г
v.
Djuraev Dusmurod Uralovich,
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, IL -21091378 loyiha rahbari, DSc, dotsent
Jamolova Munisa Dusmurodovna,
IL - 21G91378 loyiha stajyor-tadqiqotchisi
OLIY TALIM MUASSASALARIDA PROFESSOR -O QITUVCHILARNI KASBIY SARALASHNING PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKASINI AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI
UO'K: 37.015.32 DOI: 10.34920|SO|VOL_2022_ISSUE_10_6
DJURAYEVD.U., JAMOLOVA M.D. OLIY TA LIM MUASSASALARIDA PROFESSOR-OQITUVCHILARNI KASBIY SARALASHNING PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKASINI AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI
Maqolada oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilarni kasbiy saralash, ularning kompetentligini ta'minlashda ishga qabul qilinayotgan nomzodlarning intellektuallik darajasi diagnostika tizimini shakllantirish muammosi o'rganiladi. Oliy ta'lim muassasalariga professor-o'qituvchilarni ishga qabul qilish hamda ularning tanlovlarda ishtirokini psixologik baholash tizimini yo'lga qo'yish orqali esa bir qancha masalalarning hal etilishiga erishish mumkin. Shu bilan birga shakllantirilgan psixologik diagnostika tizimi yordamida professor-o'qituvchilarning kasbiy faoliyatga psixologik yaroqlilik darajasi obyektiv baholanishi kabi muhim masalaga yechim topiladi.
Tayanch so'z va tushunchalarlar: professor, o'qituvchi, oliy ta'lim, muassasasi, kasbiy saralash, yaroqlilik, intellekt, emosional intellekt, sosial intellekt, diagnostika, tizim, kompetensiya.
ДЖУРАЕВ Д.У., ЖАМОЛОВА М.Д. ОСОБЕННОСТИ РЕАЛИЗАЦИИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ДИАГНОСТИКИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОТБОРА ПЕДАГОГОВ ВУЗОВ
В статье рассматривается проблема формирования системы диагностики интеллектуального уровня кандидата, привлекаемого для профессионального отбора профессоров и преподавателей высших учебных заведений, обеспечения их компетентности. Решить ряд вопросов можно путем создания системы психологической оценки при приеме на работу профессорско-преподавательского состава в высшие учебные заведения. При этом с помощью сформированной психолого-диагностической системы будет найдено решение важного вопроса объективной оценки уровня психологической пригодности профессорско-преподавательского состава к профессиональной деятельности.
Ключевые слова и понятия: профессор, преподаватель, высшее образование, профессиональный отбор, пригодность, интеллект, эмоциональный интеллект, социальный интеллект, диагностика, система, компетентность.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2G22, 10 (119)
DJURAEV D.U., JAMOLOVA M.D. FEATURES OF THE IMPLEMENTATION OF PSYCHOLOGICAL DIAGNOSIS OF PROFESSIONAL SELECTION OF TEACHERS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS
The article deals with the problem of forming a system for diagnosing the intellectual level of a candidate involved in the professional selection of professors and teachers of higher educational institutions, ensuring their competence. A number of issues can be resolved by creating a system of psychological assessment when hiring teaching staff in higher educational institutions. At the same time, with the help of the formed psychological and diagnostic system, a solution will be found to an important issue of an objective assessment of the level of psychological suitability of the teaching staff for professional activities.
Key words and concepts: professor, teacher, higher education, university, professional selection, suitability, intelligence, emotional intelligence, social intelligence, diagnostics, system, competence.
Kirish. Jahonda xalq ta'limining tizimli tash-kil etilishi va boshqarilishi, muntazam va barqa-ror takomillashtirib borilishi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ustuvor vazifa sanaladi. Ta'lim jarayonini muntazam takomillashtirib bor-ish jarayonida esa ta'lim tizimining uzluksizligini ta'minlash o'ta muhimdir. Shu jumladan, respub-likamizda joriy etilgan uzluksiz ta'lim tizimining asosiy bo'g'ini hisoblangan oliy ta'lim muas-sasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini doimiy oshirib borish bugunda ham o'z dolzar-bligini yo'qotmagan.
Mazkur masalani hal qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi innovasion rivojlan-ish vazirligi ko'magida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2022-2023 yillarga mo'ljallangan IL 21091378 - raqamli "Oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish" mavzuidagi innovasion loyiha bajarilmoqda.
Loyiha doirasida OTM professor-o'qituvchilarini ishga qabul qilish hamda ularn-ing tanlovlarda ishtirokini psixologik baholash tizimini yo'lga qo'yish nazarda tutilgan. OTM professor-o'qituvchilarini ishga qabul qilish hamda ularning tanlovlarda ishtirokini psix-ologik baholash tizimini yo'lga qo'yish orqali esa tanlovda obyektivlik masalasi hal etilishiga erishiladi.
Mavzuning dolzarbligi. Oliy ta'lim muas-sasalarida har yili turli xil maqsadlarda pro-fessor-o'qituvchilarning kasbiy faoliyati yuza-sidan nomzodlarni saralash bo'yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Bugungi kunda ushbu tadbirlar asosan OTM huzurida tuzilgan "Jamoatchilik
kengashi" tomonidan amalga oshirilmoqda. Ma'lumki, jamoatchilik kengashi bir necha nafar a'zodan iborat komissiya tarkibida faoliyat olib boradi. Ayrim hollarda ushbu komissiyaning faoliyatini tashkil etish va uning baholash tizimi bilan bog'liq holatlarda nomzodlarni yetarli-cha to'laqonli baholash uchun zarur mezonlar cheklanganlik xarakteriga ega bo'ladi. Aksariyat hollarda asosan nomzodlar to'g'risidagi huj-jatlar bilan cheklanishga to'g'ri keladi. Demakki holatning vaqt jihatdan, iqtisodiy jihatdan hamda nomzodning ushbu faoliyatga mosligi va yaroqliligini ta'minlovchi xolis baholash xususi-yatiga ega bo'lgan tizimni ishga tushirish zaru-riyati mavjud. Bu esa "Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga psix-ologik yaroqliligi diagnostikasi tizimini shakllantirish" kompyuter dasturiy ta'minotiga ehtiyoj borligidan dalolat bermoqda.
Jahon psixologiyasida koimpyuter psixodi-agnostikasi masalasi XX asrning 40-yillaridan boshlangan muammo hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanayotgan-ligi esa barcha faoliyat sohalarida inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Psixologik diagnos-tika ilmiy tadqiqotning nazariy sohasi va psix-ologlar amaliy faoliyati yo'nalishi sanaladi. Bu holat esa axborot texnologiyalarining psixologik diagnostika sohasiga jadal kirib kelayotganligi holatga fanlararo yondashuvni taqozo etadi. Amalga oshirilayotgan diagnostika tadbirlarini tizimli, operativ, tejamkor va xolis baholashga ehtiyoj mavjudligini tasdiqlamoqda.
Axborot texnologiyalaridan psixologik diag-nostika maqsadlarida foydalanish jahon tajriba-sida 1970-1980 yillarda keng avj olgan bo'lsa-da, ammo 1980 yillarning oxiri va 1990-yillarn-
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 10 (119)
ing boshlarida ushbu diagnostika yondashuvi doirasidagi materiallarni mukammallashtirishga zarurat borligi kuzatildi. Oqibatda mutaxassis-larning sa'y-harakatlari tufayli kompyuter psixo-diagnostikasi sohasida ijobiy o'zgarishlar kirib kela boshladi. 1990 yillarning o'rtalarida global internet tizimida ishlaydigan ilk bora masofaviy test tizimi yo'lga qo'yildi1.
Biz uchun ko'proq tajriba vazifasini o'tayotgan yondash ilmiy ma'lumotlar bazasi rus psixologiya maktabi vakillari tomonidan erishil-gan ilmiy yutuqlar bilan uzviy bog'liqdir. Bu holatning psixologik diagnostika maqsadlarida axborot texnologiyalarining joriy etilishini qator klassik metodikalar misolida kuzatish mum-kin bo'ladi. Ammo ushbu taqdim etilayotgan kompyuterda dasturlashtirilgan diagnostika vos-italarining asosiy qismi individual metodikalarn-ing tatbiqi bilan bog'liq2.
Axborot texnologiyalarining psixologik diagnostika sohasiga tatbiqi bo'yicha ilk mehnat mahsuli sifatida AQSHda Skinner, Pakula, Bertram, Beylesslarning faoliyat natijalarini e'tirof etish mumkin (1980 yillar). Keyinchalik esa David B. Cohen, Webster J. (1992), Compeau
D. (1996), tomonida amalga oshirilgan blankali test tizimining axborot texnologiyalari bo'yicha ekvivalenti shakllarining ishlab chiqilganligini aytib o'tish mumkin.
Rossiyada mazkur yo'nalishdagi ishlar salmog'i XXI asrning boshlarida ancha jadal kechdi. Bu borada Chervinskaya, Shelkovalar dasturlashtirilgan Spilberger-Xanin metodikasi, G.Yu. Ayzenk so'rovnomasini namuna sifatida keltirib o'tish mumkin.
Shuningdek, hozirgi kunda global Internet tarmog'ida rus tilida shakllantirilgan qator klassik psixodiagnostika metodikalarining veb-dasturlashtirilgan turlarini uchratish mumkin. Misol sifatida ularning ayrimlari nomlarini sanab o'tish mumkin. "Layfxaker" telegram-kanalida L.Sondining proyektiv testining veb-versiyasi,
E. Bekning "Depressiya shkalasi", "Xavotirlanish darajasi shkalasi", B. Zungning "O'zining depres-
1 Burrhus Frederic Skinner "The Technology of Teaching", New York: Appleton-Century-Crofts, 1968.
2 Джураев Д.У. Формирование системы психологической диагностики профессионального отбора профессоров и преподавателей в высших учебных заведениях, журнал Science and innovation, №6, 2022 г., с. 144-152. https://doi.org/10.5281/zenodo.7158176.
sivlik darajasini baholash" shkalasi, Lyushern-ing rang testi, "Sahrodagi cho'l" testi, Ayzen-kning temperament diagnostikasi metodikasi, Leongarda - Shmishekning kengaytirilgan testi, Xek - Xessning nevrozni ekspressiv diagnostika metodikalari, Xollning emosional intellekt testi variantlari mavjud3.
O'z navbatida Intellektual qobiliyatlar (Vek-sler testi, Kettell testi, Gilford testi, Torrens testi, Silverning rasmli testi, Amtxauera testi va boshqa testlar), Shaxs xususiyatlari ("AKORD" test, Sondi testi, MMPI so'rovnomasi, Kettel-lning 16 RG' so'rovnomasi, Lyusherning rang testi va boshqa so'rovnomalar), Ishga layoqa-tlilik ("IDIKS" metodikalari, Tuluz-Pyeron testi, Xronorefleksometriya testi va boshqa testlar), Motivasiya ("Signal" metodikasi, Mehnat motiv-lari monitoringi va boshqa metodikalar), Shaxs-lararo munosabat ("Vektor" metodikasi, "Arka" apparaturali testi), Kasbiy saralash ("Mo'ljal" testining individual va guruhiy qo'llash shakllari), Ijodkorlik qobiliyatlari (Torrens testi), Emosional intellekt (Uycha testi, "Emosional-art konstruk-siyasi") va ROFES apparaturali testlar majmui kompyuterlashtirilgan test to'plami sanaladi.
Bu yo'nalishda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar toifasiga Buxoro OO va YeSTI huzuridagi "Ta'lim jarayonini kompyuter-lashtirish" muammoli ilmiy-tadqiqotlar labo-ratoriyasi va "Psixodiagnostika va pedagogik diagnostika" bo'limi xodimlari tomonidan yaratilgan, O'zbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan qayd qilingan: DGU 00697 (31.10.2003) "Shaxsning aqliy rivojlanganlik darajasini o'rganish" tadqiqotini namuna sifatida keltirib o'tish mumkin. Ammo, professor-o'qituvchilarning kasbiy faoliyatga psixologik yaroqlilik darajasini baholash bo'yicha esa kompyuter dasturlashtirilgan tizimi uchramaydi4.
OzDJTUda bajarilayotgan IL 21091378 -raqamli "Oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish" mavzuidagi innovasion loyiha doirasida shakllantiriladigan psixologik diagnostika tizimi yordamida pro-
3 Forer B. R. "The fallacy of personal validation: A classroom demonstration of gullibility", Journal of Abnormal and Social Psychology, 1949. P. 118.
4 Dickson D. H. and Kelly, I. W. "The 'Barnum Effect' in Personality Assessment: A Review of the Literature", Psychological Reports, 1985. P. 367.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 10 (119)
fessor-o'qituvchilarning kasbiy faoliyatga psix-ologik yaroqlilik darajasi baholanadi1. Jumladan:
- professor-o'qituvchilarning kasbiy faoliyatga psixologik yaroqlilik darajasi aniqlanadi;
- professor-o'qituvchilarning regulyativ, kommunikativ va kognitiv kompetentsiyalari aniqlanadi;
- umumiy intellektuallik, sotsial va emot-sional intellektuallik darajalari aniqlanadi;
- kasbiy muhitga moslashuvchanlik imkoniyatlari o'rganiladi;
- shaxslilik xususiyatlari aniqlanadi;
- asab-psixik barqarorlik va frustratsiyali vaziyatlarga bag'rikenglilik darajasi aniqlanadi;
- psixologik diagnostika tizimi kompyuter dasturlashtirilgan shaklda amalga oshiriladi va ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida quyidagi holatlarni keltirib o'tish joiz:
• professor-o'qituvchilarning kasbiy-psixologik qiyofasini baholash mezonlari ishlab chiqiladi;
• professor-o'qituvchilarni kasbiy-psix-ologik saralashning ekspert baholash, "smol-ekspert" tizimi shakllantiriladi;
• professor-o'qituvchilarning sosial-psix-ologik yo'nalganlik, kasbiy kompetentlik, peda-gogik kompetentlik, psixologik kompetentlik, sosial-kommunikativ kompetentlik darajalari va "professor-o'qituvchining psixologik portreti" diagnostik daturlash tizimi tayyorlanadi;
• oliy ta'lim muassasalariga ishga qabul qilinayotgan professor-o'qituvchilarni kasbiy saralash psixologik diagnostikasining "profes-sor-o'qituvchi-xodim" kompyuter dasturi ishlab chiqiladi.
Tadqiqotning maqsadi. Diagnostika uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minotni ishlab chiq-ishda professor-o'qituvchilarning kasbiy faoliyatga yaroqliligini baholashga mo'ljallangan kasbiy-shaxsiy kompetensiyalarini aniqlashga xizmat qiluvchi mezonlarga tayaniladi. Dasturiy ta'minot nomzodlarni tanlash bo'yicha opera-tivlik, tejamkorlik va haqqoniylik tamoyillariga muvofiq ishlab chiqiladi.
1 Джураев Д.У. Формирование системы психологической диагностики профессионального отбора профессоров и преподавателей в высших учебных заведениях, журнал Science and innovation, №6, 2022 г., с. 144-152. https://doi.org/10.5281/zenodo.7158176.
"Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga psixologik yaroqliligi diagnostikasi tizimini shakllantirish" kompyuter dasturiy ta'minoti ta'lim muassasala-rida kadrlarni saralash, ularning tanlovini tashkil etish yuzasidan xolis natijalarga ega bo'lish va jarayonning natijaviyligini ta'minlash uchun xizmat qiladi.
"Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga psixologik yaroqliligi diagnostikasi tizimini shakllantirish" kompyuter dasturiy ta'minoti ta'lim muassasala-rida kadrlarni saralash, ularning tanlovini tashkil etish yuzasidan xolis natijalarga ega bo'lish va jarayonning natijaviyligini ta'minlash uchun xiz-mat qiladi.
Shaxslilik sifatlarini baholashning asosiy mezonlari: 1. Ekstraversiya - introversiya. A) Faollik - passivlik. B) Hukmronlik - tobelik. V) Kirishimlilik - tundlik. G) Taassurotlar izlash
- taassurotlardan qochish. D) Namoyon qil-ish - aybdorlik hisidan qochish. 2. Mehribon-lik - alohidalik. A) Samimiylik - beparvolik. B) Hamkorlik - raqobatdoshlik. V) Ishonuvchan-lik - shubhalanuvchanlik. G) Tushunish - tus-hunmaslik. D) Boshqalarni e'zozlash - o'zini-o'zi e'zozlash. 3. O'zini o'zi nazorat qilish-g'ayri ixtiyoriy, beixtiyor. A) Batartiblik - tartibsizlik. B) Qat'iyatlik - qat'iyatsizlik. V) Mas'uliyatlilik
- mas'uliyatsizlik. G) O'zining xulq atovrini o'z nazorat qilish - impulsivlik. D) Ehtiyotkorlik -beparvolik. 4. Emosional barqarorlik - emosional beqarorlik. A) Xavotirlanish - beg'amlik. B) Kes-kinlik - kuchsizlik. V) Depressivlik - emosional qulaylik. G) O'ziga o'zi tanqidiy - o'ziga o'zi yet-arlilik. D) Emosional labillik - emosional stabil-lik. 5. Ta'sirchanlik - ishchanlik. A) Sinchkovlik -konservatizm. B) Bilimga qiziquvchanlik - amaliy nuqtai nazardan qarashlik (realist). V) Mohirlik (artistiklik - mohirlikning yo'qligi (artistiklikning etishmasligi). G) Sezgirlik (sensitivlik) - sezgir-likning yo'qligi. D) nafislik (plastiklik) - rigidlik.
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati. Dasturiy ishlanmani shakllantirishda pedagog, psixolog va axborot-kommunikasiya sohasi mutaxassis-laridan iborat ilmiy jamoa faoliyat olib boradi. Ilmiy jamoaning ilmiy-ijodiy ishlanmasi yakuniy shakli tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning xolis, ishonchli, haqqoniy va yaroqli ekanligini tasdiqlovchi ko'rsatkichlarni taqdim etishi bilan
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 10 (119)
belgilanadi. Mazkur masalani yechish natijasida quyidagi vazifalar hal etiladi:
- nomzodlarni saralash uchun zarur bo'lgan tanlov mezonlari ishlab chiqiladi;
- tanlov mezonlarida professor-o'qituvchilarning kasbiy faoliyati va shaxslilik fazilatlarini aks ettiruvchi bandlari qamrab olini-shi ko'zda tutiladi;
- nomzodlarni baholash mezonlariga muvofiq psixologik diagnostika metodikalari saralanadi;
- psixodiagnostika metodikalari profes-sor-o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi va shaxslilik fazilatlarini baholash imkoniyatiga egaligi inobatga olinadi;
- tanlangan metodikalarning baho-lash xususiyatlari, nomzod to'g'risidagi ma'lumotlarning ishonchlilik, haqqoniylik, xolis-lik va yaroqlilik darajasini ta'minlash uchun psix-ometrika talablari bo'yicha sinovdan o'tkaziladi;
- dasturiy ta'minotda professor-o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini aks ettiruvchi quyidagi mezonlar e'tiborga olinadi: kommunikativ kompetentlik; autopsixologik kompetentlik; sosial-pedagogik kompetentlik; kognitiv kompetentlik.
Kommunikativ kompetensiya:
• muloqot muhitini shakllantira olish, ta'lim oluvchilar bilan hamkorlik qilish; ta'lim oluvchi-larga nisbatan ishonch tuyg'usini o'rnatish; har bir ta'lim oluvchini individual qabul qila olish; muloqotda tashabbus ko'rsata olish; o'zining muloqotda individual uslubiga ega bo'lish;
• zarur axborotlarni mazmunan ajratib olish; zarur axborotlar bilan ijodiy ishlash; fikr-larni bayon etishda shaxsiy tuyg'u va muno-sabatlarini aks ettirish; materiallarni man-tiqiy, qulay, obrazli, ifodali bayon etish; asosiy ma'lumotlarni ajratish, ta'lim oluvchilarga materiallarni muammoli tarzda taqdim etib, ularni bahs-munozaraga jalb etish;
• o'zini va atrofdagilarni tushuna olish qobiliyati, o'zini va o'zgalarni qabul qila olishi, o'zini va o'zgalarni hurmat qilishi; tashkilotchilik, mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi; faoliyatning o'zini-o'zi kasbiy rivojlantirishga va shaxsiy kamolotiga yo'nalganligi1.
1 Rasulov A. "O'qituvchi shaxsini psixodiagnostik test yordamida o>ganish", Pedagogik mahorat i/n jurnali, 2021 yil aprel, 3-8 betlar.
Tashkilotchilik kompetensiyasi:
- o'zini o'zi tashkillashtirish;
- o'quv-tarbiya ishlarini tashkil etish;
- ta'lim oluvchilarning hayot faoliyatini tashkil etish;
- o'zining va ta'lim oluvchilar mehnatini tashkil etish;
- atrofdagilarning faoliyati bilan o'z faoliyatini muvofiqlashtirish2.
Sosial-pedagogik kompetensiya:
• ta'lim oluvchilarning turli guruhi xususi-yatidan kelib chiqib, sosial-pedagog ishni tashkil etish uchun zarur pedagog faoliyati mazmuni, shakli va metodlarini ta'minlash;
• ta'lim oluvchi shaxsiga, uning qiziq-ishlari va ehtiyojlariga ta'sir ko'rsatuvchi tib-biy, pedagogik va psixologik shart-sharoitlarni o'rganishga qobiliyatlilik;
• sosiumdagi sosial-pedagogik faoliyatni tashkil etish qobiliyati;
• ta'lim oluvchilarning xar-xil ijtimoiy va shaxsiy muammolarini hal etish mahorati;
• huquqbuzarliklarning oldini olishga inti-luvchanlik;
• ta'lim oluvchilar o'rtasida o'zining shaxsiy mavqei va obru-e'tiboriga egalik3.
Kognitiv kompetentlik:
- o'zining ma'lumotlilik darajasini muttasil oshirib borishga tayyorlik;
- shaxsiy imkoniyatlarini faollashtirish va ularni safarbar etish ehtiyoji;
- yangi bilim, ko'nikma va malakalarni doimiy ravishda o'zlashtirishga qobiliyatlilik, o'zini kamol toptirishga intilish;
- kasbiy kompetensiyalarini doimo boyitib borish qobiliyati4.
Pedagogik texnikani qo'llash mahorati:
• ta'lim oluvchilar bilan bog'liq vaziyatlarni tahlil qilish va ularning foydasiga qarorlar qabul qilish;
• ta'lim oluvchilarga zarur talablarni qo'ya olish va ularni amalga oshirishlari uchun shart-sharoitlarni ta'minlash;
• ta'lim oluvchilarning xatti-harakatlarini ijobiy namoyon etishlarini rag'batlantira olish;
2 O'sha manba.
3 Rasulov A. "O'qituvchi shaxsini psixodiagnostik test yordamida o>ganish", Pedagogik mahorat i/n jurnali, 2021 yil aprel, 3-8 betlar.
4 O'sha manba.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 10 (119)
• ta'lim oluvchilar bilan do'stona munosa-bat o'rnata olish qobiliyati.
Kasbiy faoliyatdagi psixik barqarorlik va muhitga moslashuvchanlik darajasi:
- moslashuvchanlik qobiliyatlari;
- asab-psixik barqarorlik;
- kommunikativ xususiyatlar;
- axloqiy me'yorlarga mosligi1.
Xulosalar. Yuqorida bildirilgan fikrlardan
xulosa qilish mumkinki, mazkur mezonlar oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilarni kasbiy saralash jarayoni uchun asosiy shartlar hisoblanadi va ularga muvofiq metodikalar tan-lanadi va amaliyotga taqdim qilinadi. Bu esa albatta o'z navbatida uzluksiz ta'lim tizimining asosiy bo'g'ini bo'lgan oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilarni xolisona kasbiy saralash va ularning kasbiy kompetensiyalarini baho-lash imkonini beradi. Oliy ta'lim muassasasida faoliyat olib borayotgan, yoki ishga joylashayo-tgan nomzodning kasbiy kompetensiyalari xolis
baholanishi esa o'z navbatida ta'lim jarayonining talab darajasida tashkil etilishiga xizmat qiladi.
IL 21091378 - raqamli "Oliy ta'lim muassa-salarida professor-o'qituvchilarni kasbiy saral-ashning psixologik diagnostikasi tizimini shak-llantirish" mavzuidagi innovasion loyiha doira-sida yaratiladigan kompyuter dasturiy ta'minoti ta'lim muassasalarida kadrlarni saralash, ularning tanlovini tashkil etish yuzasidan xolis nati-jalarga ega bo'lish va jarayonning natijaviyligini ta'minlash uchun xizmat qiladi.
Dasturiy ishlanmani shakllantirishda peda-gog, psixolog va axborot-kommunikasiya sohasi mutaxassislaridan iborat ilmiy jamoa faoliyat olib boradi. Ilmiy jamoaning ilmiy-ijodiy ishlan-masi yakuniy shakli tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning xolis, ishonchli, haqqoniy va daVo qilayotgan lavozimiga yaroqli ekanligini tasdiqlovchi ko'rsatkichlarni taqdim etishi bilan belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar royhati:
1. Burrhus Frederic Skinner "The Technology of Teaching", New York: Appleton-Century-Crofts, 1968.
2. Djurayev D.U., Формирование системы психологической диагностики профессионального отбора профессоров и преподавателей в высших учебных заведениях, журнал Science and innovation №6 2022г., с.144-152. https://doi.org/10.5281/ zenodo.7158176.
3. Forer B. R. "The fallacy of personal validation: A classroom demonstration of gullibility", Journal of Abnormal and Social Psychology, 1949. P. 118.
4. Dickson D. H. and Kelly, I. W. "The 'Barnum Effect' in Personality Assessment: A Review of the Literature", Psychological Reports, 1985. P. 367.
5. Rasulov A. "O'qituvchi shaxsini psixodiagnostik test yordamida o'rganish", Pedagogik mahorat i/n jurnali, 2021 yil aprel, 3-8 betlar.
1 O'sha manba.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 10 (119)