda kompetensiyviy ta’lim bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Bunda ta’limning kompetensiyaga asoslangan yondashuvning xususiyatlari yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF COMPETENCY-BASED APPROACH IN HIGHER EDUCATION

The article discusses issues related to competency education in higher education. It highlights the characteristics of a competency-based approach to education.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUVNING XUSUSIYATLARI»

Maxkambayev A.X.

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Usmonov Sh.F.

1-kurs magistranti Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti

OLIY TA'LIMDA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUVNING XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Maqolada oliy ta'limda kompetensiyviy ta'lim bilan bog'liq masalalar ko 'rib chiqiladi. Bunda ta 'limning kompetensiyaga asoslangan yondashuvning xususiyatlari yoritiladi.

Kalit so'zlar: ta'lim tizim, ta'lim standarti, ta'lim kompetensiyalari, kompetensiya pasporti.

Makhkambayev A.X.

Uzbek State University of Physical Culture and Sports

Uzbekistan Usmonov Sh.F. Master student Chirchik State Pedagogical Institute

CHARACTERISTICS OF COMPETENCY-BASED APPROACH IN

HIGHER EDUCATION

Abstract: The article discusses issues related to competency education in higher education. It highlights the characteristics of a competency-based approach to education.

Keywords: education system, education standard, educational competencies, competency passport.

O'zbekistonda zamonaviy oliy ta'limi tizimi islohot bosqichidadir: uzluksiz yagona kasbiy ta'lim tizimni yaratish, mahalliy va xalqaro ta'lim xizmatlari bozori integratsiyasi va oliy ta'lim muassasasi(OTM)ning innovatsion salohiyatini rivojlantirish hisoblanib, bular birgalikda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan. OTM faoliyatining yakuniy natijasi, mobil kasbiy-komponentli, mintaqa, mamlakat va xorijdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda qanday harakat qilishni biladigan malakali mutaxassisni tayyorlashdir.

Oliy ta'lim davlat ta'lim standarti(DTS)ni amalga oshirish, an'anaviy oliy ta'limdan komponentli ta'lim va tarbiyaning modeliga o'tishga qaratilgan, shuningdek kasbiy ta'lim sifatiy o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Bu masalalar ta'lim tizimining barcha tarkibiy qismlari orqali ko'rib chiqiladi: standartlar va dasturlar; ta'lim sifatini nazorat qilish tizimlari; ilmiy va pedagogik kadrlarning

malakasi, ta'lim xizmatlari sifati, ta'lim sharoitlari, talabalarning o'z-o'zini rivojlantirishi va ta'lim natijalaridir. OTMda kompetentsiyaga asoslangan yondashuv, talabani modellashtirish muammolarini dolzarblashtiradi. Bu muammolar: ta'limning izchilligi va uzluksizligi, ta'limning muayyan yo'nalishlari bo'yicha talabalarni o'qitishining turli bosqichlarida, umummadaniy va kasbiy kompetentsiyalar darajalarini shakllantirish va baholashdir[1].

Kompetensiyaga asoslangan yondashuvga o'tish jarayoni mutaxassislar, professor-o'qituvchilar, ish beruvchilar va talabalar uchun OTM darajasida hal qilinishi kerak bo'lgan ko'plab savollarni yuzaga keltiradi. Ular OTM bitiruvchisini modellashtirish va vakolatlarni shakllantirish uchun pasport va asosiy ta'lim yo'nalishi bo'yicha dasturlarini ishlab chiqishda hal qilinishi kerak. Masalan bu savollar:

- qanday kompetensiyalarni shakllantirish;

- OTM bitiruvchisining kompetentsiya modelini yaratish, uning tuzilishi va tarkibi, pasport va kompetensiyani shakllantirish dasturi;

- ta'lim texnologiyalari(usullari, metodlar) har-bir kompetentsiyani shakllantirishda foydalanish mumkinligi;

- talabalarning ta'lim natijalarini qanday shakllantirish masalasi;

- kompetentsiyani shakllantirish darajalarini aniqlashda, qanday baholash usullaridan foydalanish;

- umumta'lim maktabi va OTM o'rtasidagi uzviylikni ta'minlash;

- kadrlar tayyorlash yo'nalishi bo'yicha kompetensiyalarni ;

Zamonaviy oliy ta'limning asosiy maqsadi: malakali, mehnat bozorida

raqobatbardosh, o'z kasbini yaxshi biladigan, kasbiy o'sishga tayyor, ijtimoiy moslashuvchan va professional harakatchan, yetarli darajadagi malakali mutaxassisni tayyorlashdir. Zamonaviy oliy ta'limga o'tish, mavjud davlat standartlari va an'anaviy ta'limdan, kompetentsiyali ta'limga o'tishga asoslangan asosiy ta'lim dasturlari, OTMlar uchun bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Oliy ta'lim muammolarining dolzarbligi, e'tiborga olinishi kerak bo'lgan bir qator holatlar bilan bog'liq[2]:

- yuqori tuzilmalarni qayta qurishda umumjahon an'analari va chuqur tizimli o'zgarishlarni o'z ichiga olgan shakllanishlar, ta'limga, mazmunga va baholashga ta'sir qiladi;

- potentsial ish beruvchilarning raqobatbardosh professional mutaxassisga ehtiyojlari;

- ta'limni mintaqaviylashtirish, ya'ni mintaqa hisobga olingan holda ta'limning mazmunan xususiyatlari, yo'naltirilganligi va mintaqaning mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlari;

- ta'limda uzviylik va ko'p darajalilik hisobga olingan holda, ta'limning uzluksizligi;

Yuqoridagi muammolar to'g'ridan-to'g'ri OTM bitiruvchilarining vakolatlarini modellashtirish va ularning shakllanish yo'llarini belgilash bilian

bog'liqdir. Buning uchun professor-o'qituvchilar uchun kompetensiyaga asoslangan yondashuvning mohiyatini tushunish muhimdir. Boloniya ta'lim jarayonida kompetensiyaga asoslangan yondashuv quyidagilarni anglatadi[2,4]:

- kompetentsiyalar akademik, kasbiy yo'nalishlar va undan yuqori darajali ta'lim uchun yagona kelishilgan til sifatida talqin etiladi;

- kompetensiyalar tili ta'lim natijalarini ifodalash uchun eng tushunarli va mos til hisoblanadi;

- standartlar va o'quv dasturlarini ta'lim natijalariga bog'lanishi, kasbiy malakalarni butun Yevropa makonida taqqoslanadigan va shaffof qiladi[3].

Kompetensiyaga asoslangan yondashuvning dolzarbligi shu bilan bog'liqki, bu yondashuv shaxsga yo'naltirilgan va erkin insonparvarlik yo'naltirilgan tanlovni amalga oshirishga tayyor ta'lim sohasidagi ijtimoiy strategiya sifatida belgilanadi. Ta'lim mazmuni yangilanishini, o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy reallikka javoban, ta'limning maqsadlari - vektorlariga ustuvor yo'nalish sifatida, o'rganish va o'z taqdirini o'zi belgilash, o'zini-o'zi anglash, ijtimoiylashish va individuallikni rivojlantirishdir.

A.A. Shexonin tomonidan taqdim etilgan model, kompetensiya-yo'naltirilgan ta'limga o'tish davrida OTMda ta'lim tizimidagi dolzarblikning o'zgarishi haqida bir qator tasavvur beradi. OTM bitiruvchisining kompetensiyalarini modellashtirishda, professor-o'qituvchilar malakaga asoslangan mutaxassis tayyorlash modelining, komponentli mutaxassislar tayyorlash modelidan farqini tushunish muhimdir. Kompetentsiyaga asoslangan yondashuv ta'lim natijasiga e'tiborni qaratib, ta'lim natija sifatida, o'zlashtirilgan ma'lumotlar yig'indisi emas, balki insonning turli xil vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatidir. DTS boyicha bilimga ega bo'lish natijasi, bitiruvchining egallagan kompetentsiyalari bilan belgilanadi. Ya'ni, uning bilimlari, ko'nikmalari va shaxsiy fazilatlarini mutaxassisning faoliyati masalalariga mos ravishda qo'llash qobiliyati bilan belgilanadi. Ushbu DTS bo'yicha bilimlarni o'zlashtirish natijasida, bitiruvchi kerakli kompetentsiyalar to'plamiga ega bo'lishi kereak[3].

V.S.Senashenko, V.F. Tenishcheva, E.M.Xarlanova ta'kidlaganidek, mutaxassislar tayyorlashga qo'yiladigan talablar tizimini bilimlar tilidan kompetensiyalar tiliga o'tkazish tajribasi ko'rsatdiki, ushbu bosqichda kompetentsiyaga asoslangan yondashuv, bilim-malakaviy yondashuv bilan bir darajada bo'ladi. Amalda ushbu yondashuvlar asosidagi ta'lim modellari bir-birini ihota qiladi. Chunki ma'lumot berishga asoslangan ta'lim modeli, kompetentsiyaga asoslangan yondashuv elementlarini o'z ichiga oladi va aksincha[3]._

Ana'naviy yondashuv Kompetensiyaga asoslangan yondashuv

Malaka egallashga yo'nalgan va kasbiy faolyat predmetiga bog'liq. O'zgaruvchan sharoitlarda kasbiy va ijtimoiy faoliyatning va hamma kasbiy turlarini bajarish birligida ifodalangan mutaxassis shaxsini shakllantirishga yo'nalgan.

Fundamentaliylik(akademik) mazmuni Pragmatik, amaliy yo'nalish. Ish beruvchi bilan aloqa.

Ta'limning intizom modeli Fanlararo (modul) model

Ta'lim dasturi fan sohalari belgilanadigan kurslar katta to'plamini tayyorlashdan iborat. Ta'lim mazmuni asosida shakllanadigan fanlararo bilim va ko'nikmalar asosida shakllanadi. Professional faoliyatga tayyorlik.

Ta'lim texnologiyalarining akademik xarakteri. Innovatsion texnologiyalar: proyektli ta'lim, modulli, interaktiv va rolli modellar. Kasbiy faoliyat kontekstida ta'lim olish.

Tartibga solinadigan DTS. (ta'lim mazmuniga asosiy e'tibor) Ta'lim natijasiga qaratilgan texnologiya va mazmunni tanlashga imkon beradigan DTS qayishqoqligiga asoslangan.

Baholashning ball tizimi Baholashning ball-reyting uzluksiz tizimi.

Professor-o'qituvchi-ta'lim jarayonining etakchisi. Talabalar bilan yagona ta'lim maqsadiga birlashgan-professor-o'qituvchi- konsultant.

Talaba ta'lim jarayonining passiv ishtirokchisi. Talaba malakani faol o'zlashtiradi.

Malakaviy va komponentlik yondashuvlar xususiyatlarining qiyosiy tahlili quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:

- ta'lim paradigmasini samarali ta'lim paradigmasi bilan almashtirish;

- ta'lim va tarbiyaning fanlararo xususiyati;

- zamonaviy sharoitlarda talabaning kasbiy va ijtimoiy faolligini oshirish uchun, ularning shaxsini rivojlantirish;

- barcha ta'lim elementlarining o'zgarishi: maqsadlar, mazmun, vositalar, usullar, ta'lim va tarbiya shaklllari, ta'lim va tarbiya natijalari.

- talabalar bilimini o'zlashtirishning reproduktiv ta'lim darajasidan kompetensiyalarning shakllanish darajasiga o'tkazish;

- professor-o'qituvchi va talabaning pozitsiyasini o'zgartirish, ta'lim va tarbiyaning talabaga-yo'naltirilgan qayta yo'naltirilganligi;

- ta'lim jarayonini tashkil etishning modulli ta'lim texnologiyalariga o'tish;

- E'tiborni ta'lim natijasiga yonaltirish. Bunda ta'lim natijasi sifatida o'zlashtirilgan ma'lumotlarning yig'indisi emas, balki insonning turli vaziyatlarda harakat qilish qobiliyati qaraladi;

- asosiy e'tiborni professor-o'qituvchi va ta'lim mazmunidan, talaba va ta'limning kutilayotgan natijalariga ko'chirish. Bu ta'lim jarayoni talabaga sezilarli yo'nalganligida namoyon bo'ladi;

- talabalarning ta'lim natijalarini baholash tartibini o'zgartirish;

- ta'lim fazosini kengaytirish va uning ijtimoiy muhit bilan integratsiyasi.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib shuni ta'kidlash mumkinki,

kompetentsiya

yondashuvi, mazmunini qurish yuqoridan pastga, uni o'zlashtirish usullarini pastdan yuqoriga yo'nalishini nazarga tutadi. Birinchi navbatda bitiruvchining modeli aniq belgilanadi, so'ngra ushbu model uchun malakalar shakllanish va rivojlanish mazmuni tanlanadi. Demak, o'quv jarayonini tashkil etishda, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit va mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, oliy ta'limning maqsadlarini ro'yobga chiqarishga, ta'lim-tarbiya tizimini

rivoj1aпtшshga imkon beradigan ushbu yondashuvning istiqbolli qo'llanilishini kelajakda ko'rish mumkin. OTMda bitiruvchining kompetentsiya modelini 1вЫаЬ еЫд1вЬ - кошре1епв1уа§а аБоБ1а^ап уо^аБИиут аша^а обЫПБИШ^ авов1 ЫвоЬ1апаё1.

Adabiyotlar:

1. Андреев А. Знания и компетенции. //Высшее образование в России. -2005. - №2. - С. 3-11.

2. Махкамбаев, А., Джурабоев, А. (2022). Использование адаптативной физической культуры при обучении студентов с инвалидностью и особыми физическими потребностями. Проблеми i перспективи розвитку спортивних ^ор i единоборств у вищих навчальних закладах, 1(2), 133-137.

3. Maxkambayev, А. X. (2022). Yosh vоlеybоlchilаrning hаrаkаtlаnish sifаtlаrini rivоjlаntirish. Jismoniy tarbiya, sport mashg'ulotlari nazariyasi va ш1иЫуайп^ пагаг1у-аша11у шиашшо1аг1, 4(5), 955-959.

4. МахкашЬауеу, А. X. (2022). 6-7 уоБИН Ьо1а1агёа ]1вшоп1у коткша уа ша1ака1агш г1уо]1ап11г1вЬёа ИагакаШ олут1агт^ гоН. Лвшоп1у 1агЫуа Брой mashg'ulotlari nazariyasi va uslubiyatining пагапу-ашаНу шиашшо1аг1, 4(5), 55-59.

5. Махкамбаев, А. Х. (2022). Вопросы обучения студентов информационным технологиям в организации учебного процесса. Харьковская государственная академия физической культуры, 3(4), 155159.

6. Махкамбаев, А. Х., Акбаров, А., Улугмуродова, Г. Ж. (2021). Педагогическая оценка значения двигательной активности студенческой молодежи. Современное состояние и перспективы развития, 2(3), 117-118.

7. Махкамбаев, А. Х., Акбаров, А., Ахмедов, Ш. Б. (2020). Роль мультимедиа и информационно коммуникационных технологий в физкультурном образовании. Ахборот технологияларининг замонавий муаммолари хдмда уларнинг ечимлари, 1(2), 156-159.

8. Випуеу, В. и., Muxiddinova, Б. А. (2022). O'zbekiston davlat jismoniy 1агЫуа уа Брог1 ишуегБЙей ta1aЬa1aгining psixo1ogik уа ^шошу tayyoгgaг1igini sport yakka о'у^ап orqali shakllantirish. ILMIY TADQIQOTLAR SAMMITI, 1(1), 145-149.

9. Buгiyeу, В. и., ЩигаЬо'уеу, А. М. (2022). УобИ уo1eyЬo1chi1aг texnik уа taktik шahoгat1arini takoшi11ashtiгish уа jisшoniy tayyoгga1ik1aгin aшa1ga oshirish us1ub va tamoyi11ari. Jismoniy tarbiya sport mashg'u1ot1ari nazariyasi, 1(1), 145-147.

10. Buгiyeу, В. и., Kadirov, Я. Я. (2021). Роль и место спортивных и подвижных игр в общей структуре учебно-производственной практики. 2021 уШа o'tkazi1gan XXXII yozgi O1impiya, 1(1), 100-103.

11. Випуеу, В. и., Qodirov, Я. Я., Кагодоу, Я.Т. (2021). Jisшoniy tarbiya уа spoгtda axЬoгot kommunikatsiya texno1ogiyasining tuzi1ishi уа taшoyi11aгi.

Ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning innovatsion usullari, 5(5), 555-559.

12. Кобилов, А. У., & Джурабоев, А. М. (2020). Технологии компьютерного дистанционного обучения. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 287-293.

13. Махкамбаев, А., Джурабоев, А. (2022). Использование адаптативной физической культуры при обучении студентов с инвалидностью и особыми физическими потребностями. Проблеми i перспективи розвитку спортивних ^ор i единоборств у вищих навчальних закладах, 1(2), 133-137.

14. Джурабаев, А. М., Казоков, Р. Т. (2021). Биомеханик та^лиллар асосида енгил атлетикачиларнинг функционал тайёргарлигидаги корреляция алокаларининг та^лили. Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"ga bag'ishlangan, 4(4), 198-208.

15. Kazoqov, R. T., Djurabaev, A. M. (2021). Kredit modul tizimi nima. Ta'limni raqamlashtirish sharoitida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, 4(4), 198-206.

16. Djuraboyev, A. M., Bozorova, S. X., Aminova, A. A. (2021). Jamiyatimizda jismonan sog'lom avlod tarbiyasi. Бешта му^им ташаббус буюк келажак пойдевори, 3(3), 205-209.

17. Ibodov, A. I., Beknazarov, Sh. Q., Djuraboyev, A. M. (2021). Yuridik bilim berish v amalaka oshirish tizimini takomillashtirishning yangi ufqlari. Ta'limni raqamlashtirish sharoitida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, 2(3), 195-201.

18. Djuraboyev, A. M., Akbarov, А. (2021). Ilmiy tadqiqot materiallari bilan ishlashda zamonaviy AT foydalanish. Zamonaviy sharoitda JT va sportni ommaviy rivojlantirishning innovatsion yo'nalishlari, 1(2), 188-197.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.