Научная статья на тему 'OLIY FIZIKA TAʼLIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUHIM OMILI'

OLIY FIZIKA TAʼLIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUHIM OMILI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
физика / таълим / инновацион технологиялар / ижодкорлик / дарслик / ўқув қўлланма / мутахассис / дастур / техник иқтидор / касбга йўналтириш / касбий компетенция / малака / кўникма.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Kurbanov Xayotjon Mirzaaxmedovich, Kurbanov Mirzaaxmad, Sodiqova Shoxida Mirzaaxmadovna

Мақолада ислоҳотлар тақдирида юқори малакали мутахассисларнинг ҳал қилувчи ролини инобатга олган ҳолда, эндиликда халқнинг бой интеллектуал мероси ва умумбашарий қадриятлар, замонавий маданият, иқтисодиёт назарияси, фан, техника ва янги инновацион технологиялар асосида етук мутахассислар тайёрлаш тизими ва амалга ошириш масалалари қаралади.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY FIZIKA TAʼLIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUHIM OMILI»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

OLIY FIZIKA TA'LIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING

MUHIM OMILI

1Kurbanov Xayotjon Mirzaaxmedovich, 2Kurbanov Mirzaaxmad, 3Sodiqova Shoxida

Mirzaaxmadovna

1Toshkent davlat transport universiteti, 2'3O'zbekiston Milliy universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11116915

Аннотация. Мацолада ислоуотлар тацдирида юцори малакали мутахассисларнинг уал цилувчи ролини инобатга олган уолда, эндиликда халцнинг бой интеллектуал мероси ва умумбашарий цадриятлар, замонавий маданият, ицтисодиёт назарияси, фан, техника ва янги инновацион технологиялар асосида етук мутахассислар тайёрлаш тизими ва амалга ошириш масалалари царалади.

Калит сузлар: физика, таълим,инновацион технологиялар, ижодкорлик, дарслик, уцув цулланма, мутахассис, дастур, техник ицтидор, касбга йуналтириш, касбий компетенция, малака, куникма.

Аннотация. Учитывая решающую роль высококвалифицированных специалистов в ходе реформ, в статье рассматривается система и реализация системы подготовки зрелых специалистов на основе богатого интеллектуального наследия нации и общечеловеческих ценностей, современной культуры, экономической теории, науки, техники и новых инновационных технологий.

Ключевые слова: физика, образование, инновационные технологии, творчество, учебник, учебное пособие, специалист, программа, технический талант, профессиональная направленность, профессиональная компетентность, квалификация, мастерство.

Abstract. Taking into account the decisive role of highly qualified specialists in the course of reforms, the article considers the system and implementation of the system of training mature specialists based on the nation's rich intellectual heritage and universal values, modern culture, economic theory, science, technology and new innovative technologies.

Keywords: physics, education, innovative technologies, creativity, textbook, training guide, expert, program, technical talent, vocational orientation, professional competence, qualification, skill.

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jamiyatda tub o'zgarish davri boshlandi: bunda iqtisodni bozor munosabatlariga o'tkazish va "bozorning o'zgaruvchan sharoitlarida mehnat qilishga layoqatli bo'lgan o'zimizning yuqori malakali mahalliy mutaxassislarimizsiz O'zbekistonning mustaqilligini tasavvur qilish qiyin" bo'lib qoldi.

Istiqlolni mustahkamlash va kelajak avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash maqsadida milliy tarbiya va qadriyatlarimizni, o'zimizda to'plangan, Sharq va jahon ta'limidagi tajribalarni umumlashtirib O'zbekistonning o'ziga xos bo'lga ta'lim tizimini yaratish vazifasi qo'yildi.

Kelgusida jahon andozalari talablariga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Oliy ta'lim ikki bosqichli asosda, bakalavr va magistr darajasini berish orqali amalga oshirilishi qonunda ko'zda tutilgan. Oliy ta'limdagi bu o'zgarish umumiy ta'lim oldiga bir qancha vazifalarni qo'yadi.

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

Umumiy ta'limda ta'lim oluvchilarning ilmiy bilimlari, mexnat va boshlang'ich kasb ko'nikmalari bilan birgalikda o'z ijodiy qobiliyatlarini va ma'naviy fazilatlarini rivojlantirishni ta'minlash ko'zda tutilgan. Umumiy ta'lim uch bosqich: tayanch, boshlang'ich va o'rta bosqichlardan iborat bo'lib ta'lim maktablarida va boshqa o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Tayanch ta'limi, ya'ni 9 yillik ta'lim hamma uchun majburiyligi qonunda belgilab qo'yilgan. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda bir qancha fanlarni chuqur o'rganiladigan va muayyan kasbga yo'naltirilgan maktablar, litseylar, texnikumlar ishlab turibdi. Bu o'quv maskanlariga o'quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. Bunday o'quv maskanlarida maqsadli ta'lim avvalgiga nisbatan erta boshlanadi. Bu jarayonning ijobiy xususiyati shundaki, maxsus bilimga va kasbga ega yoshlar sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining uch bosqich mutaxassislari safini to'ldiradilar va oliy o'quv yurtlarida tanlangan ixtisosliklar bo'yicha o'quvni davom ettira olishlari mumkin. Ta'li tizimida fizika bilimiga tayanuvchi bunday ta'lim maskanlari talaygina, masalan, Toshkent shahridagi akademik litseylar (O'zMU, O'zRFA, TDTU qoshidagi litseylar va b.).

Yuqorida qayd qilingan litseylarning yo'nalishlari turlicha bo'lib, ularda fizika bilan bargalikda fanning va ishlab chiqarishning dolzarb yo'nalishlari o'rganiladi. Fizika, fizika-texnika, fizika-qishloq xo'jaligi, fizika-informatika, fizika va xorijiy tillar va boshqalarga mutaxassislashgan litseylarni bitirib chiquvchilar ikkita maqsadga mos bo'lib, ular oliy o'quv yurtlari talabalari safini to'ldirish bilan birgalikda, mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining o'rta bo'g'in mutaxassislari safini to'ldiradi. Masalan, O'zRFA qoshidagi litseyda ta'lim oluvchilar litseyni tugatganlaridan so'ng oliy o'quv yurtlariga kirishlari bilan birgalikda fizik-laborant mutaxassisligiga ega bo'ladilar. Ular ilmiy tekshirish institutlarida va maktablarda laborant lavozimlarida ishlashlari mumkin.

Ikkinchi bosqichda mavzular chuqurlashtiriladi, bir qator yangi mavzular kiritiladi, o'quvchilarning mustaqil ijodiy ishlariga e'tibor kuchaytiriladi va mutaxassislashishiga qarab bir nechta maxsus kurslar joriy qilinadi. Shuningdek, bunday o'quv maskanlarida fizikaviy mazmunga ega bo'lgan maxsus kurs joriy qilinishi ko'zda tutilgan (75 soat). Yuqorida aytilganlar asosida o'quv yurti jamoasi tegishli mintaqalaridagi mutaxassis tayyorlash va ishlab chiqarish manfaatlarini hisobga olgan holda quyidagi maxsus kurslardan 3-5 tasini tanlab oladi va amalga oshiriladi.

Maxsus kurslar ro'yxati:

> Fizika taraqqiyoti tarixi;

> Energetikaning fizikaviy asoslari;

> Quyosh energetikasidan xalq xo'jaligida foydalanish;

> Lazerlarning xalq xo'jaligida qo'llanilishi;

> O'tao'tkazuvchanlik hodisasi va uning amaliy ahamiyati;

> Nurtolalar optikasi;

> Yarimo'tkazgich asboblar va ularning qo'llanilishi;

> Agrofizika asoslari;

> Tibbiyot va biologik fizika;

> Nanotexnologiyalar;

> Ekologiyaning fizikaviy asoslari va boshqalar.

Bu maxsus kurslar mahalliy ishlab chiqarish sohalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlashda katta ahamiyatga egadir. Masalan, qishloq xo'jaligi uchun zarur mutaxassislar tayyorlash uchun quyidagi maxsus kurslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Agrofizika

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

asoslari, ekologiyaning fizikaviy asoslari, Quyosh energiyasidan xalq xo'jaligida foydalanish, lazerlarning xalq xo'jaligida qo'llanilishi.

Fizika chuqur o'rganiladigan maktab, litsey va texnikumlarda fizikaviy mazmunga ega bo'lgan maxsus kurslarning joriy qilinishi kelgusida o'quvchilarning mutaxassislashuvida katta ahamiyatga egadir. Bunda o'quvchilar fizika darslarida olgan bilimlarini amaliy jihatdan qo'llay bilish uquvlari shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Maxsus kurs darslarida o'quvchilar olgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ijodiy ishlar qilish imkoniyatlariga ega bo'ladilar, bu esa o'quvchilarni mazkur fanni yanada chuqurroq egallashlariga qiziqishlarini orttiradi. O'zMU, YAFITI qoshidagi akademik litseylarda bu borada olib borilayotgan ishlar mazkur maskan xodimlari ish siqatini ko'tarishda va sanoati uchun zarur mutaxassislar tayyorlashda katta ahamiyat kasb etmoqda.

O'zbekistonda yagona ta'lim tizimiga o'tilishi yuqorida ko'rib o'tganimizdek, oliy va o'rta ta'lim tizimida bir qancha ishlarni amalga oshirishni talab qiladi. Ushbu ishlarning hammasi jonajon O'zbekistonimizning mustaqilligini mustahkamlashga, uning jaxon xamjamiyatidagi obro'sini yanada orttirishga va kelajak avlodni o'z yurtimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashga qaratilgandir.

REFERENCES

1. Sodikova Sh.M. Method of developing and lecturing special courses in physics // Eastern European Scientific Journal. - Germany, 2018. №1,- P.170-176.

2. Содикова Ш.М. Академик лицейлар учун яратилган «Лазерлар ва уларнинг амалиётдаги урни» Махсус курснинг мазмуни ва укитиш услубларининг узига хос хусусиятлари // Физика, математика ва информатика. Илмий-услубий журнал. -Тошкент, 2018. - №2. - Б.97-103.

3. Содикова Ш.М., Отажонов Ш., бурбонов М. Лазерлар ва уларнинг амалиётдаги урни // Укув кулланма. - Тошкент, 2020. УзМУ. - 215 б.

4. Содикова Ш.М., Отажонов Ш., бурбонов М. Физикани чукур урганадиган академик лицейларда «Махсус курс» фанларини укитишнинг долзарб масалалари // Ta'lim, fan va innovatsiya. Маънавий-маърифий, илмий-услубий журнал. - Тошкент, 2015. - №3. - Б. 23-27.

5. Курбонов М. и др. Методика разработки спецкурсов по физике //Gospodarka i Innowacje.

- 2022. - Т. 22. - С. 299-302.

6. Kurbanov M., Kurbanov K. Oliy ta'lim tizimini o 'quv laboratoriya ishlarini modernizatsiyalashning ustuvor yo 'nalishlari //Educational Research in Universal Sciences.

- 2023. - Т. 2. -№. 10. -С.4-8.

7. Kurbanov M. et al. Elements of optoelectronics in the course of general physics //International Journal of Advanced Science and Technology. - 2020. - Т. 29. - №. 5. - С. 1854-1861.

8. Kurbanov M., Kurbanov K. Texnik-muhandislik oliy ta'lim muassasalarida fizika faniga oid kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi //Educational Research in Universal Sciences. -2023. -Т. 2. -№. 10. -С. 210-217.

9. Kurbanov M., Kurbanov K. Fizikadan fundamental qonunlarni o 'rganiladigan laboratoriya mashg 'ulotlarini tashkil etish va o 'tkazish metodikasi //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 5. - С. 4-8.

ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI' RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

10. Kurbanov M., Kurbanov Х. Amaliy mashg'ulotlarni bajarish jarayonida olingan natijalarni maple dasturi asosida tahlil qilish //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 4-7.

11. Курбанов М., Курбанов X,. Физика лаборатория машгулотларида ахборот коммуникация технологияларидан фойдаланиш //Educational Research in Universal Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 4. - С. 203-207.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.