OLIY TA'LIM TIZIMIDA NOGIRONLIGI BO'LGAN YOSHLARINING TA'LIM OLISH SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARINI QO'LLANILISHI
Mumtozxon Asilbekovna Abduvalieva
O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti
ANNOTASIYA:
Maqolada ta'limni raqamlashtirishning dolzarb masalalari va raqamli texnologiyalarning afzalliklari va xatarlarini hisobga olgan holda inklyuziv ta'lim kontekstida foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Inklyuziv yondashuv va nogironligi bo'lgan yoshlarning ta'lim olishida raqamli texnologiyalardan foydalanish o'rtasidagi o'zaro aloqaga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, maqolada o'qituvchilarda psixologik-pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish, shuningdek, turli shakldagi nogironligi bo'lgan talabalarni o'qitishda raqamli texnologiyalardan to'g'ri foydalanish bo'yicha malaka oshirishni tashkil etish muhimligi ta'kidlangan.
Kalit so'zlar: nogironligi bo'lgan talaba, inklyuziv ta'lim, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish, moslashish, ta'lim jarayoni.
АННОТАЦИЯ:
В статье обсуждаются актуальные вопросы оцифровки образования и возможности ее использования в контексте инклюзивного образования с учетом преимуществ и рисков цифровых технологий. Особое внимание уделяется взаимодействию между инклюзивным подходом и использованием цифровых технологий в образовании молодежи с ограниченными возможностями. Также в статье подчеркивается важность формирования психолого-педагогических компетенций у педагогов, а также организации повышения квалификации по правильному использованию цифровых технологий в обучении учащихся с различными формами инвалидности.
Ключевые слова: студент с ограниченными возможностями, инклюзивное образование, цифровые технологии, цифровизация, адаптация, образовательный процесс.
ANNOTATION:
The article discusses current issues of digitization of education and the possibilities of its use in the context of inclusive education, taking into account the advantages and risks of digital technologies. Particular attention is paid to the
May 2024
57
interaction between the inclusive approach and the use of digital technology in the education of young people with disabilities. The article also emphasizes the importance of the formation of psychological and pedagogical competencies in teachers, as well as the organization of professional development in the correct use of digital technologies in the education of students with disabilities of various forms.
Keywords: student with disabilities, inclusive education, digital technology, digitization, adaptation, educational process.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda har oltinchi odam yoki aholining qariyb 16% u yoki bu nogironlik turi bilan yashaydilar [1]. Ular dunyodagi eng katta ozchilik guruhidir va butun dunyo bo'ylab ulaming soni ortib bormoqda.
2023-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, O'zbekistonda nogironligi bo'lganlar soni qariyb 830 ming kishini tashkil etadi. Ularning 480 ming nafarini yoki 56% mehnatga layoqatli 18 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan nogironligi bor shaxslar tashkil etadi. Har 10 ming aholiga 235 nafar nogironligi bor shaxs to'g'ri keladi, bu 2022-yil boshiga nisbatan 9,1% ko'pdir. Shuningdek, 2023 yilda 44,9 ming fuqaroda birlamchi nogironlik aniqlangan, bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 5,63 (13%) ko'pdir [2].
Shu bilan birga, nogironligi bor shaxslar orasida qashshoqlik darajasi boshqalarga qaraganda ancha yuqori. Nogironligi bor shaxslarning atigi 50% ish topish imkoniyatiga ega bo'lganligi sababli, bu guruhning daromad darajasi boshqalarga nisbatan 35% past. Shuningdek, nogironligi bo'lgan odamlarning sog'lig'i tufayli erta o'lim xavfi nogiron bo'lmaganlarga qaraganda ancha yuqori.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi ma'lumotlariga ko'ra, nogironligi bo'lgan kattalar o'rtasida dunyo bo'ylab savodxonlik darajasi atigi 3% ni, nogironligi bor ayollar orasida esa faqat 1%. Shu bois, ularning jamiyat hayotida to'liq ishtirok etishi, jumladan, sifatli ta'lim olish uchun teng imkoniyatlar yaratishi mutlaqo zarur.
O'zbekistonda nogironligi bo'lgan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi muammolarini o'rganish ularning samarali ijtimoiy integratsiyasini shakllantirishdagi asosiy to'siq - ob'ektiv va ijtimoiy to'siqlarning mavjudligi bilan belgilanadigan umumiy reabilitatsiya salohiyatining pastligi ekanligini ilmiy asoslash imkonini berdi [3, c.71].
O'zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslarning soni muttasil ortib borayotganiga qaramay, ularni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotga jalb qilish mexanizmlari sust ishlamoqda.
58
May 2024
Nogironligi bo'lgan yoshlarning oliy ta'lim olish imkoni yo'qligi past ish haqiga olib kelishi mumkinligi sababli, sog'liqni saqlash ko'rsatkichlarining pastligi tufayli yashash xarajatlarining oshishi, o'z navbatida, ularning qashshoqlikka tushib qolish xavfini oshiradi. Bunday vaziyatda nogironligi bo'lgan shaxslarning sonining ko'payishiga qarshi kurashish emas, ularning jamiyatda to'liq o'rin egallashi uchun shart-sharoit yaratish yanada muhimroq ekanligini tushunish lozim.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, biz nogironligi bo'lgan yoshlarning ta'lim jarayonining yakuniy natijasi ularning hayotini normallashtirish bo'lishi kerak degan xulosaga kelishimiz mumkin. Ya'ni, ularga odamlarning aksariyat qismi uchun tanish va zarur bo'lgan turmush tarziga erishishga imkon beradigan tizimni yaratish: oilada yashash, o'rganish va rivojlanish imkoniyatiga ega bo'lish, foydali mehnat faoliyatini amalga oshirish, ularning mazmunini aniqlash, sevimli mashg'ulotlari va qiziqishlari, mustaqil ravishda qaror qabul qilish va o'zi uchun javobgarlik mas'uliyatini his qilishlarini ta'minlashimiz muhim.
Aholining ta'lim darajasining iqtisodiy o'sishga ta'sirini o'rganuvchi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, oliy ma'lumotli kishilarning daromadi o'rta ma'lumotli kishilarning daromadidan 1,5-3 barobar ko'pdir [4, 353-bet].
Shuningdek, iqtisod sohasidagi yetakchi olimlarning tadqiqotlari ta'lim darajasining mamlakat iqtisodiy o'sishiga ijobiy ta'siri borligini ko'rsatdi [5, 47 -b.]. Boshqa tadqiqotlar uzoq muddatli istiqbolda ta'lim va aholi jon boshiga YaIM o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikni aniqladi [6, p. 436; 8, p. 864].
Fikrimizcha, O'zbekistonda nogironligi bo'lgan yoshlarning o'quv jarayonini amalga oshirish mexanizmlarini turli vositalar va raqamli texnologiyalarning eng so'nggi yutuqlaridan foydalanish orqali takomillashtirish mumkin.
Bu boradagi zamonaviy va ommabop tendentsiyalardan biri - bu ta'lim jarayonini raqamlashtirishdir. Yani nogironligi bo'lgan yoshlarning ehtiyojlarini inobatga olish va sifatli ta'lim kontentnini yaratish zarur. Qulay ta'lim shaklini yaratish orqali nogironligi bo'lgan yoshlarning ilg'or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda turli formatdagi materiallarni olishlari va topshiriqlarni bajarishlari mumkin bo'ladi.
Raqamlashtirish, shuningdek, inklyuziv ta'limni amalga oshirishning yangi tamoyillarini shakllantirishga yordam beradi va nogironligi bo'lgan yoshlarni yanada samaraliroq o'qitish uchun zamonaviy vositalar va texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.
Raqamlashtirish sharoitida universitetlarda inklyuziv ta'limni joriy etish jarayoni quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirilishi kerak:
1. Ta'lim dasturlarini o'zlashtirishda barcha talabalar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida ta'lim mazmuni nogironligi bo'lgan talabalar
May 2024
59
uchun tushunarli bo'lishi, foydalanishda qulay bo'lishi va ulaming ehtiyojlariga mos ravishda nogironligi bo'lgan talabalarning turli xususiyatlarini hisobga olishi kerak.
2. Ta'limdagi raqamli texnologiyalar talabalarning malakasini hisobga olgan holda ijtimoiylashuv darajasini yanada oshirish uchun ishbilarmon o'yinlar kabi tegishli o'qitish usullaridan foydalangan holda nogironligi bo'lgan talabalar uchun ta'limni moslashtirishni ta'minlashi mumkin.
3. Ta'limda nogironligi bo'lgan talabalarning shaxsiy xohish-istaklarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo'lib, ularning turli ehtiyojlarini qondirish uchun pedagogik faoliyat vositalarini kengaytirishni taqozo etadi.
4. Muvaffaqiyatli inklyuziv ta'lim uchun nogironligi bo'lgan talabalarning ehtiyojlariga moslashtirish va ta'lim jarayoniga jalb qilishni yaxshilash uchun ularning imkoniyatlari va istaklarini muhokama qilish muhim.
5. Universitetlarda inklyuziv ta'limni amalga oshirishda talabalar bilan, ayniqsa nogironligi bo'lgan talabalar bilan interfaol muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'lgan o'qitish usullaridan foydalanish, guruh ichida muloqotni tashkil etishda raqamli vositalardan foydalanish zarur.
6. Inklyuziv ta'limda ob'ektiv baholash barcha talabalar, jumladan, nogironligi bo'lgan talabalar uchun ham foydalanishi mumkin bo'lgan baholash vositalari to'plamini ishlab chiqishni va turli baholash usullarini yaratish uchun raqamli vositalardan foydalanishni talab qiladi.
Shunday qilib, turli shakldagi nogironligi bo'lgan talabalarga ta'lim-tarbiya berishda eng yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ta'limni insonparvarlashtirish yo'lidagi muhim qadam bo'lib, ularning kelajakda kasbiy tayyorgarligiga xizmat qilmoqda.
Xususan, masofaviy ta'limga o'tish ularning davlatimizdagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlardan uzilib qolmasliklariga yordam beradi. Zero, nogironligi bo'lgan talabalarning bandligini ta'minlash uchun qulay shart-sharoit yaratish ijtimoiy adolat maqsadlariga erishish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ko'maklashishda muhim qadamdir.
REFERENCES:
1. Global report on health equity for persons with disabilities. Geneva: World Health Organization; 2022.
2. Портал открытых данных Республики Узбекистан. URL: https: //data.gov.uz/uz/datasets/17906.
3. Abduvalieva Mumtozkhon. Problems of overcoming stigmatization and the formation of tolerant consciousness in society in relationship to persons with disabilities. Journal of Social Studies. 2021. vol. 4, issue 2, pp. 62-74.
May 2024
60
4. Wang, Y. and Liu, S. (2016) Education, Human Capital and Economic Growth: Empirical Research on 55 Countries and Regions (1960-2009). Theoretical Economics Letters, 6, 347-355. doi: 10.4236/tel.2016.62039.
5. Acemoglu Daron, Simon Johnson, James A. Robinson, Pierre Yared. From Education to Democracy? The American Economic Review, Vol. 95, No. 2, Papers and Proceedings of the One Hundred Seventeenth Annual Meeting of the American Economic Association, Philadelphia, PA, January 7-9, 2005 (May, 2005), pp. 44-49.
6. Mankiw N. Gregory, David Romer, David N. Weil. A Contribution To The Empirics Of Economic Growth. The Quarterly Journal of Economics May 1992. pp. 407-437.
61
May 2024