Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM JARAYONIDA TADQIQOT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

OLIY TA’LIM JARAYONIDA TADQIQOT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

148
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
technology / cognitive / mono-subject / reproductive environment / hypothesis / fantastic / empirical / classification / judgment / conclusion. / texnologiya / kognitiv / mono–predmet / reproduktiv muhit / gipoteza / fantastik / empirik / klassifikasiya / xukm / xulosa

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tarmiza Latipovna Xurvaliyeva, Charos San’atbek Qizi Ravshanbekova

Maqolada oliy ta‟lim jarayonida talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etishda qo'llaniladigan tadqiqot texnologiyasining mazmuni va mohiyati yoritilgan. O'quv tadqiqotchilik texnologiyasini tashkil etish va o„tkazish bo'yicha ilmiy g„oyalar ilgari surilgan. Tadqiqotchilik faoliyatini ilmiy-nazariy jihatlari haqida ma‟lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POSSIBILITIES FOR USING RESEARCH TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF HIGHER EDUCATION

The content and essence of the research technology used in attracting students to scientific activities in the process of higher education is explained in the article. Scientific ideas on the organization and transfer of educational and research technology have been put forward. Information about scientific-theoretical aspects of research activity is given.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM JARAYONIDA TADQIQOT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

OLIY TA'LIM JARAYONIDA TADQIQOT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Tarmiza Latipovna Xurvaliyeva

Pedagogika fanlari doktori (DSc), Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Maktabgacha ta'lim" fakulteti dotsenti,

Charos San'atbek qizi Ravshanbekova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Maktabgacha ta'lim" fakulteti

1-bosqich talabasi

Maqolada oliy ta'lim jarayonida talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etishda qo'llaniladigan tadqiqot texnologiyasining mazmuni va mohiyati yoritilgan. O'quv-tadqiqotchilik texnologiyasini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha ilmiy g'oyalar ilgari surilgan. Tadqiqotchilik faoliyatini ilmiy-nazariy jihatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: texnologiya, kognitiv, mono-predmet, reproduktiv muhit, gipoteza, fantastik, empirik, klassifikasiya, xukm, xulosa.

POSSIBILITIES FOR USING RESEARCH TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF HIGHER EDUCATION

The content and essence of the research technology used in attracting students to scientific activities in the process of higher education is explained in the article. Scientific ideas on the organization and transfer of educational and research technology have been put forward. Information about scientific-theoretical aspects of research activity is given.

Keywords: technology, cognitive, mono-subject, reproductive environment, hypothesis, fantastic, empirical, classification, judgment, conclusion.

Zamonaviy ta'lim jarayoni, vaqtning haqiqatlarini hisobga olgan holda, talabalarda analitik va ijodiy fikrlash, bilimga qiziqish, faktlarni,

ANNOTASIYA

ABSTRACT

KIRISH

axborotni, hodisalarni mustaqil ravishda tahlil qilish va umumlashtirish, o„z g'oyalarini himoya qilish va o„z takliflarini

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

kiritish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan talabalarning tadqiqotchilik faoliyatining ahamiyati ortib bormoqda, natijada bilish faoliyati rivojlanmoqda, tadqiqot qobiliyatlari shakllantiriladi, intellektual ijodkorlik rivojlanadi, muayyan muammolarni o'rganish amalga oshiriladi. Shaxs faoliyati-bu atrofdagi dunyoni, uning yashash sharoitlarini o'zgartirishga qaratilgan faoliyatining o'ziga xos turi sanaladi. Inson faoliyati jarayonida moddiy, ma'naviy va madaniy ob'yektlar yaratiladi, tabiat va insonning o'zi esa takomillashadi. Kognitiv va transformasion funksiyalarni bajaradigan odamning tadqiqot faoliyati muhim ahamiyatga ega, chunki bu odamning atrofidagi dunyo bilan faol munosabatlarining shakli, mustaqil ravishda yangi bilim olish vositasi, taraqqiyot harakati, hayotga intellektual va ijodiy munosabat manbai, ma'lum moddiy yoki ma'naviy mahsulotni ijodiy yaratish asosini tashkil etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tadqiqotchilik faoliyatida muhim kognitiv va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan talabaning maqsadli faoliyati, bu uning keyingi rivojlanishini rag'batlantiradi, o'z-o'zini rivojlantirishga hissa qo'shadi, kasbiy va shaxsiy taqdirini belgilash, ijodiy individuallikni shakllantiradi.

Tadqiqot faoliyati-ta'lim jarayonidagi innovasion harakat, interaktiv metod bo'lib, ta'lim oluvchining bilish jarayonini samarali rivojlantirishdir. Ta'lim jarayonidagi tadqiqot faoliyati talabalarda ijodiy va tanqiqdiy tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi, nutq, dunyoqarashi kengayadi, turli xil muammolarni mustaqil yechishga sharoit yaratadi.

M.V. Stepanova va A.P. Tryapisina tomonidan o'quv tadqiqotlari uch guruhga ajratilgan: 1) mono-predmetli tadqiqotlar; 2) fanlararo tadqiqotlar; 3) mavzudan tashqari mustaqil izlanish.

Mono-predmetli tadqiqot ma'lum bir fan bo'yicha olib boriladi va ushbu fanning mazmuniga muvofiq aniqlangan muammoni hal qilish uchun bilimlardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Bu turdagi tadqiqot natijalari alohida o'quv fanining mazmunidan tashqariga chiqmaydi va odatda uni o'rganish jarayonida olinadi. Bunday tadqiqotlar talabalarning ma'lum bir fan bo'yicha bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan. Mono-predmetli ta'lim tadqiqotining maqsadi fanning predmet doirasidan tashqariga chiqmaydigan asosiy muammolarni hal qilishdir. Bunday maqsad ushbu fan o'qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi [5].Loyihali-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda talabalar o'zining shaxsiy tajribasi orqali mustaqil bilim olishga erishadi. Qyinchilik va

muvaffaqiyatsizliklarni tadqiqot qilish ko'nikmalarmi

March, 2023

o'zlashtirish orqali yengib o'tadi va ijodiy qobiliyat rivojlanadi. A.I.Savenkov fikricha "Tadqiqot bu"-cheksiz izlanish, haqiqatni topish, pedagogning vazifasi esa, talaba bilan hamkorlikda izlanish, u bilan haqiqatni topishning sir-sinoatlarini aniqlashdan iborat [6]. Tadqiqot texnologiyasi muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi.

1. Talabalar turli xil manbalardan ma'lumot izlaydi va qayta ishlaydi.

2. O'zlashtirgan ma'lumotlarni o„z bilimlari bilan taqqoslaydi.

3. Ma'lumotlarni umumlashtiradi va guruhlaydi.a

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta'lim jarayonida tadqiqot faoliyatini tashkil etishda muammoni to'g'ri qo'ya bilish lozim. Talabalar mavzuni hal etishga doir gipoteza (faraz)larni ishlab chiqadi. Gipoteza-yunoncha so'z bo'lib, taklif, xabar, ilmiy takliflar, biror muammoni hal etish yoki tushuntirish uchun asoslardir.Tadqiqot texnologiyasi qo'llanilganda, talabalar natijalarni tahlil qiladi va tahlil qilingan yangi bilimlarni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Talabalar tadqiqot faoliyati orqali, intensiv ravishda yangi bilim olishga harakat qiladi, unga bili molish eshiklari ochiladi.

Tadqiqot texnologiyasini tashkil etishning asosiy bosqichlari quyidagilar:

Tadqiqot texnologiyasini tashkil etishning asosiy bosqichlari quyidagilar: Izlanish olib borayotgan talabalardan maxsus bilim, ko'nikma va malaklar talab qilinadi. Professor-o'qituvchilar esa ta'lim oluvchilarni maqsadli bilim olishga yo'naltirish, izlanish,

March, 2023

23

ko'nikma va malakalarni rivojlantirib borishi muhim. Amaliy tadqiqot talabalarga pedagoglar ishtirokisiz ham mustaqil ravishda bilimlarni o'zlashtirishga yordam beradi. Izlanuvchi talaba barcha o'zlashtirgan va to'plagan yangiliklarga ishonishi, o'zi topishi, ehtiyoji va qiziqishiga ko'ra izlanishi zarur.

O'quv -tadqiqot faoliyati ikki yo'nalishda tashkil etiladi: 1. Dars jarayonida va ilmiy to'garaklarda kashfiyot qilish. Buning uchun talabalarga muammoga doir metaplan kartochka tarqatiladi, ular u bilan tanishib, mustaqil o'ylaydi, tengdoshlaridan so'raydi, kitoblar, videofilmlarni kuzatadi va tahlil qiladi, tajriba o'tkazadi, turli axborotlar to'playdi. 2. Amaliy tadqiqot. Talabalar mustaqil tadqiqot o'tkazishi va ijodiy loyihalar bajarishi uchun o'qituvchi yordamida mavzu tanlaydi, tadqiqot mavzusiga bog'liq, o'quv materiallari tayyorlaydi.

O'quv -tadqiqot jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

Tadqiqot faoliyati vazifalarini muvaffqiyatli hal etish uchun pedagoglar amal qilishi lozim bo'lgan talablarga to'xtalib o'tamiz.

> Talabalar tashabbusini qo'llab-quvvatlash;

> Mustaqil harakat qilishga undash;

> Talabalar bajara olishi mumkin bo'lgan, topshiriqlarni o'qituvchi bajarib bermasligi ;

> Baholash va xulosa chiqarishga shoshilmaslik;

> Talabalarga bilimlarni o'zlashtirishda yordam ko'rsatish;

March, 2023

24

> Tadqiqot muammosini mustaqil yechish ko'nikmasini shakllantirish;

> Ma'lumotlarni umumlashtirish, analiz va sintez qilishga o'rgatish, ular asosida klassifikasiya qilish.

Talabalar tadqiqotni yakka o'zi emas, balki jamoa bo'lib ham bajarishlari mumkin. Tadqiqot ishi qisqa va uzoq muddatli bo'lishi mumkin.

Tanlangan mavzular quiydagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi.

Fantastik-tadqiqot mavzusi mavjud bo'lmagan hodisa va narsalarga qaratiladi, masalan: talabalar planetalar, kosmik kema, sirli mashina yoki model yaratadi. Bunda karton qog'oz, rasmlar, maket va boshqalardan foydalanadi.

Empirik tajriba- shaxsiy kuzatuvlar va tajribalar asosida o'tkaziladi. Bunday tadqiqot ijodiy faoliyatni talab qiladi. Talabalar uchun tadqiqot ob'yekti sifatida maslan tabiat bilan tanishtirish o'quv moduli bo'yicha, uy hayvonlari, o'simliklar, atrof-muhitdagi jonsiz narsalar bo'lishi mumkin (suv, tuproq, tosh, gullar va o'simliklar).

Nazariy-tanlagan mavzuga oid ma'lumotlarni umumlashtirish, turli xil nazariy manbalarni to'plash, kitoblar, o'quv qo'lanma va metodik adabiyotlardan foydalanishi mumkin. Kichik ma'ruza tayyorlashi ham maqsadga muvofiq.

XULOSA

Talabalarning tadqiqot texnologiyasi ko'pincha individual tarzda muammo va vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bu jarayonda talabaning intellektual rivojlanishi, o'qituvchi rahbarligida yangi bilimlarni kashf etishi, intellektual va ijodiy qobiliyatni, tafakkurni, voqelik hodisalariga ijodiy yondashishni, ushbu hodisalarga ob'yektiv baho berish ko'nikmalarini shakllantirishga asos bo'ladi. Tadqiqot faoliyati natijasida talabalar voqelikni o'rganish usullaridan biri sifatida tadqiqot olib borishning konstruktiv qobiliyatiga ega bo'ladi. Ijodiy tafakkurni shakllantirish, mustaqil fikrlash asosida talabaning shaxsiy pozisiyasi faollashadi, sub'yektiv ravishda yangi bilimlarni o'zlashtiradi.

REFERENCES

1. Avdeyeva Yu.V. Kommunikativnoye razvitiye detey 5-7 let.M.: Sfera, 2012-64 s.

2. Vasilyeva M.A., Gerbova V.V., Komarova T.S. Programma vospitaniya i obucheniya v detskom sadu. M.: Mozaika-Sintez, 2005. - 208 s.

3. Davletshin. M.G., Sh.Do'stmuhamedova va boshq. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya.O'quv metodik qo'llanma.-T.: 2004-129 b.

4. Xurvaliyeva T.L. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishning samarali yo'llari. Academic research in educational sciences journal volume. 2020. № 11. 931-935 betlar.

March, 2023

25

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

5. Stepanova, M.V. Uchebno-issledovatelskaya deyatelnost shkolnikov v profilnom obuchenii: Uchebno-metodicheskoye posobiye dlya uchiteley / Pod red. A.P. Tryapiswnoy. SPb., 2005. S. 28-31.

6. Savenkov A.I. Proyektirovaniye i issledovaniye v sovremennom obrazovanii // Ximiya v shkole. 2008. - № 6 - 41 s.

7. Xurvaliyeva T.L Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirish mazmuni va komponentlari. Academic research in educational sciences volume.Scientific journal impact factor Chirchiq 2021.№3. 205-210 betlar.

8. Xurvaliyeva T.L Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirish modelining innovasion tuzilmasi va mazmuni. Mug'allim hsm Yzluksiz bilimlendirio' ilimiy-metodikalwq jurnali. Nukus.2022.№1. 133-137 betlar.

9. Xurvaliyeva T.L. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirishning metodik jihatlari. O'zbekiston Milliy universiteti xabarlari.Toshkent.2022.№2. [1/2/1]. 263-266 betlar

10. Xurvaliyeva T.L. Use of integrated tasks in preparation of preschool children on environment. International journal of innovative research in Sciense,Enjeenering, and texnology India. 2022.№3. 2331-2334 v.

11. Xurvaliyeva T.L. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirish tamoyillari va samarali yo'llari. Ta'lim, fan va innovatsiya. Ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. Toshkent. 2022 yil№3. 12-18 betlar

12. Xurvaliyeva T.L Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda atrof olamning ta'siri. Academic research in educational sciences volume.Scientific journal impact factor Chirchiq .2022.№4.205-210 betlar.

13. Xurvaliyeva T.L Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirish tamoyillari va samarali yo'llari. Ta'lim fan va innovasiya. Ma'naviy -ma'rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. T.2022 №1-son. 12-17 betlar.

14. Xurvaliyeva T.L Ways of introducing pre-school children with environments. British view • Universal impact factor 8.528. Anthropologie, Applied Linguistics, Intelligence. ISSN 2041-3963 2022 №7. 124-130 betlar

15. Xurvaliyeva T.L. Possibilities of Using Art Therapy in Preschool Education. International journal of online and biomedical engineering E-ISSN:2626-8493. Journal URL: http://ijobe.org Scopus URL: https://www.scopus.com/sourceid/21100906923. Scope: Engineering: General Engineering

16. Xurvaliyeva T.L. Bolalarning ijtimoiy muhitga moslashuvida psixologik himoyalanish muammolari. Academic research in educational sciences volume.Scientific journal impact factor Chirchiq .2022.№12.661-

667 betlar.

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.