Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ISTE’DODLI TALABALARNI TANLASH VA ULAR BILAN SAMARALI ISHLASH YO‘LLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ISTE’DODLI TALABALARNI TANLASH VA ULAR BILAN SAMARALI ISHLASH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
94
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Motivatsiya / xulq-atvor / qobiliyat / layoqat / o‘z-o‘zini boshqarish / faoliyat / iste’dod / bilish motivlari / intelekt

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — A.A.Atamov, J G‘ Yuldashev, D.A.Qayumov, O.I.Dadamirzaev

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida iste’dodli talabalarni tanlash va ular bilan samarali ishlash yo‘llarini turli xil usullari yoritib berilgan. Yoshlarda ko‘rinadigan iste’dod juda ko‘p xilma-xillikda namoѐn bo‘lishi va u qanchalik nodir bo‘lsa, shunchalik o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlari, shuningdek, yoshlarni ichki ma’naviy dunyosi boy, zukko odamning shakllanishida bevosita tashqi ma’naviy muhitning roli katta ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ISTE’DODLI TALABALARNI TANLASH VA ULAR BILAN SAMARALI ISHLASH YO‘LLARI»

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA ISTE'DODLI TALABALARNI TANLASH VA ULAR BILAN SAMARALI ISHLASH YO'LLARI

A.A.Atamov J.G'.Yuldashev D.A.Qayumov O.I.Dadamirzaev Namangan muhandislik-qurilish instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida iste'dodli talabalarni tanlash va ular bilan samarali ishlash yo'llarini turli xil usullari yoritib berilgan. Yoshlarda ko'rinadigan iste'dod juda ko'p xilma-xillikda namoen bo'lishi va u qanchalik nodir bo'lsa, shunchalik o'ziga xos, takrorlanmas xususiyatlari, shuningdek, yoshlarni ichki ma'naviy dunyosi boy, zukko odamning shakllanishida bevosita tashqi ma'naviy muhitning roli katta ekanligi to'g'risida ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Motivatsiya, xulq-atvor, qobiliyat, layoqat, o'z-o'zini boshqarish, faoliyat, iste'dod, bilish motivlari, intelekt.

WAYS OF SELECTING TALENTED STUDENTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS AND WORKING WITH THEM EFFECTIVELY

A.A.Atamov J.G'.Yuldashev D.A.Qayumov O.I.Dadamirzaev Namangan Engineering - Constraction Institute

Abstract: In this article, various methods of selecting talented students and working with them effectively in higher education institutions are highlighted. The talent visible in young people is manifested in a great variety and the rarer it is, the more unique and unrepeatable features, as well as the fact that the external spiritual environment plays a big role in the formation of young people with a rich inner spiritual world and an intelligent person.

Keywords: Motivation, behavior, ability, competence, self-control, activity, talent, cognitive motives, intellect.

Barcha xatti-harakatlarimizning asosida anglashilgan, ba'zan esa anglashilmagan motivlar yotadi. Motivlarning turlaridan biri layoqatlardir. Yorqin

shakllangan layoqatlar faoliyatga intilganlik bilan o'zini namoyon qiladi. Kishi u èki bu faoliyatni ko'proq èqtirsa, u yoki bu faoliyatni tanlasa, shu faoliyat bilan mashg'ul bo'lishni ich-ichidan istab, xohlab tursa, biz bu kishini layoqatli deb ataymiz. Demak, layoqatlar faoliyatni o'rganish, uni o'zlashtirishga intilish bo'lib, dastlab anglashilmagan motiv hisoblanadi va albatta, ushbu faoliyatga havas, zavq bilan erishish, o'zlashtirishga undaydi, kishiga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlaydi. SHu sababli bajaraètgan faoliyatida u charchamaydi, zerikmaydi.

Qobiliyatlar, shubxasiz, aksariyat paytda layoqatlar asosida, faoliyatda shakllanadi va biron bir faoliyatni yengil o'zlashtira olishida namoèn bo'ladi. Lekin uning ta'rifída bir nozik tomoni bor. Qobiliyatlar deb faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatini beruvchi xususiyatlarga aytiladi. Ya'ni muvaffaqiyatli bajarishning o'zi hali qobiliyat emas, bu gap qobiliyatlardan darak berishi mumkin. Lekin qobiliyat bo'la olmaydi. Qobiliyat deb muvaffaqiyatni ta'minlaydigan imkoniyatlarga aytiladi. Aynan imkoniyatlar faoliyatda rivojlanishi, takomillashuvi mumkin. Aynan imkoniyatlar u yoki bu faoliyatni yengil, oson va tez o'zlashtirishni ta'minlaydi. Bundan, shubxasiz, bajaruvchining o'zi ruhlanadi va o'z faoliyatini tobora takomillashtirib boradi, shu sohaning ustasiga aylanadi. Demak, qobiliyatli kishi bilimdon, keng qamrovli, qo'lidan har xil ish kelishi, har xil amaliy va aqliy faoliyatni zukkolik bilan o'rgana olishi ana shundandir.

Shu sababli, har qanday qobiliyat, u qanchalik murakkab o'ziga xoslik bo'lmasin, albatta ijtimoiy muhit qadriyatlari bilan baholanadi. Aynan shu muhit qadrlagan qobiliyatlar jamiyatda ko'proq rivojlanishi kuzatiladi. Qobiliyatlarning tashxisi, layoqatlardan ko'ra osonroq. Chunki, qobiliyat faoliyatda namoyon bo'ladi va rivojlanadi.

Iste'dod esa ko'p qirrali va juda rivojlangan qobiliyatlar majmuasidir. Ushbu ta'rifdan ketib tasavvur qiladigan bo'lsangiz, iste'dodli kishilar kamdan kam uchraydi. To'g'ri, iste'dodli kishi, o'z nomi bilan nodir kishidir. Uning o'ziga xos, boshqalarga o'xshamaydigan xislatlari ko'p. Lekin hayotda, ayniqsa, pedagogik faoliyatda iste'dod so'zi yengil va ancha keng ishlatiladi. Uni pedagogik ma'noda iqtidor so'zi bilan almashtirilishi tasodif emas. Chunki iqtidor so'zi tarixan yerli, boy-badavlat, bir narsasi bor kishiga, endilikda esa bilimdon kishiga aytilmoqda. Demak, iqtidor deganda biz a'lochi, yaxshi o'qiydigan, bilimdon, faol o'quvchilarni ko'z o'ngimizda gavdalantiramiz. Iste'dod, shunday qilib, qobiliyatlar majmuasi, o'ta rivojlanganlik holati bilan ajralib turib, avvalo, o'zlashtira olish tezligi, zukkoligi, xushyorligi bilan tavsiflanadi.

Iste'dod birinchi navbatda o'z yo'nalishiga ega bo'ladi. Yo'nalish turlarini sanab o'tish qiyin, chunki har bir iste'dod sohibining o'ziga xos iste'dod yo'nalishi bor, u qaytarilmasdir. Inson psixikasining boshqa ko'rinishlarini tabaqalaganlaridek,

iste'dodning ham umumiy ko'rinishlarini quyidagi guruhlarga yoki turlarga birlashtiradilar:

- Aqliy (intellektual) soxa iste'dodi.

- San'at soxasi iste'dodi.

- Muloqot yoki boshqaruv soxa iste'dodi.

- Amaliy soha yoki sport soxasi iste'dodi.

Ko'rinib turganidek, har bir soxa o'zining keng qamrovliligi bilan ajralib turadi va har bir turning ichida yanada kichikroq yo'nalishlarni farq qilish mumkin. Bundan tashqari boshqacha asosga ega bo'lgan tabaqalash turlari ham taklif etilgan.

Demak, iste'dodda ma'lum bir xil ko'rinish yo'q. Iste'dod juda ko'p xilma-xillikda namoyon bo'ladi va u qanchalik nodir bo'lsa, shunchalik o'ziga xos, takrorlanmasdir.

Shu jihatdan iste'dodli kishining shaxsiy xislatlarining o'ziga xos tomonlarini ko'rib chiqish maqsadga yondoshishga yordam beradi. Jumladan, A.M.Matyushkin iborasi bilan aytilsa, ijodiy iste'dod tarkibining rivojlanishida shaxsning integral xususiyatlarining eng muhimlaridan quyidagilarni farq qilish mumkin.

1. Bilish motivlarining boshqa motivlardan ustunligi.

2. Voqea va hodisalarga sezgirligi, nozik did bilan o'xshash voqealarda farqni, har xil narsalarda o'xshashlikni ko'ra olish, payqay olish, yangilikni ko'ra olish, tadqiq etish, o'rgana olish, masala, muammoni qo'ya olish, ijodiy yondosha olish.

3. Orginal xulosalar, fikrlarga kela olish, takrorlanmas, o'ziga xos fikr-mulohaza, nazarlarga kela olish.

4. Voqea va hodisalarning oqibatini, kelajagini tez va aniq tasavvur qila olish, oldindan bashorat qila olish, chuqur tahlil asosida jarayon va voqealarning oqibatini nazorat qila olish, oqibatini asosli bashorat qila olish.

5. Har bir voqea va hodisalar haqida yorqin idealga yaqin etalon tasavvurlarga ega bo'lish va shu tasavvur va nazarlar orqali axloqiy, ilmiy, aqliy-intellektual, milliy, badiiy baholar, talqinlar bera olish.

Ijodiy iste'dod uchun zarur bo'lgan bu kabi integral shaxs xususiyatlari kishini ham ma'naviy jihatdan ham aqliy zakovat tomondan uzoqni ko'ra biladigan, keng dunyoqarashli, sabr-toqatli, kechirimli, olijanob inson qiladi. Bunday ichki ma'naviy dunyosi boy, zukko odamning shakllanishida bevosita tashqi ma'naviy muhitning roli katta. SHu bilan birga ijodiy iste'dod sohibining unga xos bo'lgan layoqatlar, qobiliyatlar va ayniqsa, qobiliyatlarning yorqin shakllangan, rivojlangan ko'rinishlari bo'lmasa, muhitning o'zigina kishini ulkan ijodiy yutuqlarga olib kelmaydi. Ijodiy iste'dodning mazmuni shundaki, oliy darajadagi ijod uchun albatta shakllangan, ko'p qirrali qobiliyatlar, iste'dod asos bo'lishi kerak.

Layoqatlarning bevosita psixologik tashxisi yo'q. Layoqatlarning aniq tashxisi miya faoliyatining o'ziga xos integral xususiyatlari orqali, ya'ni EEG metodlari orqali

amalga oshirilishi mumkin. Layoqatlarni aniqlash qobiliyatlarni barvaqt aniqlash demakdir. SHu sababli zarur sharoitda EEG usulida layoqatlarni barvaqt aniqlash imkoniyati bor, masalan 10-11 yoshdan boshlab. Lekin amalda ko'proq qobiliyatlar tashxis qilinadi. Bunga sabab bolada u yoki bu qobiliyat bor bo'lsa o'sha sohadagi faoliyatni tez, yengil va muvafaqqiyatli bajara oladi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, psixologik testlar aslini olganda odam hayotida bajaradigan faoliyat turlarining umumlashtirilgan modeli hisoblanadi:

> psixologik va pedagogik testlarning mohiyati, ularning farqi.

> ta'lim muassasalari;

> ta'lim metodlari va ularning amaliy ahamiyati;

> mustaqil ta'limning roli;

> ustoz va shogird munosabatlarining iste'dod masalasiga aloqadorligi. Ushbu munosabatlarda tarkib topadigan yoshlarning yuqorida ta'kidlab o'tilgan xususiyatlari aniqlash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Цукерман Г.А., Венгер А.Л. Развитие учебное самостоятельности. - М., 2010. - 432 с.

2. Ratelle C.F., Guay F., Vallerand R.J., Larose S., Senecal C. Autonomous, controlled, and amotivated types of academic motivation: A person-oriented analysis // Journal of Educational Psychology, 2007. - V. 99. - P. 734-746.

3. Deci E.L., Ryan R.M. Intrinsic motivation and self-determination in human behavior. New York: Plenum, 1985.

4. Гордеева Т.О., Сычев О.А., Осин Е.Н. Внутренняя и внешняя учебная мотивация студентов: ее источники и влияние на психологическое благополучие // Вопросы психологии, 2013. №1. - С. 35-45.

5. Бандура А. Теория социального научения. - СПб.: Евразия, 2000. -- 320

с.

6. Yuldashev, J. G., F. Yuldasheva, and G. Yuldasheva. "Interactive education-quality assurance." Tashkent-2008 (2008).

7. Yuldashev, J. G., and S. А. Usmanov. "Implementation of modern pedagogical technologies." Tashkent: Science and Technology (2008): 132-134.

8. Yuldashev J. METHOD OF LECTURE OF PROFESSOR-TEACHER HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTION AND BEHAVIOR //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 2. - С. 647-649.

9. Юлдашев Ж. Г. ПУТИ ДОСТИЖЕНИЯ СОВЕРШЕНСТВА ЛИЧНОСТИ В УЧЕБНО-ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ //Science Time. - 2017. - №. 6 (42). - С. 63-66.

10. Yuldashev J. Directions and problems of new pedagogical technologies //Public education. - 1999.

11. Yuldashev J. G. Modern requirements for the continuous application of innovations in the educational process //T.:" Continuous education" j. - 2011. - №. 6. - С. 11-15.

12. Ж Юлдашев, Д Каюмов, У Жураев. ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ПРОФЕССОР У^ИТУВЧИСИНИНГ МАЪРУЗА УТИШ УСЛУБИ ВА УЗИНИ ТУТИШИ //Экономика и социум, 2021. - №. 1-2. - С. 813-817.

13. Алиназаров А. Х., Атамов А. А., Хайдаров Ш. Э. МОЩНОСТЬ ВНУТРЕННЕГО ИСТОЧНИКА ТЕПЛА С УЧЕТОМ СОЛНЕЧНОЙ РАДИАЦИИ В МНОГОКОМПОНЕНТНЫХ ЦЕМЕНТНЫХ МАТЕРИАЛАХ НА БАЗЕ ОТХОДОВ ТЕПЛОВЫХ ЭЛЕКТРОСТАНЦИЙ. - 2021.

14. Mamurova F., Yuldashev J. METHODS OF FORMING STUDENTS'INTELLECTUAL CAPACITY //Экономика и социум. - 2020. - №. 4. - С. 66-68.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.