www.in-academy.uz
^é'M
» •■•■■Hs m*' ■
Jfl mm
4JRASIAN journal of
T&CIINOI.OGY AND INNOVATION
OKSIDLI VA SULFIDLI QO'RG'OSHIN - RUXLI RUDALARNI AJRATISH TARTIBLARI
M. A. Mutalova
I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti "Konchilik
ishi " Kafedrasi dotsenti
Z.A. Hasanova 3f-20 KI guruhi talabasi
Xayitboyev M. X. 3f-20 KI guruhi talabasi
N.A.Yuldasheva 3a-22KI guruhi talabasi.
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 18th January 2024 Accepted: 24th January 2024 Online: 25th January 2024
KEY WORDS Selektiv, kollektiv - selektiv flotatsiya, og'ir suspenziya, puch tüg' jinslari, oksidli rudalar, sulfidli rudalar.
Mamlakatimizda eng muhim ustuvor vazifalar qatorida iqtisodiyotimizda tarkibiy o^zgarishlarni izchil chuqurlashtirish, ishlab ciqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etishni asosiy maqsadimiz hisoblanali.
Aynan tub tarkibiy o^zgarishlar, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi va zamonaviy korxonalarni barpo etish, faoliyat ko^rsatyotgan ishlab chiqarish quvvatlarini keng miqyoslayangilash va modernizatsiyalash borasida puxta oylangan strategiya tufayli mamlakatimizningyalpi ichki mahsulotida sanoatning umumiy hajmi ortib bormoqda.
Qo'rg'oshin - ruxli rudalar asosan flotatsiya usulida boyitiladi. Bu rudalarni dastlabki boyitish uchun ba'zan og'ir suspenziyalarda ajratish usuli qo'llaniladi. Og'ir suspenziyalarda boyitishni puch tog' jinslarining asosiy qismini nisbatan yirik tuyushda ajratish mumkin bo'lgan hollarda qo'llash mumkin. Og'ir suspenziyalarda boyitish natijasida flotatsiya fabrikalarining ishlab chiqarish quvvati ortadi, yanchish va flotatsiyaga tushadigan ruda hajmining qisqarishi hisobiga boyitishga ketadigan xarajatlar kamayadi, rudani qazib olish usuli soddalashadi va arzonlashadi.
Qo'rg'oshin - ruxli rudalarni boyitish selektiv va kollektiv - selektiv flotatsiya sxemalari bo'yicha amalga oshiriladi.
Selektiv flotatsiya sxemasi bo'yicha avval ko'pikli mahsulotga galenit ajratiladi. Bunda sfalerit rux kuporosi va natriy sulfiti aralashmasi bilan so'ndiriladi. Flotatsiya soda yoki ohak yordamida hosil qilinadigan ishqoriy muhitda amalga oshiriladi. To'plovchi sifatida ksantogenatlar ishlatiladi.
Sulfidlarni puch tog' jinslaridan ajratish uchun suyuq shisha ishlatiladi.
Kollektiv - selektiv flotatsiya sxemasi boyicha kollektiv boyitmaga galenit va sfalerit ajratiladi. Bunda puch tog' jinslari chiqindilar tarkibida chetlashtiriladi. Keyin kollektiv boyitma qo'rg'oshinli va ruxli boyitmalarga selektiv flotatsiyadagidek ketma - ketlikda ajratiladi.
www.in-academy.uz
RudHdH misning miqdоri yеtаrli bo'lgHndH аvvаl mis sаqlоvchi minеrаllаr kollektiv bоyitmаgа, keyin misli bоyitmаgа аjrаtilаdi.
Oksidli qo'rg'oshin - ruxli rudаlаrning flоtаtsiyasidаn oldin ulаr dаstlаb nаtriy sulfidi bilаn ishlаnаdi, buning nаtijdаsidа minerаllаrning oksidli yuzаsi sulfidli yuzаgа аylаnаdi.
Sulfidli qo'rg'oshin - ruxli rudаlаrning selektiv flotаtsiya sхemаsi ikkta siklni o'z ichigа olаdi: qo'rg'oshin vа ruxli. Hаr qаysi sikl аsosiy flotаtsiyani, uchtа tozаlаshni vа bittа nаzorаt flotаtsiyasidаn tаshkil topgаn.
Flotаtsiyagа 70 % - 0,074 mm li sinfgаchа yanchilgаn mаhsulot tushаdi. Qo'rg'oshinli flotаtsiya siklidа sfаlerit nаtriy sulfiti vа rux kuporosi bikn so'ndirilаdi. Flotаtsiya sodа yordаmidа hosil qilinаdigаn ishqoriy muhitdа olib bori^i. Qo'rg'oshinli flotаtsiya chiqindilаri ruxli flotаtsiya sikligа tushаdi. Аvvаl so^din^n sfаleritni fаollаshtirish uchun аsosan mis kuporosi beri^i. Shu jаrаyonning o'zigа piritni so'ndirish uchun ohаk yuklаnаdi. Ruxli flotаtsiya nаtijаsidа ruxli boyitmа vа tаshlаb yuborilаdigаn chiqindi ol^d^-rasm).
Qo'rg'oshinli boyitmа 70 % аtrofidа qo'rg'oshin, ruxli boyitmа esа 55% аtrofidа rux sаqlаydi. Qo'rg'oshinning qo'rg'oshinli boyitmаgа аjrаlishi 90 % аtrofidа, ruxning ruxli boyitmаga аjrаlishi 90 - 92 % аtrofidа.
Sulfidli qo'rg'oshin-ruxli,qo'rg'oshin - misli rudаlаrni flotаtsiyalаshdа selektiv flotаtsiya sxemаsi hаm, kollektiv-selektiv flotаtsiya sxemаsi hаm qo'llаnilаdi. Qoidаgа ko'rа kollektiv -selektiv flotаtsiya sxemаsi texnik- iqtisodiy
nuqtаi nаzаrdаn mаqsаdgа muvofiqroq hisoblаnаdi. Oksidli, sulfidli vа аrаlаsh polimetаl rudаlаrning moddiy tаrkibining murаkkаbligi, ulаr turlаrining hilmа-xilligi, ulаrdаgi qimmаtbаho komponent miqdorining turli-tumаnligi,
www.in-academy.uz
Ruda 0-20
1
Yanchish
Sinflash T
Asosiy mis-qo'rg'oshin
_flotatsiyasi T_
Gidrosiklonlarda sinflash
1
Yanchis
Sinflash T
Gidrosiklonlarda sinflash
1
Asosiy mis-qo'rg'oshin flotatsiyasi IT
1
Itozalashflotatsiyasi
£
lltozalashflotatsiyasi
llltozalas^ flotatsiyasi
1
1
Nazoraf otats ivasi
£
Asosiy ruh flotatsiyasi
Aralashtirish
c-""y
Quyultirish
Sinflash ▼
Quyultirish
Asosiy mis-ruh
flotatsiyasi -▼
1
Itozalashflotatsiyasi
Iltozalashflotatsiyasi
llltozalash flotatsiyasi
Chiqindi
Itozalash flotatsiyasi
lltozalash flotatsiyasi
llltozalash flotatsiyasi
Nazorat flotatsiyasi
Asosiy qo'rg'oshin flotatsiyasi
y —
Itozalash flotatsiyasi
i
Nazorat flotatsiyasi t '-
Nazorat flotatsiyasi ▼ " —
lltozalash flotatsiyasi
llltozalash flotatsiyasi
I
IVtozalash flotatsiyasi
Mis boyitmasi
Mis boyitmasi
E
Qo'rg'oshinboyitm _asi_
3-rasm. Qo'rgoshin-ruxli rudalarni kollektiv-selektiv flotatsiyalash sxemasi
oksidlar va sulfidlarning nisbati, puch tog' jinslarining zichligi, birlamchi va ikkilamchi shlamlarning miqdori, eruvchi tuzlarning mavjudligi va h.k.lar boyitishning murakkab texnologik sxemalarini qo'llashni talab qiladi.
Qo'rg'oshin minerallarining o'ta yanchilishining oldini olish uchun yanchishning birinchi bosqichida sterjenli tegirmonlarni ishlatish tavsiya qilinadi.
«
www.in-academy.uz
Qo'rg'oshinning oksidli minerallarining mo'rtligi va yumshoqligi ularni maydalash va yanchish paytida ko'p miqdorda ikkilamchi shlamlar hosil bo'lishiga va qo'rg'oshin minerallarining flotatsiya chiqindilari tarkibida yo'qolishiga sabab bo'ladi. Bo'tanada ikkilamchi shlamlarning miqdori uncha ko'p bo'lmaganda ularning zararli ta'sirini neytrallanish yoki reagentlar yordamida (masalan, suyuq shisha),yoki oraliq mahsulotlarni (masalan tozalash flotatsiyasi chiqindilarini),yoki flotatsiyaning birinchi bosqichi chiqindisini shlamsizlantirish orqali erishiladi. Ko'p hollarda qum va shlamlarni alohida ishlash sxemasini qo'llash orqali yaxshi samaraga erishish mumkin. Bunday sxemani gravitatsion boyitish chiqindilariga qo'llash odatdagi sxemaga nisbatan boyitmadagi qo'rg'oshinning miqdorini 6,6% ga, va uni boyitmaga ajralishini 2,9 % ga oshirishga imkon berdi, unda ksantogenatning sarfi 10% ga, natriy sulfidining sarfi esa 6% ga qisqardi.
Qo'rg'oshin, rux, mis va temir sulfidlarining kollektiv flotatsiyasini odatda sodali muhitda pH 8-9 da amalga oshiriladi. To'plovchilar sifatida asosan ksantogenatlar ishlatiladi. Ko'p hollarda ksantogenatning turli uzunlikdagi uglevodorod zanjirli aralashmalari qo'llaniladi, masalan etil va amil ksantogenatlarining aralashmalari. Ko'pik hosil qiluvchi sifatida qayrag'och yog'i turidagi reagentlar ishlatiladi. Sulfidlarning flotatsiyalashdan oldin bo'tanaga biroz natriy sulfidining berilishi ksantogenat sarfini kamaytirib, olinadigan boyitma sifatini yaxshilaydi. Puch tog' jinslarining flotatsiyalanish qobiliyatini so'ndirish, shlamlarning zararli ta'sirini neytrallash uchun suyuq shisha, eruvchi tuzlarnikini neytrallash uchun ammoniy sulfat ishlatiladi. Biroq shuni hisobga olish kerakki, ammoniy sulfatning ortiqcha sarfi mis sulfidlarining so'ndirilishiga olib keladi. Bo'tanada eruvchi tuzlarning miqdori ko'p bo'lganda va rudani dastlabki yuvishning imkoni bo'lmganda asosiy flotatsiyani kislotali muhitda to'plovchi sifatida aeroflot yoki diksantogenid ishlatib, kuchsiz kislotali yoki neytral muhitda-ksantogenatlar ishlatib olib borish mumkin. Galenit sulfgidril to'plovchilar ishtirokida yaxshi flotatsiyalanishi bilan ajralib turadi, biroq flotatsiyada pH ning optimal qiymati uning oksidlanish darajasiga bog'liq bo'lib, qo'shilib qolgan jinslarning tarkibi bilan aniqlanadi. Sodali muhitda pH ning ortishi bilan galenitning ajralishi odatda ko'tariladi, ohakli muhitda esa qo'rg'oshinning ajralishi pH ning neytral sohasida maksimal ajralishga erishish mumkin.
References:
1. Umarova I.K. , Solijonova G.Q. Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash. Darslik. — Т.: Cho'lpon, 2009.
2. Umarova I.K. , Solijonova G.Q. Foydali qazilmalarni boyitishga tayyorlash jarayonlari. O'quv qo'llanma. — Т.: TDTU, 2014.
3. Ш. М. Нoдирoвa, С. И. Эркaбaевa, & М. A. Мутaлoвa. (2022). РАЗРАБОТКА И ИЗУЧЕНИЕ РАЗДЕЛЕНИЯ СВИНЦОВО-МЕДНОГО КОНЦЕНТРАТА С ПРИМЕНЕНИЕМ СУЛЬФИТА НАТРИЯ В КАЧЕСТВЕ ДЕПРЕССОРА ДЛЯ МИНЕРАЛОВ СВИНЦА. Uzbek Scholar Journal, 11, 58-62. Retrieved from https://www.uzbekscholar.com/index.php/uzs/article/view/443
4. Solijonova G.Q. Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi: «Yordamchi jarayonlar». O'quv qollanma. — Т.: ToshDTU, 2007.
5. Mutalova M.A. «Foydali qazilmalarni boyitish» , Toshkent, Vneshinvestrprom, 2021