Научная статья на тему 'OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
oliy ta’lim muassasalari / tarbiyaviy ishlar / Amaliyotga yo’naltirilgan ta “lim / o’qitish metodikasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Farhodov Fozilbek Bahrom O’g’li

Maqolada ta ‘lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etish asosida umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini to’g’ri tashkil etish va boshqarish o’quvchilarning dunyoqarashini o’zgartirishga, ularda g’urur, ar-nomus, mehr va muhabbat kabi qator tuyg’ularni, ya’ni milliy mentalitetimizga mos va xos tuyg’u va xususiyatlarni shakllantirishga xizmat qilishi kabi masalalar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

"Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar"

Respublika ilmiy-amaliy anjiimani 024-yil 17-aprel

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH https://doi.ors/10.5281/zenodo.11217564

Farhodov Fozilbek Bahrom o'g'li

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o'rinbosari, Namangan davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Anotatsiya:Maqolada ta 'lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining o 'ziga xos xususiyatlarini tahlil etish asosida umumiy o 'rta ta 'lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini to'g'ri tashkil etish va boshqarish o'quvchilarning dunyoqarashini o'zgartirishga, ularda g'urur, ar-nomus, mehr va muhabbat kabi qator tuyg 'ularni, ya 'ni milliy mentalitetimizga mos va xos tuyg 'u va xususiyatlarni shakllantirishga xizmat qilishi kabi masalalar ochib berilgan.

Kalit so'zlar: oliy ta 'lim muassasalari, tarbiyaviy ishlar, Amaliyotgayo 'naltirilgan ta "lim, o 'qitish metodikasi.

Abstract:In the article, based on the analysis of the specific features of the processes of educational relations organized in educational institutions, the correct organization and management of the processes of educational relations in general secondary educational institutions will change the worldview of students, they will have pride. , issues such as serving to form a number of feelings such as honor, kindness and love, that is, feelings and characteristics suitable for our national mentality, have been revealed.

Key words: higher education institutions, educational work, practice-oriented education, teaching methodology.

Аннотация: В статье на основе анализа особенностей процессов образовательных отношений, организованных в образовательных учреждениях, правильная организация и управление процессами образовательных отношений в общесредних образовательных учреждениях позволит изменить мировоззрение учащихся, в них Раскрыты такие проблемы, как гордость, честь, любовь и любовь, которые служат формированию чувств и характеристик, соответствующих нашему национальному менталитету.

Ключевые слова: высшие учебные заведения, воспитательная работа, практико-ориентированное образование, методика преподавания.

Oliy ta'lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda talabalar jamoasini tarbiyalashning eng samarali yo'li, ularning umumiy qiziqishlari asosida talablar qo'yish va istiqbolni belgilashdir. Talablar pedagogik jihatdan puxta ishlab chiqilgan taqdirdagina ijobiy natija beradi:

1) Talaba shaxsiga qo'yiladigan pedagogik talablar har bir jamoa a'zosini hurmat qilish bilan qo'shilishi kerak. Bu pedagogik odobni muhim qismi bo'lib, har bir guruh raxbari yoddan chiqarmasligi shart. Guruhning ya'ni jamoaning eng yaxshi o'quvchilariga ko'proq talablar qo'yiladi, bu bilan ularga alohida ishonch va xurmat bildiriladi.

2) Pedagoglar jamoasi talablarni muayyan guruhning aniq sharoitini hisobga olgan holda qo'yadi. Har yili o'quvchilarga ma'lum bir chorakda, yarim yillikda yoki o'quv yili davomida qanday talablar qo'yish maqsadga muvofiqligi belgilab olinadi. O'quvchilardan

"Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar"

Respublika ilmiy-amaliy anjiimani 024-yil 17-aprel

erishilgan narsani emas, balki vazifa qilib qo'yilgan narsani talab qilish kerak. 3) Talablar aniq bo'lib, bajarish

Imkoniyatlari hisobga olinadi. Talabalar o'zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq tushunishlari lozim. Talabalarni talablar mazmuni bilan tanishtirib, ularning ahamiyatini muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat. Talabalar jamoasini tarbiyalashda istiqbollar qo'yishning ahamiyati juda katta. Agar jamoa oldida qiziqarli, aniq maqsad bo'lmasa, uni tashkil etish va jipslashtirish usulini topib bo'lmayda. Istiqbollarni belgilashning ikki asosiy usuli bor:

1. Asosiy pedagogik talabni o'qituvchining o'zi talabalar oldiga qo'yadi. Bunda u ana shu vazifalarni xal etish yo'llarini ko'rsatadi va jamoa a'zolarini qiziqtirishga intiladi;

2. Jamoa a'zolari qiziqarli tadbirlarni ilgari suradilar, guruh rahbari bu tashabbusni qo'llab-quvvatlaydi, hamda amalga oshirish usullarini topishga yordam beradi. Birinchi usul talabalar jamoasini tarkib toptirishning dastlabki bosqichida qo'yilib- yaqin kunlarga mo'ljallangan istiqbol deyiladi. Ikkinchisi ancha yuqoriroq bosqichda guruh faollari tomonidan qo'yilibo'rta kunlarga mo'ljallangan istiqbollar deyladi. Agar belgilangan istiqbolalni jamoani barcha a'zolari qo'ysa- bu uzoq muddatli istiqbollar deyilib, jamoani shakllanganligini bildiradi. Talabalar jamoasi o'sib va mustahkamlanib borishi bilan jamoa oldiga o'rtacha va uzoq istiqbollar qo'yiladi. Masalan: otaliqqa olingan bog'cha uchun o'yinchoqlar yasash, hosil bayramini o'tkazish, jonajon o'lka bo'ylab yozgi sayohatni uyushtirish va boshqalar. Jamoa doim faoliyatda olg'a intilishda bo'lishi uchun uning oldiga yangi, qiziqarli istiqbollar qo'yish talab etiladi. Jamoa hayoti jo'sh urib turmasa, keyin bu aloqalarni qaytadan tiklash juda qiyin bo'ladi. Talabalar jamoasini shakllantirishda an'analar muhim o'rin tutadi. Jamoani hech bir narsa an'anachalik mustahkamlay olmaydi. An'analarni tarkib toptirish, ularni saqlab qolish- tarbiya ishining muhim vazifasidir. An'analari bo'lmagan maktab yaxshi maktab bo'lishi mumkin emas. Mavjud an'analarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:

A) kundalik turmush an'analari,

B) bayram an'analari. Kundalik turmush an'analari o'quvchilarning o'quv faoliyatini bir-biriga o'zaro yordamning har xil turlari, mehnat faoliyatini yosh meva ko'chatlarini parvarish qilish, hayvonlarni boqish, yolg'iz yashovchi keksalarga yordamlashishni va boshqa yumushlarni o'z ichiga oladi. Bayram an'analariga Navro'z, Mustaqillik bayramlari, bitiruvchilar kechasi, Savodxonlik bayramolari kiradi. Har kanday holatda ham bayramlar yorqin, qiziqarli, quvnoq. Tantanavor o'tishi kerak. Asosiy maqsad talabalar o'tkazilayotgan tadbirning ahloqiy mazmunini tushunsagina, ularga ongli munosabatda bo'lsagina, uning ta'siri kuchli bo'ladi. Jamoani rivojshlanish bosqichlarida, jamoa a'zolarini xilma-xil faoliyati jarayonida har bir OTMda o'ziga xos an'analar yuzaga keladi. Bu yangi an'analar shu OTMda olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy ishlar bilan bog'liq bo'ladi, uning hayotini jonlantiradi va bezaydi. Shuning uchun yangi an'ananing kelib chiqishida talabalarning faol ishtirok etishiga katta imkoniyatlar beriladi. O'qituvchilar talabalar jamoasiga u yoki bu ortiqcha an'anani yuklamasliklari, majburan singdirmasliklari kerak. Ularning vazifasi jamoa a'zolariga sezdirmay va ularni tashabbusini buzmay, an'analarni yaratash zarurligini tushuntirish, an'analarni tayyorlash hamda o'tkazishda birgalikda ish olib borish, o'quvchilarni ana shu an'analarni davom ettirishga o'rgatishdan iborat. An'anaga har doim yangi pedagogik talablarni aks ettiruvchi, uning tarbiyaviy ahamiyatini oshiruvchi yangiliklar kiritib borilishi talab etiladi. An'analar yildan yilga ko'payib borib, asta-sekin OTMning o'ziga xosligini ta'miilaydi. Shunday qilib, o'quv-bilish faoliyati bilan bog'liq istiqbol va an'analar jamoa rivojlanishining barcha darajalarida muhimdir.

"Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar"

Respublika ilmiy-amaliy anjumani 024-yil 17-aprel

Yuqoridagilaga asoslanib yoshlarni jamoa ruhida tarbiyalashning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: Eng ilg'or korxona jamoalarining ish tajribasidan, ahillik, ham jihatlik, jamoa va o'rtoqlarcha o'zaro yordamlashishda ibratli oilalar, ota-onalar hayotidan misollar keltirish;

—Kishilarning hayotida jamoa bo'lib, bir-birlari bilan do'stona birodarlarcha munosabatda bo'lib yashashlari, mehnat va ijod qilishlari, hayot va turmushlarining doim go'zal va xushchaqchaq o'tishiga katta yo'l ochib berishni har tomonlama misollar asosida tushuntirish. Aksincha, kishilar o'z hayotida jamoaga va uning qo'ygan talablariga to'g'ri baho bermay hayot kechirsalar, turmush ko'ngilsiz, shirasiz va ma'naviy boyliksiz o'tishini uqtirish. Jamoatchilikning bu xususiyatlari va tamoyillarini falsafiy va pedagogik jihatdan keng va teran sharhlab beradi. Jamiyat va shaxs munosabatlari muhim ahamiyatga ega. Odamning shaxsligi esa, uning o'zga odamlarga, jamiyatga, vatanga, butun imkoniyatga munosabatlari bilan bog'liqdir. Demak, odam biologik tushuncha, shaxsiy ijtimoiy tushuncha. Insonlarning tabiiy ehtiyojlari qoralanib, faqat ijtimoiy mexanizaga aylantirilishi, tabiatni ham siyosiylashtirish, mafkuraviy shavqatsiz tazyiq insonni qadrsizlantirishni ham sho'rolar jamiyati misolida ko'rib turibmiz. Jamoaning umumiy manfaati bilan talabalarning shaxsiy manfaatiga birlashib uyg'unlashib ketadi. Va shu holda talabalar shaxsiy manfaatga nisbatan jamoaning maqsadi va manfaati muhimroq ekanligiga, bir kishi hammani (o'z jamoasidagi hamma odamlarni) o'ylashi, hamma (butun jamoa) esa, shu jamoadagi har bir odamni o'ylashi, g'amxo'rlik qilishi zarurligini tushunish talabalarning ongini o'stiradi. Yanada muhimrog'i, jamoa a'zolarining o'zaro hurmatini do'stlikka aylanadi. Endi o'smir do'stlarsiz hayot juda zerikarli, mazmunsiz o'tishini anglaydi. Shunday ekan, har bir guruh rahbari o'z talabalariga jamoani qanday qaysi yo'l va vositalar yordamida shakllantirish mumkinligi, uning mohiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Bunda jamoatchilik va o'rtoqlarcha o'zaro yordam to'g'risida aforizmlardan foydalanish, kitoblarni o'qish, voqealardan misollar keltirish, tadbirlar o'tkazish asosida o'quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash muhim o'rin tutadi. Talabalar jamoatchilikning mohiyatini puxta bilgan taqdirdagina uni amalga oshirish uchun samarali kurashishlari mumkin. Buning o'qituvchi talabalarga jamoatchilik jamoa va. Shaxsning rivojlanishi uchun asosiy vosita ekanligini tarbiya jarayonida ishonarli va ta'sirli amalga oshirish zarur. Jamoa va shaxs muammosi yosh avlodni tarbiyalashning eng dolzarb nazariy va amaliy masalalaridan biri xisoblanadi. Shu jihatdan han talabalarni jamoatchilik ruhiyatiga, jamoa hayotiga, jamoa bo'lib uyushishga odatlantirish, malaka hosil qilish, jamoatchilik ongini shakllantirish umumiy o'rta ta'lim muassasalarining vazifasi xisoblanadi. Shaxs faqatgina har tomonlama rivojlangan bo'lib qolmasdan, balki u ijtimoiy faol bo'lishi, o'zining borliq kuch va imkoniyatlarini Vatanga xizmat qilish uchun zo'r berish hamda jamiyatda o'rnini topa olishi kerak. Bundan tashqari shaxsning Vatanga xizmat qilishida uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyat va qobiliyatlaridan samarali darajada foydalaniladi. Jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan biri talabalarda vatan-parvarlikni shakllantirishdir. Chunki, vatanparvarlik hissiyoti kishilarning o'z ona-Vataniga, taqdiriga g'amxo'rlikdir. Haqiqiy vatanparvar o'z ona-Vatani, xalqining gullab-yashnashi, erkinligi uchun kurashadi. Talabalar kishilar, jamoalar, davlatlar o'rtasidagi o'zaro yordamni bilib, ularning ma'nosini tushunib boradilar. Kishilarning, talabalarning xat o'qishda va o'zaro munosabatlarda o'zaro o'rtoqlashish, yordamlashishdek hissini tarbiyalashda ajoyib manba bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari o'rtoqlarcha o'zaro yordamning navbatdagi formasi bo'sh o'zlashtiruvchi talabalarga yaxshi o'zlashtiruvchi talabalarni doimiy biriktirib qo'yilishidir. Xuddi shuningdek, guruhga, guruhga va boshqalarga

Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar

Respublika ilmiy-amaliy anjiimani 024-yil 17-aprel

biriktirib qo'yish ham o'zaro yordam formasidir. O'rtoqlarcha o'zaro yordamning yana bir formasini birlashtirib kichkina guruh sifatida dars tayyorlashda namoyon bo'ladi. O'rtoqlacha o'zaro yordam talabalarning san'at havaskorlari, sport musobaqalariga talabalarni tayyorlashda, ularning rahbarlar ishlariga yordam berishlarida ko'rinadi. O'rtoqlarcha o'zaro yordam shanbalik, yakshanbaliklarda o'quvchilrni faol qatnashtirish yo'lidir. Mehnatga ongli munosabatda bo'lish harakatlari, mamlakatimizda shanbaliklar va yakshanbaliklar uyushtirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Shuni aytish kerakki, jamoada -talabalarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning asosiy manbai hisoblanadi. Har qanday jamoa, u qanday tarzda bo'lishidan, uning oldiga qanday o'ziga xos vazifa qo'yilishidan qatiy nazar undan talabalarni tarbiyalash manbai sifatida foydalanishi shart. Talabalar jamoasi talabalarning tarbiyaning u yoki bu tarkibiy qismi va sifatlari manbai sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib jamoa talabalarga jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligi dastavval talabalarning jamoa bo'lib ijtimoiy-foydali ishlarga qatnashishida, jamoa bo'lib sayohatlarga borishida, yozgi mehnat va dam olish lagerlarida, turli musobaqa va ko'rik-tanlovlarda ishtirok etishlarida yaqqol ko'rish mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Turg'unov S.T. Boshqaruv jarayonida tarbiyaviy munosabatlar // Maktab va hayot jurnali. - 2006. № 1.-20-23-b.

2. Turg'unov S.T., Ulugov N.M., Shodmanov Q.O., Maqsudova L.A. Ta'lim muassasalarida boshqaruv. Toshkent: Fan, 2008.

3. Turg'unov S.T., Maqsudova L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish. Toshkent: Fan, 2009,

4. M. R. Dadaqo'ziev Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy o'ziga xos munosabatlar Jarayonlarining https://sciencebox.uz/index .php/ajed/arti cle/view/4862

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.