Sheraliyev O.Sh. tayanch doktoranti Qo'qon DPI
OLIY O'QUV YURTI TALABALARIDA RAQAMLI KO'NIKMALARNI
RIVOJLANTRISH
Annotatsiya: Maqolada raqamli savodxonlik bo'yicha talabalardagi muammolarni o 'rganish hamda raqamli texnologiyalar haqida tushunchalarini aniqlash, rivojlantirish va amalga oshirish bo'yicha umumiy tavsiyalar berilgan. Talabalarni raqamli ko'nikmalar haqidagi tushunchalarini aniqlash yuzasidan so'rovnoma o'tkazilgan va so'rovnoma natijasidan kelib chiqib bir qator muammolar o'rganilib tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Raqamli kompetensiya, raqamli savodxonlik, raqamli kompetensiyalar modeli, axborot kompetensiyasi, matematik kompetensiyalar.
Sheraliyev O.Sh. basic doctoral student Kokand DPI
DEVELOPING DIGITAL SKILLS IN HIGHER EDUCATION
STUDENTS
Annotation: The article provides general recommendations for studying students' problems in digital literacy and identifying, developing, and implementing their understanding of digital technology. A survey was conducted to determine students' understanding of digital skills, and a number of issues were explored and recommendations were made based on the results of the survey.
Keywords: Digital Competence, Digital Literacy, Digital Competency Model, Information Competence, Mathematical Competence.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisiga Murojaatnomasida 2020 yilni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili", deb e'lon qilinishi hamda shu bo'yicha "yo'l xaritasi" ishlab chiqilgani ham axborot texnologiyalari sohasiga muhim ahamiyat berilayotganini ko'rsatmoqda36.
Prezidentimizning 2020 yil 2 martdagi farmoni37 bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri, ijtimoiy soha ob'ektlari, jumladan, umumta'lim maktablari,
36 "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi
37 https://lex.uz/
maktabgacha ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash vazifasi qo'yildi. Bu, o'z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko'rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.
Yangi texnologiyalarni rivojlantirish, raqamli qurilmalarni jamiyatning barcha sohalariga faol joriy etish inson savodxonligining yangi turini - raqamli savodxonlikni yaratdi. Bugungi kunga kelib, u o'qish, yozish va sanash ko'nikmalari kabi boshqa asosiy savodxonlik turlari bilan bir qatorda turadi. Ishonch bilan ayta olamizki, raqamli savodxonlik kundalik va shaxsiy faoliyatda raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni ko'zda tutuvchi yangi ijtimoiy shart-sharoitlariga moslashish uchun asos bo'lib xizmat qilmoqda.
Raqamli savodxonlik jamiyatimizning turli qatlamlari xayotida u yoki bu ko'rinishda namoyon bo'ladi. Shu jumladan, zamonaviy texnika qurilmalaridan ta'lim va kundalik xayotda keng foydalanib kelayotgan talbaa yoshlar xayotida ham muhim rol o'ynaydi.
Shubxasiz, bugungi kunda raqamli ko'nikmalarning jamiyatning muvaffaqiyatli rivojlanishidagi ahamiyati juda katta. Shuningdek, raqamli savodxonlik tanqidiy fikrlash, mustaqil fikr yuritish qobiliyati, ijodkorlik bilan bir qatorda rivojlanishi kerak.
Raqamli ko'nikmalar turli xil va umumiy raqamli savodxonlik bilan chegaralanmaydi. Ular umumiy ko'nikmalar bilan birga ma'lum kasbiy faoliyat bilan bo'g'liq bo'lgan maxsus ko'nikmalarni xam o'z ichiga oladi. Umumiy raqamli ko'nikmalarning dolzarbligi, ayniqsa, pandemiya davrida kuchaygani sir emas. COVID-19 ning tarqalishi munosabati bilan 2020 yilning mart oyida masofaviy ta'limga majburiy o'tish raqamli ko'nikmalar va raqamli ta'lim bilan bog'liq bo'lgan kamchiliklarni ochib berdi. O'zbekistonda talabalarning deyarli 70% pandemiyagacha masofaviy ta'lim tajribasiga, yoshlarning beshdan bir qismi esa raqamli ko'nikmalarning xattoki bazaviy darajasiga xam ega emas edi.
Raqamli ko'nikmalar boshqa savodxonlik va umumiy kompetensiyalar orasida asta-sekin joy egallab bormoqda, ta'lim mazmuni va amaliyotiga, shu jumladan, oliy ta'limga xam ta'sir qilmay qolmaydi. Lekin raqamli ko'nikmalarni faoliyatning barcha soxalarida qo'llanilishidan kelib chiqsak, barcha ta'lim yo'nalishlarining metodik va amaliyot jarayonlari xam ularga asoslangan. Raqamli savodxonlik darajasi muhim ko'rsatkich bo'lib, u oddiy uyali telefondan foydalanishdan ishlab chiqarishda murakkab jarayonlarni boshqarish va maxsus dasturlarni yaratish malaka va ko'nikmalariga ega bo'lishni nazarda tutadi. Bu ko'rsatkich zamonaviy axborot jamiyati uchun eng muhim mezondir. Yoshlarning raqamli savodxonlik darajasini o'rganish bizga yangi avlod qanchalik raqamli texnologiyalardan foydalanayotgani, ularni yaratib, rivojlanayotgani xaqida xulosa qilish imkonini beradi. Biz oliy ta'limning turli xil yo'nalishlari misolida qanday raqamli ko'nikmalar talabalar ta'lim olish jarayoniga integratsiyalashtirilganligini o'rganib chiqdik.
Ushbu tadqiqotda quyidagi farazlarni tekshirib ko'rdik:
1. Nazariya va amaliyotda raqamli ko'nikmalarning rivojlanish darajasida farq mavjud bo'lib, nazariy ko'nikmalarga ega bo'lib, ularni amaliyotda qo'llay olmaslik xolatlari ko'plab uchrab turadi.
2. Raqamli ko'nikmalarga egalik darajasi axborot texnologiyalari (keying o'rinlarda AT) bilan bo'g'liq bo'lgan yo'nalish talabalarida AT bilan bog'liq bo'lmagan yo'nalish talabalariga ko'ra yuqoriroq.
Ushbu farazlarni tasdiqlash / rad etish maqsadida Qo'qon davlat pedagogika institutining 4 ta yo'nalishida (Matematika, Informatika, Tasviriy san'at va muxandislik grafikasi, Boshlang'ich ta'lim) mavjud xolatni aniqlash va birlamchi hulosaga kelish uchun tadqiqot olib borildi. Olib borilgan tadqiqot natijalari oliy o'quv yurtlarida raqamli ko'nikmalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda qo'llanilishi mumkin. Raqamli ko'nikmalarning mavjudligi ko'rsatkichlari asosida biz talabalar orasida so'rovnoma o'tkazdik. So'rovnomani tayyorlashda digital kompetensiya darajasini har tomonlama aniqlash imkonini beruvchi 10 ta savol ishlab chiqdik. So'rovnomadagi savollarning har biri to'rttadan javob variantiga ega bo'lib, raqamli kompetensiya ko'rsatkichiga erishish darajasini baholash imkonini beradi:
1) yuqori - o'quv jarayonida raqamli ko'nikmalar muntazam shakllantirib boriladi;
2) o'rta - o'quv jarayonida raqamli ko'nikmalar muntazam ravishda shakllantirilmaydi;
3) past - raqamli ko'nikmalar deyarli shakllantirilmagan.
Tadqiqot obyekti - Qo'qon davlat pedagogika institute talabalari.
Tadqiqot predmeti - talabalarning raqamli savodxonligi.
So'rovnoma 2022- yil 14- fevraldan 17- fevralga qadar Qo'qon davlat pedagogika institutida o'tkazildi. So'rovnomada jami 4 yo'nalishdan 98 ta talaba ishtirok etdi.
So'rovnomada qatnashgan talabalarning birinchi savol bo'yicha javoblar natijasi:
Raqamli texnologiyalar bugungi kunda inson hayotiga qanday
ta'sir ko'rsatadi?
■ Hech qandayta'siri yo'q
■ Salbiy, chunki u sog'liq va psixologik holatga ta'sir ko'rsatadi
■ Ham ijobiy, ham salbiy tomonlar mavjud
Ijobiy, chunki u ihayotni ancha osonlashtirdi
Qaysi platforma sizga ommaviy ko'rish va videoni onlayn saqlash imkonini beradi?
1 I 90% Ь aVimeo В ■ YouTube ■ Rutube Yuqoridagi laming barchasi
Ta'lim yo'nalishlari bo'yicha talabalarning javoblar ko'rsatkichi quyidagi jadvalda keltirilgan:
№ Ta'lim yo'nalishi So'rovnamada qatnashgan talabalar soni Yuqori O'rta Past
1 Matematika 25 28,8 26,4 44,8
2 Boshlang'ich ta'lim 25 37,6 25,6 36,8
3 Tasviriy san'at va muhandistlik grafikasi 24 37,6 26,2 36,2
4 Informatika 24 39,8 23 37,2
5 Jami: 98 35,9 25,3 38,7
Xulosa. O'tkazilgan tadqiqot m'lumotlariga asoslanib, talabalar aksariyatini raqamli savodxonlik darajalari qoniqarli ekanligi ma'lum bo'ldi. So'rovnoma natijalariga ko'ra:
Matematika yo'nalishidagi 25 ta talabalardan (28,8%) yuqori, (26,4%) o'rta, (44,8%) past
Boshlang'ich ta7im_yo'nalishidagi 25 ta talabalardan (37,6%) yuqori, (25,6%) o'rta, (36,8%) past
Tasviriy san'at va muhandistlik grafikasi yo'nalishidagi 24 ta talabalardan (37,6%) yuqori, (26,2%) o'rta, (36,2%) past
Informatika_yo'nalishidagi 24 ta talabalardan (39,9%) yuqori, (25,3%) o'rta, (38,7%) past.
Natijada biz oliy o'quv yurtlarida raqamli ko'nikmalarni rivojlantirishdagi asosiy muammolarni aniqladik. Ulardan biri oliy ma'lumotli mutaxassis uchun ega bo'lish muhim bo'lgan va mehnat bozorida unga bo'lgan talab yuqori bo'lishida katta rol o'ynaydigan maxsus raqamli ko'nikmalarning ahamiyati va dolzarblik darajasi muammosidir. Bu holat, bizning fikrimizcha, raqamli ko'nikmalarning doirasi va chegaralarini aniqlash uchun tadqiqotlarni davom ettirishni talab qiladi.
Bizning fikrimizcha, oliy o'quv yurtlarida ta'lim dasturlari va muayyan ishchi dasturlar doirasidagi o'zgarishlarga e'tibor qaratish kerak.
Birinchidan, talabalarda raqamli ko'nikmalarni rivojlantirish uchun mavjud bo'lgan, ammo natijsiz metodlarni qayta ko'rib chiqish kerak. Bu oliy o'quv yurtlariga ma'lum dasturlar yoki fanlardagi foydali metodlarni aniqlash va ularni fakultetlar bo'ylab tarqatish imkonini beradi.
Ikkinchidan, oliy o'quv yurtlar ta'lim vositasi sifatida muayyan raqamli ko'nikmalarni majburiy o'zlashtirish va ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan tizimli va fanlararo o'quv amaliyotlarini joriy etishni ko'rib chiqishlari kerak. Masalan, talabalarning raqamli portfoliolarini shakllantirish va ulardan joriy va oraliq nazoratlardan baho olishda foydalanish kabi metodlarni rivojlantirishga e'tibor qaratish kerak.
Uchinchidan, raqamli ko'nikmalarni o'zlashtirish va shakllantirishga bo'lgan talablarga asoslangan yagona uslubiy yondashuvni ishlab chiqish va uni oliy o'quv yurtining me'yoriy hujjatlariga (ta'lim dasturlari, o'quv reja va ishchi dasturlar) kiritish kerak.
Ushbu chora-tadbirlar o'quv dasturlari va metodlarini tubdan o'zgartirmasdan talabalarning umumiy raqamli kompetensiya darajasini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi.
2. Джанелли М. Электронное обучение в теории,практике иисследованиях// Вопросы образования. 2018. №4
3. https://lex.uz/